71
4. BUYUMSIZ BAJARILADIGAN MASHQLAR TEXNIKASINING
ASOSLARI
Buyumlarsiz harakatlanish - badiiy gimnastikadagi barcha musobaqa
mashqlarining asosidir. Ular mustaqil mashqlar sifatida gimnastikachilarning
majburiy va ixtiyoriy dasturiga kiradi, bundan tashqari, buyumlar bilan
bajariladigan barcha mashqlar asoslangan zarur harakat bazasi hisoblanadi.
4.1
Buyumlarsiz
bajariladigan mashqlar tasnifi
Hozirgi paytda buyumlarsiz bajariladigan mashqlar bir qancha turlarga
bo‘linadi. (4-jadval)
Mashqlarning bu turlarini ikkita sinf elementlariga bo‘lish mumkin.
Bulardan biri oddiy mashqlar, ikkinchisi murakkab mashqlardan tashkil topgan.
Oddiy mashqlar ancha osonroq bo‘lib, ko‘pincha ular kombinasiyada
biriktiruvchi harakat rolini o‘ynaydi. Bu eng avvalo yurish va yugurish turlari,
oddiy irg‘ishlarni o‘zgartirish va shunga o‘xshashlar.
Murakkab mashqlar sinfiga shartli ravishda bir muncha murakkab harakat
malakalarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan elementlar kiradi. Bu mashqlar
to‘lqin, burilishlar, muvozanatlar, sakrash, yarimakrobatik va akrobatik harakterga
ega elementlarga o‘xshash mashqlardir.
4-jadval
BUYUMSIZ BAJARILADIGAN MASHQLAR
Oddiy
mashqlar
To’lqinlar,
siltanishlar
Muvozana
t saqlash
Burilishlar
Sakrashlar
Akrobatik va
yarimakrobatik
harakatlar
Bo’shashtiruvch
i mashqlar
Yurish,
yugurish turlari
Dostları ilə paylaş: