Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153
fayl 1633 20210826

 
 
 
7-rasm 
 
 
 
 
 
8-rasm 
 
 
 
 
9-rasm 
 
 


80
 
 
4.3.3
 
Siltashlar texnikasi asoslari va tuzilishi 
              Harakat  tuzilishi,  mushak koordinatsiyasi  va  biomexanik tavsifi bo‘yicha 
siltashlar,  to‘lqinlar  va  ballistik
 
harakterdagi  tezkor  siltash  harakatlari  orasidagi 
holatni egallaydi. 
             Siltash, uning harakterli tavsifi shakliga qarab ikki asosiy harakat fazasini 
o‘z ichiga oladi.  
             Birinchi  faza  –  asosan  ishni  bartaraf  qilishda  faol  harakatlanadigan  bo‘sh 
a’zolar  harakatini  tezlashtirish.  Boshlang‘ich  tezlik  qancha  katta  bo‘lsa,  mazkur 
fazada  harakatni  boshlash  uchun  beriladigan  impuls  qancha  kuchli  bo‘lsa,  yaxlit 
siltashni bajarish jismonan qiyin bo‘ladi. 
              Ikkinchi faza – tana a’zolarining inertsiya bo‘yicha siltanib harakatlanish. 
Shu  yo‘sinda  hozirgina  faol  fazoda  harakatlangan  mushaklarga  chekinuvchi 
tartibda  ishlab  turib  asta-sekin  bo‘shashadi  yoki  bir  oz  zo‘r  berib,  erta  boshlagan 
harakatini  oxirigacha  davom  ettiradi.  Siltashning  mazkur  fazasi  xuddi  
“natijaviydir”. Bu yo‘lda harakatning birinchi fazasida sarf qilingan kuch bevosita 
amalga oshiriladi
.
  
            Agar siltash murakkab ko‘p bo‘g‘imli harakterga ega bo‘lsa, uning ikkinchi 
fazasida  ancha  “tezkor”  periferik  a’zolar  muntazam  ravishda  boshqa  a’zolarni 
og‘irligi ortib boradi, siltash tezligi qonuniy ravishda kamayadi. 
            To‘lqinsimon  va  siltashsimon  harakatlarni  solishtira  turib,  ularning  farqini 
aytib o‘tish zarur.   
            Siltashlarning  ma’lum xususiyatlaridan biri – mazkur harakat uchun kerak 
bo‘lgan  asosiy  kuchning  bir  vaqtda  va  bir  lahzada  kelishidir  (siltashning  birinchi 
fazasidagi  asosiy  harakatga  qarang).  Ular  bilan  to‘lqinsimon  harakatlarni 
solishtirganda kuchning uzluksizligi va doimiyligi muhimdir.  
           Agar siltashda harakatni hammasini bajarish uchun boshlang‘ich portlovchi 
kuch  ko‘pincha  yetarli  darajada  bo‘lsa,  unda  to‘lqinni  bajarish  uchun  uning 
oxirigacha faol harakat qilish zarur.  


81
 
 
                Shu  bilan  birga,  keltirilgan  farqlarga  qaramay  to‘lqin,  siltash,  uloqtirish 
va shunga o‘xshash harakatlar orasida aniq chegara yo‘q. Chunki bu harakatlarning 
texnik  tuzilishi,  belgilari  ko‘pincha  bir  harakatda  yoki  shunga  o‘xshash  oddiy 
elementlarning ketma-ketligida birlashadi.  
               Ba’zida  bo‘g‘imlarda  kichik  amplitudada  tezkor  to‘lqinni  oddiy 
siltashdan ajratish qiyin, tana yoki qo‘l va oyoqlar bilan erkin siltash harakatlarini 
bajarishda esa to‘lqinga ozmi-ko‘pmi o‘xshash harakatlar bo‘ladi. 
                Nihoyat,  siltashlar  murakkab  harakatda  boshqa  turdagi  harakatlar  – 
burilishlar,  sakrashlar,  uloqtirishlar  bilan  birlashadi.  Bunday  holatda  siltashni 
bajarish  malakasi  (qanday  va  butun  bir  harakatni  bajarish  sharoiti)  zarurat  tufayli 
murakkablashadi.  Masalan,  o‘zgaruvchan  sharoitda  muvozanat  saqlash,  buyum 
bilan manipulyatsiya qilish va boshqalar. 
              Quyida ba’zi siltash turlari keltirilgan. 
            

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə