“Institutsional iqtisodiyot” fanining predmeti, mazmuni va tamoyillari



Yüklə 3,68 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü3,68 Kb.
#180853
“Institutsional iqtisodiyot” fanining predmeti, mazmuni va tamoyillari

“Institutsional iqtisodiyot” fanining predmeti, mazmuni va tamoyillari

Reja:

1.Institutsional nazariyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi

2. Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang‘ich nuqta masalasi

3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo‘nalishlari

4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari

Institutsional nazariyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi

  • Institutsional nazariyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi
  • Ilmiy iqtisodiy nazariyalar shakllanishi XVII asrda YEvropada dastlab V.Petti, Buagilber, keyinroq esa, A.Smit va D.Rikardolarning klassik iqtisodiy ta’limotlari bilan tavsiflanadi. X1X asrning yetmishinchi yillariga kelib, klassik nazariyaning K.Menger, M.Jevons, L.Valras va boshqa tadqiqotchilarning faoliyati zamiridagi marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida A.Marshallning “Iqtisodiyot prinsiplari” asarida o‘z ifodasini topdi. A.Marshallning qarashlari J.B.Klark izlanishlarida takomillashdi.
  • Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari ikki qismdan iborat. Asosiy tamoyillarning birinchi qismini klassikaning “eski” tamoyillari, ikkinchi qismni esa, neoklassikaning “yangi” tamoyillari tashkil etadi. “Eski” tamoyillar “qat’iy negiz” bo‘lsa, “yangi” tamoyillar neoklassikaning «himoya qobig‘i»ni tashkil etadi.

“Eski” tamoyillarga quyidagilar kiradi:

  • “Eski” tamoyillarga quyidagilar kiradi:
  • bozorda hamma vaqt muvozanat mavjud, u yagona Pareto (Valras-Errou-Dobre) optimumi talablariga mos keladi;
  • bozorda individlar tomonidan oqilona tanlov amalga oshiriladi;
  • individlarga tashqi omillar ta’sir ko‘rsatmaydi, ularning biror holatni afzal bilishi barqaror va ekzogen xususiyatga ega;
  • xarajatlarning yagona turi – ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. Ayni chog‘da ayirboshlash xarajatlari e’tiborga olinmaydi.
  • “Yangi” tamoyillarga ko‘ra:
  • bozorda ayirboshlashni amalga oshirish uchun resurslarning xususiy mulkligi asosiy zamin hisoblanadi;
  • individlarda bitim to‘g‘risidagi barcha axborot mavjud;
  • ayirboshlash chegaralari kamayib boruvchi foydalilik tamoyili asosida hamda resurslarning dastlabki taqsimlanishidan kelib chiqib, belgilanadi.

Yüklə 3,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə