Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   153
fayl 1633 20210826


Parter 
harakatlari 


72
 
 
4.2 ODDIY MASHQLAR VA ULARGA TASNIF 
         Oyoq  uchida,  yarim  cho‘qqayib,  o‘tirib,  o‘tkir  qadam  bilan,  tovondan  oyoq 
uchiga asta o‘tish bilan qadamlash, purjinasimon qadam bilan, baland qadam bilan, 
yumshoq qadam bilan, tashlanishlar bilan yurish va boshqalar. 
         Yugurishning  stilizatsiyalangan  (ma’lum  uslubga  solingan)  shaklidan  ham 
shu  sifatda  foydalaniladi,  lekin,  bundan  tashqari,  birikmalarda  sakrashga,  
burilishlarga, dumalashlarga tayyorlovchi harakat sifatida ham qo‘llaniladi. Badiiy 
gimnastikada qo‘llaniladigan yugurishning turlari o‘tkir, baland tashlanishlar bilan, 
keng, qisqa qadamlar bilan (oyoq uchida) yugurishlardir. 
         Parter  holati  –  mashqlarni  ifodali  elementlari  sifatida  ishlatiladigan  oddiy 
holatdir.  Bular  turli  (poza)  holatlar,  masalan  o‘tirish,  tayanish,  chalqancha,  qorin 
bilan, yon bilan yotishga o‘xshash holatlar bo‘lishi mumkin.  
          Qoidaga  ko‘ra,  parter  holati  tashkiliy  ritmik
,
  bir  qator  plastik  birikmalar 
tarkibiga  kiradi.  Shuning  uchun  statik  parter  holat  kam  uchraydi,  bu  ko‘pincha 
bog‘lovchi holat hisoblanadi.  
          Parter  holatni  bajarish  bog‘lovchi  harakatlarga  qo‘yilgan  talablarga  javob 
berishi  kerak.  Ko‘pincha  parter  holatni  yakuniy  holati  va  eng  muhimi  keyingi 
harakatlar uchun dastlabki holat sifatida ko‘rish mumkin. 
          Bo‘shashtiruvchi harakatlar ham ifodali vositalardan iborat oddiy harakatdir. 
Parter  holat  kabi  dinamik  sakrash  va  yugurishlarning  aksi  bo‘lib,  tezkor,  keskin, 
zo‘r  beruvchi  elementlarga  qarshi  turuvchi  bo‘shashtiruvchi  harakatlardir. 
Bo‘shashtiruvchi harakatlardan qo‘llar, gavda harakatidagi kabi  “yirik” elementlar  
harakatida  (egilishlarda,  muvozanat  saqlashning  final  fazasida  va  boshqalar)  ham 
foydalanish  mumkin.  Bo‘shashtiruvchi  harakatlar  boshqa  turdagi  mashqlar  bilan 
olib borilishi mumkin. 
        Bo‘shashtiruvchi harakat elementlari boshqa guruh mashqlarining ko‘pchiligi 
uchun  harakterlidir.  Bu  harakatni  erkin,  tabiiy  bajarish  zarurati  bilan  bog‘liq. 
Haddan  ortiq  zo‘r  berish  –  nafaqat  harakat  texnikasining  yetishmasligi,  ifodali 
nuqtai nazardan uning takomillashmaganligi belgisidir. 


73
 
 
Gimnastikachi  eng  avvalo  malakaning  shakllanmaganligi  va  harakat 
koordinasiyasining  yaxshi  emasligidan  darak  beradi.  Fiziologik  nuqtai  nazardan 
buning  aniq  sabablari  “tonik  zo‘riqish”,  gimnastikachi  mushaklarini  yetarli 
darajada  tez  bo‘shashmasligi,  “koordinatsion  zo‘riqish”dir.  Birinchisi  ma’lum  bir 
mashq  va  mashq  turini  bajarishda  uchraydi.  Ikkinchisi  gimnastikachidan 
tayyorgarlik darajasining umumiy belgisi sifatida chiqadi. 
        Badiiy  gimnastika  mashqlarini  ijro  yetishni  takomillashtirishda,  harakatni 
bajarish paytida band bo‘lmaydigan mushak guruhlarini tabiiy bo‘shashtirib, erkin 
harakatga erishish juda muhim hisoblanadi.  
         Bunda  gimnastikachi  tanasi  a’zolariga  birinchi  bo‘lib    qo‘llar  va  oyoqlar 
holatlariga e’tibor beriladi. 
         Ballistik  harakatda,  masalan  oyoqlar,  boshida  tana  a’zolarini  faol  tezlashish 
fazasida  antogonist  –  mushaklar  ishlaydi,  keyin  esa  ular  bo‘shasha  turib  tana 
a’zolarini inertsiya  bo‘yicha  erkin harakatlanishga imkon  beradi.  Bunday  harakat 
koordinatsiyasining buzilishi (masalan, antogonist – mushaklarni asossiz zo‘riqishi 
yoki  ular  kechikib  bo‘shashishi)  butun  bir  harakat  strukturasini  buzilishiga  olib 
keladi. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə