Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


 Standartlashtirishning Davlat nazorati



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160
Standartlashtirish asoslari

3.4. Standartlashtirishning Davlat nazorati 
Standartlashtirishning Davlat nazorati maqsad va vazifalari.
 
Standartashtirishning Davlat nazorati (SDN) sanoat ishlab-chiqarish korxonalari, 
ilmiy-tadqiqot bo`limlari, birlashmalar, ilmiy-kostruktorlik va loyihalash tashkilotlari, 
transport, savdo, maishiy xizmat va boshqa ommaviy tashkilotlarda standartlar hamda 
shu kabi tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning amalga oshirilishi faoliyatini nazorat 
qilish maqsadida tashkil etiladi.
Standartashtirishning Davlat nazorati mahsulot, xizmat va faoliyatini barcha 
turiga ta’sir doirasini o`tkazadi. Uning asosiy vazifasi fan va texnika taraqqiyoti 
yutuqlarini Vazirliklar, muassasalar, korxona va tashkilotlarida joriy etilishini, 
o`lchash aniqliklari, turlari, vositalari bo`yicha sohalarda birxillikni ta’minlash, nazorat 
natijalarini tahlillash asosida taklif va tavsiyalar kiritishdan iboratdir.
SDN «O`zstandart» agentligi organlari tamonida amalga oshiriladi. 
Standartlashtirish 
markazi, 
metrologiya 
va 
setifikatlashtirish 
bo`limlari, 
Standartashtirishning Davlat nazorati laboratoriyalari bu borada xizmat qiladi.
SDN ishlari barcha mahsulot yoki xizmat turlari bo`yicha yetakchi tashkilotlar 
mutahasislari, ilmiy-tadqiqot, loyiha konsturuktorlik tashkilotlari yuqori malakali 
mutahasislari, ishlab chiqarishning novatorlari hamda tashkilotchilik vakillari jalb 
etiladi.
Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning huquq va 
majburiyatlari.«O`zstandart» agentligi Davlat nazorat organlari standartlashtirish, 


77 
metrologiya va sertifikatlashtirish bo`yicha keng qamrovli faoliyat ko`rsatadi. 
Jumladan:
- standartlashtirish va metrologiya xizmatlari ishlarini nazorat qilish; 
- mahsulot sifati nazorati bo`yicha taftish (reviziya) hay’ati ishlarini boshqarish va 
muofiqlashtirish bo`yicha metodik boshqarish; 
- SDN ishlarini umumlashtirish; 
- davlat sinovlari o`tkazish; 
- standartlar va texnik shatlarini ro`yxatga olish va ekspertlash; 
- mahsulot sifatini shaxodatlashda qatnashish; 
- muhim mahsulot va xizmat turlari bo`yicha bosh korxonalarni shaxodatlash kabi 
ishlarni tizimli olib boradi; 
SDN mansabdor shaxslariga davlat tomonidan quyidagi huquqlar beriladi. 
- standartlashtirish va metrologiya talablarini qondirmaydigan konstruktorlik, 
texnologik va boshqa ishlarni buyurtmachiga berilishini ta’qiqlash; 
- standartlashtirish va metrologiya talablariga mos kelmagan mahsulotlarni ishlab 
chiqish, tashish, saqlash va foydalanishni taqiqlash; 
- standartlashtirish me’yor va talablarini buzib ish ko`rib, kelayotgan korxona va 
tashkilotlarga iqtisodiy sanksiya choralarini qo`llash yo`riqnomasini bitish; 
SDN «O`zstandart» agentligi tomonidantasdiqlangan yillik rejalar asosida muhim 
mahsulotlar sifatini oshirish, standartlashtirish ishlarini joriy qilish, ularni buzilishiga 
yo`l qo`ymaslikka qaratilgan xalq-xo`jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan 
tadbirlarni amalga oshirib boradi. 
Yillik rejalar nafaqat yetakchi korxona va tashkilotlar faoliyati, balki barcha 
o`zaro munosabotdagi korxona va bo`limlar faoliyatini tekshirish bo`yicha butjam 
nazorat ko`rinishida tuzilgan va amalga oshirilgan bo`lmog`i lozim. 
Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni.Tekshiruv mazmuni, korxona, 
birlashma va tashkilotlar faolyaitiga bog`liq holda quyidagicha bo`lmog`i 
darkor: 


78 
- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik-texnologik tashkilotlarda korxona, davlat, 
soha standartlari talablariga rioya qilinishini, chiqarilayotgan mahsulot sifati va boshqa 
ko`rsatmalarini standartlart talablariga to`g`ri kelishini; 
- standartlar ishlab chiqiladigan tashkilotalarda ularni sifati va maqsadli ishlab 
chiqarish, joriy etilish holati, sinash va joriy etilish ketma-ketlik bosqichlarining 
to`g`riligi va shu kabilar; 
- transport va xizmat sohalarida ko`rsatilayotgan xizmat yoki transport 
vositalarining mahsulotga mosligi, qadoqlash, tamirlash, yuklash-tushirish, tashish 
sharoitlarining talabga javob berishi; 
- savdo tashkilotlarida mahsulot sifati, uni saqlash va savdoga chiqarish 
holatlarining muvofiqligining standart talablariga mos kelishi; 
- foydalanadigan va iste’mol qiladigan tashkilotlarda, to`g`ri foydalanish va 
to`g`ri iste’mol qilish talablariga mos kelishi, saqlash, ishlatish, muddatlarining 
me’yordan oshib ketmasligi. 
Ko`rsatilgan barcha obyektlarda nazoratning metrologik taminoti, qoida (qanday 
o`lchab, qanday nazorat qilish), vositalariga alohida e’tibor beriladi. 
Standartlarga rioya etilganlik nazorati: 
Konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki 
buyumga mosligi, texnologik jarayonni standart talabida tashkil etilganligi, mahsulot 
yoki buyumni vaqti-vaqti bilan tekshirib, sinab turish imkonlari mavjudligi kabi 
ishlarni o`z ichiga olmog`i zarur. 
Korxonalarda standartlarni qo`llanilishi va ularga amal qilish tartiblari 
quyidagicha bosqichma-bosqich kuzatish yo`li bilan nazorat qilinishi mumkin. 
1.
Tekshiruvdan avvalgi tanishuv bosqichi.
Bu bosqichda korxona va u ishlab chiqarayotgan buyum yoki mahsulot haqida 
dastlabki ma’lumotlar belgilab olinadi; jumladan: 
- korxonaning asosiy iqtisoslashtirilganligi; 
- tekshirilayotgan mahsulotning boshqalarga nisbatan ulushi; 
- etalon (na’muna)ning mavjudligi; 


79 
- bosh tashkilot yoki korxona tomonidan o`tkazilgan tekshiruv natijalarining 
mavjudligi. 
2. Korxonada tanishuv. Korxonada muayyan tekshiruv yuzasidan barcha 
ma’lumotlar bilan bevosita tanishib chiqiladi. 
Me’yoriy hujjatlar jumladan, standartlarning qo`llanilishi, ularga rioya qilinishi, 
ko`rilgan va ko`rilayotgan chora tadbirlar. Standartlarni joriy etilishidagi 
buyruqlarning 
mavjudligi, 
ularning 
bajarilishi. 
Konsturuktorlik-texnologik 
hujjatlarning sifati, mavjudligi, ularga amal qilinish holatlari va h.k. 
Tekshiruv haqidagi buyruq chiqqanidan so`ng zarur na’munalar tanlab olinadi va 
nazorat boshlanadi.
3. Mahsulot yoki buyumni ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan standart, texnik 
shart va texnologik reglamentlarga rioya qilinishning to`g`ri kelishligi. Texnologik 
reglamentlarning buzilmaganligi, texnalogik haritaga mosligi nazorat qilinadi.
4. Mahsulot sifati nazorati bo`yicha barcha omillarni o`lchov asboblarining 
metrologik holati tekshiriladi. 
5. Qo`llanilayotgan standart talablarining buzilmaganligi, uni takomillashtirish 
borasidagi yangi standartlarni qo`llanilish rejalarining mavjudligi nazorat qilinadi. 
6. Barcha tekshirilgan jarayonlar ma’lumotlarni umumlashtirilganligi haqida 
aktlar tuzilib imzolanadi va ular tegishli joyga taqdim etiladi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə