Amir temur buyuk davlat arbobi va yetuk sarkarda



Yüklə 93,35 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü93,35 Kb.
#168834
1   2   3   4   5   6   7   8
Amir Temur – buyuk davlat arbobi va yetuk sarkarda

Amir Temur
1360–1361 yillarda Mo‘g‘uliston xoni To‘qlug‘ Temur Movarounnahrga bostirib kirdi. U hech qandan qarshiliksiz Qashqadaryogacha etib keldi. To‘qlug‘ Temurning qurolli kuchlari ustunligini hisobga olgan yigirma uch yoshli Temurbek, Mo‘g‘uliston xoni bilan muzokaralarni olib bordi va uning xizmatiga kirdi. Amir Temur o‘zining bu harakati bilan Keshda qon to‘kilishini oldining oldi.
Mo‘g‘uliston xoni Movarounnahrda o‘z o‘g‘li Ilyos Xo‘jani hukmdor etib tayinlaganidan keyin Temurbek unga xizmat qilishdan bosh tortdi.
1362–1363 yillarda Amir Temur chingiziylarning amiri Husayn (Qazag‘anxonning nabirasi) bilan yaqinlashdi va uning singlisiga uylandi. Ular ikkalasi bir necha bor Ilyos Xo‘ja qo‘shiniga qarshi harbiy harakatlarni uyushtirdilar. 1364 yilning oxirida ular Ilyos Xo‘ja qo‘shinini Movarounnahrdan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ldilar. SHu vaqtga kelib amir Husaynning bo‘ysunmas hukmdorlar bilan kurashi kuchayib ketdi, bunda Temurbek unga faol ko‘maklashdi. Saklar yashaydigan Seyistonga (hozirgi Eron va Afg‘onistondagi viloyat) harbiy yurishni olib borgan vaqtida Temur o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan yaralandi va bir umrga oqsoq bo‘lib qoldi. SHuning uchun uni Temurlang (fors tilidan «Temur cho‘loq») deb atashgan. Evropaliklar uni «Tamerlan» deb yuritganlar, G‘arbda u shu nom bilan mashhur bo‘ldi.
To‘qlug‘ Temurning o‘limidan keyin Movarounnahrdan haydalgan Ilyos Xo‘ja o‘zining mag‘lubiyatini tan olishni xohlamadi. 1365 yilda u katta qo‘shin bilan yana Movarounnahrga qo‘shin tortdi. Ikkala amirlarning xon bilan kurashi 1365 yilning 22 mayida CHinoz yaqinida, CHirchiqning qirg‘og‘ida bo‘lib o‘tdi. Jang paytida shunaqangi do‘l yog‘diki, hamma yoq botqoqqa aylanib ketdi. Bu jang tarixga «Loy jangi» nomi bilan kirdi. hal qiluvchi vaqtda Husaynning qo‘shini qat’iyatsizlik qildi, jang boy berildi. Temurbek va Husayn qo‘shinining qolgan qismi bilan avval Samarqandga, keyin esa Balx viloyatida yashirindi.
Ilyos Xo‘ja o‘sha muvaffaqiyatidan so‘ng o‘z g‘alabasini mustahkamlash maqsadida Samarqandga yurish qildi. SHahar yana mo‘g‘ullar bosqini xavfi ostida qoldi, shaharning mudofaasini sarbadorlar boshchiligidagi tinch aholi o‘z qo‘liga oldi. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xurosonda maydonga keldi. Unda kichik savdogarlar va hunarmandlar ishtirok etganlar, ularning shiorlari quyidagicha bo‘lgan – «mo‘g‘ullarga xizmat qilgandan ko‘ra dorga osilgan ma’qul». Ularning laqablari «sar» –bosh, «dor» – dor, boshini dorga tikkanlar so‘zidan kelib chiqqan.
Samarqandning mudofaasiga Mavlonzoda va boshqalar boshchilik qildi. Aholining hammasi 12 yoshli bolalardan to keksalargacha qo‘liga qurol oldi. himoya taktikasi takomillashgan darajaga etdi. SHaharning bosh ko‘chalari ochiq qoldirildi, lekin ichki ko‘chalar to‘siqlar bilan to‘sildi, tepasida esa zanjirlar tortildi. Qulay joylarda kamonchilarning otishlari uchun tuynuklar yaratildi. Mo‘g‘ullar bir necha bor harakatlanish mobaynida shahar atrofiga yorib kirishga harakat qildilar, lekin katta talofatlar ko‘rib chekindilar. Keyin otliqlar jangga tashlandi, ular o‘zlarining uchqur harakatlari bilan shahar himoyachilarini esankiratib qo‘yishlari kerak edi. Lekin sarbadorlar esankirab qolmadilar. Ular chavandozlarni tor ko‘chalarga kiritdilar, keyin esa to‘satdan ularga o‘q yomg‘irini yog‘dirdilar, toshlar va yog‘ochlar bilan ularga zarba berdilar. Mo‘g‘ullar chekinishga majbur bo‘ldilar. O‘lat vabosi tarqalib, ular otlarining katta qismidan mahrum bo‘ldilar.
1366 yilning bahorida sarbadorlar rahbarlarining orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganidan foydalangan Temur, Husayn bilan birga Samarqandga etib keldi va sarbadorlar o‘rtasida tartibbuzarliklarni chiqarganlarning ustidan sud o‘tkazdi. SHunday qilib, Husayn va Temur Samarqandning va butun Movarounnahrning to‘liq hukmdoriga aylandilar.
Husayn mamlakatning yo‘lboshchisiga aylandi, Temur esa uning o‘ng qo‘li bo‘ldi. Lekin tezda ularning munosabatlari keskinlashib ketdi. Husayn Amir Temurning harbiy boshliqlaridan katta tovonlarni to‘lashni talab qilib qoldi va yangi istehkomlarni qurib Balxni mustahkamlay boshladi. Temur janubga Qashqadaryodan Termizga, Amudaryo bo‘ylariga tushdi, daryoni kechib o‘tib 1370 yilda Balx shahrini bosib oldi.
Husaynning ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Temurbek Movarounnahrning hukmdorlari o‘rtasida boshliq bo‘ldi. Balx egallangandan keyin vazirlar, beklar va armiya qo‘mondonlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qurultoyda Temurbek Movarounnahrda cheksiz hokimiyatga ega shaxsga aylandi.
SHu yili Amir Temur poytaxtni Keshdan Samarqandga ko‘chirdi va tez orada mustahkam devorlar va qal’alar qurdira boshladi. Davlatni boshqarish bilan birga u harbiy yurishlar tashkil etib, Movarounnahrdagi –Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi erlarni, Farg‘ona va SHosh viloyati erlarini o‘z davlati tarkibiga kiritdi.
Amir Temurning keyingi asosiy vazifasi Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlatni barpo etish, uning xavfsizligini ta’minlash va yangi erlarni o‘z davlati tarkibiga qo‘shishdan iborat edi.
Amir Temur Kepakxonning davridan amal qilib kelingan ma’muriy tizim–tumanlarga bo‘linish, ya’ni o‘ng minglik qo‘shinni etkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lgan viloyatlar tizimini saqlab qoldi. Amir Temur davrida Samarqand viloyati ettita tumandan iborat bo‘lgan.
Markazlashgan davlat hokimiyatining asosiy tayanchi, davlat chegaralari barqarorligini va yangi erlarni zabt etish quroli bo‘lib xizmat qilgan harbiy kuch hisoblandi.
Amir Temur armiyasi markazlashgan va o‘ta intizomli bo‘lib, o‘ng ming, ming, yuzlik va o‘nliklarga bo‘lingan edi. har bir o‘nlik o‘z komandiriga ega bo‘lgan, har o‘nta o‘nlikning komandirlaridan bittasi yuzlikning komandiri etib tayinlangan va hokazo. har bir qo‘shin bo‘linmasi safarda ham, lagerda turganda ham o‘z o‘rnini va vazifasini yaxshi bilgan. hech kim o‘z o‘nligidan, yuzligidan, mingligidan yoki o‘n mingligidan boshqa yoqqa ketishga haqqi bo‘lmagan.
Armiyaning asosini Amir Temurning avlodlari, ya’ni barloslar tashkil etgan, ulardan katta­katta qo‘shin birlashmalarining qo‘mondonlari tayinlanib, ular jangda muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlar uchun javobgar hisoblanganlar.
CHig‘atoylardan ishonchli gvardiyani, tom ma’noda barloslar avlodidan tashkil etish muhim ish bo‘lib hisoblandi. Gvardiya katta imtiyozlarga ega bo‘lib, davlatning tayanchi bo‘ldi. Uning yordami bilan Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi erlarni hamda Farg‘ona va hozirgi Toshkent viloyatidagi hududlarni birlashtirdi.
Lekin hali ham Mo‘g‘uliston tomonidan solinib turgan xavf­xatar tugagan emas edi. Mo‘g‘ullarning Oltin O‘rdasi ham mavjud bo‘lib, u ham Oq O‘rda singari Jo‘chi ulusining bir qismi edi. O‘sha paytda Amir Temur davlati bilan Oltin O‘rda o‘rtasida Xorazm joylashgan bo‘lib, u qadimdan Movarounnahr bilan umumiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Mo‘g‘ullar davrida Xorazm ikki bo‘lakka bo‘lingan edi: markazi Urganch bo‘lgan SHimoliy Xorazm – Oltin O‘rda safiga kirgan, poytaxti Kat hisoblangan Janubiy Xorazm – CHig‘atoyning ulusiga tegishli bo‘lgan. XIV asr 60 yillarining boshlarida Xorazmning ikkala qismi ham So‘filar sulolasidan etishib chiqqan mahalliy hukmdor Husayn tomonidan birlashtirildi (1361–1372).
Amir Temur davlatining asosini Movarounnahr tashkil etgan bo‘lsa ham, ayrim amirlar uning hukmdorligini qonuniy deb tan olmadilar, chunki ular chingiziylarga qarashli edilar. Davlatning shimoliy va sharqiy chegaralariga doimo mo‘g‘ullar va Oq O‘rda hujum qilib turdi. Ayniqsa bundan SHarqiy Farg‘ona va O‘tror, YAssi (Turkiston) i Sayramning cho‘lli chegara hududlari katta azob­uqubatlar chekdi. 1370–77 yillarda Mo‘g‘uliston hukmdori amir Qamariddin (Ilyos Xo‘janing o‘g‘li) bir necha marta Toshkent va Andijonga hujum qildi. 1376 yilda esa u Farg‘ona vodiysining katta qismini bosib olishga muvaffaq bo‘ldi va shahar­qishloqlarni vayronaga aylantirdi.

Yüklə 93,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə