Analitik kimyo


-mavzu. Atom-emission spektrometriya



Yüklə 79,09 Kb.
səhifə4/10
tarix23.12.2023
ölçüsü79,09 Kb.
#155647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.13 Analitik kimyo O\'zMU

12-mavzu. Atom-emission spektrometriya. AES usulining asoslari. Atomlaming asosiy va qo'zg'algan holatlari. Atomlarning Bolsman qonuniga ko'ra sathlarga taqsimlanishi. Energetik sathlar orasidagi o'tishlar va spektr chiziqlaming hosil bo'lishi. Tanlash qoidalari. Spektr chiziqlarni xarakterlovchi kattaliklar: chiziqning joyi, intensivligi, yarimkengligi. Usulning metrologik xarakteristikalari: sezgirligi, aniqlanadigan konsentratsiya oralig'i, natijalaming takrorlanishi. Qo'llanish sohalari.
13-mavzu. Molekulyar lyuminessensiya. Lyuminessensiyaning ta’rifi, turlari va boshqa nurlanishlardan farqi. Molekulyar lyuminessensiyaning asosiy xarakteristikalari. Lyuminessensiya va lyuminessensiyani qo'zg'alish spektrlari. Lyuminessensiyaning energetik va kvant chiqishlari. Lyuminoforlar. Lyuminessent analizning spektrofotometrik analizdan ustunligi va kamchiliklari. Xemilyuminessensiya hodisasi va uning analizda ishlatilishi. Molekulyar lyuminessent analizda ishlatiladigan asboblar va texnik vositalar.
14-mavzu. Elektrokimyoviy analiz usullari. Elektrokimyoviy analiz usullarining umuiniy tavsifi va sinflanishi. Elektrokimyoviy zanjir. lndikatorli elektrod va solishtirma elektrodlar. Elektrokimyoviy potensiali. Tok o‘tayotganda elektrokimyoviy zanjirlarda kuzatiladigan xodisalar: kuchlanishning qarshilik ta’sirida pasayishi, konsentratsion va kenetik qutblanishlar. Elektrokimyoviy analiz usullarining sezgirligi va tanlanuvchanligi.
15-mavzu. Elektrogravimetrik analiz. Metodning qo'llanilish soxalari, qulayligi va kamchiliklari. Doimiy elektrod potensiali va doimiy tok kuchida elementning ajralishi. Ichki elektroliz metodi, uni mikroelementlami konsentrlash va aniqlashda qo‘llanilishi. Ishchi elektrodning doimiy potensiali va doimiy tok kuchida simob va qattiq elektrodlarni qo‘llash orqali elementlarni ajratish. Elektrolitik ajratishda, kompleks hosil bo’lishdan foydalanish. O‘ta sof materiallar analizida simob katodidan foydalanish.
16-mavzu. Bevosita potensiometriya. Potensialni o‘lchash. Nernst tenglamasi. Qaytar va qaytmas oksidlanish-qaytarilish sistemalari. Indikatorli elektrodlar. Ionometriya, ion selektiv elektrodlar, sinflanishi. Ionometriyaning amaliyotda ishlatilishi. Potensiometrik titrlashda ishlatiladigan reaksiya turlari. Kislota va ishqorlar miqdorini aniqlash. Kislotalar aralashmasini, ko‘p asosli kislota va asoslar aralashmasini miqdoriy analiz qilish.

Yüklə 79,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə