|
Анатом- мешportal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi
3 - Amaliy mashg’ulot
O’quvchilarning dars jadvalini gigienik baholash
Nazariy tushuncha.
Zamonaviy o’qitish jarayoni o’quvchiga axborot
berishning yangi shakl va usullarini qo’llamoqda, ya’ni bilim berishning
samaradorligini oshirishga qaratilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda.
Natijada o’quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha aktivlashtirishga erishildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab o’quvchisiga
optimal o’quv nagruzkasini belgilash muhim aktual vazifa hisoblanib, birinchidan, o’quv
dasturida belgilangan bilimlarni o’quvchi o’zlashtirishi ko’zda tutilsa, ikkinchidan,
o’quvchining o’z shaxsiy ehtiyoji uchun ham etarli vaqt ajratiladi. Eng muhimi,
o’quvchining jismoniy rivojlanishiga, ish faoliyatiga va salomatligiga salbiy ta’sir
etuvchi omillarning oldi olinadi.
O’quv nagruzkasining pedagogik va gigiennk jihatlarini o’rganish,
toliqishning oldini olish yo’llarini izlab topish pedagogika fani va maktab o’qituvchilari
oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Dars jadvali o’quv jarayonining
muhim qismlaridan hisoblanadi. Dars jadvalini to’g’ri tuzish o’quvchilarning aqliy
charchashini oldini oladi. Dars jadvali bir necha gigienik talablarga javob berishi
lozim.
«Aqliy hujum» yordamida nazariy bilimlarni mustahkamlab olamiz:
-dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatni izohlab
bering;
- «sizning faningiz yoqmaydi» degan ibora o’quvchi tomonidan sizga
murojaat etilsa, sizning javobingiz va tutgan yo’lingiz?
-darsda pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’quvchilarning munosabatini
e’tiborga olasizmi?
-dars jarayonida shovqin bo’lishini qanday izohlaysiz?
-dars jadvalini tuzishda nimalarga e’tibor berasiz?
-dars orasidagi tanaffuslar bolaga qanday ta’sir qiladi?
-dars jadvalini tuzishda jismoniy tarbiyaning o’rni?
Dostları ilə paylaş: |
|
|