202
Ikkinchi bosqichda – takomillashtirish bosqichida boshqa vazifalar oldinga
qo’yiladi. Ular, tabiiyki, boshqa vositalar yordamida hal qilinadi: «ma’lum bir
mashqning bajarilish texnikasini takomillashtirish».
Shunday hollar bo’lishi mumkinki (ko’pincha shunday bo’ladi ham), bitta
darsning o’zida bitta mashq turida o’rgatish, boshqasida – takomillashtirish
vazifalari turadi (darvoqe, bu sof o’quv darslarining kamdan-kam mavjudligini
tasdiqlaydi).
Yonga to’ntarilish:
I-bosqich uchun – o’rgatish
1-mashq (takrorlash) - qo’llarda tik turishga chiqish, oyoqlar kerilgan,
o’girilish davomida burilish bilan (yordam beriladi);
2-mashq - qo’llarda tik turish, oyoqlar kerilgan-o’girilishning ikkinchi
yarmisi yordam bilan yonlamachasiga
3-mashq- yordam bilan yonlamachasiga o’girilish
4-mashq - yonlamachasiga o’girilishni mustaqil bajarish.
Shug’ullanuvchilar oldingi darslarda ushbu mashqni bajarish uchun
yaqinlashtiruvchi mashqlarni o’rganishlari lozim: bitta qo’l bilan itarilib,
qo’llarda tik turish: xuddi shunday, lekin qo’llarni ketma-ket qo’yish bilan;
xuddi shunday, lekin burilish davomida qo’llarni qo’yish davomida.
II - bosqich uchun – takomillashtirish
1-mashq - joyida turib yonlamachasiga o’girilish;
2-mashq - xuddi shunday, lekin koridor
cheklangan;
3-mashq - tez sur’atda ikki marta o’girilish;
4-mashq - valsetdan turib yonlamachasiga o’girilish.
Dostları ilə paylaş: