Andijon davlat universiteti,,Axborot texnologiyalari” fakultetei kki 2-kurs 1-guruh talabasi Akbarov Jamshidbekning tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: O’qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning reja-konspekti. Darsning texnologik kartasi



Yüklə 10,96 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü10,96 Kb.
#181337
1   2   3   4
Akbarov Jamshidbek (1)

Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.. To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni rivojlantiradi. Fan to‘garaklarida o‘quvchilarning ishlari o‘quv jarayonini faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi.

Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o‘quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog‘liq bo‘ladi.

Maktab o‘quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak.


Yüklə 10,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə