Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 O`zbekiston badiiy gimnastikachi



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153
fayl 1633 20210826

2.4. O`zbekiston badiiy gimnastikachi  
qizlarimizning Xalqaro maydonlardagi o`rni 
O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi,  Milliy 
olimpiya  qo‘mitasi,  Gimnastika  federatsiyasi  hamkorligida  Xalqaro  gimnastika 
federatsiyasi  shafeligida  tashkil  etilgan  turnirlarda  ishtirok  etish  uchun 
O‘zbekiston,  Janubiy  Koreya,  Yaponiya,  Rossiya,  Latviya,  Belarus,  Bolgariya, 
Malayziya,  Ozarbayjon,  Armaniston,  Janubiy  Afrika  Respublikasi,  Ispaniya, 


37
 
 
Italiya, Argentina, Shveytsariya, Finlyandiya, Isroil va boshqa mamlakatlardan eng 
kuchli gimnastikachilar kelgan.  
O‘zbekiston  gimnastika  federatsiyasi  prezidenti  L.Karimova-Tillayeva 
xalqaro musobaqalarni ochiq deb e’lon qildi.  
Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor yuksak 
samaralar  berayotgani  alohida  ta’kidlandi.  Bu  jarayonda  sportning  qizlarga  xos 
turlari, ayniqsa, badiiy gimnastikani yanada ommalashtirish, malakali murabbiylar 
tayyorlash, ularning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli 
ishlar amalga oshirilmoqda.  
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‘lom va barkamol 
avlodni  voyaga  yetkazishga,  jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirishga 
qaratilayotgan  g‘amxo‘rlik  tufayli  mamlakatimizda  yangi  iste’dodlar,  mahoratli 
sportchilar  yetishib  chiqmoqda,  ular  xalqaro  maydonlarda  O‘zbekiston  shon-
shavkatini yanada yuksaltirmoqda.  
Gimnastika  bilan  shug‘ullanish  insonning  jismoniy  go‘zalligini 
shakllantirish  bilan  birga,  uning  fe’l-atvori,  fazilatlarini  rivojlantiradi,  irodasini 
chiniqtiradi.  O‘zbekiston  gimnastika  federatsiyasi  mamlakatimizda  ushbu 
sportning barcha asosiy turlari – sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, 
akrobatikani ommalashtirishga doir izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Davlatimiz 
ko‘magida  iqtidorli  sportchilarni  aniqlashga  yordam  berayotgan  mintaqaviy  va 
respublika musobaqalari muntazam o‘tkazilayotir.  
Mamlakatimizning  barcha  viloyatlarida  gimnastika  bilan  shug‘ullanish 
uchun xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan markazlar tashkil etildi, ularda har 
kuni  minglab  o‘g‘il-qizlar  ushbu  sport  turi  bilan  muntazam  shug‘ullanmoqda. 
Ularning  eng  iqtidorlilari  gimnastika  bo‘yicha  o‘smirlar  va  milliy  terma  jamoalar 
safiga  jalb  etilmoqda.  Nafaqat  sport  komplekslari  va  ixtisoslashtirilgan  sport 
maktablari,  balki  umumta’lim  maktablarining  sport  zallari  ham  zamonaviy 
gimnastika inventarlari bilan jihozlangan.  


38
 
 
2011-yilda  Badiiy  gimnastika  bo‘yicha  bolalar-o‘smirlar  ixtisoslashtirilgan 
respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi tashkil qilindi. Olimpiadaga tayyorlash 
markazi hisoblangan ushbu maktab O‘zbekiston terma jamoalari sportchilari uchun 
turli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va yirik turnirlarni tashkil etish imkonini 
bermoqda. 
   Jahon  tajribasi  hisobga  olingan  holda,  murabbiylar  malakasini  oshirishga 
katta  e’tibor  berilmoqda.  Bu  borada  istiqbolli  ilmiy  va  tibbiy  yangiliklarni 
o‘rganish, sportchilarni tayyorlash, sport uskunalarini ishlab chiqarish – bularning 
barchasi  sportni  yanada  ommalashtirish,  salomatlik  omiliga  aylantirishga  xizmat 
qilayotir. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi shu maqsadda Xalqaro gimnastika 
federatsiyasi  va  Osiyo  gimnastika  ittifoqi  tomonidan  o‘tkazilayotgan  xalqaro 
forumlarda  faol  ishtirok  etib  kelmoqda.  Ilg‘or  tajribani  ommalashtirish  uchun 
poytaxtimiz  va  viloyatlarda  xalqaro  hamda  mahalliy  mutaxassislar  ishtirokida 
murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar muntazam tashkil etilmoqda.  
«O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qizlarni sportga keng 
jalb  qilishga  katta  e’tibor  qaratilayotgani  diqqatga  sazovor»,  –  deydi  yaponiyalik 
murabbiya  Oka  Kurumi.  –«Barcha  shahar  va  tumanlarda  bunyod  etilgan 
zamonaviy  sport  majmualarida  qizlar  sportning  bir  necha  turi  bilan  shug‘ullanib, 
sog‘lom  bo‘lib  ulg‘aymoqda,  katta  sportga  qadam  qo‘ymoqda.  Mamlakatingizda 
badiiy  gimnastika  tez  rivojlanmoqda.  O‘zbekiston  gimnastikachilari  xalqaro 
musobaqalarda  muvaffaqiyat  qozonayotgani,  yurtingizda  nufuzli  turnirlar 
muntazam tashkil etilayotgani buning yorqin ifodasidir».  
Maqomiga ko‘ra Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatiga yaqin turadigan 
bunday yuksak saviyadagi badiiy gimnastika musobaqalari O‘zbekistonda birinchi 
marta  o‘tkazilayotgani  yo‘q.  Toshkent  shahri  badiiy  gimnastika  bo‘yicha  jahon 
kubogi  bosqichlari,  2010  va  2013-yillarda  Osiyo  chempionati,  2014-yilning  aprel 
oyida  sport  gimnastikasi  bo‘yicha  qit’a  chempionatiga  mezbonlik  qilgani 
mamlakatimizda  sport,  xususan,  gimnastikani  rivojlantirishga  qaratilayotgan 
e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.  


39
 
 
Birinchi 
prezidentimizning 
2013-yil 
25-fevraldagi 
"O‘zbekiston 
sportchilarini  2016-yilda  Rio-de-Janeyro  shahrida  (Braziliya)  bo‘lib  o‘tadigan 
XXXI  yozgi  Olimpiya  va  XV  Paralimpiya  o‘yinlariga  tayyorlash  to‘g‘risida”gi 
qarori ijrosini  ta’minlash  yuzasidan ishlab  chiqilgan  tayyorgarlik dasturiga  ko‘ra, 
gimnastika  ham  mamlakatimizda  yetakchi  sport  turlari  qatoridan  joy  oldi. 
Gimnastikaning Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan turlari – badiiy gimnastika, 
sport  gimnastikasi  va  trampolin  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  musobaqalarda 
qatnashayotgan  sportchilarimiz  ko‘rsatkichlarini  tobora  yaxshilash,  olimpiya 
yo‘llanmalarini  qo‘lga  kiritish  hamda  Braziliyada  bo‘ladigan  Olimpiada 
sovrindorlari qatoridan o‘rin olish uchun astoydil bel bog‘lashgan. 
2015 yilning sport mavsumida
 
O‘zbekiston badiiy gimnastikachilari nufuzli 
musobaqalarda yuqori natijalarga erishdi. Gretsiyaning Afina shahrida o‘tkazilgan 
"Aphrodite  Cup–2015”  xalqaro  turnirida  O‘zbekiston  gimnastikachilari  uchtadan 
oltin va kumush hamda bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.  
Toshkent  shahrida
 
bo’lgan
 
badiiy  gimnastika  bo‘yicha  jahon  kubogi  va 
"Happy  Caravan”  xalqaro  turnirida  dunyoning  eng  kuchli  yuzga  yaqin 
gimnastikachisi o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etdi.  
– Musobaqa  juda  yuqori  saviyada  tashkil  etilgan
,  – 
deydi  italiyalik 
gimnastikachi  Lititsiya  Chikkonelli.  –  O‘zbekistonda  badiiy  gimnastikani 
rivojlantirish  borasida  ulkan  ishlar  amalga  oshirilayotganining  guvohi  bo‘ldik. 
Mamlakatingiz  sportchilari  juda  mahoratli,  musobaqaga  yaxshi  tayyorgarlik 
ko‘rgani ham sezilib turibdi. Ushbu jahon kubogi bosqichi g‘oyat ahamiya
tli. 
Men 
ham  unda  bor  mahoratimni  namoyish  etib,  g‘alaba  qozonish  niyatidaman.  Bu 
musobaqa  har  bir  ishtirokchi  hayotida  yorqin  va  o‘chmas  sahifa  bo‘lib  qolishiga 
ishonchim komil.  
Mazkur  xalqaro  turnirning  yakkaliklar  o‘rtasidagi  bahslarida  Anora 
Davlatova,  Nilufar  Shomurodova,  Jasmin  Yusupova,  Yelizaveta  Nazarenkova, 
Anastasiya  Serdyukova  va  Ravilya  Farxutdinova  singari  gimnastikachilarimiz 
Vatanimiz  sharafini  himoya  qilmoqda.  Guruh  bahslarida  Luiza  G‘aniyeva,  Marta 


40
 
 
Rostoburova, Zarina Qurbonova, Valeriya Davidova va Samira Amirovadan iborat 
jamoamiz qatnashmoqda. 
 
Braziliyaning  Rio-de-Janeyro  shahrida  badiiy  gimnastika  bo‘yicha 
o‘tkazilayotgan  litsenzion  musobaqada  o‘zbekistonlik  sportchilar  jamoaviy 
bahslarda  muvaffaqiyatli  ishtirok  etib,  XXXI  yozgi  Olimpiada  o‘yinlariga 
yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
 
  
Jamoaviy  bahslarda  O‘zbekiston  sharafini  himoya  qilgan  Samira  Amirova, 
Valeriya Davidova, Luiza Ganiyeva, Zarina Qurbonova hamda Marta Rastoburova 
final  bellashuvlarida umumiy  hisobda  32,832  ochko  jamg‘arib,  Germaniya  terma 
jamoasidan  keyin  ikkinchi  o‘rinni  band  etdi  va  Rio–2016  Olimpiada  o‘yinlari 
yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 
Jamoaviy  bahslarda  1–3-o‘rinlarni  band  etgan  jamoalar  Olimpiada 
o‘yinlariga yo‘llanma oldi. O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar final bahslarida 
Gretsiya, Finlyandiya, Braziliya, Ozarbayjon va Janubiy Koreya terma jamoalarini 
ortda  qoldirishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Ta’kidlash  joizki,  badiiy  gimnastika  bo‘yicha 
jamoaviy  bahslarda  shu  paytga  qadar  o‘zbekistonlik  sportchilar  Olimpiada 
o‘yinlariga yo‘llanma olmagan edi.       Avvalroq Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga 
yo‘llanmalarni  Anton  Fokin  (
sport  gimnastikasi
),  Oksana  Chusovitina  (
sport 
gimnastikasi
),  Yekaterina  Xilko  (
trampolin
)  va  Anastasiya  Serdyukova  (
badiiy 
gimnastika
) qo‘lga kiritgan edi. 
Shu  tariqa,  O‘zbekistonlik  sportchilar  tomonidan  Rio–2016  o‘yinlariga 
qo‘lga  kiritilgan  yo‘llanmalar  soni  70  taga  yetdi.  Shulardan  25  tasi 
paralimpiyachilarga  tegishli.  Rio–2016  Olimpiada  o‘yinlariga  yo‘llanma  olgan 
sportchilarimizdan    4  tasi  oltin,  2  tasi  kumush,  7  tasi  bronza  medali  sohiblari 
aylandi.  Gimnastikachilarimizdan  Oksana  Chusovitina  7  o‘rinni  egalladi.  Badiiy 
gimnastikachilardan  yakkalik  bahslarida  Anastasiya  Serdyukova  17  o‘rinni, 
guruhli  chiqishlarda  Marta  Rostoburova,  Luiza  Ganieva,  Zarina  Qurbonova, 
Valeriya Davidova, Samira Amirova 14 ta davlat ichida 11 o‘rinni egallashdi.  


41
 
 
Kuni  kecha  (2017  yil  18-19  aprel)  bo‘lib  “Xappy  Caravan”  festivalida 
O‘zbekiston  terma  jamoasi  uchinchi  o‘rinni,    (2017  yil  21-23  aprel)  20  ta 
mamlakatdan  kelgan  200  tadan  ortiq  sportchilar  ishtirok  etgan  badiiy  gimnastika 
bo‘yicha  jahon  kubogi  etapida  yurtdoshimiz  Anastasiya  Serdyukova  uchinchi 
o‘rinni  egalladi  va  “Alinaning  xayriya  fondi”dan  Alina  Kabaeva  tomonidan 
“Artistizm uchun” sertifikati bilan  taqdirlandi. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə