Andijon davlat universiteti Axborot-resurs markazini zamonaviy



Yüklə 11,11 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü11,11 Kb.
#181426
Andijon davlat universiteti AK tizimi


Andijon davlat universiteti Axborot-resurs markazini zamonaviy
avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi bilan to‘liq ta’minlash yuzasidan amalga
oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
Andijon davlat universiteti Axborot-resurs markazini zamonaviy avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi bilan to‘liq taminlash bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Andijon davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi hamda Axborot-resurs markazi dasturchilari bilan hamkorlikda AK avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi ishlab chiqildi.
http://ak.adu.uz/ o‘zaro bog‘langan kompyuterlashgan avtomatik tizim sifatida axborot-resurs markazi faoliyatini to‘liq avtomatlashtish imkonini beradi. Jumladan:
Kutubxonadagi barcha o‘quv va ilmiy adabiyotlar, jurnallar va boshqa hujjatlarni to‘la qayd qilish;
Klassifikator bo‘yicha indekslar qo‘yish;
Bibliografik qidirish;
Tanlab olingan kitoblarning referatlarini ko‘rib chiqish;
Kutubxonaga a’zo bo‘lganlarni ID karta orqali ro‘yxatga olish;
Buyurtmalarni ro‘yxatlashtirish;
Katalog kartochkalarni hamda qayta ro‘yxatga olish varaqalarini bosmadan chiqarish, kitoblarni abonentlarga berish va qabul qilishni qayd qilish, muddatlarni cho‘zib berish;
Moliyaviy hisobotlar;
Yangi kitoblarni ro‘yxatga olish va holatini kuzatish;
Markazlashtirilgan buyurtmalar berish;
Muntazam yangi va ommabop kitoblar reklamasi va reytingini taqdim etish;
Professor-o‘qituvchilar va talabalarning kutubxonadan foydalanishlarini monitoring qilish va yo‘nalishlar kesimida statistik ma’lumot olish;
Foydalanuvchilar tomonidan ularga xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi xizmatini baholash;
Kutubxonaga tushgan hujjatlarni doimo kuzatib borish;
Axborot-resurs markazi fondida mavjud resurslarning yig‘ma elektron katalogini shakllantirish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirda AK ma’lumotlar bazasini to‘ldirishda universitet professor-o’qituvchi va talabalarni ID karta orqali ro’yhatga olish shuningdek ARM elektron kutubxonasida mavjud 27507 nomdagi o’quv va ilmiy adabiyotlarning bibliografik yozuvlarini to’liq matni bilan birgalikda tizimga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Axborot-resurs markazi


direktori: Z. M. Egamberdiyev
Yüklə 11,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə