Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə4/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Ta’lim texnologiyasi:
• bu mavjud sharoit va o‘rnatilgan vaqtda belgilangan ta’limiy maqsad va ko‘zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi, muloqot, axborot va boshqaruvning eng qulay yo‘l va o‘qitish vositalarining tartibli yig‘indisi (ta’lim berish texnologiyasining jarayon-bayonli jihati);
• bu mavjud yuzaga kelgan ta’limiy jarayon subyektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon(ta’lim berish texnologiyasining amaliy-jarayon jihati) tartibi.
Pedagogik texnologiya”– pedagogik hodisa va ta’limni texnologiyalashtirish sohasidagi jarayonda qo‘llaniladigan tushuncha.
Ta’limiy texnologiya” – “ta’lim olish shakllarini maqbullashtirishni o‘z vazifalari deb qo‘yuvchi, ya’ni butun ta’lim berish jarayonini hamda texnikaviy va insoniy manbalarni hisobga olgan holda bilimlarni o‘zlashtirish va ularning o‘zaro harakatini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli usuli” (YUNESKO).
Ta’lim texnologiyasi va uning konseptual asosnomasini (TT ilmiy tomoni) o‘z ichiga oladi.
Pedagogika tizimi”, “ta’limiy texnologiya”, “ta’lim berish texnologiyasi”, “fan uslubiyoti”ning farqli xususiyatlari


Pedagogika tizimi– shaxsning bor sifatlarini shakllantirish uchun tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan va pedagogik ta’sir ko‘rsatishni ko‘zlagan, o‘zaro bog‘liq vosita, usul, jarayonlarning yig‘indisini ifoda qiluvchi aniq yaxlitlikdir(V.P. Bespalko bo‘yicha).


Fanni o‘qitish uslubiyotidan farqli texnologiya:
• “qanday o‘qitish kerak?” degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli qo‘shimcha bo‘lgan“natijaviy qanday o‘qitish va o‘quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil etish kerak? degan savolga javob beradi;
• aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijaga yo‘nalgan, aniq pedagogik g‘oyaga loyihalanadi;
• o‘z natijalarini qayta ishlab chiqarishi bilan farqlanadi;
• ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchiga yo‘naltirilgan darsning uslubiy ishlanmalaridan farqli o‘laroq, ta’lim olishda ularning o‘z faoliyatlari hisobiga yutuq ta’minlanishiga yo‘naltiriladi.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə