Andijon davlat unversiteti



Yüklə 117,5 Kb.
səhifə3/5
tarix19.03.2023
ölçüsü117,5 Kb.
#102837
1   2   3   4   5
Kurs ishi

Tadqiqotning metodlari:
-Pedagogik kuzatuv
-Suhbat va test
Tadqiqot ishining tuzilishi:
Kirish,asosiy qism ( 4-bobdan iborat), hulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar



  1. O’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash qanday darajada ahamiyat kasb etayotgan bo’lsa, ularda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish ham shu qadar muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada o’quvchilar jamoasi oldiga individual va umumiy pedagogik talablarni qo’yish mumkin. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda “jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo’yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi Tabiiyki, yosh xususiyatlariga ko’ra o’quvchilari “tashkilotchilik” tushunchasining mohiyati, tashkilotchilik negizida aks etuvchi sifatlar, tashkilotchilik sifatlariga erishishning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyati, shuningdek, tashkilotchilik sifatlarini o’zlashtirish jarayonining kechishi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lmaydilar. Shu bois o’quvchilariga bu boradagi ma’lumotlarni berishda maxsus pedagogik ma’lumotga ega o’qituvchilar yoki ularning tarbiyasi uchun mas’ul asosiy su’yektlar ota-onalar muhim o’rin tutishadi. O’qituvchilar va ota-onalar tomonidan o’quvchilari oldiga aniq pedagogik talablarning qo’yilishi hamda ularning bajarilishi yuzasidan oqilona nazoratning olib borilishi mazkur davrdayoq tashkilotchilik sifatlarining shakllanishiga zamin yaratadi


Ilmiy manbalarda pedagogik talabning “O’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalari”dan iboratligi aytiladi
Manbalar bilan tanishish, ilgari surilgan g’oyalarni nazariy tahlil qilish o’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda quyidagi imkoniyat va yo’llarning samarali ekanligini ko’rsatdi: аmaliy tadqiqot faoliyatini olib borishda pedagogik talablarning muayyan shartlar asosida bayon qilinishi ta’minlandi. Bunda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etdi:



  • pedagogik talabalarni qo’yishda o’quvchilarning yosh, fiziologik, psixologik va individual xususiyatlarini inobatga olinishi;

  • o’quvchilarni oldiga qo’yiladigan talablarning ular uchun tushunarli bo’lishiga erishish;

  • pedagogik talablarning aniq va ravshan bayon etilishi;

  • talablarning aniq maqsadga erishishga imkon berishi;

  • pedagogik talablarning puxta o’ylanganligi;

  • talablarning qat’iy ifodalanishi;

  • Harakatlar strategiyasining davomi sifatida “Taraqqiyot strategiyasi”da ham jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, yosh avlodning yetishtirish

  • oshirilayotganligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish orqali boshqaruvchilik faoliyatini yanada rivojlantirishni taqozo etadi.

  • Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev aytganlaridek: Yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak ma’suliyat tuyg’usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Bizning asosiy maqsadimiz-yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyalarini safarbar etamiz


  1. Yüklə 117,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə