Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 BADIIY GIMNASTIKA SPORT TURIDA YAROQLILIKNI ANIQLASH



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153
fayl 1633 20210826

3. BADIIY GIMNASTIKA SPORT TURIDA YAROQLILIKNI ANIQLASH 
VA SARALASH 
3.1. Badiiy gimnastikaga tanlov
 
 Ma’lumki,  sportda  erishiladigan  yutuqlarga  sport  bilan  shug’ullanmoqchi 
bo’lganlarning  hammasiga  ham  nasib  etavermaydi.  Tanlagan  sport  turiga  xohish, 
o’ziga xos qobiliyat bilan mos kelishi kerak. 
Sport  yo’nalishi
  va  saralanish,  tanlov  asosida  birqancha  xohlovchilarning 
ichidan  faqat  qobiliyatlilarigina,  qobiliyatlilar  tarkibidan  esa,  iqtidorlilari  tanlab 
olinadi.  Sport  yo’nalishi  va  tanlov  bir  xil  tushunchalar  emas.  Sport  yo’nalishida 
insonning qobiliyati va iste’dodi o’rganiladi, shunga ko’ra unga u yoki bu sport turini 
tanlash tavsiya etiladi. 
 Sport  tanlovi
  –  yuqori  mahorat  ustasi  o’rnini  egallay  oladigan,  iste’dodli, 
qobiliyatli  shaxslarni  qidirishga  yo’naltirilgan.  Shuning  uchun  sportga  yo’naltiril-
ganlik,  ko’proq  shaxsning  qiziqishidan  iborat  bo’lib,  sportdagi  tanlov  bo’lsa  sport 
turiga bo’lgan qiziqishidan kelib chiqadi. 
Tanlovning  maqsadi
  shug’ullanuvchining 
maqsadi  –  o’rnatilgan  talablarning  shug’ullanuvchining  qobiliyati  bilan  mos 
kelishidir. 
Qobiliyat 
–  bu  shaxsning  anatomik-funksional  va  individual,  psixik 
xususiyati bo’lib, uning sportdagi muvaffaqiyatlarini belgilaydi. Qobiliyat – bilimga, 
bajara olishga yoki ko’nikmaga bog’liq emas, u tezlik, yengillik va rivojlanishning 
eng  yuqori  “cho’qqi”sini  bajara  olish  bilan  belgilanadi.  Badiiy  gimnastika 
mashg’ulotlarida  iste’dodlilarni  aniqlash  –  bu  uzoq  muddatli,  qiyin  va  murakkab 
jarayondir.  Negaki,  morfotipga  bo’lgan  intilish,  qobiliyat,  texnik  rivojlanish  va 
ifodaliylikka bo’lgan talab borgan sari kuchayib (o’sib) bormoqda. 
Tanlov  –  bu  gimnastikachilarni  tayyorlash  tizimining  asosi  hisoblanadi.  U 
ko’p  yillik  tayyorlgarlikning  barcha  bosqichlarida  muhim  hisoblanib,  har  bir 
bosqichda  o’ziga  xos  funksiyalarni  va  masalalarni  hal  qiladi.  Sxema  bo’yicha  u 
quyidagi ko’rinishga ega. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə