Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


Badiiy gimnastikaga tanlashda buyumlar bilan muomala texnikasi



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   153
fayl 1633 20210826

3.4. Badiiy gimnastikaga tanlashda buyumlar bilan muomala texnikasi 
ahamiyati
 
Ko‘pgina  mutaxassislarning  fikriga  ko‘ra  bugungi  kunda  buyumlar  bilan 
muomala  texnikasi  rolining  kuchayishi  -  yuksak  sport  natijalariga  erishishning 
asosiy  sharti  sifatida  jahon  badiiy  gimnastikasi  rivojlanishining  bosh  yo‘nalishi 
(N.J.Belokopitova,  1979;  V.YA.Klimenko  va  hammualliflar,  1982;  M.Gigova, 
L.Svetkova,  T.SHishkova,  1982;  N.Robeva,  1983;  R.SH.Kokoshvili,  1984; 
N.A.Ovchinnikova, L.A.Karpenko, 1985, 1986) hisoblanadi. 
Musobaqalarda  hakamlik  qilish  Xalqaro  qoidalarida  (1984)  badiiy 
gimnastikaning maxsusligi buyumlar bilan manipulyasiya qilishdan iborat ekanligi 
aniq  ko‘rsatilgan.  Buyumsiz  bajariladigan  mashqlar  gimnastika  federatsiyasi 
musobaqalar dasturlarida uchramaydi va faqatgina gimnastikachi qizlarning texnik 
tayyorgarligi asoslanadigan baza sifatida xizmat qiladi. 
Gimnastikachi  qizlarning  texnik  tayyorgarligi  tahliliga  bag‘ishlangan  va 
keyingi  yillarda  chop  etilgan  materiallar  buyum  bilan  bajariladigan  mashqlar 
texnikasini  takomillashtirishning  uchta  bir-birini  almashtiradigan  yo‘nalishlar 
mavjudligini  ko‘rsatadi.  CHunonchi,  buyumlardan  foydalanish  uchun  xarakterli 
harakatlar  avvallari  sportchi  qizlarning  qo‘lidagi  buyum  bezak  sifatidagi  rolni 
bajargan (M.Gigova, L.Svetkova, T.SHishkova, 1982).  
Biroq  keyingi  davrda  kompozitsiyalarning  asosiy  qiyinchiligini  buyumsiz 
mashq  bajarish  uchun  tipik  bo‘lgan  elementlar  emas,  balki  buyumlarning  o‘zini 
eng  murakkablashgan  va  turli-tuman  harakatlantirish  (NJB,  1979)  tashkil  etgan. 
Va, nihoyat, buyumsiz fundamental (oddiy) elementlarni qo‘shish bilan birgalikda 
gavda  harakatlarini  yuksak  sifat  va  mahorat  bilan  bajarib  “buyumlar  bilan 
harakatlar  strukturalari  guruhlarini  takomillashgan  holda  egallanganligi”  hozirgi 
vaqtda  gimnastikachi  qiz  muvaffaqiyatining  asosi  hisoblanadi  (E.B.Biryuk, 
N.A.Ovchinnikova, 1989). 


60
 
 
Badiiy  gimnastikada  zamonaviy  va  ratsional,  ya’ni  “buyumli”  deb 
ataladigan  tayyorgarlikning  muhimligi  hech  qanday  shubhasizdir.    Biroq, 
gimnastikachi  qizlar  -  “Badiiy”  tayyorlash  umumiy  tizimining  ushbu 
komponentasida  (tashkil  etuvchisida)  ma’lum  kamchiliklar  va  etishmovchiliklar 
mavjud  bo‘lib,  ularning  namoyon  bo‘lish  darajasi  bu  erda  murojaat  qilish  o‘rinli 
bo‘lgan ko‘pgina omillarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.  
Badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘pgina mutaxassislar va murabbiylar bizning 
avvalgi muvaffaqiyatsizliklarimiz sababini sovet sportchi qizlarini buyumlar bilan 
muomala  texnikasi  sohasida  xorij  sportchi  qizlaridan  biroz  ortda  qolishida 
(V.Ya.Klimenko  va  hammualliflar,  1982;  T.S.Lisitskaya,  R.Sh.Kokoshvili, 
V.Yu.Sosina, 1982; B.V.Biryuk, N.A.Ovchinnikova, L.G.Vlasova, 1983; J.Rinaldi, 
1984;  T.S.Lisitskaya,  1984,  1986;  V.Nikiforova,  1985;  T.Kravchenko,  1985; 
N.A.Ovchinnikova, 1985 va boshqalar) deb bilganlar va bu fikrga qo‘shilish lozim. 
Bu  ortda  qolish  deyarli  haqiqat  edi  va  bu  haqida  bizning  yutuqlarimiz 
dalolat berar edi. Biroq, shunday bo‘lsa ham, ushbu hodisa asosiy sabablarini tahlil 
qilishda  ancha batafsilroq  to‘xtalishni  istardik.  Avval ham,  hozir  ham,  musobaqa 
dasturlarini  bajarishning  ishonchliligi  va  stabilligi  muammosi  eng  muhim  bo‘lib 
qolmoqda  (V.Ya.Klimenko  va  hammualliflar,  1982;  E.V.Biryuk,  L.G.Vlasova, 
1984;  N.I.Kuzmina,  1985,  1986;  E.V.Biryuk,  N.A.Ovchinnikova,  1989  va 
boshqalar). Badiiy gimnastikada stabillik deganda, eng avvalo, mashqlarni qo‘ldagi 
buyumni  yo‘qotishsiz  (qo‘ldan  chiqarib  yubormasdan)  bajarish  tushuniladi. 
Stabillik  ko‘rsatkichi  buyumni  yo‘qotishsiz  bajarilgan  mashqlar  sonini  umumiy 
bajarilgan    soniga  nisbatan  foizini  hisoblash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Va  bu 
sportchining musobaqada mos o‘rinni egallashi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo‘ladi  (O.A.Ivanova,  1984).  Hattoki  eng  sezilmaydigan  xatolik  ham  nufuzli 
Xalqaro  musobaqalarda  sportchi  qizning  va  uning  murabbiyining  yillar 
davomidagi mehnatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.  
Tadqiqotlar,  mamlakatimiz  mutaxassislari  tomonidan  ham,  xorij 
mutaxassislari  tomonidan  ham,  bir  necha  marta  badiiy  gimnastikada  buyumlar 


61
 
 
bilan  muomala  texnikasi  mahorat  ortishining  bosh  mezoni  hisoblanadi  degan  fikr 
ta’kidlandi.  Aynan  ushbu  texnika  ko‘p  jihatdan  alohida  sportchi  qizlarning  ham, 
milliy 
badiiy 
gimnastika 
maktablarining 
ham, 
yutuqlarini 
yoki 
muvaffaqiyatsizliklarini  aniqlaydi  (N.Robeva;  J.Rinaldi;  N.A.Ovchinnikova; 
L.A.Karpenko  va  boshqalar).  L.A.Karpenko  fikriga  ko‘ra,  buyum  bilan  mashq 
bajarish  texnikasini  rivojlantirish  tendensiyalariga  quyidagilar  kiradi:  buyumni 
yuqoriga  uloqtirishning  sonini  stabillashtirish  fonida  ularning  turli-tumanligini  va 
qiyinchiligini oshirish, gimnastikachi qiz gavdasi va buyum harakatlarini eng zich 
kontaktida  elementlar  sonini  va  qiyinchiligini  oshirish,  qo‘shimcha  va  bog‘lovchi 
elementlar funksiyalarini kengaytirish, originallik rolini oshirish. 
Mashqni  artistik  jihatdan  yuqori  darajada  bajarish  uchun  o‘z 
individualligini  ko‘rsatish  va  obraz  yaratish,  etarlicha  stabillik  va  ustalik  bilan 
buyumlarni  egallash  va  boshqarish  kerak  va  faqat  shu  holdagina  buyum  xalaqit 
beruvchi emas balki gimnastikani ifodalovchi elementlaridan biri bo‘ladi. 
Mahoratli  gimnastikachi  qizlarning  buyumlarni  egallash  va  boshqarish 
darajasini  musobaqa  natijasiga  ta’siri  tajriba  yo‘li  bilan  isbotlangan  va  0,862  ga 
teng  korrelyasiya  koeffitsienti  (R  <  0,001)  bilan  ifodalanadi  (E.V.Biryuk, 
N.A.Ovchinnikova). 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə