Yaxlit siltash – bu tur eng murakkab harakat turlaridan biri. Ularni
bajarganda tananing barcha a’zolari ishtirok etadi. Qoidadagidek, yaxlit siltash –
tizza, tos-son va umurtqalararo a’zolarni yozishga asoslangan harakatdir.
Gavda bilan siltash o‘zida yaxlit to‘lqinning bir “qismi”ni aks ettiradi.
Qo‘llar bilan siltash – badiiy gimanstikada keng qo‘llaniladigan ifodali
plastikaning muhim elementidir. Ular to‘lqinlar va qo‘llarning turli “mayin”
harakatlari bilan birga panjalar bilan ifodali harakatlarni to‘ldiruvchi qo‘llar
harakati “tili”ni tashkil qiladi.
Oyoqlar bilan siltashlar – oddiy qo‘llar bilan siltash harakati, lekin ifodali
imkoniyatlari va oyoq bilan siltash turlari qo‘l bilan siltashga nisbatan
chegaralangan.
Oyoq bilan siltashni bajarganda gimnastikachining harakat sifatlari: kuchli,
tezkor harakatlarni amalga oshirish, tos-son bo‘g‘imi harakatchanligi, bo‘shashish
va erkin harakat qila olish qobiliyatlari namoyon bo‘ladi.Oyoqlar bilan siltashning
asosiy turlari siltanuvchi oyoqning harakat yo‘nalishi va harakteriga bog‘liqligiga
82
qarab ajratiladi. Bu siltashlar oldinga, yonga, orqaga, shu bilan birga aylanma
siltashlardir.