Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 BADIIY GIMNASTIKA SPORT TURINING RIVOJLANISH TARIXI



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
fayl 1633 20210826

 
2. BADIIY GIMNASTIKA SPORT TURINING RIVOJLANISH TARIXI  
2.1. Badiiy gimnastikaning vujudga kelish  
Badiiy gimnastika o‘z shakllanishi va rivojlanishida sport va san’atdan eng 
yaxshi xislatlarni o‘ziga mujassam qilgan holda uzoq davrni o‘tdi.  
Barchaga  ma’lumki,  odamlar  juda  qadim  zamonlardan  boshlab  raqsga 
tushishgan.  Raqs  hissiyotlar  va  sezgilarni  ifodalash  usuli  sifatida  odamzotning 
barcha  tarixida  mavjud.  Bu,  o‘zida  odamning  musiqiy,  jozibali,  sport,  estetik  va 
badiiy  rivojlanishi  va  ta’limi  vositalarini  o‘zida  uyg‘unlashtirgan  raqsning  ko‘p 
qirraligi  bilan  bog‘liq.  Raqs  har  xil  asrlar  davomida,  shu  davr  uchun  o‘ziga  xos 
xarakterga  ega  bo‘lgan.  Raqs  borgan  sari  o‘zgargan  va  yangidan-yangi 
yo‘nalishlarni  qamrab  olgan.  Keyinchalik,    raqs  studiyalari  va  teatr  san’ati 
studiyalari paydo bo‘lgan. 
X1X  asrning  oxiri  –  XX  asrning  boshlarida  Fransua  Delsartning  ifodali 
gimnastika  studiyasi,  Emil  Jak-Dalkrozning  ritmik  gimnastika,  Jorj  Demenining 
raqs  gimnastikasi  va  Aysedora  Dunkanning  erkin  raqs  studiyalari  juda  katta 
ommaviylikka erishgan. Ularning ijodiy merosi butun dunyoda tan olindi va badiiy 
harakatning yangi yo‘nalishni rivojlanishiga asos bo‘ldi, aynan shu, ayollar uchun 
sport turini yuzaga kelishining boshlanishi bo‘ldi. 
Fransua  Delsart  (1811  yil  11  noyabr  –  1871  yil  20  iyul,  Parij)  fransiyalik 
qo‘shiqchi, vokal bo‘yicha pedagog va sahna san’atining nazariyachisi hisoblanib,  
akterlar va raqqosalar uchun ifodali gimnastika tizimini yaratgan. O‘z hissiyotlarini 
mimika  va  imo-ishoralar  bilan  ifodalayotgan  katta  odamlar  va  bolalarning 
harakatlarini  kuzatishi  hamda  yunon  san’atini  o‘rganishi    oqibatida,  u,  imo-
ishoralarni  mohiyatiga,  mazmuniga  va  hissiy  qirralariga  ko‘ra  tizimlashtirgan. 
Delsart  jadvallar  tuzgan  va  qo‘llar  harakatlarining  barchasini  tasniflagan  bo‘lib, 
ularda  u  yoki  bu  ifodali  harakatlar  va  kayfiyat  matematik  aniqlik  bilan  aks 
ettirilgan.  Masalan,  faqatgina  qo‘llar  uchun  harakatlarning  243  ta  turlari  nazarda 
tutilgan.  Lekin,  Delsart  qo‘llar  harakatlari  tizimini  yaratishi  orqali  har  bir  hissiy 


8
 
 
holatga  tananing,  qo‘llarning,  boshning  ma’lum  bir  holati va ma’lum  bir  mimika 
mos  kelishi  kerakligini  nazarda  tutgan.  U,  odamning  har  xil  kechinmalarini, 
kayfiyatlarini  va  fikrlarini  sun’iy  harakatlar  bilan  emas,  balki  tabiiy  harakatlar 
orqali  etkazishga  qobiliyatli  odam  gavdasi  harakatlarining  erkin  va  hissiy 
ifodaliligi  ustida  ishlashning  yangi  usullarini  ishlab  chiqqan.  U,  artistlarni 
oddiygina  boshni  ko‘tarishga,  egilishga,  burilishga,  yurish  va  yugurishga  emas, 
balki  har  bir  harakatga  ma’lum  bir  mazmun  va  mohiyatni  kiritishga  o‘rgatgan. 
Uning gapiga ko‘ra, his qilish kam va o‘zidan sinovdan o‘tkazish etarli emas, balki  
hissiyotni  harakatga  aylantirish  va  boshidan  o‘tgan  kechinmani  ifodalash  zarur. 
Delsart  harakatlarning  har  xil  tezkorligiga  va  kuchiga  katta  e’tibor  qaratgan,  bu, 
harakatlarning sun’iyligini oldini olishga yordam beradi, deb o‘ylagan. 
Delsart harakatning asosini, uning kelib chiqishini tabiiyligida ko‘ra bilgan, 
gimnastik  mashqlarni  musiqa  bilan  uyg‘unlashtirishga  intilgan.  U,  quyidagi 
tamoyillarga rioya qilgan holda mashqlarni yaratgan: 
-
 
ko‘pchilik bo‘g‘imlarni harakatlarga bir butun sifatida kirishishini
-
 
odamning hissiy holati bilan gavda harakatlari o‘rtasidagi aloqadorlikni; 
-
 
harakatlanishlar paytida qo‘llar va oyoqlarning qarama-qarshi harakatlarini 
(yurish va yugurishning turli xarakterlarini). 
F.Delsart  tomonidan  ishlab  chiqilgan  ushbu  barcha  g‘oyalar  va  tamoyillar 
badiiy  gimnastika  uchun  juda  qimmatli  hisoblanadi  va  uning  bazaviy  harakatlari 
asosiga  kiritilgan.  Masalan,  badiiy  gimnastikaning  to‘lqinsimon  va  prujinasimon 
harakatlari  ko‘pchilik  bo‘g‘imlarni  bir  butun  sifatida  harakatlarga  qo‘shilishi 
asosida,  sekin-asta  gavdaning  bir  zvenosidan  boshqasiga  o‘tish  orqali  bajariladi. 
Badiiy  gimnastikada  yurish,  yugurish  va  sakrashlarning    har  xil  bazaviy  turlari, 
ularni  bajarilishi  paytida  qo‘llar  va  oyoqlarning  qarama-qarshi  harakatlanishini 
talab qiladi. 
Shveysariyalik  bastakor  va  pedagog  Emil  Jak-Dalkroz  (1865  yil  6  iyul, 
Vena, 1950 yil 1 iyul, Jeneva) ritmik gimnastika deb ataladigan mualliflik tizimini 
yaratgan  bo‘lib,  unda  u,  musiqiy  ritmni  odam  gavdasining  harakatlariga  olib 


9
 
 
o‘tishga  uringan.  Emil  Jak-Dalkroz,  o‘zining  tizimi  asosiga  musiqa  ritmi  va 
musiqani  jozibali  amalga  oshirish  tushunchasini  qo‘ygan.  Musiqa  va  joziba 
ritmdan  boshlanadi.  Tanani,  qalbni,  ruhni  va  umuman  odamni  tarbiyalash  va 
shakllantirish uchun eng ifodali ritm zarur. Emil Jak-Dalkroz dunyoning yaratilishi 
sirlaridan voqif bo‘lish va misli ko‘rilmagan qudratga, o‘z tanasi va o‘z hayotida 
ritmni  his  qilishga  qobiliyat  faqatgina  insonga  xos,  deb  hisoblagan.  Raqqosa 
musiqa  va  harakatlardagi  ichki  aloqani  har  doim  anglashi  kerak.  Musiqa  bilan 
shug‘ullanishdan  oldin,  ritm  va  tovushlarni  yaratadigan  hissiyotlar  ichiga  kirish, 
uni o‘zining tani-joni bilan his qilish va idrok qilishni o‘rganishi kerak.  Emil Jak-
Dalkroz bolalar uchun maktab ta’limi tizimiga ritmikaning kiritilishini ahamiyatini 
alohida  aytgan,  chunki  harakat  –  ularning  zaruriy  ehtiyoji  hisoblanadi.  U,  ritmni 
har  qanday  san’atni,  jumladan  she’riyatni,  haykaltaroshlikni,  me’morchilik  va 
musiqani  bilish  uchun  baza  sifatida  belgilagan.  Musiqa  odamning  xulq-atvorini 
sokinlashtirishi  va  qo‘zg‘aluvchanligini  tinchlantirishi  orqali  umumiy  tarbiyaviy 
ahamiyatga  ega,  deb  hisoblagan.  Emil  Jak-Dalkroz  barkamol  rivojlangan  shaxs  – 
odamning  antik  idealiga  qaytadi.  Uning  maqsadi  –  odamni  o‘zini-o‘zi  bilishiga, 
hayotdan  quvonishiga  olib kelish, jismoniy  va  psixologik  qiyinchiliklarni  bartaraf 
qilish  va  o‘zining  kuchi  va  ijodiy  imkoniyatlari  to‘g‘risida    yorqin  tasavvurlarni 
yaratish  bo‘lgan.  Emil  Jak-Dalkrozning  asosiy  tamoyillari:  “Musiqa  gavda 
harakatlarini  ruhlantirish  kerak,  toki  u  “ko‘rinadigan  tovushga”  aylansin”. 
“Tovushlar musiqasi va imo-ishoralar musiqasi bitta hissiyotlar bilan ruhlantirilishi 
kerak”.  Emil  Jak-Dalkroz  “raqs”ni  ritmik  harakatlarning  uyg‘unligi  sifatida 
belgilagan  bo‘lib,  ularning  yordamida  odam    o‘z  hissiyotlarini  namoyon  qiladi. 
Lekin,  u,  buni  mumtoz  raqsda  ko‘rmagan.  O‘z  uslubiyotini    ritmni  “qars  urish” 
bilan  o‘qitishi  va  qiyin  o‘zlashtirayotgan  o‘quvchilarga  davomiylikni 
uyg‘unlashtirish  maqsadida  o‘zining  tizimini  musiqa  ritmidagi  erkin  harakatlarda 
tuzgan  (ritmik  gimnastika).  Ularning  tarkibiga  musiqa  nazariyasi,  xor  tarkibida 
ashula  aytish,  solfedjio,  shved  gimnastikasi,  ruhlantirilgan  gimnastika,  raqs  kursi 
va  hokazolar  kabi  predmetlarni  kiritgan.  Ritmik  gimnastika  darslarida 


10
 
 
qo‘llaniladigan  vositalar  badiiy  gimnastikaning  bazaviy  elementlariga  o‘xshash. 
Bunday  harakatlarga    yurish,  yugurish,  sakrashlarning  har  xil  turlari  kiradi. 
Harakatlarning variantlari – uzilib va sokin ijro etish, musiqa ritmiga bog‘liq holda, 
musiqaning  har  bir  tovushiga  mos  keladigan  sekinlashish  va  tezlashish  bilan 
qo‘llaniladi. Bunday mashqlarning barchasi qiyinlik darajasi bo‘yicha aniq ketma-
ketlikda berilgan va shakli bo‘yicha juda xilma xil bo‘lgan. Mashg‘ulotlar tizimida 
ohang  va  ritmdagi  juda  kichik  o‘zgarishlarni  harakatlarda  aks  etuvchi  musiqa 
ostidagi individual va guruhdagi improvizatsiya ancha sezilarli joy egallaydi.  
Emil  Jak-Dalkroz  o‘z  davrida  keng  tarqalgan  gimnastik  harakatlar  musiqa 
bilan uyg‘un bo‘lgan har xil yo‘nalishlarni o‘rgangan va tahlil qilgan. U, ulardagi 
ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  ajratgan  bo‘lib,  bu,  uning  ritmik  tizimini  betakror 
stilini shakllantirish imkonini bergan. Badiiy gimnastikada bunday yondashuv o‘z 
qo‘llanilishini topdi va yanada rivojlantirildi. 
Fransiyalik  fiziolog  va  pedagog  Jorj  Demeni  (1850-1917)  fiziologiya  va 
anatomiya  yutuqlari  asosida  tuzilgan  gimnastik  jismoniy  tarbiya  tizimi  muallifi. 
Jorj  Demeni  o‘z  davrida  mavjud  bo‘lgan  gimnastikaning  asosiy  kamchiligi  deb, 
harakatlarning o‘ta keskinligini, to‘g‘ri chiziqliligi va sun’iyligini hisoblagan.  U, 
fiziologik  jarayonlarga  asoslangan  holda  mushaklarni  cho‘zishga  va 
bo‘shashtirishga qaratilgan mashqlarning, ortiqcha davomiy statik kuchlanishlarsiz 
to‘liq amplituda bilan va keskin siltashlar va beso‘naqay harakatlarsiz bajariladigan 
mashqlarni  maqsadga  muvofiqligini  isbotlagan.  U,  jismoniy  tarbiyaga  bo‘lgan 
quyidagi prinsipial talablarni ishlab chiqqan: 
-
 
gimnastika dinamik bo‘lishi kerak, statik mashqlardan qochish kerak; 
-
 
harakatlarda  to‘liq  amplitudaga  erishish  zarur.  Agarda,  bir  xil  mushaklar 
to‘liq  kuchlangan  bo‘lsa,  unda  qarama-qarshi  mushaklar  to‘liq  bo‘shashgan 
bo‘lishi kerak; 
-
 
harakatlar  tabiiy  ko‘rinishga  ega  bo‘lishi,  burchakli  va  uzilib 
bajariladiganlari bo‘lmasligi kerak; 
-
 
harakatlarda ishtirok etmayotgan mushaklar, bo‘shashgan bo‘lishi kerak; 


11
 
 
-
 
mashqlarni  o‘rgatish  paytida  tanish  mashqlardan  notanish  mashqlarga 
o‘tish,  engil  mashqlardan  ancha  qiyin  mashqlarga,  oddiylaridan  murakkab 
mashqlarga o‘tish lozim. 
 Jorj Demeni mashqlarni bajarishning qiyinligini va jadalligini o‘quvchilarni 
toliqish  darajasigacha  olib  bormasdan  sekin-asta  oshirish  kerakligini  isbotlagan. 
Buning uchun u, yuklamaning kattaligini – quvvatini va ishlash vaqtini aniqlashni 
boshlagan.  Jorj  Demenining  jismoniy  tarbiya  tizimi  salomatlikni  va  jismoniy 
kuchni  mustahkamlashga,  energiyani  eng  kam  sarflash  bilan  ishlash  qobiliyatini 
ishlab  chiqarishga  va  matonatni  tarbiyalashga,  tana  va  harakatlarning  chiroyli 
bo‘lishini  tarbiyalashga  yo‘naltirilgan.  Erkaklar  uchun  gimnastikaning  asosiy 
maqsadi egiluvchanlikni, kuchni, epchillikni har qanday sharoitlarda ham tezkor va 
tejamkor  harakatlar  qilish  hamda  harbiy-amaliy  harakatlarning  turlarini 
o‘zlashtirishni  rivojlantirishdan  iborat.  Qizlarni  jismoniy  tarbiyasida  boshqa 
vazifalarni  qo‘ygan,  ularning  ichida  eng  muhimlari  quyidagilar  bo‘lgan:  nozik 
harakatni  va  jozibani  rivojlantirish,  yaxshi  qaddi-qomatni,  egiluvchanlikni, 
epchillikni    shakllantirish,  ohista  va  nozik  harakatlanish  malakasiga  erishish. 
Mashg‘ulotlar  tarkibiga  bulavalar,  tayoqlar  va  boshqa  jismlar  bilan  mashqlar 
hamda  raqs  qadamlari  harakatlari,  har  xil  ritmik  harakatlar  va  improvizatsiya 
kiritilgan.  Mashg‘ulotlar  asosan,  mumtoz  asarlardan  olingan  musiqa  ostida 
o‘tkazilgan. 
Jorj Demenining gimnastik tizimini ushbu ta’kidlashlari va holatlari hozirgi 
vaqtda  ham  badiiy  gimnastika  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Sportchi 
ayollarning  zamonaviy  dasturlarida  Jorj  Demeni  tmonidan  taklif  qilingan 
jismlarning  turlari  o‘zgartirilgan  holda  qo‘llaniladi,  barkamol  shaxsni,  nozik 
harakatlarni,  egiluvchanlik  va  harakatlar  go‘zalligini  tarbiya  qilish  esa  –  badiiy 
gimnastika bilan shug‘ullanishning asosi hisoblanadi. 
Erkin raqs asoschisi, amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan (1877 yil 27 may, 
San-Fransisko – 1927 yil 14 sentyabr, Nitssa) raqsni o‘ziga xos san’at turi sifatida 
tushungan,  mumtoz  baletning  qat’iy  qoidalarini  inkor  qilgan,  raqsda  tabiiylikka, 


12
 
 
raqs  va  musiqani  bir  butunga  birlashtirishga  intilgan.  Aysedora  Dunkan  qadimgi 
Yunon san’atiga tayangan holda, Yunon vazalariga chizilgan rasmlardagi pozalarni 
o‘rganish  orqali  yunonliklarning  nozik  harakatlanishlaridan  namunalar  olgan  va 
raqsda  tasviriy  san’at,  musiqiy  va  nozik  harakatlar  shakllarini  birlashtirishga 
uringan.  Musiqadan  va  tirik  tabiatdan  ilhom  olishi  orqali,  u,  raqsning  tabiiy 
shakllarini  rivojlantirgan  va  siyqasi  chiqqan  standart  aylanishlar  va  sakrashlarsiz 
o‘zining  harakatlarini  yaratgan.  Musiqa  va  hissiyotlar  uyg‘unligi  haqqoniy  va 
tabiiy bo‘lgan, uning tani-jonidan chiqib keladigan harakatlarni yuzaga keltirgan. 
Aysedora  Dunkanning  harakatlari  musiqa  ortidan  yurgan,  undan  oldinga  chiqib 
ketmagan.  Uning  raqslaridagi  harakatlar  oddiy  bo‘lgan:  qadam  bosishlar,  yarim 
barmoqlari  ustida  engil  yugurishlar,  kichkina  sakrashlar,  tabiiy  to‘xtalishlar  va 
pozalar,  u,  oyoq  yalang  engil  shaffof,  rivojlanuvchi  tuniklarda  raqs  tushgan. 
Aysedora Dunkan raqsda improvizatsiya qilgan bo‘lib, bu harakatlar zavq bilan va 
chin  dildan  amalga  oshirilgan,  notabiiy  ritmikali,  musiqiy  va  betakror  bo‘lgan.  U 
Chaykovskiy,  Vagner,  Shubert,  Betxoven,  Motsart,  Shopen  va  boshqa 
bastakorlarning  yuqori  badiiy  musiqalari  ostida  raqsga  tushgan.  Musiqani  hissiy 
qabul qilishi va uni harakatlarga o‘tkazishi, uning usuli asosida yotgan. Aysedora 
Dunkan o‘z o‘quvchilariga harakatlar paytida chiziqlarning to‘lqinsimon bo‘lishini 
va tirik tabiatning o‘ta go‘zal va tabiiy shaklini mujassamlashtirishga o‘rgatishga 
intilgan. 
Aysedora  Dunkanning  ijodiyoti  avlodlardan  avlodlarga  o‘tib  yangi 
yondashuvga  o‘rnak  bo‘ldi  va  yangi  raqs  yo‘nalishlarini  yaratilishiga 
ko‘maklashdi. 
Aysedora  Dunkanning  ijodiyoti  badiiy  gimnastikaning  rivojlanishiga  ham 
ancha  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatdi.  Sportchi  ayollardan  musiqani  individual 
interpretatsiya  qilishlari  va  esda  qoladigan  obrazni  yaratish  uchun  uni  harakatlar 
bilan  to‘liq  o‘zaro  bog‘lash  talab  qilinadi.  Bidiiy  gimnastikaning  bazaviy 
harakatlari –  to‘lqinlar, prujinasimon  harakatlar va ularning uyg‘unligi, qo‘llar va 
tana bilan harakatlar, yugurish, yurish va sakrashlarning har xil turlari hisoblanadi. 


13
 
 
Shunday qilib, ajdodlarning ifodalangan gimnastika asoschisi F.Delsartning, 
ritmik  gimnastika  asoschisi  E.J.Dalkrozaning,  raqs  gimnastika  asoschisi 
J.Demenining va erkin raqs asoschisi A.Dunkanning ijodiy merosi X1X asr oxiri – 
XX asr boshlarida Rossiyada keng ommalashdi. Nozik harakatlar va teatr san’ati 
studiyalari katta miqdorda ochildi: 
-
 
1912  yilda  S.Volkonskiy  Peterburgda  ritmik  gimnastika  kurslarini  ochdi. 
Studiyada  Dalkroz  tomonidan  Rossiyaga  yuborilgan  rus  o‘qituvchilari  va 
mutaxassislari ish olib borishgan;  
-
 
1915  yilda  Petrogradda  MXAT  aktrisasi  K.Isachenko-Sokolova  nozik 
harakatlar  va  sahna  ifodaliligi  maktabini  ochgan  bo‘lib,  unda  F.Delsartning 
ifodalangan  gimnastikasi,  E.J.Dalkrozaning  ritmik  gimnastikasi,  J.Demenining 
raqs  gimnastikasi  hamda  predmetlar  –  koptok,  sharf  va  boshqalar  bilan  mashqlar 
o‘z aksini topgan; 
-
 
1918 yil E.I.Rambek (A.Dunkanning shogirdi) studiyasida nozik harakatlar 
bo‘yicha maxsus ta’lim olgan E.N.Gorlova Petrogradda nozik harakatlar sohasida 
o‘zining  pedagogik  faoliyatini  boshlagan.  Keyinchalik  Gorlova  “Geptaxor” 
studiyasi  tizimi  bilan  va  D.M.Musinaning  studiyasi  bilan  tanishgan  hamda  ritmik 
gimnastika bilan shug‘ullangan; 
-
 
1918 yil N.Romanovaning rahbarligi ostida ritm maktabi ochilgan bo‘lib, u, 
guberniya  xalq  ta’limi  bo‘limi  tasarrufida  bo‘lgan.  Ritmik  gimnastika 
maktablardagi jismoniy tarbiya darslariga kiritilgan va maktabdan tashqari vaqtda 
– bolalarning badiiy tarbiyasi vositasi sifatida kiritilgan; 
-
 
1919  yil  S.Auer  Petrogradda  mukammal  harakatlar  studiyasini  va 
keyinchalik  institutini  ochgan.  Unda  shug‘ullanuvchilar  har  tomonlama  jismoniy 
madaniyatni o‘zlashtirish imkoniga  ega bo‘lishgan.  Institutning  o‘quv  rejasi ko‘p 
predmetli bo‘lgan va akrobatikani, ot minishni, qilichbozlikni, ritmik gimnastikani, 
xarakterli raqsni va hokazolarni o‘z ichiga qamrab olgan
-
 
1919  yili  Jonli  so‘z  institutining  musiqiy  harakatlar  studiyasi  qoshida 
“Geptaxor”  studiyasi ish boshlagan bo‘lib, u, xoreografik spektakllarni va konsert 


14
 
 
chiqishlarni  bezash  ustida  ish  olib  borgan.  1933  yildan  boshlab  “Geptaxor”  
studiyasi  jismoniy  tarbiya  bo‘yicha  viloyat  kengashining  jismoniy  tarbiya 
seksiyasini  topshirig‘iga  binoan  bolalar  bilan  ommaviy  ishlashni  boshlagan  va 
“harakat gimnastikasi tizimini” yaratgan; 
-
 
Pedagogik  xodimlarga  bo‘lgan  ehtiyoj  1920  yilda  Ritm  institutini 
ochilishiga olib kelgan. Ushbu institut dasturining asosiy  yo‘nalishlari  – umumiy 
pedagogik  tayyorgarlik  (pedagogika,  psixologiya,  biomexanika),  harakat 
tayyorgarligi  (xalq  raqslari,  nozik  harakatlar,  shved  gimnastikasi),  musiqiy 
tayyorgarlik  (musiqa  eshitish,  ashula  aytish  va  musiqiy-plastik  etyudlar) 
hisoblangan; 
-
 
1920  yilda  D.M.Musinaning  rahbarligi  ostida  F.Delsart  nomidagi  yagona 
san’at studiyasi “Glavnauka” tasarrufida o‘z ishini boshlagan. Unda, amaliy, ilmiy-
tadqiqot  va  o‘quv  seksiyalari  bo‘lib,  ularda  raqs,  badiiy  so‘z  va  mimikali  nozik 
harakatlarni  ifodalash  o‘qitilgan.  1923  yili  studiya,  o‘quv  rejasi  tarkibiga 
akrobatikani,  gimnastikani  va  bir  qator  nazariy  fanlarning  kiritilishi  hisobiga 
kengaytirilgan.  D.M.Musina  studiyasining  asosiy  ishi  san’atning  har  xil  turlarini 
ilmiy  asoslash  va  ularni  sintezlashni  amaliy  jihatdan  amalga  oshirishdan  iborat 
bo‘lgan.  Lekin,  barcha  qo‘yilgan  vazifalrni  studiya  tomonidan  amalga  oshirish 
imkoni bo‘lmagan; 
-
 
1921  yili  Z.Verbova studiyasi tuzilgan bo‘lib,  u, 1923  yilda  Davlat badiiy 
maktabi  huquqiga  ega  bo‘lgan.  Unda,  o‘zini-o‘zi  mukammallashtirishni  istagan 
barcha odamlar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilgan va jismoniy tarbiya bo‘yicha ta’lim 
beruvchi  pedagog  kadrlar  tayyorlangan.  Mashg‘ulotlar  tarkibiga  quyidagi  fanlar 
kiritilgan:  biomexanika,  anatomiya,  raqs  tarixi,  libos  tarixi,  umumiy  gimnastika, 
qo‘llab  turishlar,  xarakterli  raqs,  pantomima,  improvizatsiya  va  sahnalashtirish-
rejisserlik  ishlari.  Keyinchalik  Z.Verbova  ishlab  chiqarish  jamoalarida  pedagogik 
faoliyat  bilan  shug‘ullangan,  1936  yilda  esa,  P.FLesgaft  nomidagi  jismoniy 
madaniyat institutining badiiy harakat dotsenturasida xodim sifatida ish boshlagan; 


15
 
 
-
 
1923  yili  E.N.Gorlova  bolalar  badiiy  studiyasida  iqtidorli  bolalar  guruhi 
bilan  nozik  harakatlar    bo‘yicha  ish  boshlagan.  Trenirovkalar  xilma  xil 
konstruksiyalarni hamda predmetlarni (tasma, koptok, sharf va h.k.) qo‘llash orqali 
amalga  oshirilgan.  Xoreografik  sahnalashtirishlar,  teatrlashtirish  elementlarini 
kiritilishi orqali, albatta ma’lum bir syujetni rivojlantirish bilan amalga oshirilgan. 
Shunday  qilib,  Leningradda  badiiy  harakatlarni  rivojlantirilishida  bir  nechta 
bosqichlarni ajratish mumkin. 
Birinchi  bosqich  –  1917  yildan  to  1924-1925  yillargacha    mavjud 
maktablarning  tarqoqligi  va  ularni  bir-birlariga  nisbatan  keskin  qarma-qarshiligi 
bilan tavsiflanadi, yuzaga kelgan maktablarning har biri faqatgina o‘z tamoyillarini 
tan  olgan.  Mavjud  studiyalar  tomonidan  tashkil  qilingan  alohida  konferensiyalar, 
ko‘rgazmali chiqishlar asosan illyustrativ xarakterga ega bo‘lgan. 
Ikkinchi  bosqich  har  xil  yo‘nalishdagi  studiyalar  va  maktablarni 
birlashtirishga  urinishlar  bilan  xarakterli.  1925  yildan  boshlab  studiyalar  vakillari 
bir-birlari  va  sport  jamiyatlari  bilan  birgalikda  ishlash  imkoniyatlarini  izlay 
boshlashgan.  1926  yildan  boshlab  alohida  maktablarning  ritmikasi  va  nozik 
harakatlari  bir-birlariga  kamroq  darajada  qarshi  tura  boshlagan.1927  yili  tashkil 
qilingan  nozik  harakatlar  xodimlari  assotsiatsiyasi  badiiy  harakatlarning  har  xil 
turlarini  o‘rganish  asosida    mavjud  barcha  nozik  harakatlar  bo‘yicha  yagona 
tizimni  yaratish  vazifasini  qo‘ygan.  Lekin  belgilangan  vazifalar  amalga  oshmay 
qolgan.  Shu  bilan  birga,  badiiy  harakatlanishlar  texnikasini  chuqurlashtirilgan 
o‘rganishga  ob’ektiv  ehtiyoj  namoyon  bo‘lgan  va  shu  tarzda,  jismoniy 
madaniyatga  ma’lum  bir  qo‘shilish  belgilangan.  1929  yili  Leningrad  viloyati 
jismoniy  madaniyat  kengashi  bazasida  mavjud  badiiy  yo‘nalishlarni  birlashtirish 
bo‘yicha keyingi qadam qo‘yilgan. Badiiy harakatlarda harakat apparatining ishida 
xilma xil usullar qo‘llanilgan bo‘lib, bu, jismoniy madaniyat xodimlarida badiiy va 
estetik yangiliklarni jismoniy madaniyat mashg‘ulotlariga olib o‘tish maqsadidagi 
qiziqishlarini uyg‘otdi. Nozik harakatlar va ritmik gimnastika materiallari jismoniy 
madaniyat bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar tarkibiga kiritilgan. 


16
 
 
Uchinchi  bosqich  –  tarqoq  maktablar  va  studiyalar  ish  tajribasini 
umumlashtirilishi  va  badiiy  harakatlar  yo‘nalishida  mutaxassislarni  tayyorlashga 
o‘tilishi  bilan  tavsiflanadi.  1932  yili  P.F.Lesgaft  nomidagi  institutda  badiiy 
harakatlar  dotsenturasi  tashkil  qilingan  bo‘lib,  badiiy  harakatlar  sohasida 
to‘plangan  materiallarni  chuqurlashtirilgan  metodik  va  tadqiqot  ishlari  doirasida 
birlashtirish  va  qayta  ishlash  imkoni  yuzaga  kelgan.  Dotsentura  xodimlarining 
asosiy vazifasi – badiiy harakatlar bo‘yicha tizimli tayyorlash uchun zarur bo‘lgan 
uslubiy  ta’minot  va  dasturlarni  yaratish  hisoblangan.  Boshlang‘ich  ta’lim 
maktablarida  badiiy  harakatlar  yo‘nalishi  bo‘yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlariga,  1932 
yili Leningrad bolalarni badiiy tarbiyalash uyi (LDXVD) qoshidagi uslubiy markaz 
rahbarlik  qila  boshlagan.  Tashkil  qilingan  bolalar  raqs  jamoasi,  keyinchalik 
Leningrad bolalarni badiiy tarbiyalash uyi qoshidagi badiiy harakatlar studiyasiga, 
so‘ngra  pionerlar  saroyiga  aylangan.  Bir  vaqtning  o‘zida  Leningrad  bolalarni 
badiiy  tarbiyalash  uyi  qoshida  musiqa  ta’limi  pedagoglari  va  badiiy  harakatlar 
pedagoglari  ikki  yillik  kurslarda  va  seminarlarda  o‘z  malakalarini  oshirishgan. 
P.F.Lesgaft  nomidagi  institut  badiiy  harakatlar  dotsenturasidagi  va  Leningrad 
bolalarni  badiiy  tarbiyalash  uyidagi  mutaxassislarning  ishlari  o‘zaro  hamkorlik 
asosida amalga oshirilgan. Ularning hamkorligida badiiy harakatning dasturlari va 
tamoyillari ishlab chiqilgan. 
Badiiy  gimnastika  sport  turi  sifatida  Leningradda  P.F.Lesgaft  nomidagi 
jismoniy madaniyat institutida yuzaga kelgani va shakllangani bejiz emas. Institut 
xududiy  jihatdan  madaniyat  va  san’atning  yuksak  markazlari  bo‘lmish  – 
Mariinskiy  opera  va  balet  teatri  va  A.N.Rimskiy-Korsakov  nomidagi 
konservatoriyalar bilan qo‘shni bo‘lgan, bu, tabiiyki, musiqa va raqs madaniyatiga 
katta qiziqishni namoyon qilinishiga ko‘maklashgan. Vaqtning o‘zi eski madaniyat 
an’analarida  novatorlikni talab qilgan. Xali “oltin asr” madaniyatida tarbiyalangan 
avlod  tirik  bo‘lgan.  Shu  bilan  birga,  badiiy  gimnastikaning  shakllanishiga 
Gimnastika kafedrasining (1934 yili dotsentruadan qayta tuzilgan) birinchi mudiri 
Lev  Pavlovich  Orlovning  juda  katta  hissa  qo‘shganligini  aytish  lozim.  U,  juda 


17
 
 
ziyoli  odam  bo‘lgan,  nozik  tabiat  sohibi  va  san’atni  idrok  qila  olgan,  shuning 
uchun gimnastikaning estetik tarkibini muximligini tushunish unga ososn bo‘lgan. 
Badiiy  gimnastikaning  yuzaga  kelishi  biron-bir  yangi  harakat  emas,  balki  buyuk 
rus musiqiy, raqs madaniyati va san’atining davomi va novdasi bo‘ldi.  
1934  yilda  P.F.Lesgaft  nomidagi  jismoniy  madaniyat  institutiga 
mamlakatning  eng  dongdor  ritmoplastik maktablari  rahbarlari  taklif qilingan. Shu 
yilning o‘zida, uning bazasida badiiy harakatlarning Oliy maktabi ochilgan. Aynan 
shu  moment,  badiiy  gimnastikani  sport  turi  sifatidagi  rivojlanishini  rasmiy 
boshlanishi  hisoblanadi.  Maktabda  talabalarni  maxsus  tayyorlashning  asosiy  fani 
“badiiy gimnastika” deb atalgan. 
Ta’lim  dasturida  quyidagi  fanlar  bo‘lgan:  badiiy  harakatlar  (badiiy 
gimnastika,  musiqiy  ifodalanuvchi  etyudlar  va  musiqiy  materialni  tanlash)  –  553 
soat;  xarakterli,  tarixiy-hayotiy  raqslar  –  208  soat;  musiqa  tarixi  va  nazariyasi 
(musiqiy  ta’lim,  solfedjio,  musiqiy  asarlar  tahlili)  –  182  soat;  rejissura  va  ijro 
amaliyoti – 178 soat; xor bo‘lib ashula aytish – 88 soat; tasviriy san’at, dekorativ 
bezash va rang – 40 soat; gimnastika va sport sikli – engil atletika, qilichbozlik va 
bosh. 
Badiiy  harakatlarning  eng  buyuk  vakillari  tomonidan  ilgari  surilgan, 
jismoniy  tarbiyani  estetik  tarbiya  bilan  birlashtirish  g‘oyasini  amalga  oshirish 
rejalashtirilgan.  Qabul  sinovlari    natijasida  30  nafardan  ortiq  odamlar  tanlangan 
(bitta erkaklar vzvodi va ikkita ayollar vzvodi). 
Oliy  maktabning  o‘qituvchilari  tarkibi  o‘z  ishining  eng  yaxshi  ustalaridan 
tashkil topgan. Birinchi o‘qituvchilar ichida – R.A.Varshavskaya, A.M.Nevinskaya 
(Petrograd  Ritm  instituti  vakilalari),  E.N.Gorlova,  Z.D.Verbova,  A.M.Semenova-
Naypak  (plastik  studiyalarning  oldingi  rahbarlari)  hamda  Mariinskiy  teatrining 
etakchi  ustalari  bo‘lishgan.  Xarakterli  raqsni  Sergey  Gavrilovich  Koren  o‘qitgan 
(SSSR  Katta  teatrining  baletmeyster-repititori,  dongdor  raqqos,  kelajakdagi 
RSFSRda  xizmat  ko‘rsatgan  artist);  mumtoz  raqs  va  sahnalashtirish  ishini 
Rostislav Vladimirovich Zaxarov (Mariinskiy teatri baletmeysteri, kelajakda SSSR 


18
 
 
xalq artisti) olib borgan; plastikani Paulina Koner o‘qitgan (Nyu-Yorkdagi Mixail 
Fokin  studiyasi  o‘quvchisi);  tarixiy-hayotiy  raqsni  Nikolay  Pavlovich  Ivanovskiy 
(u  ham  Fokinning  o‘quvchisi,  Leningraddagi  A.YA.Vaganov  nomidagi 
xoreografiya bilim yurtining badiiy rahbari, kelajakda RSFSRda xizmat ko‘rsatgan 
sa’at arbobi) olib borgan. 
VSHXD  dan  chiqqan  birinchi  mutaxasislar  –  Tatyana  Varakina,  Ariadna 
Tomme-Bashnina,  Yuliya  Shishkareva,  Lidiya  Korsakova-Kudryashova,  Anna 
Larionova,  Tatyana  Markova,  Sofya  Nechaeva,  Antonina  Petrova-Chepkelenko, 
G.A.Bobrova  va  boshqalar  bo‘lishgan.  Ular,  keyinchalik  mamlakat  badiiy 
gimnastikasining faol kuchlari, faxri bo‘lishgan va rossiyalik badiiy gimnastikachi 
ayollarni jahon arenalaridagi g‘alabalariga poydevor o‘rnatishgan. 
Badiiy  gimnastikani  shakllanishining  boshlang‘ich  davrida  Leningradda 
P.F.Lesgaft  nomidagi  jismoniy  madaniyat  instituti  xodimlari  tomonidan  jiddiy 
amaliy,  nazariy  va  uslubiy  faoliyat  talab  qilingan.  Ular,  badiiy  gimnastikaning 
mavqeini  va  mazmunini  belgilash  ustida  ish  olib  borishgan,  atamalarni,  mashqlar 
tizimini,  razryadlar  tasniflagichini  va  me’yorlarni  ishlab  chiqishgan,  musiqiy 
jo‘rlik  bo‘yicha  tavsiyalarni,  yagona  o‘quv  dasturini  yaratishgan,  o‘quv 
materiallarini  tayyorlashgan,  musobaqalar  qoidalarini  va  bellashuvlarni  o‘tkazish 
tizimini taklif qilishgan, badiiy gimnastika bo‘yicha birinchi musobaqalarni tashkil 
qilishgan  va  o‘tkazishgan.  Ushbu  faoliyatga  R.A.Varshavskaya,  E.N.Gorlova, 
A.M.Nevinskaya, E.A.Kotikova va boshqa o‘qituvchilar katta hissa qo‘shishgan. 
1936 yilda Badiiy harakatlarning Oliy maktabi Jismoniy madaniyat va sport 
bo‘yicha  umumittifoq  qo‘mitasi  qarori  bilan  P.F.Lesgaft  nomidagi  jismoniy 
madaniyat  institutining  pedagogika  fakultetiga  aylantirilgan,  chunki  badiiy 
harakatlar,  faqatgina  uning  vazifalarini  sport  vazifalari  bilan  qo‘shilgan 
sharoitidagina  mavjud  bo‘lishi  ma’lum  bo‘lgan.  Talabalar  jismoniy  madaniyat 
instituti  dasturi  bo‘yicha  umumiy  kursni  o‘tishni  boshlashgan  va  bir  vaqtning 
o‘zida,  ular  badiiy  gimnastikada  maqsadli  ixtisoslashishgan.  Badiiy  gimnastikani 
rivojlanishida  yangi  bosqich  boshlangan.  Institut  rahbariyati  –  professor  Zelkson 


19
 
 
E.Yu.  va  gimnastika  kafedrasi  –  Orlova  L.P.,  jismoniy  madaniyatdagi  badiiy-
harakatli    tarbiyaning  ahamiyatiga  ishongan  holda, uni  yanada  samaraliroq  ishlab 
chiqish uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratishgan. 
1936  yildan  boshlab P.F.Lesgaft nomidagi  jismoniy  madaniyat  institutining 
gimnastika  kafedrasi  badiiy  gimnastika  bo‘yicha  uslubiy,  nazariy  va  tadqiqot 
ishlari markaziga aylangan bo‘lib, unga A.N.Larionova va Yu.N.Shishkareva faol 
kirishishgan.  Asosiy  maqsad  –  badiiy  gimnastikani  SSSR  jismoniy  madaniyat 
tizimiga sportning mustaqil turi sifatida kiritish bo‘lgan. 
Natijada  badiiy  gimnastikaning  umumiy  va  xususiy  vazifalari  aniqlangan, 
mashqlarning  tasniflagichini  ishlab  chiqish  taklif  qilingan,  atamalarni  qo‘llash 
tartibga  solingan,  o‘quv  materialining  xajmi  aniqlangan,  mashg‘ulotlarni 
o‘tkazishni  tashkil  qilish  va  uslubiyoti  masalalari  konkretlashtirilgan,  o‘quv 
mashg‘ulotlarining  yagona  namunaviy  dasturi  ishlab  chiqilgan,  musobaqalr 
qoidalari  va  ularni  o‘tkazish  tizimi  taklif  qilingan.  O‘sha  davrda,  badiiy 
gimnastikaning  fundamental  jihatlarini  ishlab  chiqishga  gimnastika  kafedrasining 
mudiri  Lev  Pavlovich  Orlov,  jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyoti  kafedrasi 
o‘qituvchisi  Karl  Xristianovich  Grantin  katta  yordam  berishgan.  Jismoniy 
madaniyat  bo‘yicha  shahar  qo‘mitasi  Leningradda  sportning  yangi  turini 
ommalashtirishga  faol  yordam  bergan.  Badiiy  gimnastika  jismoniy  madaniyat 
amaliyotiga  kiritilgan  bo‘lib,  bu,  ta’lim  muassasalarida,  korxonalarda,  sport 
jamiyatlari  jamoalarida  yangi  seksiyalarning  tuzilishiga  ko‘maklashgan  hamda 
bolalar guruhlari ham tashkil qilingan. 
 Badiiy  gimnastika  bo‘yicha  birinchi  musobaqalar  1939  yili  Leningradda 
tashkil  qilingan.  Bellashuvlar  shaxsiy  birinchilik  doirasida  erkin  dastur  bo‘yicha 
o‘tkazilgan va 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan. 1941 yili I, II 
va  III  razryadlar  uchun  malakaviy  dastur  bo‘yicha  va  shug‘ullanishni  yangi 
boshlaganlar  uchun  ikkinchi  musobaqalar  (shaxsiy  va  jamoviy  birinchilik) 
o‘tkazilgan.  Musobaqalar  dasturi    majburiy  va  erkin  mashqlardan  tashkil  topgan. 
Majburiy  mashqlar  bajarish  texnikasi,  musiqiyligi  va  ifodalanganligi  bo‘yicha  10 


20
 
 
ball bilan baholangan. Erkin mashqlar – 20 ball bilan baholangan (ijro texnikasi – 
10  ball;  tuzilgan  mashqning  sifati  –  kompozitsiya;  g‘oyaning  originalligi  va 
elementlarning  xilma  xilligi  –  5  ball  va  mashqni  tanlangan  musiqiy  asarga  mos 
kelishi  –  5  ball).  Maksimal  to‘planishi  mumkin  bo‘lgan  ballardan  75%  to‘plagan 
ishtirokchi  ayollarga  razryad  berilgan.  Gimnastikachi  ayollarga  mos  ravishdagi 
razryadlarni  berish  jismoniy  madaniyat  va  sport  bo‘yicha  shahar  qo‘mitasi 
tomonidan  amalga  oshirilgan.  Ushbu  musobaqalar  badiiy  gimnastikani  butun 
mamlakatning jismoniy madaniyatiga joriy qilish uchun keng imkoniyatlarni ochib 
bergan va uni sportdagi yo‘lini boshlanishi hisoblanadi. 
1941 yilning aprelida Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan maxsus kengaytirilgan 
ilmiy-uslubiy  kengashda  A.N.Larionova  Leningraddagi  P.F.Lesgaft  nomidagi 
jismoniy  madaniyat  institutining  gimnastika  kafedrasi  o‘qituvchilar  tayyorlagan 
“Ayollarni  jismoniy  tarbiyalash  tizimida  badiiy  gimnastikaning  vazifalari, 
mazmuni va ahamiyati to‘g‘risida” ma’ruza qilgan va ushbu sport turi uchun tipik 
bo‘lgan  mashqlarni  namoyish  qilgan.  Leningradda  badiiy  gimnastika  bo‘yicha 
ijobiy  ish  tajribasi  badiiy  gimnastikani  mamlakatda  yanada  rivojlantirilishi  uchun 
asos sifatida qabul qilingan. 
Ulug‘  Vatan  urushi  davrida  badiiy  gimnastika  bo‘yicha  mutaxassislarning 
faoliyati  to‘liq  to‘xtatilmagan.  O‘qituvchilarning  bir  qismi  gospitallarga 
yo‘naltirilgan  bo‘lib,  u  erda  ular,  davolovchi  jismoniy  tarbiya  yordamida  jarohat 
olgan  jangchilarga  salomatligini  va  jangovar  holatini  tiklashlariga  yordam 
berishgan.  Gimnastika  bo‘yicha  boshqa  mutaxassislar  harbiy  qismlarda  va 
gospitallarda  ko‘rgazmali  chiqishlari  bilan  faol  ish  olib  borishgan.  1943  yili 
Leningraddagi  pionerlar  saroyida  R.A.Varshavskaya  rahbarligi  ostida  badiiy 
gimnastika bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlangan. 
Urushdan  keyin  mutaxassislar  badiiy  gimnastikani  yangi  kuch  bilan 
rivojlantira  boshlashgan.  1945  yildan  boshlab  bolalar  sport  maktablarida  va  sport 
jamiyatlari  jamoalaridagi  ish  qayta  tiklangan.  Institutlarda,  texnikumlarda  va 
pedagogik bilim yurtlarida mashg‘ulotlar olib borish davom ettirildi. 


21
 
 
1946  yili  Leningradda  Roza  Abramovna  Varshavskaya  tomonidan  badiiy 
gimnastika bo‘yicha “Badiiy harakatlar – estetik va jismoniy tarbiyaning bir qismi 
sifatida” mavzusida birinchi dissertatsiya himoya qilingan. 
Ulug‘  Vatan  urushidan  keyin  1946  yili  Leningradda  Xalqaro  xotin-qizlar 
kuniga  bag‘ishlangan  birinchi  shaxsiy-jamoaviy  birinchilik  musobaqalari 
o‘tkazilgan  bo‘lib,  unda  80  nafar  gimnastikachi  ayollar  ishtirok  etishgan. 
Kelajakda  ushbu  musobaqalar  har  yili  o‘tkazilgan  va  unda  ishtirok  etadgan 
gimnastikachi  ayollar  soni  yildan  yilga  ortib  borgan.  Badiiy  gimnastikaning 
ommaviyligini  ortib  borishiga  qaramasdan,  uning  rivojlanishida  sun’iy  ravishda 
yuzaga  keltirilgan  to‘siqlar  ham  ko‘p  bo‘lgan.  1946  yili  Mokvada  umumittifoq 
gimnastika  majlisi  bo‘lib  o‘tgan  bo‘lib,  unda,  badiiy  gimnastikaning  rivojlanishi 
istiqbollari  muhokama  qilingan.  Sportning  ushbu  turiga  asos  solganlardan  biri 
bo‘lmish  Yu.N.Shishkarevaning  (kelajakda  SSSRda  xizmat  ko‘rsatgan  trenr) 
xotirlashlari,  badiiy  gimnastika  tizimining  asosiy  dushmanlari  sifatida  Moskva 
jismoniy  madaniyat  instituti  gimnastika  kafedrasi  rahbari  A.D.Novikov 
boshchiligidagi  mutaxassislar  bo‘lganligi  to‘g‘risida  dalolat  beradi,  ular  badiiy 
gimnastikani  o‘z  taqdirini  o‘zi  xal  qilish  huquqi  bo‘yicha  tortishganlar.  Bunday 
fikr  yuritishlarning  xato  ekanligi  aniq  bo‘lgan.  Leningradlik  mutaxassislar  badiiy 
gimnastikaning  mohiyatini,  asosiy  tamoyillarini  va  uslublarini  asoslash  orqali 
tushuntirish  ishlarini  davom  ettirishgan.  Lekin,  shundan  keyin  ham  moskvalik 
hamkasblarini  –  M.L.Ukranni,  A.R.Shleminni  va  I.V.Sheferni  hamda  idoraga 
taalluqli  DSO  o‘qituvchilari  –  V.N.Sapojnikov  va  V.A.Kovalenkolarni 
ishontirishlari qiyin bo‘lgan va ular badiiy gimnastikani mustaqil sport turi sifatida 
inkor  qilishlarini  davom  ettirishgan.  Ular,  gimnastikaning  ushbu  turini  yanada 
rivojlantirish  istiqbollariga  salbiy  fikrda  bo‘lish  va  ishonmaslik  atmosferasini 
yuzaga  keltirishgan.  Umumittifoq  jismoniy  madaniyat  va  sport  bo‘yicha 
qo‘mitaning  1946  yil  22  oktyabridagi  buyrug‘iga  ko‘ra  badiiy  gimnastika 
tasdiqlanganligiga  qaramasdan  1948  yili  Leningradda  bo‘lib  o‘tgan  Umumittifoq 
konferensiyasida  sportning  ushbu  turini  mustaqilligini  tan  olish  to‘g‘risidagi  bahs 


22
 
 
davom ettirilgan. Badiiy gimnastika sport gimnastikasi erkin mashqlarining bo‘limi 
bo‘lishi yoki ayollar uchun asosiy gimnastikaning tarkibi bo‘lishi yoki davolovchi 
gimnastikaga  kiritilishi  kerakligi  to‘g‘risidagi  fikrlar  bildirilgan.  P.F.Lesgaft 
nomidagi  jismoniy  madaniyat  instituti  gimnastika  kafedrasi  mutaxassislari  va 
Leningraddagi  badiiy  gimnastika  o‘qituvchilari  faollari  ayollar  uchun  yangi, 
istiqbolli,  eng  go‘zal  bo‘lgan  sport  turini  himoya  qilishgan  va  barcha  negativ 
fikrlarni  qat’iy  qoralashgan.  Konferensiya  ishining  oxirgi  kunlarida 
Yu.N.Shishkarevaning  “Badiiy  gimnastika  bo‘yicha  musobaqalar  mazmuni  va 
tashkil  qilinishi  to‘g‘risida”gi  va  musobaqalar  qoidalari  to‘g‘risidagi  axboroti 
tinglangan. Taklif qilingan qoidalar konferensiya tomonidan tasdiqlangan va badiiy 
gimnastika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 
Boshqa  mamlakatlar  (Bolgariya,  Vengriya,  Ruminiya,  Chexoslovakiya  va 
Polsha)  mutaxassislari  jismoniy  tarbiyaning  yangi  tizimiga  qiziqib  qolishgan  va 
Leningradda  o‘tkaziladigan  musobaqalarni  mazmuni  bilan  tanishish  maqsadida 
kelib  ko‘rishgan.  Ular  P.F.Lesgaft  nomidagi  jismoniy  madaniyat  institutda 
o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘rganishgan va ta’limni tashkil qilish 
va  uslubiyoti  masalalari  bo‘yicha  konsultatsiyalar  olishgan.  1947  yildan  boshlab 
hamdo‘stlik  mamlakatlari  jamoalari  bilan  match  uchrashuvlari  o‘tkazila 
boshlangan bo‘lib, bu, badiiy gimnastikani xorijda rivojlanishiga olib keldi. 
Leningradda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha faol ish olib 
borilgan.    Ko‘p  sonli  seminarlar,  kurslar  va  yig‘inlar  har  xil  shaharlar  va 
malakatlarda tashkil qilingan. 1950 yildan boshlab turli sport maktablari va ta’lim 
muassasalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va dasturlar nashr etila boshlandi. 
Leningradlik  mutaxassislar  tomonidan  bidiiy  gimnastika  bo‘yicha  malakaviy 
dasturlar (1950, 1954 va 1956 yillar) va musobaqalar qoidalari (1950, 1951, 1954 
va 1955 yillar) ishlab chiqilgan. 
1952  yili  gimnastika  bo‘yicha  umumittifoq  seksiyasi  prezidiumi  badiiy 
gimnastika  bo‘yicha  musobaqalrni    umumittifoq  taqvimidan  chiqarib  tashlash 
to‘g‘risida  qaror  qabul  qilganidan  keyin  holat  yana  o‘tkir  tus  olgan,  chunki  u, 


23
 
 
sportning  Olimpiya  turi  bo‘lmagan.  Sport  ustalari  uchun  dasturni  musobaqalr 
tarkibiga  kiritilishi  to‘g‘risidagi  masala  ham  ochiqligicha  qolgan.  P.F.Lesgaft 
nomidagi  jismoniy  madaniyat  instituti  mutaxassislari  badiiy  gimnastikaning 
yashashi  uchun  boshqatdan  maksimum  kuch  va  energiya  sarflashgan. 
Gimnastikachi  ayollar  1954  yili  sport  ustalari  uchun  tuzilgan  dastur  bo‘yicha 
musobaqalshish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishgan.  Shu  vaqtdan  boshlab,  badiiy 
gimnastikaning holati sportning mustaqil turi sifatida to‘liq stabillashdi. Bu, badiiy 
gimnastikani  mamlakat  jismoniy  tarbiya  tizimida  yangi  darajada  yanada  va  faol 
rivojlanishiga ko‘maklashdi. 
Badiiy gimnastika bo‘yicha birinchi uchta umumittifoq tasniflagichlar (1950, 
1954,  1960  y.y.)  barcha  razryadli  gimnastikachi  ayollar  uchun  to‘laqonli  bayon 
qilinishi  bilan,  majburiy  kombinatsiyalar  rasmlari,  musiqiy  akkompanement 
notalari 
bilan 
leningradlik 
mutaxassislar 
tomonidan 
tayyorlangan. 
Musobaqalarning  birinchi  qoidalarini  (1950,  1951,  1954,  1955  y.y.)  ham  ular 
tayyorlashgan. 
Jismoniy tarbiya institutlari uchun birinchi o‘quv qo‘llanmalari leningradlik 
mutaxassislar tomonidan L.P.Orlovning umumiy tahriri ostida 1965 va 1973 yilda 
nashr  etilgan.  1982  yili  E.V.Biryuk,  E.P.Averkovich,  M.E.Novik,  V.E.Bataen, 
O.M.Nazarova,  Yu.K.Gaverlovskiylarning  hammuallifligida  yozib  tayyorlangan 
darslik  T.S.Lisitskayaning umumiy tahriri ostida nashr etilgan. 
Birinchi  xalqaro  match  uchrashuvlari  Finlyandiya  va  Shvetsiya  jamoalari 
bilan  1947  yili  Leningrad  shahrida  o‘tkazilgan  bo‘lib,  1955  yildan  boshlab 
muntazam tus olgan. Ushbu musobaqalarda Belgiya, Yugoslaviya, GFR, Fransiya, 
Chexoslovakiya va Bolgariya jamoalari ham ishtirok etishgan. 
1957 yili Londonda qizlar va ayollarni jismoniy tarbilash masalasi bo‘yicha 
o‘tkazilgan  Umumjahon  III  kongressida  badiiy  gimnastikaning  mavjudligi 
to‘g‘risida  butun  jahon  xabar  topgan,  unda,  Yu.N.Shishkareva  xalqaro 
jamoatchilikni sportning ushbu turi bilan tanishtirgan. 


24
 
 
1958  yili  Moskva  shahrida  bo‘lib  o‘tgan  gimnastika  bo‘yicha  Xalqaro 
federatsiyaning  (FIJ)  kongressida  mamlakatning  eng  yaxshi  badiiy  gimnastikachi 
ayollarining  ko‘rgazmali darsi va chiqishlari namoyish qilindi. 1959 yili FIJning 
ayollar texnik qo‘mitasi prezidenti Berta Villanshe Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 
SSSR chempionatiga kelgan va bir qator seksiyalarda bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari 
bilan tanishgan. 
1961 yili Shtutgartda bo‘lib o‘tgan Gimnastradada badiiy gimnastika barcha 
qiziqqan  milliy  federatsiyalarga  namoyish  qilingan.  V.G.Batan,  M.V.Lisitsian, 
T.T.Varakina  ushbu  tadbirga  ma’ruza  tayyorlashgan  va  SSSRning  eng  kuchli 
sportchi  ayollarini  ko‘rgazmali  chiqishlarini  namoyish  qilishgan.  Ushbu  faol 
ishning natijasi, 1963 yili FIX bayrog‘i ostida badiiy gimnastika bo‘yicha birinchi 
rasmiy    musobaqalarni  SSSRda  qabul  qilingan  qoidalar  bo‘yicha  faqatgina  erkin 
dastur bilan o‘tkazilishi to‘g‘risidagi  qaror  bo‘lgan.  
Badiiy  gimnastika  bo‘yicha  birinchi  rasmiy  musobaqalar  1963  yili  6 
dekabrida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan va Evropa Kubogi deb atalgan. Lekin, 
musobaqalar natijalariga yakun yasash paytida FIJning ijrochi qo‘mitasi tomonidan 
ishtirokchilar  o‘rtasida  nafaqat  evropalik  sportchilar  bo‘lganligi  aniqlangan  va 
shuning uchun ushbu musobaqalarni birinchi jahon chempionati deb, uning g‘olibi 
–  moskvalik  Lyudmila  Savinkovani  –  badiiy  gimnastika  bo‘yicha  birinchi  jahon 
chempioni deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ushbu musobaqalarda 
o‘nta  mamlakatdan  28  nafar  sportchilar  ishtirok  etishgan.  Sportchi  ayollar 
predmetlarsiz, predmetlar bilan va ko‘pkurash mashqlarida bellashishgan. Keyingi 
jahon  chempionatlarida  sportchi  ayollar  va  malakatlar  soni  ortgan.  Musobaqalar 
dasturlari  takomillashtirilgan,  ko‘pkurash  turlari  aniqlangan.  1971  yilga  kelib 
xalqaro musobaqalarning strukturasi to‘liq belgilangan. 
1963  yildan  to  1991  yilgacha  badiiy  gimnastika  bo‘yicha  jahon 
chempionatlari  ikki  yilda  bir  marta  o‘tkazilgan  (toq  yillarda).  Juft  yillarda  esa, 
1978  yildan  to  1992  yilga  qadar  Evropa  chempionatlari  o‘tkazilgan.  Birinchi 


25
 
 
Evropa    chempioni  Omsk  shahridan  Galima  Shugurova  bo‘lgan.  1992  yildan 
boshlab Jahon va Evropa chempionatlari har yili o‘tkaziladigan bo‘ldi. 
1967  yilda  jahon  badiiy  gimnastikasida  guruh  mashqlari  bo‘yicha 
musobaqalar paydo bo‘lgan. Guruh mashqlari bo‘yicha birinchi Jahon chempionati 
1967  yili  Kopengagenda  o‘tkazilgan.  Guruh  mashqlari  bo‘yicha  jamoa  olti  nafar 
gimnastikachi ayollardan tashkil topgan. G‘oliblar SSSR sportchilari bo‘lgan. 1987 
yildan boshlab  guruh  mashqlari bo‘yicha musobaqalar tarkibiga  ikkita  tur kiritila 
boshlagan:  birinchisi  –  jamoadagi  gimnastikachi  ayollar  uchun  bir  xil  predmet, 
ikkinchisi  –  ikkita  har  xil  predmetlar.  Gimnastikachi  ayollar  ko‘pkurashda  va  har 
bir  turda  g‘olib  bo‘lishgan.  SSSR  gimnastikachi  ayollarining  asosiy  ustivorlikka 
ega raqiblari bolgariyalik gimnastikachi ayollar bo‘lishgan. 
 
1980  yil  badiiy  gimnastika  uchun  taqdirni  xal  qiladigan  yil  bo‘lgan. 
Moskvada  bo‘lib  o‘tgan  XXII  Olimpiya  o‘yinlari  tugallanganidan  keyin  xalqaro 
Olimpiya  Qo‘mitasi  Kongressi  badiiy  gimnastikani  olimpiya  oilasi  tarkibiga 
kiritish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilgan.  Ushbu  qarorning  qabul  qilinishida 
Gimnastika  bo‘yicha  Xalqaro  Federatsiya  prezidenti  Yuriy  Evlampievich 
Titovning  roli  juda  katta  bo‘lgan.  Buyuk  gimnastikachi,  siyosatchi,  professor, 
Olimpiya o‘yinlari chempioni Yuriy Evlampievich Titov ayollar uchun sportning 
yangi  turini  mohiyatini  va  mazmunini  juda  yaxshi  tushungan.  U,  badiiy 
gimnastikani  jahonda  ommaviylashtirilishiga  ko‘maklashdi,  badiiy  gimnastika 
Olimpiya o‘yinlarining ko‘rki bo‘lishiga chin dilidan ishongan. 
1984  yilda  badiiy  gimnastika  Los-Andjelesda  (AQSH)  bo‘lib  o‘tgan  XXIII 
Olimpiya o‘yinlar dasturiga ilk bor kiritildi. Kanadalik Lori Fang birinchi olimpiya 
chempioni  bo‘lgan.  1988  yili  Seulda  (Janubiy  Koreya)  bo‘lib  o‘tgan  XXIV 
Olimpiya  o‘yinlarida  SSSR  gimnastikachisi  Minsk  shahridan  Marina  Lobach 
olimpiya  chempioni  bo‘lgan.  1992  yili  Barselonadagi  (Ispaniya)  XXV  Olimpiya 
o‘yinlarida Kievlik Aleksandra Timoshenko olimpiya chempioni bo‘lgan.  
1966  yili  Atlantadagi  XXVI  Olimpiya  o‘yinlarida  badiiy  gimnastika 
bo‘yicha  musobaqalar  ikkita  soha  bo‘yicha  o‘tkazilgan:  individual  va  guruhdagi 


26
 
 
mashqlarda  ko‘pkurash  bo‘yicha  musobaqalar  (1–jadval).  Ushbu  olimpiya 
o‘yinlarida  Ekaterina  Serebryanskaya  (Ukraina)  va  guruhdagi  mashqlarda 
ispaniyalik gimnastikachilar chempion bo‘lishgan. 
1 – jadval 
Olimpiada o‘yinlaridagi individual ko‘pkurash natijalari 
 
Yil 
Olimpiada 
o‘yinlari 
Medallar 
Oltin 
Kumush 
Bronza 
1984 
XXIII 
Olimpiada 
o‘yinlari (Los-
Anjeles) 
Lori Fang, 
Kanada 
Doyna 
Staykulesku, 
Ruminiya 
Regina Veber, 
GFR 
1988 
XXIV 
Olimpiada 
o‘yinlari (Seul) 
Marina Lobach, 
SSSR 
Adriana 
Dunavska, 
Bolgariya 
Aleksandra 
Timoshenko, 
SSSR 
1992 
XXV 
Olimpiada 
o‘yinlari 
(Barselona) 
Aleksandra 
Timoshenko, 
birlashgan 
jamoa 
Karolina Paskual 
Gratsiya, 
Ispaniya 
Oksana Skaldina, 
birlashgan jamoa 
1996 
XXVI 
Olimpiada 
o‘yinlari 
(Atlanta) 
Ekaterina 
Serebryanskaya, 
Ukraina 
Yana Batirshina, 
Rossiya 
Elena Vitrichenko, 
Ukraina 
2000 
XXVII 
Olimpiada 
o‘yinlari 
(Sidney) 
Yuliya 
Barsukova, 
Rossiya 
Yuliya Raskina, 
Belorussiya 
Alina Kabaeva, 
Rossiya 
2004 
XXVIII 
Olimpiada 
o‘yinlari 
(Afina) 
Alina Kabaeva, 
Rossiya 
Irina Chashina, 
Rossiya 
Anna Bessonova, 
Ukraina 
2008 
XXIII 
Olimpiada 
o‘yinlari 
(Pekin) 
Evgeniya 
Kanaeva, 
Rossiya 
Inna Jukova, 
Belorussiya 
Anna Bessonova, 
Ukraina 
 
2012 
XXX 
Olimpiada 
o‘yinlari 
(London) 
Evgeniya 
Kanaeva, 
Rossiya 
Darya 
Dmitrieva, 
Rossiya 
Lyubov 
Cherkashina, 
Belorussiya 
 


27
 
 
Mamlakatda  badiiy  gimnastikani  tezkor  rivojlanishiga  yurtimizning  sport 
fani  yutuqlari  ko‘p  darajada  ko‘maklashmoqda.  Badiiy  gimnastikaning  turli 
jabhalarida  olib  borilgan  ko‘p  sonli  ilmiy  tadqiqotlar  amaliyotga  faol  joriy 
qilingan.  Ushbu  sport  turining  turli  jabhalari  bo‘yicha  nomzodlik  dissertatsiyalari 
bajarilgan.  Badiiy  gimnastika  bilan  hozirgi  vaqtda  O‘zbekistonning  ko‘pchilik 
xududlarida shug‘ullanishadi.  
Mamlakatning  sport  terma  jamoalari    uchun  zahirani  tayyorlash  tizimining 
samarali  bo‘g‘ini  –  olimpiya  zahiralari  kollejlari,  bolalar  va  o‘smirlar  sport 
maktablari  hisoblanadi.  Rossiya  Federatsiyasining  terma  jamoasi  gimnastikachi 
ayollarini markazlashtirilgan holda tayyorlash sport bazalarida va o‘quv-trenirovka 
markazlarida yil davomida amalga oshiriladi.  
Badiiy  gimnastikaning    ko‘p  yillik  yo‘li  davomida  O‘zbekiston  Davlat 
jismoniy  tarbiya  instituti  Gimnastika  nazariyasi  va  uslubiyoti  kafedrasining  
mutaxassislari sportning ushbu eng jozibali turi bilan birga bo‘lishmoqda, har xil 
qiyinchiliklarni  engishga  yordam  berishmoqda  va  uni  yanada  progressiv 
rivojlanishga ko‘maklashib kelishmoqda
1


Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə