An’ana, urf-odat, marosim va udumlar



Yüklə 19,28 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü19,28 Kb.
#144198
  1   2
2 мавзу


An’ana, urf-odat, marosim va udumlar
Reja:

  1. O’zbek xalq madaniyatida an'ana va urf-odat masalalari.

  2. Marosim va udumlar, ularning mazmun mohiyati.

Tarixiy etnologiya fani etnografiyadan, ya'ni xalqlar turmush tarzi, moddiy va ma'naviy madaniyatini tavsiflashdan boshlangan. XIX asr, XX asrning birinchi yarmida mutaxassis olimlar va tadqiqotchilar tomonidan asosan ma'lumotlarni yig‘ish, to‘plash ishlari bajarilgan. Ayniqsa, bunga aynan mazkur davrda dunyo bo‘yicha olib borilgan mustamlakachilik siyosati ham bevosita ko‘maklashgan bo‘lib, bu siyosat mustamlaka mamlakatlarning madaniyati, turmush tarzi va umuman milliy xususiyatlaridan to‘la xabardor bo‘lishni taqozo etar edi.
Tadqiqotchilar tomonidan ma'lum darajada faktik materiallar yig‘ilgandan keyin etnologik yo‘nalishdagi tadqiqotlarda to‘plangan materiallarni umumlashtirish va ma'lum bir nazariy-metodologik konsepsiyaga suyangan holda tahlil qilish jarayoni boshlangan.
Zamonaviy etnologiya fanida tadqiqot mavzusi yanada chuqur-lashtirilgan holda dunyodagi eng yirik etnoslardan tortib, eng mitti xalqlarni yanada izchil o‘rganishga va ularning an'anaviy hamda zamonaviy turmush tarzi, madaniyatini bilishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Umuman olganda, insoniyatning bir necha ming yillik tarixi davomida turli-tuman madaniyatlar mavjud bo‘lgan. Har bir madaniyat, shubhasiz, ma'lum bir etnos yoki etnik jamoa ta'sirida shakllanadi. Xilma-xil etnomadaniyatlar orasida olimlar an'anaviy madaniyatni alohida ajratab ko‘rsatashadi. An'anaviy madaniyat deyilganda biz turli etnos namoyandalari, ya'ni bir necha avlod vakillari tomonidan asrlar mobaynida yig‘ilgan va bir avlodning o‘rgatilishi natijasida unutilib ketmagan urf-odatlarni tushunamiz.
Har bir milliy-etnik madaniyat o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi va o‘ziga xoslik turli-tuman narsa, voqea, hodisa, jarayonlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Har bir etnik madaniyat o‘ziga xos mantiqqa ega va aynan mazkur mantiq asosida ushbu madaniyatga xos asosiy o‘zgarmas va ikkinchi darajali o‘zgaruvchan xususiyatlarni izohlash mumkin.
An'anaviy milliy madaniyatni yaxlit va ko‘p qirrali hodisa sifatida o‘rganish, uning tuzilishi, asosiy ko‘rinishlari, shakllarini aniqqash muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz etnomadaniyat evolyusiyasi va umumqabul qilingan madaniyat tasnifidan kelib chiqib, xalq madaniyatining asosiy sohalariga e'tibor qaratamiz. Holbuki, etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bo‘lgan an'anaviy xalq madaniyat tizimining tarkibiy qismida: xalq donish-mandligi, xalq falsafasi, xalq e'tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o‘yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaliga, milliy liboslar, xalq me'morchiligi, xalq amaliy san'ati, xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi ko‘plab sohalarni ajratsa bo‘ladi.
An'anaviy xalq madaniyatining barcha sohalarida avlodlarning dunyoqarashlari, falsafiy tushunchalari o‘z aksini topganligi uchun etnomadaniyat tarkibida xalq donishmandligiga alohida e'tibor berish lozim. Buning sababi shundaki, xalqning tafakkur, g‘oya, fikr, bilim, dunyoqarashini ifoda etgan etnomadaniyat ko‘rinishini xalq falsafiy donishmandligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xalq madaniyatining falsafiy-g‘oyaviy mazmuni qanchalik chuqur bo‘lsa, uning shakli ham shuncha baquvvat, ijtimoiy ahamiyati kuchli, umri ham boqiy bo‘ladi.
Xalq madaniyati deyilganda keng ma'noda etnos hayotidagi barcha qadriyatlar tushunilsa ham, uning tub ma'nodagi negazini xalq an'analari tashkil etadi.
Etnologiya fanida «marosim», «urf-odat», «anana», «bayram»lar fanning asosiy tadqiqot ob'ekti sifatida keng qo‘llaniladi. Chunki, har bir xalqning shakllanish jarayoni bilan birga unga xos va mos milliy-etnik an'analar, urf-odatlar, marosimlar va bayram va sayillar shakllanib taraqqiy etadi. Ular kishilar turmush tarzining muhim bir bo‘g‘ini shaklida tarkib topib boradi.
Etnologiya fani shakllangan davrdan boshlab milliy an'analar, rasm-rusumlar va urf-odatlarni xalq madaniyatining fenomeni sifatida o‘rganish dolzarb muammolaridan biri hisoblab kelgan. Ayniqsa, respublikamizda milliy qadriyatlarimizga va ma'naviy merosimizga davlat miqyosida e'tibor berilayottan tarixiy bir jarayonda mutaxassis olimlar tomonidan an'anaviy maro-simlarimizni tadqiq qilishda ularning yozma tavsifini berish bilangina cheklanib qolmaslik darkor. Bu borada qadimiy tarixga ega bo‘lgan milliy marosimlarning xalq turmushi va an'anaviy madaniyatida tutgan o‘rni, ular genezisi va o‘ziga xos xususiyatlari hamda saqlanish omillari borasidagi tadqiqotlar muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etib bormoqda. Lekin, hanuzgacha etnologiya, madaniyatshunoslik, folklorshunoslik va xalq turmush tarzi bilan shug‘ullanuvchi fanlar doirasida yuqoridaga terminlarning ta'rifi va tavsifi hamda farqli xususiyatlari borasida mukammal nazariy-metodologik qarashlar ishlab chiqilmagan. Shu bois ba'zi hollarda ayrim tadkiqotchilar tomonidan «marosim» va «urf-odat», «an'ana» va «bayram» kabi qator terminlarni sinonim tarzida ishlatish yoki izchil farqlanmagan holda qo‘llash holatlari ham uchramokda. Shubhasiz bu o‘rinda "marosim", "urf-odat», "an'ana" va "bayram" atamalarining qanday o‘xshashliklari va farqli xususiyatlari mavjud? — degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bizningcha, ushbu terminlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, ammo bir-biridan keskin farq qiluvchi tushunchalardir.
"Av'ana" — tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar madaniy hayotiga ta'sir o‘tkazadigan madaniy hodisadir. Anana o‘ziga xos ijtimoiy qoida sifatida kishilar ongiga singgan (umum yoki ma'lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi31.
Urf-odat tushunchasi esa o‘ta keng bo‘lib, u o‘z ichiga xalq hayotining barcha tomonini — oddiy kundalik udum, rasm-rusum, irim-sirimlar, o‘zaro-muomala tarzi hamda barcha marosimlarni butunicha qamrab oladi. Marosim atamasi nisbatan tor tushuncha bo‘lib, u shu xalq hayotining ma'lum sohalarida omma tomonidan qabul qilingan, ko‘pincha ramziy xarakterga ega bo‘lgan va ma'lum kishilar majmui tomonidan maxsus uyushtiriladigan namoyishlardan iborat32. Shuningdek marosim — inson hayotining moddiy va ma'naviy turmushining talab va ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan va keladigan hodisadir. Har qanday marosim u yoki bu xalqning ma'lum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi ijtimoiy-iqgisodiy, siyosiy hamda madaniy rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy belgalarni o‘zida mujassamlashtirgan holda vujudga keladi va yashaydi. Boshqachasiga, marosim umum tomonidan qabul qilingan ramziy harakatlarga ega bo‘lgan hayotiy tadbirdir.

Yüklə 19,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə