|
Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni oBadiiy gimnastika dasturi va musobaqa qoidalarinifayl 1633 202108262.5. Badiiy gimnastika dasturi va musobaqa qoidalarini
uzluksiz takomillashuvi
Badiiy gimnastika musobaqa dasturi va qoidasi bu sport turini rivojlanishini
belgilab beradi. I-tanlov chiqishlari dasturi (1947) yili ishlab chiqilgan. U erkin
majmuadan iborat bo`lgan. II-tanlov chiqishlari qoidasi 1948-yilda tuzilgan.
Buyumsiz majmua, akrobatika elementlari bilan va hohlagan (hohishga qarab)
qarab buyum bilan ishlash yo`lga qo`yilgan. Baholar faqat umumiy jamoaga
qo`yilgan. Yakkalik hisoblanmagan. Misol uchun: hamma ballarni jami
hisoblangan, alohida bitta chiqishni emas. Yakkalik va jamoaviy chiqishlar 1949-
yil yo`lga qo`yilgan. Bunda 4-ta chiqish hisoblangan (4-ta buyumni jami bali).
Razryad olish uchun talab qilingan maxsus mashqlarni, elementlarni bajarib berish
kerak bo`lgan. Razryadga topshirishda buyumsiz majmua ham bo`lgan. Buyum
bilan chiqish esa qurra tashlash orqali o`tkazilgan. Razryadga toshirishda sakrash
elementlarini hamma turi olib tashlangan, sport ustasi va sport ustaligiga
nomzodlardan akrobatika elementlari olib tashlangan. 1967-yili sport ustaligiga
topshirish xalqoro sport ustasiga topshirish qoidasiga yaqinlashtirib qo`yildi. Ular
jamoaviy chiqishlar va yakkalik chiqishlar kizgazilgan (arqon, halqa, to`p,
cho`mor, tasma). Keyinchalik 1955-yildan elementlar ham murakkablashib borgan.
1967-yili buyumsiz, jamoaviy, 5 ta buyum bilan ishtrok etishgan.
|
|
|