Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
fayl 1633 20210826

.
 
– Andijon davlat universiteti, Fakultetlararo    
jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri, dots. 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 


3
 
 
 
 
KIRISH 
Badiiy  gimnastika  –  sport  turlari  orasida  o‘zining  jozibasi,  harakatlarining 
ham murakkab, ham betakrorligi bilan ajralib turadi.  Turli musobaqalarda musiqa 
sadolari  ostida  harakatlar  uyg‘unligi  ila  turli  obrazlarni  ijro  etayotgan  qizchani 
ko‘rib, bu aynan xotin-qizlar uchun yaratilgan sport turi ekanligini anglaysan kishi. 
Sportchining  mashqlarni  yengil  va  maromda  bajarayotganini  ko‘rib,  tomoshabin 
buning zamirida qancha mehnat, mashaqqat,  sport turiga sadoqat, kuchli jismoniy 
tayyorgarlik  borligini  tasavvur  ham  qilolmaydi.  Juda  zavqli  ko‘ringan  chiqish 
sportchining mahorati, ko‘nikma va malakasini namoyish etadi.  
Badiiy  gimnastika  –  yurtimizda  juda  keng  jadal  rivojlanib,  ommalashib  
bormoqda.  Nafaqat  shahar,  tuman  markazlari,  balki  chekka-chekka  qishloqlarda 
ham  sportning  bu  turiga  qiziqish  va  shug‘ullanuvchilar  soni  ortishi  tahsinga 
loyiqdir.  O‘tkazilayotgan  musobaqalarda  ham  sportchilar  ko‘nikma  malakalari 
oshayotgani,  sport  mahorati  yuksalayotgani  badiiy  gimnastikaning  kelajagi 
yurtimizda barqaror ekanidan dalolat beradi.  
Bu  sport  turi  bilan  qizlar  4-5  yoshdan  boshlab  shug‘ullanishlari  mumkin. 
Mashg‘ulotlar jarayonida olinadigan yuklamalar, mashqlar qizlar organizmi uchun 
foydali va samarali ta’sir ko‘rsatishi juda ko‘p manbalarda  ta’kidlangan. Bu ayni 
haqiqatdir.  Chunki,  ushbu  sport  turi  bilan  shug‘ullangan  qizlarda  noziklik, 
harakatlarning  mayinligi,  nafisligi,  kelishgan  qaddi-qomat  shakllanadi.  Bundan 
tashqari, jismoniy sifatlardan, egiluvchanlik, epchillik, chaqqonlik va koordinatsiya 
juda yaxshi rivojlanadi. Shu bilan birga, axloqiy, estetik va irodaviy hislatlarni ham 
tarbiyalaydi.  
Bolalar  va  o‘smir  qizlarni  jismoniy  shakllanishida  badiiy  gimnastikaning 
ahamiyati  katta.  Badiiy  gimnastikadagi  mashqlar  sog‘lomlashtiruvchi  vosita 
sifatida  keng  qo‘llaniladi.  Ayniqsa,  qaddi-qomatning  buzilishlarida,  skolios, 
ostioxondroz, oyoq shaklining buzlishi - “X” simon va “O” simon holatlarda, yassi 


4
 
 
oyoqlikda  badiiy  gimnastikaning  sog‘lomlashtirish  guruhlarida  mashg‘ulot  o‘tish 
tavsiya  qilinadi.  Bugungi  kunda  shuning  uchun  ham  deyarli  barcha  maktabgacha 
ta’lim  muassasalarida  badiiy  gimnastika  to‘garagi tashkil  qilingan  bo‘lib,  bu  jajji 
qizaloqlarning sog‘lom va ko‘rkam bo‘lib o‘sishlarida yordam bermoqda.  
Bu  uslubiy  qo‘llanma  ham  ana  shunday  murabbiylar  uchun  mo‘ljallangan 
bo‘lib,  bunda  sport  turining  boshlang‘ich  bosqichlaridagi  buyumsiz  mashqlarga  
o‘rgatish uslublari keltirilgan.  
Andijon  davlat  universitetining  “Jismoniy  madaniyat”  ta’limi  yo‘nalishi 
negizida  tashkil  etilgan  “Xotin-qizlar  sporti”  yo‘nalishida  taxsil  oluvchi  talabalar 
uchun  tanlov  fani  sifatida  o‘quv  dasturiga  “Badiiy  gimnastika”  fani  kiritildi.  Bu 
fanni  talaba  qizlar  ijobiy  o‘zlashtirishlari  va  bilim  darajalarini  shakllantirishlari 
uchun  ushbu  uslubiy  qo‘llanmani  chop  ettirdik.  O‘ylaymizki,  talaba  qizlar  bu 
uslubiy  qo‘llanma  orqali  badiiy  gimnastikada  buyumsiz  bajariladigan  mashqlar 
texnikalarini  o‘rganish,  musiqiylikni  oshirish,  uni  o‘quvchilarga  yyetkazib  bera 
olish metodlarini o‘qib, o‘rganib, kelgusida o‘z ish faoliyadiga tatbiq etadi.    
 
      
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


5
 
 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə