Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   153
fayl 1633 20210826

           "Tezda  joy-joyiga!"
    o‘yini  musiqa  mazmuni  va    harakatlar  harakterini 
bog‘lovchi  o‘yinga   misol bo‘la oladi.  M/r. - 2/4,  temp  o‘rtacha. 
O‘yin  ta’rifi: 
Musiqa  boshlanishi  bilan  o‘yinchilar  maydonda  mazmunga 
muvofiq turli xil sakrash va yugurishlarni bajarib, ixtiyoriy harakatlanadi. Musiqa 
tugashiga  to‘xtashadi.  "Tezda  joy-joyiga!"  buyrug‘i  bilan  yugurib  borib,  o‘yin  
boshlanguncha  bo‘lgan    tartibda  turishadi.  Tezroq    terilgan    va    uyushganroq  
jamoa  g‘olib sanaladi. Mashqlarning  kuy bilan va  musiqa jarangi registri bilan 
bog‘liqligi.  Kuy  -  qo‘shiq,  xirgoyi  demak.    Bu  musiqaning  asosi,    unda  birinchi 
navbatda    bastakorning    fikr-xayollari      ifodalanadi.    Kuy  -  musiqiy  fikrning  bir 
ovozli  ifodasi. 
          U  balandlik bo‘yicha  ma’lum nisbatda joylashgan  hamda  ma’lum temp va 
ritmga    ega  bo‘lgan  ovozlar  ketma-ketligini  tashkil  qiladi.  Kuy  musiqani  eslab 
qolishga  yordam  beradi,  binobarin  mashqni  ham.    Asar  kuyini  bilib, 
shug‘ullanuvchilar mashqni  musiqasiz qaytarishi mumkin, kerakli sur’at, ritm va 
hatto dinamik  tuslarni saqlagan holda. Kuyni eshitib, (musiqa va harakat o‘rtasida 
hosil  bo‘lgan  shartli  reflektor  aloqasi  asosida)  mashqlarning    izchilligini  tezda 
tiklash mumkin. U harakatlarning harakteri, shakli  va  elementlarning  izchilligini 
aytib bergandek bo‘ladi. Kuyda o‘zining qonunlari bor.  Asosiysi - to‘lqinsimonlik. 
Kuy  chizig‘i    qayrilishlarga  ega    -        o‘sishlar    va  pasayishlar.  Kuyning  tepaga, 
pastga va  o‘rnidagi  harakatlari yig‘indisi - kuy rasmi. 
                      Kuy rasmining  muhim turlari : 
      1) Kuyning yuksalish harakati, ya’ni balandroq ovozlarga o‘tish; 
      2) Kuyning pasayish harakati - pastroq ovozlarga o‘tish; 
      3) To‘lqinli (to‘lqinsimon) harakati, ya’ni  yuksalish va pasayish  izchilligi. 
 


142
 
 
            Kuy cho‘qqisi - kuyning har bir yuksalishda erishgan eng baland ovozi. 
            Kulminatsiya - musiqiy asarda yoki uning qismida  eng yuqori kuchlanish 
payti.  Kuyni  aniqlash  uchun    quyidagi  vazifalarni  bajarish  mumkin.  Vals  quyi 
ostida  hamma  aylana  bo‘ylab  tiziladi,    polkada-    qatorga,  marshda  –  ketma-ket 
qatorga  saflanadi.  Vazifalarni    boshqa  kuylar  va  boshqa  tizilish  shakllarini  taklif 
qilib, xilma-xillash mumkin. 
           Kuy rasmining turli yo‘nalishini quyidagi mashq bilan yyetkazish mumkin: 
kuy  yuqoriga  harakatlanganda  qo‘llarni    sekin  tepaga  ko‘tarish,  kuy  pastga 
harakatlanganda - sekin tushirish. 
           Kuyning  to‘lqinsimon  harakati  bilan  birlashadigan  mashq  :    D.h.  -  ikkala 
oyoqda yarim cho‘qqayish, qo‘llar orqaga-pastga, tana bilan oldinga bir oz egilish. 
           1-4  sanoqda  -    4  ta  kichik  qadam  oldinga  qo‘llarni  asta-sekin  ko‘tarish  va 
tanani tiklash; 5- oyoq uchlarida turish, boshni keskin orqaga egish, panjalar keskin 
orqaga, kaftlar tepaga; 6-8 - ohista yarim cho‘qqayish, qo‘llar ohista pastga-orqaga 
pasayib.  Keyingi  8  sanoqda  hammasi  qaytariladi.    Bu  sokin  kuy  rasmini 
harakatlarda ifodalab, shug‘ullanuvchilar uni yaxshiroq  anglashadi. 
           Kuyni aniqlash o‘yiniga  

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə