Analizatorlar va ularning turlari. Ko`Rish analizatorlari



Yüklə 46,53 Kb.
səhifə4/4
tarix11.12.2023
ölçüsü46,53 Kb.
#148215
1   2   3   4
ANALIZATORLAR VA ULARNING TURLARI. KO`RISH ANALIZATORLARI

Eshitish analizatori.
Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funktsiyasini bajaradi. Eshitish analizatori 3 qismga- tashqi, o’rta va ichki qismga bo’linadi. Tashqi quloq, quloq suprasi va tashqi eshituv yo’lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yunalishini bilishga xizmat qiladi.
Tashqi eshituv yo’lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo’li devorchalarida maxsus bezchalar bo’lib ular yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o’rta quloq o’rtasida 0,1 mm qalinlikdagi nog’ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo’lib elastikdir. Nog’ora parda xavo to’lqinlarining ta‘sirida tebranib bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o’rta quloqqa o’tkaziladi. O’rta quloq nog’ora bo’shlig’idan, eshituv suyakchalaridan ya‘ni-bolg’acha, sandon va uzangi va yevstaxiydan iborat. O’rta quloq bo’shliq yevstaxiy nayi yordamida burun xalq tutashadi. Eshituv suyakchalari nog’ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko’paytiradi. O’rta quloq bo’shlig’idagi bosim tashqi, bosimga barobar bo’lgandagina nog’ora pardasi normal ravishda tebranadi. O’rta quloq bo’shlig’i yevstaxiy nayi orqali burun xalqumiga tutashganligi tufayli nog’ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib turadi. Bosim farq qiladigan bo’lsa, eshitish utkirligi buziladi. Nog’ora pardasining ikki tomonidagi bosim haddan tashqari ko’p farq qiladigan bo’lsa parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq chig’anoq yarim aylana kanallar-labirint va daglizdan iborat. Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Bu yerda gavda holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu yer muvozanat organi hisoblanadi. Bolalarda muvozanat organi ba‘zan qo’zg’aluvchan bo’lib, buning natijasida dengiz kasalligi vujudga keladi. Chig’anoq eshitish organi, uning ichida tovushni sezuvchi Kortiev organi joylashgan. Bu yerda eshituv nervi joylashgandir. Tovush tebranishlarini qabul qilish eshitish sezgisi havo tulqinlarining nog’ora pardasiga kelib, urilishi natijasida vujudga keladi. Nog’ora pardasining tebranishi, eshituv suyaklarida takrorlanadi. Bu tebranish chig’anoq ichidagi kortiev organidagi tuklarni tebrantiradi. Shu bilan eshituv nervining uchlarini qo’zg’aydi. Bu qo’zg’alish impulsi bosh miya yarim sharlar po’stlog’idagi eshituv markaziga 8-tib boradi. Ko’pchilik tomonidan qabul qilingan nazariyaga ko’ra, qortiev organining turli tolalari muayyan tonta sozlangandir. Turli tondagi tovushlarni analiz qilish chig’anoqdan boshlanadi. Odam qulog’ining tovut sezadigan muayyan chegarasi bo’lib, sekundiga 16 dan 20000 gts gacha bo’lgan tovush to’lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog’lom bo’lishi uchun uning gigienasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. Urta quloqning yallig’lanishi ya‘ni ottit kasalini oldini olishga xarakat qilish kerak. Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o’tkazish tavsiya etiladi.
Maktab binosidagi yorug’lik rejimi.
Odam ko’zi yorug’lik ta‘sirida tashqi dunyodagi narsalarni ko’radi. Ko’z 390 dan 760 mmk gacha bo’lgan to’lqin uzunlikdagi nurlanish spektorini qabul qiladi. Xonaning ratsional, yeritilishi ko’rish organining asosiy xususiyatlariga asoslangan bo’lishi kerak. Yeritilish bir xil tarqalgan, ko’zni kamashtirmaydigan, yaltiramaydigan bo’lishi qerak. Yoritilish gigienik talablarga to’g’ri javob bergandagina, ko’rishning va umumiy charchashning oldi olingan bo’ladi. Odamning aqtiv faoliyati faqat kunduzi tabiiy yorug’lik to’shish vaqtida emas, balki kechasi xam sun‘iy yoritilishni tabiiy yoritilishga yaqinlashtirib, odamning aktiv ish faoliyatini kechasi xam saqlab qolish xozirgi zamon gigienasining asosiy maqsadidir. M.D.Sharovning tadqiqotlari o’quvchilarning ish qobiliyati sinfning yoritilishiga bog’liqligini ko’rsatadi. Yoritilish.tabiiy va suniy yo’llarda olib boriladi. Xonaning yoritilishini gigienik baholash uchun yoritish koeffitsientini aniqlash kerak. Yoritilish koefitsienti deb, derazalar oynalangan sathining pol satxiga nisbatiga aytiladi. Yoritilish koeffitsienti sinfda 1:5, 1:6 bo’lishi kerak. Sinfga o’rnatilgan derazalar oralig’i 50- 75 sm bo’lishi kerak. Deraza tokchasi pol satxidan 80 sm baland bo’lishi kerak. Deraza oynasi toza bo’lishi kerak, ifloslangan oynalar 15% yorug’likni to’sib qo’yadi. Derazalarni gullor, pardalar bilan to’sib qo’ymaslik kerak. Sinfning bo’yalishi ham yorug’likka ta‘sir -qilodi. Sinfning devorlari, shipi oq buyoqqa, panel och yashil yoki och ko’k rangga bo’yalishi kerak. Sinfdan tabiiy yoritilishni umumiy yig’indisi qish oylarida 75000 lyuks, yoz oylarida 100000 lyuks bo’lishi kerak. Maktablarda suniy yoritilishdan cho’g’langan na lyuminitsent lompalardan foydalaniladi.


Adabiyotlar:
1. Sodikov Q.S.O‘quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi. Toshkent, «O‘qituvchi», 1992 yil.
2. Klimesheva A.S., Ergashev M.S. Yoshga oid fiziologiya. Toshkent, «Ukituvchi», 1994 yil.
3. Aminov B.P., O‘roqov T.O‘. O‘smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi. Qarshi, 1998 yil.
4. Almatov K.T. Ulg‘ayish fiziologiyasi. O‘zMU bosmaxonasi. T., 2004.
5. Maxmudov E.S. Vozrastnaya fiziologiya i osnovi gigiyeni. Izd. Lit.fonda soyuza pisateley Respubliki Uzbekistan. T., 2006.
6. Sodiqov B.A., Qo‘chqorova L.S., Qurbonov Sh.Q. Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi. Toshkent, 2006 yil.
Yüklə 46,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə