Infratuzilmaning bu ko‘rinishlarini bir-biridan ajratish, far
qlash hamda ularning asosiy mohiyatini ifodalovchi ilmiy ta’riflash
nafaqat nazariy, balki infratuzilma majmuasining iqtisodiy muno
sabatlar tizimida tutgan о ‘mini asoslashda muhim amaliy ahami
yatga egadir.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi
tarkiban moddiy ne’matlar
ishlab chiqaruvchi tarmoq va korxonalarga
ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni iste’molchiga yyetkazishga tayyorlash, saqlash,
o‘rash, qadoqlash yoki joylashtirish,
tovar joylanadigan yoki
o‘raladigan idishlar bilan ta ’minlash, tashish, ta ’mirlash hamda
sotish kabi xizmatlar ko‘rsatuvchi, ulaming to ‘xtovsiz va samarali
faoliyat yuritishini ta ’minlovchi tashkilot va korxonalar majmuini
tashkil etadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasining o ‘ziga xos
xususiyati
shundan iboratki, uning tarkibiga kiruvchi tuzilmalar
ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydi,
balki takror
ishlab chiqarishning muntazam va bir maromda kechishi uchun
faqat bilvosita asosda zaruriy shart-sharoitlar yaratib beradi.
Shuningdek, mazkur infratuzilmaning funksional xususiyati bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
- ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarida sarflangan mehnat
unumli hisoblanadi, u milliy daromadning qiymatini ko‘paytiradi;
- infratuzilma tarmoqlarida mahsulot yangi moddiy-ashyoviy
shaklda yaratiladi;
- infratuzilma tarmog‘i mahsulotini
zahirada saqlash yoki
omborga olish mumkin emas, chunki u tashish, saqlash va axborotni
uzatish shaklida namoyon bo‘ladi;
- ishlab chiqarish infratuzilmasini yordamchi, va ayniqsa,
ikkinchi darajali soha sifatida tavsiflash mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: