Amir temur buyuk davlat arbobi va yetuk sarkarda



Yüklə 93,35 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü93,35 Kb.
#168834
1   2   3   4   5   6   7   8
Amir Temur – buyuk davlat arbobi va yetuk sarkarda

Harbiy unvon berish. Har bir o’nlikda saralangan jangchilar orasidan mulohazakorlik mardlik xislatiga ega bo’lgan jangchi tanlab olinib, qolgan to’qqiz jangchining roziligidan so’ng o’nboshi etib saylanardi. O’nboshilardan esa faoliyati va qobilyatiga qarab yuzboshi saylanardi. 10 ta yuzboshidan esa harbiy ishlarda mohir va tajribaga ega amirlar farzandi yoki aslzodalar avlodidan bo’lgan jasur kishilardan mingboshi tayinlanardi. Har bir boshliq kerak bo’lib qolganda uning o’rnini bosishi mumkin bo’lgan yordamchiga ega edi. Bu “Muntazir ulamorot” noiblar shunday nomlangan.
Amir Temur o’z tuzuklarida vazirlar to’g’risida to’xtalib o’tadi. Agar deb takidlaydi davlatda podshox zolim bo’lib, vazir odil bo’lsa, jabr zulmlarni oldini olash chora tadbirlarini ko’radi. Lekin vazir zolim bo’lsa, davlat ishlari tez parokandaga uchraydi deb takidlab o’tadi.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Kesh viloyatining hozirgi SHahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida yirik barlos begi–amir Muhammad Tarag‘ay oilasida dunyoga keldi.
Temurning bolaligi va o‘spirinligi Kesh tog‘larida o‘tdi. YOshligida u ov va otda musobaqalarni, nayza uloqtirish va kamondan otishni xush ko‘rardi, harbiy o‘yinlarga moyilligi sezilib turar edi. U o‘n yoshga to‘lgach, Tarag‘ayning xizmatida bo‘lgan murabbiylar – otabegilar Temurni harbiy san’atga va sport o‘yinlariga o‘rgatdilar. YOshi ulg‘aygach u ko‘pchiligi barloslardan bo‘lgan bolaligidagi do‘stlarini yig‘di va yaxshi qurollangan otryad tashkil etdi.
Amir Temur harbiy xizmatni mahalliy hukmdorlarda boshladi. U kichik lekin yaxshi qurollangan otryadga ega bo‘ldi, u bilan birgalikda harbiy­taktik tajriba orttirdi. Tez orada Temurbekning jasorati butun Qashqadaryo vodiysida mashhur bo‘ldi. SHon­shuhrat Temurbekni Movarounnahrning obro‘li amirlari bilan yaqinlashtirdi.
XIV asrning o‘rtalarida CHig‘atoy ulusi ikkita mustaqil davlatga bo‘linib ketdi: bittasi Muvarounnahrda, ikkinchisi esa Mo‘g‘ulistonda, ikkalasida ham hokimiyat chingiziylarning qo‘llarida saqlanib qolindi. Mo‘g‘uliston Muvarounnahrda hukmronlikni da’vo qilib bosqinchilik siyosatini olib bordi. Muvarounnahrda amirlar o‘rtasida doimo urushlar davom etib turdi, chingiziylarning hokimiyati esa kuchsizlanib qoldi.

Yüklə 93,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə