|
![](/i/favi32.png) Andijon mashinasozlik institutiAndijon mashinasozlik institutiArxaik san‟at turlari
Arxaik turga qaysi san‘at turlari kirishi sizga ma‘lum. SHu bois to‘g‘ridan-to‘g‘ri ular, imkon doiramizdan
kelib chiqqan holda, qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Badihago‟ylik.
Bu san‘at turi asosan lirik yoki didaktik she‘rlarni o‘z ichiga oladi. Badihago‘ylarni ba‘zan
maddohlar deb ham atashgan. U asosan Sharqda vujudga kelgan va taraqqiy topgan. Uni g‘arb adabiyotidagi
imporovizastiya yoki ekspromt san‘atkorlar bilan chalkashtirish kerak emas. Chunki ular muayyan san‘at turi
ichidagi hozirjavoblik, xolos. Badihago‘ylik – og‘zaki ijod qiluvchi san‘atkor. Uning baxshidan farqi o‘z mavzuiga
ega ekanligi, she‘rlarning jamoaviy, halq og‘zaki ijodi variantlari yoki versiyalari emas, balki mustaqil asar sifatida
idrok etish bilan bog‘liq. Badihaqigo‘y buyurtmaga binoan ko‘pincha bozorlarda, ba‘zan saroylarda she‘r o‘qigan,
goho she‘rni musiqiy asbob jo‘rligida ijro etgan. Badihaning bahosi uning qay darajada originalligi, tashbehlarning
quyuqligi, buyurtma egasining qalbida etib borishi, ya‘ni ta‘sirchanligi kabi xususiyatlariga qarab belgilangan. Idrok
etuvchi (buyurtmachi) ba‘zi misralar yoqmasa, uni badihago‘ydan o‘zgartirishni talab qilgan va uning talabi albatta
bajarilishi kerak bo‘lgan. Bu qoidaning azaldan mavjudligini Imom G‘azzoliy ―Ihyo ulum ad din‖ asarida Qur‘on
oyatlari bilan she‘riy misralarni solishtirish asnosida misol tariqasida keltirganini eslaylik. Badihago‘ylik faqat
musulmon Sharqida emas, balki budhaviylik mintaqasida ham qadimdan keng yoyilgan. U nafis, inja bir san‘at turi
tarzida zadogonlar oilasida katta e‘tibor qozongan, yuqori baholangan. SHu sababli badihago‘ylik iste‘dodiga ega
bo‘lgan a‘yonlar Xitoy hoqonlari saroyida g‘oyatda qadrlanganlar. Biroq yozma adabiyotning keng yoyishdagi
natijasida badihago‘ylik mustaqil san‘at turi sifatidagi mavqeini asta-sekin yo‘qota bordi, keyinchalik baxshilik
san‘ati bilan singishib ketdi. Afsuski, u jamoaviy ijod emas, balki individual og‘zaki ijod bo‘lgani uchun uning
namunalari saqlanib qolmagan, faqat tarixiy va falsafiy-tasavvufiy asarlarda uchratishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|