Son Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Usmonova Matlyuba Ixtiyarovnaning



Yüklə 192,98 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü192,98 Kb.
#141869
Ilmiy raxbar xulosasi


2023 -yil 20 –oktabr 05/28-06/217-son




Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Usmonova Matlyuba Ixtiyarovnaning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga


TAQRIZ

M.I.Usmonova Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasida 2018 yildan buyon mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat olib bormoqda. Dissertatsiya ishining mavzusi Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy Kengashining 2023-yil 29-avgustdagi 1-sonli majlisida tasdiqlangan va ilmiy rahbar etib b.f.d., professor D.A.Qodirova tayinlangan. Dissertatsiya ishining mavzusi Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil №4-sonli byulletenida “Sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarining meliorativ holatini baholashda zamonaviy usullaridan foydalanishning ilmiy asoslari (Kogon tumani misolida)” deb ro‘yxatdan o‘tkazilgan.


Bugungi kunda global ekologik inqiroz tahdidlari kuchayib borayotgan bir vaqtda tuproqni sho‘rlanish jarayonlaridan muhofaza qilish dunyo miqyosidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Yer shari bo‘yicha esa sho‘rlanishga uchragan tuproqlar 40% ni tashkil etadi va yiliga 9,8-10,4 mlrd AQSh dollari mablag‘i sarflanishiga olib kelmoqda.
Mamlakatimizda ham tuproqlar sho‘rlanishiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish, bioxilmaxillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, sho‘rlanishga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror rivojlantirishga erishishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borishga alohida e’tibor berilmoqda.
Mazkur dissertatsiya tadqiqotlari ma’lum darajada 2022-2026-yillarga mo‘ljalllangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi PF-5065-son «Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 iyundagi 277-son «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 2 fevraldagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risida” gi 50-son Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
M.I.Usmonovaning dissertatsiya ishida sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarining tarkibi, xossa-xususiyatlarini aniqlash va sho‘rlanish jarayonlarini zamonaviy uskunalarda aniqlash va baholashga oid tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlar davomida bir qator ilmiy va amaliy ahamiyatga ega yangi ma’lumotlar olingan va ular ilmiy jihatdan asosblab berilgan.
Ishning yutuqlaridan biri ilk bor Kogon tumani tuproqlarini masofadan zondlash ma’lumotlariga ishlov berish asosida turli vegetatsion indekslar (NDSI, NDVI, SI, OSAVI) Sho'rlanish indekslari asosida yirik masshtabli sho'rlanish xaritalari yaratilgan bo'lib, ular eng zaif hududlarni aniqlash uchun foydali bo'lishi mumkin, shuningdek, uzoq muddatli monitoring iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga bog'liq bo'lgan mamlakatlar uchun fazoviy-vaqtinchalik asosda yer degradatsiyasini himoya qilishga yordam beradi.
Tadqiqotlar davomida qator amaliy natijalarga erishilgan bo‘lib, ular Buxoro viloyati Qishloq xo‘jalik boshqarmasi va “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti “Buxvilyerloyiha” Buxoro viloyati bo‘linmasida amaliyotga joriy qilingan.
Tadqiqotchi tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad vazifalar bajarilgan, olingan natijalar har tomonlama chuqur tahlil qilingan holda ishning mohiyati ochib berilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda shuni aytib o‘tish lozimki, M.I.Usmonova o‘z tanlagan sohada yetuk tadqiqotchi, olingan ma’lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish qobiliyatiga ega, u o‘z ishiga talabchan, yuqori tajribaga ega, fakultet va kafedra jamoasida izlanuvchanligi bilan hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda. Dissertatsiya ishi tugallangan ish hisoblanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiya tomonidan doktorlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi. Uning muallifi esa qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.



Yüklə 192,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə