Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


Badiiy gimnastikada saralash muammosi



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   153
fayl 1633 20210826

3.3. Badiiy gimnastikada saralash muammosi 
Badiiy  gimnastika  shunday  sport  turlariga  kiradi-ki,  ularda  ko‘pgina 
masalalarning  ilmiy  asoslanishi  izlanish  bosqichida  bo‘ladi,  shuning  uchun 
nazariyani  amaliyotdan  ortda  qolish  faktini  tan  olishga  to‘g‘ri  keladi.  Shu 
munosabat bilan tanlov muammosi ham bundan mustasno emas. 
Badiiy  gimnastikada  tanlov  tizimini  nazariy  jihatdan  asoslashga 
bag‘ishlangan  tadqiqotlar  juda  ham  kamligini  ta’kidlash  lozim  va  bu  bizni, 
yuqorida  aytib  o‘tilganidek,  ushbu  muammoning  ayrim  masalalarini  o‘rganishga 
undagan sabablaridan biri bo‘ldi. 


54
 
 
Badiiy  gimnastikada  tanlovni  nazariy  asoslash  sohasidagi  tadqiqotlarning 
kam  sonli  ekanligi  ushbu  yo‘nalishning  hech  bo‘lmaganda  ayrim  aspektlarini 
yoritishga uringan ayrim tadqiqotlarning rolini aslo pasaytirmaydi. 
Ushbu sohada ishlayotgan mutaxassislarning deyarli hammasi echimi bilan 
shug‘ullanayotgan  ana  shunday  umumiy  masalalardan  biri  qanday  qobiliyatlarni 
baholash kerak  va qanday  qilib  bu  ishni  eng  yuqori  aniqlik  bilan  amalga  oshirish 
mumkinligiga olib kelinadi. 
Chunonchi,  K.G.Gomberadze    bolalarni  birinchi  marta  kuzatgandayoq 
muskullarning  harakatchanligiga, sakrovchanlikka va  harakatlar  koordinatsiyasiga 
(ularning  umumiy  e’tiborni  jalb  etuvchanligi  yoki  qizlarni  tomoshabopligi,  deb 
ataladigan, fonida) e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Undan ancha oldingi tadqiqot 
ishlarida  Yu.N.Shishkareva    xuddi  shunday  sifatlarni,  shuningdek  muvozanatni 
saqlanishini, raqqoslikni va turli templarda  harakatlarni  bajara olishini baholashni 
tavsiya qiladi. 
Zikr etib o‘tilgan mualliflar o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqqan holda va 
o‘z hamkasblari faoliyatini kuzatishlari asosida tavsiyalar berganlar. 
B.A.Soloninkinaning    biroz  keyingi  ishlarida  mutaxassislar  so‘rovga 
tutilgan  va  unga  tanlovda  harakatlar  koordinatsiyasining  va  muvozanatni 
saqlashning 
eng 
katta 
ahamiyati, 
ulardan 
keyin 
egiluvchanlik 
 
va 
sakrovchanlikning  va  kuch  va  tezkorlikning  ancha  kamroq  ahamiyatli  ekanligi 
to‘g‘risida  xulosalar  chiqarish  imkoniyatini  bergan.  Muallif,  undan  keyin, 
tadqiqotlarda  ishtirok  etgan  murabbiylar  harakat  shakllarining  aniqligiga  va 
tugallanganligiga,  dinamikligiga,  harakatlarni  musiqa  bilan  mos  tushishiga, 
yaxlitligiga  va  raqqosligiga  e’tibor  qaratganligini  ko‘rsatadi.  Muallif  egallagan 
vaziyatga  zamonaviy  badiiy  gimnastika  (sportchilarni  yosharishi  uning 
xususiyatlaridan  biri  hisoblanadi)  nuqtai  nazaridan  qaragan  holda  harakat 
shaklining  aniqligi  va  tugallanganligi,  yaxlitlik  singari  xarakteristikalarni  birinchi 
bosqichda aniqlash imkoniyati bo‘lmasligi faktini ta’kidlash lozim. Gap shundaki, 
badiiy  gimnastika  mashqlarining  ushbu  ixtisoslashgan  qirralari  mazkur  sport  turi 


55
 
 
rivojlanishining  hozirgi  zamon  shart-sharoitlarida  faqatgina  yuksak  mahoratli 
sportchi  qizlarning  kompozitsiyalariga  taalluqli,  xolos.  SHu  bilan  birga,  keyingi 
paytlarda 
hattoki 
yuqori 
kvalifikatsiyali 
gimnastikachi 
qizlarning 
kompozitsiyalarida    ham  harakatlarning  yaxlitligi  va  qovushganligi  biroz 
yo‘qotilayotganligi  to‘g‘risida suhbatlar olib borilmoqda. 
L.I.Galchinskaya  tanlov  samaradorligini  o‘rganishda  yangi  kelganlarni 
badiiy  gimnastika  mashg‘ulotlariga  yaroqlik  darajasi  to‘g‘risida  xulosa  chiqarish 
imkoniyatini beradigan alomatlarni aniqlagan. SHu bilan birga, muallif, alomatlar 
orasida biron-bir etakchisini aniqlash imkoni bo‘lmaganligini ta’kidlagan. Biroq, u 
taxminan 
bosh 
omillar 
qatoriga 
quyidagilarni 
kiritgan: 
muskullardagi 
harakatchanlik,  misiqaviylik,  sakrovchanlik,  ifodalanuvchanlik,  mehnatsevarlik, 
tirishqoqlik  va  harakatlar  koordinatsiyasi;  bundan  tashqari,  u  ushbular  qatorini 
yana 
psixologik 
muvozanatlashganlik, 
botirlik, 
mustahkamlik, 
buyumni 
sezuvchanlik va emotsionallik bilan to‘ldirgan. 
Ushbu  ishni  tahlil  qilishda  muallif  tomonidan  ajratib  ko‘rsatilgan  ustivor 
alomatlar hajmining etarlicha kattaligi (ularning hammasi 12 ta) ular orasidan eng 
muhimlarini ajratish qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, jismoniy sifatlar, psixologik 
xususiyatlar,  xarakter  qirralari  va  faqatgina  yuqori  kvalifikatsiyali  gimnastikachi 
qizlargagina  xos  bo‘lgan  “buyumni  sezish”  singari  ixtisoslashganlik 
qobiliyatlarining  etarlicha  tizimlashtirilmagan  ketma-ketligi  e’tiborni  o‘ziga  jalb 
qiladi va bu mazkur alomatlarni aniqlashda biron-bir aniq yo‘riqnoma yo‘qligidan 
dalolat  beradi.  Shuning  uchun  muallif  tomonidan  taklif  etilayotgan  tanlov  tizimi 
to‘g‘risida  ijobiy  fikrlar  aytish  qiyin  bo‘lib,  uning  chop  etgan  ateriallaridaga 
alomatlar  ko‘proq,  L.I.Galchinskiy  fikriga  ko‘ra,  tanlov  samaradorligiga  ta’sir 
ko‘rsatadigan ushbu alomatlarning ixtiyoriy ravishda birlashtirilganga o‘xshaydi.   
J.E.Firileva    tanlovning  ayrim  aspektlarini  qarab  chiqqan  bo‘lib,  u 
tadqiqotlarda  o‘z  e’tiborini  morfologik  alomatlarga  va  o‘quvchilarning  ayrim 
harakatlanish qobiliyatlarini o‘rganishga qaratgan. Sport va badiiy gimnastika bilan 
shug‘ullanuvchi  sportchi  qizlarning  ixtisoslashganlik  va  umumiy  qirralari 


56
 
 
rivojlanishini aniqlash tadqiqot ishlarining asosiy vazifasi bo‘lgan. SHuning uchun, 
har  ikkala  gimnastika  turlari  vakillari  sifatlarini  tavsiflaydigan  va  tadqiq 
qilinayotgan  alomatlarni  baholashning  universal  usullaridan  foydalanilganligi 
tasodifiy emas. 
Ishni  hujjatlashtirish  yili  maktabgacha  tarbiya  muassasasi  yoshidagi 
qizlarga nisbatan biron-bir tadqiqot ma’lumotlarining mavjud emasligini izohlaydi. 
J.A.Belokopitova    BO‘SMda  badiiy  gimnastika  bilan  shug‘ullanuvchi 
sportchi  qizlarni  tanlashni  o‘rgangan  bo‘lib,  u  muallifni  testlar  sifatida  buyumlar 
bilan  bajariladigan  tipik  mashqlardan  foydalanishini  izohlaydi.  Shu  bilan  birga, 
bunday  yondashish  viloyat  va  respublika  miqyosidagi  terma  jamoalari  bilan 
ishlashda etarlicha keng tarqalgan.  
Ancha  keyingi  vaqtlardagi  adabiyot  manbalarida  chop  etilgan  materiallar 
qarab  chiqilganda,  boshlang‘ich  tanlovda  mualliflar  tomonidan    tashqi  ko‘rinish 
(tashqi  qiyofa),  passiv  va  faol  egiluvchanlik,  dinamik  kuch  va  umumiy 
harakatlanish  koordinatsiyasini  baholash  taklif  etilganligini  ta’kidlash  zarur 
(L.Kechedjieva, M.Vankova, M.CHipryanova,. 
T.S.Lisitskaya  fikriga  ko‘ra,  tanlovning  birinchi  bosqichida  quyidagi 
jismoniy  sifatlar:    egiluvchanlik,  tezkorlik-kuchlilik  sifatlari,  ish  qobiliyati 
baholanishi kerak. Koordinatsion qobiliyatlarning ahamiyati bundan kam emas va 
harakatchanlikka o‘rganganlik uning mezonlaridan biri hisoblanadi, harakatlanish 
amallarining aniqligi  ularning darajasini aniqlaydigan ko‘rsatkich  hisoblanadi. 
Faqat  oxirgi  ikki  ishlarning  mualliflari  aniq  koordinatsion  qobiliyatlarni 
aniqlash  imkoniyatini  beradigan  testlarni  taklif  etayotganligini  ta’kidlab  o‘tish 
lozim.Chunonchi,  L.Kechedjieva,  M.Vankova,  M.Chipryanova    shunday  testlar 
sifatida joyidan turib uzunlikka sakrash mashqini olish mumkin deb hisoblaydilar. 
Ushbu  harakatni  koordinatsiya  rivojlanish  darajasi  bilan  o‘zaro  bog‘liqligi 
V.X.Valmaa  tadqiqotlarida tajriba yo‘li bilan asoslangan. T.S.Lisitskaya  koptokni 
nishonga  uloqtirishni  koordinatsiya  rivojlanish  darajasiga  eng  adekvat  test  deb 
hisoblaydi. 


57
 
 
Biroq,  yuqorida  taklif  etilayotgan  testlar  boshqa  ko‘pgina  sport  turlarida 
tanlov  uchun  ham  foydalanishini  ta’kidlash  lozim  va  bizning  fikrimizcha  ularni 
badiiy  gimnastika  uchun  xarakterli  bo‘lgan  ixtisoslashganlik  koordinatsion 
qobiliyatlarini baholash uchun to‘g‘ri keladi deb hisoblab bo‘lmaydi. 
Ma’lumki,  boshqa  ko‘pgina  sport  turlari  singari  badiiy  gimnastika  ham 
keyingi  yillarda  sezilarli  o‘zgarishlarga  uchradi.    Biroq,  bu  oldingi  asrning  40-
yillari  oxirida  shakllangan  tanlov  tizimida  umuman  aks  etmagan  va  bu  yuqorida 
qarab chiqilgan ishlarning tahlilidan etarli darajada yaqqol ko‘rinib turibdi. Faqat 
shu faktning bir o‘zi ham nazariy fikrlash amaliyot oldida qanchalik qarzdorligidan 
dalolat  beradi.  Chunki,  ko‘pgina  mutaxassislarning  tanlov  sifati,  asosan, 
murabbiyning  intuitsiyasiga  va  tashabbusiga  bog‘liqligi  to‘g‘risidagi  fikrlari 
hozirgi  kunda  o‘zaro  zid  holda  yangraydi.  Agar  tanlab  olish  bilan  bilimdon  va 
tajribali  pedagog  shug‘ullanganda  ham  yo‘qotishlar  muqarrar  bo‘ladi.  Shu  bilan 
birga,  ko‘pchilik  hollarda  yangi  kelganlar  bilan  ishlash  yosh  mutaxassislar,  eng 
yaxshi  hollarda,  yoki  14-15  yoshlarida  istiqbolsiz  sportchilarga  aylanib  qolgan 
gimnastikachi qizlar zimmasiga yuklanishi hech kimga sir emas. 
Badiiy  gimnastika  mashg‘ulotlarda  shug‘ullanishni  boshlash  uchun 
optimal  yoshni  aniqlash  tanlov  tizimidagi  eng  muhim  masalalardan  biri 
hisoblanadi. 
Bu  muammo  zamonaviy  sportni  yosharishi  munosabati  bilan  yanada 
keskinroq sezila boshladi. 
Mashg‘ulotlarni 
boshlashda 
yosh 
chegaralarini 
ham, 
mahorat 
yuksakliklariga  erishadigan  sportchilar  yoshini  ham,  pasayishi  vaziyatni  vujudga 
keltiradi.  Ushbu  vaziyatda  qobiliyatli  bolalarni  imkoni  boricha  ertaroq  anglanishi 
va aniqlanishi zarurat hisoblanadi. 
Shu  paytgacha  ko‘pgina  sport  turlari  mutaxassislari  tomonidan  sportdagi 
yosharishga  nisbatan  munozaralar  davom  etmoqda.  Ushbu  masalani  qo‘yilishi, 
yumshoq  qilib  aytganda,  noto‘g‘ri,    chunki  uning  mavjudligi  umum  tan  olingan 
faktdir.  Mazkur  muammoni  mavjudligi  to‘g‘risidagi  fikrga  rozi  bo‘lish  yoki  rozi 


58
 
 
bo‘lmaslik  mumkin,  biroq  uni  inobatga  olmaslik  mumkin  emas.  Shuning  uchun 
maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  bilan  o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlarning 
to‘g‘ri uslubiyotini kiritish to‘g‘risidagi masalani qo‘yilishi muhim. 
Badiiy  gimnastika  bo‘yicha  mutaxassislari  uchun  yosharish  jarayoni 
tasodifiy  bo‘lgan  deb  bo‘lmaydi,  chunki  bu  tendensiya  keyingi  o‘n  yillarda 
etarlicha  yaqqol  namoyon  bo‘lmoqda.  Biroq,  shunday  bo‘lsa  ham,  badiiy 
gimnastika  sohasi  mutaxassislari  tomonidan,  shu  paytgacha,  mashg‘ulotlar  bilan 
shug‘ullanishni boshlashning optimal yoshi aniqlanmagan. 
Bolgariyalik  mutaxassislar  (L.Kechedjieva,  M.Vankova,  M.CHipryanova, 
1985)  tanlov  uchun  5-6  yoshni,  eng  maqbul  deb  hisoblaydilar.  T.S.Lisitskaya 
(1982),  bolalar  tanlovini  birinchi  bosqichi  ularning  7-8  yoshli  davrida 
boshlanishini ta’kidlagan holda, ustivorlikni 7-8 yoshga bergan. SHu bilan birga, u 
6  yoshdan  boshlangan  mashg‘ulotlar  keyinchalik  ustunlik  bermaydi  deb 
ta’kidlaydi. 
O‘zining  shaxsiy  tajribasiga,  shuningdek  ko‘pgina  murabbiylarning 
tajribalariga,  mutaxasislar  bilan  suhbatlar  natijalariga  tayangan  holda  ushbu 
muallifning fikriga qo‘shilmaymiz. CHunonchi, masalan, juda ko‘pchilik hollarda 
birinchi  yilda o‘z  tengdoshlarini texnik  tayyorgarlik bo‘yicha ortda qoldira olgan 
istiqbolli  qiz  bir  necha  yillik  trenirovka  davomida  ustunligini  saqlay  oladi.  Biz 
iste’dodli  besh  yoshli  bolalar  shug‘ullanishning  birinchi  yili  oxirida  faqat  6-7 
yoshlilar darajasiga erishibgina qolmay, balki ulardan o‘zib ham ketishini bir necha 
marta kuzatganmiz.  
Bizning  fikrimizcha,  badiiy  gimnastika  mashg‘ulotlariga  tanlovning 
optimal  deb  5-7  yoshni  hisoblash  mumkin.  Hamma  narsa  bolaning  harakatlanish 
qobiliyatlarini rivojlanish darajasiga, uning psixologik xususiyatlariga, salomatligi 
holatiga va, albatta, badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish istagiga bog‘liq.  
Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirib, biz badiiy gimnastikada tanlov 
muammosini  ilmiy  asoslash  hali  mantiqiy  tugallanishidan  ancha  uzoqda  degan 
xulosaga keldik va shu sababli ham ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish 


59
 
 
uchun  muhim  asos  bo‘lib  xizmat  qildi.  Tadqiqot  ishlarimizda  hal  etilishi  zarur 
bo‘lgan masalalar avvalgi ijobiy tajribani inobatga olgan holda olib borildi. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə