Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


  Badiiy gimnastikaga saralash me’zonlarini xususiyatlari



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153
fayl 1633 20210826

3.2.
 
Badiiy gimnastikaga saralash me’zonlarini xususiyatlari

Mana  yigirma-o‘ttiz  yildan  buyon  yosh  sportchilarni  tanlash  muammosi 
olimlar  va  amaliyotchilarning  diqqat-e’tiborlarini  o‘ziga  jalb  etib  kelmoqda 
(S.S.Groshenkov; 
Gujalovskiy 
A.A.; 
V.V.Kuznetsov; 
N.J.Bulgakova; 
M.YA.Nabatnikova,; V.N.Filin va boshqalar). Biroq mazkur masala bo‘yicha chop 
etilayotgan maqolalar sonini tobora ortib borayotganligiga qaramay, hozirgi vaqtga 
kelib  amalda  bo‘lgan  bolalarni  tanlash  shakllari  va  usullari,  ko‘pchilik  hollarda, 
etarli  darajada  takomillashmagan.  Badiiy  gimnastika  ham  bundan  mustasno 
hisoblanmaydi.  Ushbu  sport  turini  zamonaviy  rivojlanish  bosqichidagi 
sportchilarni  yosharish  tendensiyasi  tanlash  samaradorligini  oshirish  muammosini 
har  qachongidan  ham  keskin  bo‘lishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Bundan  tashqari, 
bolalarni  tanlash  bo‘yicha  aniq  tavsiyalar  yo‘qligi  yuksak  sifat  darajasida  tanlov 
o‘tkazish juda qiyinlashgan vaziyatni vujudga keltirmoqda.  
Paydo  bo‘lgan  vaqtidan  buyon  badiiy  gimnastika  sezilarli  o‘zgarishlarga 
uchradi  va  o‘zgarishlar  mazkur  sport  turini  rivojlanish  tendensiyasini  ifodalagan 
holda  hozir ham davom etmoqda. Sportchi qizlarning buyumlar bilan mashqlarni 
bajarish  mahoratini  oshirishda  texnik  tayyorgarlikning  rolini  tobora  ortib  borishi 


47
 
 
(O.A.Ivanova, 
1982; 
N.Robeva, 

T.S.Lisitskaya,; 
N.A.Ovchinnikova,; 
L.A.Karpenko  va  boshqalar)  zamonaviy  badiiy  gimnastikaning  asosiy 
xususiyatlaridan biri hisoblanishi, shubhasiz. Mazkur faktni inobatga olgan holda, 
biz ushbu sport turining rivojlanishini asosiy tendensiyalarini inobatga olgan holda 
tanlashni qarab chiqishga urinishni amalga oshirish zarur deb hisobladik. Bu asosiy 
tendensiyalar  rekord  natijalarga  erishish  uchun  u  yoki  bu  xususiyatlarning 
ahamiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va iz qoldiradi. 
Sport nazariyasi sport faoliyatidagi asosiy qonuniyatlar to‘g‘risidagi ilmiy 
bilimlar  to‘plamidan  tashkil  topgan  bo‘ladi.  Sport  faoliyatining  juda  ko‘p  turlari 
mavjud, biroq, so‘zsiz, ularning orasida: musobaqa faoliyati, sport tayyorgarlik va 
sport  tanlovi  eng  muhimlari  hisoblanadi  (Gujalovskiy  A.A.;  V.N.Platonov      va 
boshqalar).  Aynan  mazkur  uchta  elementlar  sport  sohasidagi  faoliyat  va 
rivojlanishni yaxlit holda (S.V.Bryankin, L.N.Jdanov, B.N.SHustin, ) aniqlaydilar. 
Ushbu  uchta  elementning  hammasi  tizimni  tashkil  etadi,  o‘zaro  bir-biri  bilan 
bog‘liq  hamda  bir-birini  to‘ldiradi  va  bir-birini  rivojlanishiga  zamin  yaratadi. 
SHuning uchun ham ularning bittasini buzilish butun tizimni vayron bo‘lishiga olib 
keladi. Biroq, boshqalariga nisbatan tanlovni eng katta muammoviyligini ko‘rsatib 
o‘tish kerak. Bu qisman, muammoni o‘rganish davri qisqaligi bilan tushuntiriladi. 
Ushbu  davrning  boshlanishi  XI-o‘tgan  asrning  60-yillari  o‘rtasiga  to‘g‘ri  keladi 
(YU.K.Rozin; A.A.Mukambetov va boshqalar). 
Ilmiy  nuqtai  nazardan  sportda  tanlovga  nisbatan  kasbiy  tanlov  ancha 
to‘laroq  asoslangan.  Biroq,  afsuski,  kasbiy  tanlov  sport  tanlovi  uchun,  ular 
o‘xshash bo‘lishiga qaramay, asos bo‘la olmaydi, chunki jarayonlar bir xil emas. 
Sportdagi  tanlovning  asosiy  farq  qilish  qirrasi  shunda-ki,  bu  jarayonda 
o‘rganish  ob’ekti  sifatida  maktab  yoshidagi,  yosharish  munosabati  bilan  hatto-ki 
maktabgacha  tarbiya  muassasasi  yoshidagi  bolalar  ishtirok  etadilar.    SHuning 
uchun,  kasbiy  yo‘naltirish  va  tanlov  tamoyillarini  inobatga  olgan  holda  sport 
sohasidagi mutaxassislar kasbiy yo‘naltirishning barcha qoidalarini sport sohasiga 


48
 
 
avtomatik  tarzda  ko‘chirib  o‘tkazish  mumkin  emas  deb  hisoblaydilar 
(S.S.Groshenkov). 
Keyingi  paytlarda  bir  qator  ilmiy  izlanish  natijalari  chop  etilgan  bo‘lib, 
ularning 
mualliflari 
S.S.Groshenkov, 
A.A.Gujalovskiy; 
V.V.Kuznetsov; 
N.J.Bulgakova; 
V.M.Zatsiorskiy, 
N.J.Bulgakova; 
S.V.Bryankin, 
A.T.Konstanistov;  M.YA.Nabatnikova  muallifdoshlar  bilan,;  V.M.Volkov, 
V.P.Filin;  YU.F.Kuramshin,  A.N.Pershin,  V.M.Popovskiy;  V.P.Filin    va 
boshqalar) sportchilar tanlovini o‘z tuzilmasiga, shakllariga va texnologiyasiga ega 
bo‘lgan  tizim  sifatida  tasavvur  qiladilar.  Bizning  fikrimizcha,  mazkur  masalani 
aynan ana shu nuqtai nazardan qarab chiqilishi eng istiqbolli hisoblanadi. 
Ushbu  muammoning  ilmiy  echimi  faqatgina  tanlovni  tashkil  etish  va 
uslubiyotini  tartiblashni  emas,  balki  nazorat  tizimini  ishlab  chiqishni    va  xalqaro 
toifadagi  sportchilarga  qo‘yiladigan  zamonaviy  talablar  darajasida  individual 
xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘quv-trenirovka jarayonini boshqarishni ham 
imkoniyatini beradi. Sportning ijtimoiy ahamiyatini ortib borishi, sport natijalarini 
o‘sishi va xalqaro arenada raqobatni kuchayishi o‘quv-trenirovka jarayonini, uning 
tashkiliy  qismi  sifatida tibbiy-biologik, pedagogik  va  ijtimoiy  hodisalar  majmuasi 
asosida tanlovni ham, ilmiy tashkil etish muammosini hal qilishni talab qiladi. 
Sportda  tanlov  muammosi  bilan  shug‘ullanadigan  mutaxassislar  orasida 
hozirgacha ko‘pchilik masalalar bo‘yicha yagona nuqtai nazar shakllanmagan. Bu 
fakt asosiy tushunchalarni bir qiymatli aniqlanmaganligida ifodalanadi. 
Hozirgi  paytda  “sportda  tanlov”  yoki  “sport  tanlovi”  tushunchasining  bir 
nechta ta’riflari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlarini tahliliga to‘xtalib o‘tish zarur 
deb hisoblaymiz. 
Chunonchi,  E.Yu.Rozin    sport  tanlovi  -  bu  sport  turi  bo‘yicha  shaxsga 
mahoratning  eng  yuksak  darajasida  qo‘yiladigan  ixtisoslashgan  talablar  tizimi, 
uning  o‘rta  va  pastki  sathlarida  majmuaviy  baholash  asosida  aniq  shaxsning 
yutuqqa  erishish  ehtimolini  istiqbollash  (bashorat  qilish)  imkoniyatini  beradigan 
tizim deb hisoblaydi. 


49
 
 
Ushbu  ta’rifning  hamma  ijobiy  tomonlarini  inobatga  olgan  holda,  uning 
ayrim bir tomonlamaligini ham ta’kidlamaslik mumkin emas. Mazmun-mohiyatiga 
ko‘ra, tanlov natijani bashorat qilishgagina olib kelinadi, xolos va buni etarli deb 
hisoblash  mumkin  emas.  Bashorat  qilish  masalasi  tanlovda  eng  muhim 
masalalardan  biri  hisoblansa  ham,  u  yakkayu-yagona  emas,  chunki  biz  idealni 
(modellashtirish)  aniqlash,  kvalifikatsion  normativlarni  tanlash  va,  nihoyat, 
tanlovni  tashkil  etish  singari  elementlarni  tashlab  yubora  olmaymiz-ku 
(N.J.Bulgakova) 
V.Ya.Buninning  nuqtai  nazariga  ko‘ra,  “sport  tanlovi”  -  bu  sport 
faoliyatiga  uning  mumkin  bo‘lgan  ishtirokchisini  kiritish  yoki  kiritmaslik 
to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish  va  amalga  oshirishning  ilmiy  bashorat  qilishga 
asoslangan  jarayonidir.  “Tanlov”  so‘zini  ishlatilishi  tor  ixtisoslikni  nazarda 
tutadigan  katta  sportga  nisbatan  qo‘llanishi  eng  maqbuldir.  Yuqorida  zikr  etilgan 
ta’rifda  ushbu  momentni  yo‘qligi,  bizning  nuqtai  nazarimizga  ko‘ra,  ta’rifni 
aniqlashtirishni talab qiladi. 
Yu.F.Kuramshin  va    hammualliflar    sportda  tanlash  jarayoni    deganda 
quyidagini  tushunish  kerak  deb  hisoblaydilar:  sinaluvchi  shaxslar  guruhidan 
shundaylarini  tanlab olish kerak-ki, ular  o‘z  qobiliyatlari, tayyorgarlik  darajasi  va 
boshqa mezonlari bo‘yicha mazkur sport turi talablariga eng katta miqdorda mos 
kelishlari lozim hamda trenirovkalar yordamida mazkur sport turida eng katta sport 
mahoratiga erishishi mumkin yoki mas’ul musobaqalarda o‘zi uchun imkon qadar 
maksimal  sport  yutuqlariga  erishish  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  va  musobaqa 
faoliyatida yuqori mustahkamlik namoyon etishi lozim. 
Mazkur ta’rifning ustunliklari yo‘q emas, chunonchi unda mantiq mavjud, 
biroq,  afsuski,  katta  hajmda  ifodalanganligi  uni  har  tomonlama  qulay  va  omadli 
deb hisoblab bo‘lmaydi.  
Sport  tanlovini  o‘rganishda  A.A.Mukambetov    bu  jarayonni,  umuman 
olganda,  aniq  sport  turi  bilan  shug‘ullanishi  mumkin  bo‘lgan  odamlarni  izlash, 


50
 
 
keyinchalik esa ularning orasidan eng iqtidorlilarini, iste’dodlilarini va talantlilarini 
ajratib olish deb hisoblaydi. 
Bizning  fikrimizcha,  muallif  tanlovni  tizim  sifatida  tasavvur  qilishga  va 
uni  majmuaviy  xarakterini  aks  ettirishga  erishmagan.  Bundan  tashqari,  iqtidorli, 
iste’dodli  va  talantli  singari  tushunchalardan  sinonim  sifatida  foydalanish 
qobiliyatlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraganda o‘rinsiz. 
Bugungi  kunga  kelib,  bizning  nuqtai  nazarimizga  ko‘ra,  sport  tanlovini 
V.N.Filin  tomonidan  keltirilgan  ta’rifda  eng  qulay  va  omadli  deb  hisoblash 
mumkin  bo‘lib,  unda  bu  tushuncha  “aniq  bir  sport  turida  ixtisoslashtirish  uchun 
bolalar qobiliyatini aniqlashga asos bo‘ladigan pedagogik, psixologik, sotsiologik 
va tibbiy-biologik tadqiqot usullarini o‘z tarkibiga olgan tashkiliy-uslubiy tadbirlar 
tizimi” sifatida qaraladi. 
Yuqorida keltirilgan ta’rif tizimli yondashuv nuqtai nazaridan ifodalangan 
va bu muallifga tanlovning majmuaviy xarakterini ta’kidlash imkoniyatini, oxirgi 
maqsadni  -  ma’lum  bir  sport  turida  ixtisoslashtirishni    ko‘rsatilishi  esa  unga  
maksimal aniqlikka erishi imkoniyatini bergan.  
Juda ko‘p hollarda “tanlov” iborasi “sport orientatsiyasi” bilan birgalikda 
ishlatiladi. SHuning uchun sport tanlovi va orientatsiya so‘zlari birikmasi oddiy hol 
bo‘lib qoldi, shu bilan birga, shunchalik bo‘lib ketdi-ki ayrim mualliflar ushbu ikki 
tushunchalarni  o‘zaro  tenglashtiradigan  bo‘ldilar  va  bunday  holni,  bizningcha, 
to‘g‘ri deb hisoblab bo‘lmaydi.   Shunga qaramay, sport orientatsiyasi va tanlov, 
ular  bajaradigan  funksiyalar  har  xil  bo‘lsa  ham,  yagona  jarayonda  amalga 
oshiriladi. 
Ko‘pgina  mutaxassislar  sport  orientatsiyasini  insonning  qobiliyatlari  va 
intilishlarini  o‘rganish  va  buning  natijasida  mazkur  insonni  u  yoki  bu  sport  turi 
bilan  shug‘ullanish  uchun  tavsiya  etish  nuqtai  nazaridan  qaraydilar 
(S.S.Groshenko;  A.N.Gukalenko;  E.Yu.Rozin;  Yu.F.Kuramshin  va  hammualliflar  
va  boshqalar)  va  u  insonni  tavsiya  etilgan  sport  turida  ommaviy  razryadlarni 
bajarishga yo‘naltirish imkoniyatini beradi. 


51
 
 
Tanlov  -  ayniqsa,  agar  unga  etik  nuqtai  nazaridan  qaraganda,  ancha 
murakkab  va  mas’uliyatli  jarayondir.  Chunki  inson  imkoniyatlarining  tanlangan 
sport turiga mos kelmagan hollarida mazkur odamni mashg‘ulotlarga yaroqsizligi 
faktini tan olishga to‘g‘ri keladi. 
N.J.Bulgakov, A.T.Voronsov  ta’kidlashiga ko‘ra, aniq bir insonning ko‘p 
yillik  trenirovkalar  davomida  o‘rganishga  va  o‘sib  borishga  nisbatan  bo‘lgan 
potensial  qobiliyatlarini  aniqlash  sport  tanlovining  asosiy  vazifasi  hisoblanadi. 
Asosiy  vazifasidan  tashqari,  tanlov  muammosi  quyidagi  to‘rtta  ketma-ket 
vazifalarni  echish  (N.J.Bulgakova;  V.M.Zatsiorskiy,  N.J.Bulgakova  )  bilan 
bog‘liq: 
1. Model xarakteristikalarni aniqlash. 
2. Istiqbollash (bashorat qilish). 
3. Klassifikatsiyalash. 
4. Tashkillashtirish. 
 Istiqbollash (bashorat qilish) tanlov muammosining eng muhim va tor joyi 
hisoblanishini  ta’kidlash  lozim.  Chunki,  Istiqbollash  (bashorat  qilish)  mavjud 
bo‘lmagan holda samarali tanlov ham bo‘lmaydi, axir. 
“Istiqbollash  (bashorat  qilish)  -  insonning  rivojlanishi  tendensiyalarini 
tahlil  qilish  asosida  ob’ektni  rivojlanishini  istiqbollashni  shakllantirishga 
yo‘naltirilgan anglash faoliyati turi” (V.I.Balandin, Yu.M.Bludov, V.A.Plaxtienko, 
13-sahifa). Ta’rifdan  bashorat qilishning maqsadi ham kelib chiqadi va uni sport 
faoliyati natijalarining fikran oldindan g‘ururlanishi sifatida ifodalash mumkin. 
Siklik  xarakterdagi  sport  turlarida,  o‘yinlarda  va  yakkakurashlarda 
istiqbollash  (bashorat  qilish)  ancha  vaqtdan  buyon  amaliyotda  qo‘llanmoqda. 
Biroq,  bashorat  qilishning  ko‘pgina  usullari  natijalar  hakamlarning  sub’ektiv 
ballari  asosida  chiqariladigan  (sport  va  badiiy  gimnastika,  suvga  sakrash,  figurali 
uchish  va  shu  singarilar)  murakkab  koordinatsiyali  sport  turlarida  etarli  darajada 
samarali  emas.  So‘nggi  yillarda  mazkur  sport  turlari  guruhi  uchun  bashorat 
qilishning  ixtisoslashgan  usullari  ishlab  chiqilmoqda.  Chunonchi,  sport  yutuqlari 


52
 
 
dinamikasini bashorat qilish bir nechta nisbatan mustaqil bo‘limlardan jamlanadi. 
Ularning orasida  musobaqa  mashqlari  mazmunini, xususan  texnik  murakkablikni, 
kompozitsiyani,  yangi  original  elementlar  va  birikmalar  mavjudligini  bashorat 
qilish eng muhimi hisoblanadi (V.S.Cheburaev). 
Tanlov - bu uzoq vaqt davom etadigan jarayon bo‘lib, sportchining butun 
ko‘p  yillik  tayyorgarligi  davomida  o‘tkaziladi  va  shuning  uchun  ham  uni  turli 
bosqichlarga bo‘lish etarli darajada qonuniyatli hisoblanadi. Bunday bosqichlarga 
bo‘lish  zaruratini  hech  kim  inkor  etmaydi.    Ayrim  mutaxassislar  (V.P.Filin, 
S.S.Groshenkov va boshqalar) uni sportchilarning yosh-kvalifikatsion xususiyatlari 
bilan  bog‘laydilar,  boshqalari  (V.M.Volkov,  A.A.Gujalovskiy,  V.K.Balsevich  va 
boshqalar)  bosqichlilikni  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish  uchun  organizm 
rivojlanishining  eng  qulay  “sensitiv”  davrlari  bilan  asoslaydilar.  Biroq,  afsuski,  
keyingi  paytlarda  chop  etilgan  izlanishlarga  oid  materiallarda  tanlov 
bosqichlarining miqdoriy va sifat tomonlari to‘g‘risida yagona fikr uchramadi. 
M.Ya.Nabatnikova va  V.P.Filinlar ko‘p jihatdan bir-biriga ancha o‘xshash 
bosqichlarga  bo‘ladilar.  Ular  tomonidan  sportchining  ko‘p  yillik  tayyorgarlik 
ko‘rishini  bosqichlarni  bo‘lish  uchun  asos  sifatida  olingan.  SHu  bilan  birga, 
bunday  bo‘linish,  bizning  fikrimizcha,  hozirgi  vaqtda  eng  qulay  hisoblanadi, 
chunki ixtiyoriy bir sport turi uchun uni qo‘llash mumkin. 
Birinchi  bosqich  tanlovning  eng  murakkab  bosqichi  hisoblanib,  bunda 
faoliyatni boshlash uchun insonning intilishlari va qobiliyatlari aniqlanishi kerak. 
Bolalarni  boshlang‘ich  tanlovi  ikki  ko‘rinishda:  ajratib  olish  va  saylash 
ko‘rinishlarida  amalga  oshirilishi  mumkin  (S.V.Bryankin,  A.T.Kontanistov). 
Ajratib olish - ma’lum sport turi bo‘yicha shug‘ullanish istagida bo‘lganlar va shu 
maqsadda  sport  maktabiga  kirish  imtihoni  topshirish  uchun  kelganlar  orasidan 
tanlab olish. 
Saylash,  odatda,  ajratib  olish  bo‘yicha  mutaxassis  yoki  ularning 
baholanishini  bilmaydigan  murabbiylardan  biri  tomonidan  o‘tkaziladi.  Saylash 
ko‘rinishida amalga oshirilgan tanlov, o‘z-o‘zidan ravshanki, ma’lum ustunliklarga 


53
 
 
ega: birinchidan, imtihonning qisqa muddatda o‘tkazilishi bolaning qobiliyatlarini 
aniq  baholash  imkoniyatini  bermaydi;  ikkinchidan,  imtihonga  kelganlar 
kontingenti  har  doim  ham  qo‘yiladigan  talablarga  javob  bera  olmaydi; 
uchinchidan,  imtihon  xohlovchilarning  noma’lum  qismini  sport  bilan 
shug‘ullanishga yaroqsiz deb tan olishni etik muammolari bilan bog‘liq. 
Amaliyotda  tanlovning  ushbu  ikki  shakli,  ko‘pchilik  hollarda,  o‘zaro 
bog‘liq bo‘ladi. Boshlanishida, odatda, saylab olish amalga oshiriladi, sportchining 
kelgusida istiqbolligini bashorat qilishda esa test o‘tkazish kerak va buning oqibati 
sifatida ajratib olish lozim bo‘ladi. 
Tanlash va orientatsiya tizimi murakkab ijtimoiy mexanizm hisoblanadi va 
faqatgina sport uchun ishlab qolmay, balki u faoliyatning  boshqa sohalari, xususan 
ta’lim va tarbiya, bilan ham chambarchas bog‘liq holda ishlaydi. 
Tanlov  muammosining  umumnazariy  aspektlarini  tahlil  qilishni  qisqa 
yakunini  chiqariadigan  bo‘lsak,  ularning  ilmiy  asoslanishi  izlanish  bosqichida 
turiganligini  va  yakunlanishdan  ancha  uzoqligini  ta’kidlash  lozim.  K.K.Platonov  
tomonidan  bildirilgan  har  qanday  ilmiy  fanning  salohiyatini  so‘zlar-iboralarning 
bir  qiymatliligi  va  aniqlanganligi  belgilab  berishi  to‘g‘risidagi  qoida  ilmiy 
tadqiqotlar  uchun  keng  faoliyat  maydonlarini  ochib  beradigan  ko‘pgina 
muammolarni echilmasligini mantiqiy tasdiqi hisoblanadi. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə