Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   153
fayl 1633 20210826

4.4.1 Sakrashlarning  tasnifi
 
            Badiiy  gimnastikada  turli  sakrashlarning  ehtimolga  yaqin  soni  asosan 
chegaralanmagan.  Bu  sakrash  shaklini  aniqlovchi  omillar  ancha  ko‘pligini 
izohlaydi,  bir  sakrashda  birlashadigan  bu  omillarning  turli  kombinasiyalari 
imkoniyatlari  esa  turli  harakatlarni  paydo  bo‘lishiga  olib  keladi.  Shu  sababli 
sakrashning mohiyatiga ko‘ra qat’i va to‘liq tasniflab bo‘lmaydi. Lekin, uslubiy va 
amaliy maqsad uchun sakrash to‘g‘risida ma’lum darajada tasavvurga ega bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan qisqa va qoniqarli tasnifi paydo bo‘ldi. 
            
 Irg‘ishlar
  –  sakrashning  oddiy  turidir.  Irg‘ishlar  oddiy  hollarda  yugurib 
kelmasdan,  qo‘llar  bilan    va  bo‘sh  oyoq  bilan  siltanmasdan  bajariladi  (agar  bir 
oyoq bilan depsinsa).  
             Bunday  sakrash  turi  uchun  tana  a’zolarining  kichik  amplitudadagi  erkin 
harakati va uchishning minimal balandligi harakterlidir. Murakkabroq irg‘ishlarda 
harakat  uncha  ifodali  bo‘lmagan  shaklda  imitatsiya  qilinishi  mumkin,  masalan 
oyoq  holatlarini  almashtirish,  burilishlar.  Lekin  bunday  irg‘ishlarda  bu  belgilar 
sakrashning umumiy qiyinchiligini o‘zgartirmaydi. 
6-jadvalda berilgan sxemada sakrashlarning eng harakterli turlari ko‘rsatilgan. 
 


83
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6-jadval 
             Ikki oyoqda baland sakrash juda murakkab bo‘lishi mumkin. Ular joyidan 
yoki  yugurib,  kelib  ikki  oyoqqa  qo‘nib  bajariladi.  Bunday  sakrashlarda  faqat 
qo‘llar  bilan  siltashdan  foydalaniladi  (“irg‘ishlar”  bilan  solishtirganda).  Baland 
uchish  paytida  aniq  belgilangan  samarali  holatni  qabul  qilish  uchun  qo‘llanilishi 
mumkin.  Bunday  sakrashga  boshqa  murakkab  harakat  kiritilganda  (masalan, 
burilishlar),  u  boshqa  bir  guruhga  taalluqli  bo‘lishi  ham    mumkin,  chunki 
harakatning asosiy qiyinchiligi boshqa harakat bilan aniqlanadi. 
          Siltanib  baland  sakrash  yuqoridagi  guruh  elementlaridan  farq  qilib,  unda 
faqatgina  qo‘lni  emas,  (lekin,  shart  emas)  balki  bo‘sh-oyoqni  ham  siltashdan 
foydalaniladi.  Shunday  qilib  bunday  sakrashlarni  aniqlovchi  boshqa belgilar – bir 
oyoqda  depsinishdir.  Mazkur  guruhga  tegishli  bo‘lgan  sakrashda,  uchishdagi  eng 
oddiy  harakat, holatni saqlab qolish yoki  “namoyish qilish” bilan bog‘liq bo‘lgan 
harakatdir. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə