|
Анатом- мешportal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi
мақсади
:
Suyaklarning tuzilishi va tarkib xaqida tushuncha
berish
Идентив
ўқув
мақсадлари
:
Suyaklarning tuzilishi va tarkibi, tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar
xaqida tushunchaga ega boladi, suyaklarning o'sishi va rivojlanishini aytib bera oladi
Suyak tarkibini bilib oladi.
1-savol bayoni:
Tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar kiradi va yagona suyak-
muskul sistemasini hosil qiladi. Skelet va muskullar organizm uchun tayanch bo'lib,
ichki organlarni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Tayanch-harakat sistemasi
yordamida organizmning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblangan-harakat
vujudga keladi. Tayanch-harakat sistemasining uyg'unlashgan faoliyati markaziy nerv
sistemasi tomonidan boshqariladi.
Suyaklarning tuzilishi va tarkibi
. Odam tanasidagi barcha suyaklar
birikkan holda skelet deb yuritiladi va ular organizmda asosan uch xil funktsiyani
bajaradi. Ularga tayanch, himoya va suyaklarning ko`mik qismida qonnning shaklli
elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Odam tanasida
jami 206 ta suyak bo`lib, ularning 85 tasi juft 36 tasi toq suyaklardan tashkil topgan.
Suyaklarning vazni: katta odamlarda ya'ni erkaklar umumiy tana vazning 18 %,
ayollarda 17 % , Yangi tug`ilgan bolalarda tahminan 14 % ni tashkil etadi.
Har bir suyak suyak to`qimasi, suyak usti pardasi va suyak miyasidan
tuzilgan bo`lib, qon va limfa tomirlari hamda nerv tolalari bilan ta'minlangan.
Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda yoki suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu
parda biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, unda qon, limfa tomirlari va nerv tolalari
bo`ladi. Bu parda suyakni oziq modda bilan ta'minlashda, singanda, yorilganda
jarohatning bitishida katta rol o`ynaydi.
Suyak tarkibida 60 % mineral moddalar 30 % organik moddalar, 10 % suv
bo`ladi. Organik moddalardan oqsillar, uglevodlar, fermentlar bo`ladi. Meniral
moddalar suyaklarga qattiqroq, organik moddalar qayishqoqlik beradi. Bola
tug`ilganida yoki yosh bolalarda suyak to`qimasida ko`proq organik moddalar ko`p
bo`ladi. Shuning uchun ham ularning suyaklari nisbatan qayishqoq va elastik bo`ladi.
Masalan: bolalarnnig noto`g`ri harakat qilishi yoki o`tirishi, yotqizish oqibatida ayrim
qismlari qiyshayib qolishi mumkin.
Suyaklarning o'sishi va rivojlanishi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|