Ming bir kecha



Yüklə 20,72 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü20,72 Kb.
#135060
MING BIR KECHA ASARIDA HIKOYA QILISH SAN


MING BIR KECHA ASARIDA HIKOYA QILISH SAN'ATI
REJA:

  1. Ming bir kecha asari haqida ma'lumot.

  2. Ming bir kecha ararining kelib chiqishi.

  3. Ming bir kecha asarini hikoya qilish.

"MING BIR KECHA" (arab. "Alif layla va layla") — oʻrta asr arab adabiyoti yodgorligi. Asosan, 15-asrda arab tilida tarkib topgan ertaklar toʻplami (qoʻlyozmalari 17—19-asrlarga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi xalqning adabiy merosi ekanligi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Tadqiqotchilarning xulosalariga koʻra, "Ming bir kechak." toʻplamidagi ertak va hikoyatlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: qad. davrga mansub hind-eron, oʻrta davrga mansub Bagʻdod va soʻnggi davrga mansub Misr ertaklari. "Ming bir kechak."ning eng qad. asosi hind-eron ertaklaridan iborat eroncha "Hazor afsona" ("Ming ertak") toʻplami boʻlib, u 8-asrda fors tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Oʻsha davrdayoq "Ming kecha" nomini olgan ushbu tarjima matni saqlanib qolmagan, uning aniq tarkibi haqida ham hech qanday maʼlumot yoʻq.


Arab olimi Ibn an-Nadimning yozishicha, bagʻdodlik adib al-Jahshiyoriy (942 yil v.e.) mazkur "Hazor afsona"ga oʻxshatib "Ming kecha" nomli ertaklar toʻplamini tuzishga kirishgan, biroq 480 ta toʻplagan paytda vafot etgan. 9— 10-asrlarga mansub, hind-eron va arab (Bagʻdod, Basra kabi shaharlarda yaratilgan) ertaklaridan iborat "Ming kecha" toʻplami 12—13-asrlarda Misrda yangidan-yangi mahalliy ertaklar bilan boyigan. Majmuaning "Ming kecha" oʻrniga "Ming bir kechak." deb atala boshlanishi ham shu davrga toʻgʻri keladi. Nemis olimi Litmann bu oʻzgarishni turkchada noaniq koʻplikni anglatadigan "bin bir" (ming bir) iborasi bilan bogʻlaydi. Keyinchalik esa "Ming bir" iborasi toʻplamdagi kechalarning aniq miqdori maʼnosida qabul etilgan va toʻplamni shu nomga moslash uchun unga qoʻshimcha materiallar kiritilgan (17-asrda asar hozirgi tugallangan shaklga keldi).
"Ming bir kechak." asarining mazmuni, voqealar tasnifi turli davrlar, Sharq xalklari va mamlakatlarining tarixi bilan uzviy bogʻliq. Asar 300 dan ortiq qissa va hikoyalardan iborat boʻlib, ularda Sharq xalqlarining urf-odatlari, orzu-umidlari, tarixi, sarguzashtlari uz ifodasini topgan; xudbinlik, ochkoʻzlik, maishiy buzuklik, johillik kabi illatlar qoralanib, poklik, rostgoʻylik, donolik, kamtarlik, sahiylik singari fazilatlar ulugʻlangan.
"Ming bir kechak." kompozitsiyasi "ertak ichida ertak" tarzida tuzilgan boʻlib, undagi barcha ertak, hikoyat, masallar podshoh Shahriyor va vazirning oqila qizi Shahrizoda haqidagi ertak va hikoyatlar bilan oʻrab olingan. Malikaning xiyonatidan gʻazablangan Shaxriyor har kecha yotogʻiga yangi maʼshuqa keltirishni buyuradi va ertalab uni qatl ettiradi. Navbat Shaxrizodaga kelganda, qiz behuda qon toʻkilishining oldini olish maqsadida shohga hikoya aytib bera boshlaydi va hikoya eng qiziq joyiga kelganda, tong otib, hikoya aytishni toʻxtatadi. Hikoyaning davomiga qiziqib qolgan Shahriyor qatlni keyingi kunga qoldiradi. Shu tariqa ming bir kecha oʻtadi. Shahrizodaning aklu zakovatidan lol qolgan Shahriyor unga uylanadi.
"Ming bir kechak." ning jahon kutubxonalarida 40 ga yaqin qoʻlyozmalari bor. Asarning birinchi, toʻla boʻlmagan fransuzcha tarjimasi (A. Gallan) 1704—17 yillarda nashr etilgan. Uning matnidan boshqa koʻplab yevropa tillariga ham tarjima qilingan. 1911-yil Sidqiy Xondayliqiy forscha matnidan, bir yildan keyin (1912-yil) Ahror Mahdum arabchadan oʻzbekchaga qisqartirilgan holda tarjima qilgan. "Ming bir kechak." 1959— 63 yillarda arab tilidan oʻzbek tiliga toʻla tarjima etildi.
"Ming bir kechak." hikoyalari Markaziy Osiyo va Yevropa xalqlarining ogʻzaki ijodiga, shuningdek, jahondagi koʻpgina xalqlarning yozma adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan (mas, moʻgʻullarning "Ming bir oqshom", peruliklarning "Ming bir soat", tatarlarning "Ming bir chorak soat", suriyaliklarning "Besh yuz yarim tong va boshqa"). Tasviriy sanʼat va musiqada ham shu mavzuda asarlar yaratilgan (Eron miniatyuralari; N. A. Rimskiy-Korsakovning "Shaxrizoda" simfonik syuitasi va boshqalar), filmlar ishlangan: "Bagʻdodlik oʻgʻri" (1924, AQSH), "Alouddinning sehrli chirogʻi" (1967, Rossiya), "Alibobo va qirq qaroqchi" (1979, Oʻzbekiston va Hindiston ijodkorlari hamkorligida), "Shahrizodaning yana bir kechasi" ("Tojikfilm", 1985), "Muhabbat va qaygʻu yulduzi" ("Oʻzbekfilm", 1986) va boshqa Matnlar: Kniga tisyachi i odnoy nochi, v 8tomax [pod redaksiyey akad. I. Yu. Krachkov-skogo], M. L., 1929-30; Ming bir kecha, 1 — 8 j.lar, T., 1959-63.
Kech o‘rta asrning eng mashhur adiblaridan biri misrlik al-Qalqashandiy (1355–1418) edi. U o‘z davri uchun juda xos bo‘lgan, bir qator yarim ilmiy, yarim badiiy mazmundagi asarlarning muallifidir. Uning «Ijodkorlik san’atida ojizlar uchun bilimlar chirog‘i» nomli asari kotiblarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z davrining ma’lumotli amaldori bilishi zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega edi. Unda adabiyot tarixiga oid ma’lumotlar, yozuvchilik hunari bo‘yicha ko‘rsatmalar, diplomatik yozishmalarga oid qoidalar, muhim tarixiy va siyosiy ma’lumotlar, shuningdek insho janrining eng yaxshi namunalari keltirilgan edi.
Al-Qalqashandiy asarlarining uslubi atayin murakkablashtirilgan bo‘lib, ular badiiy san’atlar, tajnislar va shu kabilarga to‘lib toshgan. Kech o‘rta asr adabiyotida arablar yashaydigan viloyatlarda, ayniqsa, Misrda maishiy va fantastik novellalar keng tarqaldi. Ularning asosida tarixiy shaxsning haqiqiy taqdiri yoki muhim tarixiy voqea yotardi. Aynan kech o‘rta asr davrida «Ming bir kecha» nomli mashhur to‘plam oxirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi, Antara haqidagi xalq romanining oxirgi varianti hamda ko‘plab qahramonlik qasidalari shakllandi, ular arab mamlakatlarida (ayniqsa Misrda) keyingi asrlarda nihoyatda mashhur bo‘lib ketdi. Ko‘pincha xalq romanlari deb ataluvchi ushbu qahramonlik qasidalari professional hikoyachilar – muhaddislar tomonidan she’riy qismlari musiqa asbobi jo‘rligida aytish bilan kechgan va og‘zaki ijro etib kelingan. Xalq romanlari biz uchun katta madaniy-tarixiy qiziqish uyg‘otadi.
Og‘zaki hikoya qilish an’anasi arab mamlakatlarida eng so‘nggi vaqtlargacha saqlanib qolgan va hatto, kitob bosishning tarqalishi ham uning yo‘q bo‘lishiga olib kelmagan. Yuqorida eslab o‘tilgan «Ming bir kecha» va «Antaraning hayoti» bilan bir qatorda, Qohira aholisi orasida afsonaviy va yarimafsonaviy jangchilar hamda shonli arab qabilalarining qahramonliklari tasvirlangan ko‘plab xalq romanlari (Abu Zayd, Bey bars, Zul Himma, Sayf ibn zi-Yazoniyning «Hayotlar») shuhrat qozongan edi. Ushbu xalq romanlarining hajmi shunchalik kattaki, uni aytuvchilar ulardan biriga «ixtisoslashganlar» va odatda qat’iy belgilangan dasturni ijro qilganlar.
Xalq romanlari turli zamonlarda yaratilgan. Ular ko‘p asrlar mobaynida qayta-qayta avloddan-avlodga berib kelingan hamda xattotlar va ijrochilar tomonidan ularga bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda yozilmagunicha sayqal berilgan.

Ming bir kecha. O‘rta asr arab adabiyotining buyuk yodgorliklari qatoriga sehrgarlik ertaklari va hikoyalarining ulkan to‘plami, butun dunyoda «Ming bir kecha» romantik nomi bilan mashhur bo‘lgan asar kiradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, dunyoda birorta ham savodli inson yo‘qki, bolaligida yoki katta yoshida to‘liq tarjima holda yoki bayon etilgan holda ushbu mashhur kitob bilan tanishmagan bo‘lsa. «Ming bir kecha» ma’lum bir muallifning asari emas, ushbu ajoyib to‘plamning qismlari qator asrlar mobaynida shakllanib borgan. Nihoyat XIV–XVI asrlarda to‘planib, tahrir qilinib, bizga ma’lum ko‘rinishda yetib kelgan.


To‘plamning oxirgi varianti vatani deb Misr hisoblanishi bejiz emas. Bu mamlakatning Hindiston, Arabiston va Afrika mamlakatlaridan Yevropaga o‘tadigan savdo yo‘llari chorrahasida joylashuvi shaharlar (ayniqsa, Qohira)ning iqtisodiy va madaniy jihatdan o‘sishiga, shahar adabiyotning rivojlanishiga yordam bergan. Ushbu adabiyotning asosiy janrlari – maishiy va fantastik novellalar – shahar muhitida yaratilgan turli fantastik va haqiqiy, xorijdan olib kirilgan va «mahalliy» hikoyalardan yuzaga kelgan.
Barcha zamonlarda arablar ajoyib hikoyachilar sifatida shuhrat qozonganlar. Juda qadim zamonlardayoq, islom tarqalishidan ancha ilgari, arab badaviylari o‘z ajdodlarining qahramonona ishlari haqidagi rivoyatlari bilan bir qatorda Hindiston va Erondan kelib chiqqan ertaklar va tarixiy hikoyalarni eshitishni xush ko‘rganlar. Ular eshituvchini arab hikoyalariga xos bo‘lmagan cheksiz fantaziya bilan o‘ziga tortganlar. Ular uchun ba’zan uzoq mamlakatlar haqidagi bilimlarning yagona manbai bo‘lgan.
«Ming bir kecha»ning asosida, aftidan, «Ming rivoyat» («Xazor afsona») nomli fors to‘plamidagi hind ertaklarining arabcha tarjimasi yotgan. Mazkur to‘plamning mavjudligi haqida X asrdayoq yozilgan arab manbalarida xabarlar bor. Ushbu tarjimaning xarakteri haqida xulosa chiqarish qiyin. Chunki bizgacha faqat o‘z hikoyalari bilan o‘ziga tahdid solayotgan o‘limning vaqtini cheksiz uzoqlashtirib borgan ertakchi qiz haqidagi «qobiq» hikoya yetib kelgan. Bu hikoya hind adabiyotida uchraydi hamda «Ming bir kecha»ning eng qadimgi o‘zagini tashkil qiladi. «Ming bir kecha»ning aksariyat fantastik ertaklari ham qadimgi yoki o‘rta asr hind adabiyotidagi prototiplariga ega. Ayrim ertaklar uchun Uzoq Sharq xalqlari adabiyotidan parallellar topish mumkin.
«Ming bir kecha»ning qobig‘i bo‘lib hind «ramka»siga yaqin bo‘lgan fors podshohi Shahriyor haqidagi ertak xizmat qiladi. Shahriyor bevafo xotinidan g‘azablanib, har tun yangi ayolni xotin qilib olish, erta tongda esa qatl etishga qaror qilgan. Natijada ko‘plab bebaxt ayollar nobud bo‘lgan. Shahriyorning shafqatsizligiga chek qo‘yish uchun vazirning qizi Shahrizoda o‘z xohishi bilan podshoning xotini bo‘lishga rozi bo‘ladi va birinchi nikoh tunida unga qiziqarli hikoya aytishni boshlaydi. Tongda Shahrizoda hikoyasini eng qiziq joyida to‘xtatadi. Podshoh hikoyaning davomini bilish istagida qatlni keyingi kunga qoldiradi. Shahrizoda o‘z ertaklarini ketma-ketiga ming kun aytadi, oxirida podshoh uni sevib qolib, qatlni bekor qiladi.
«Ming rivoyat»ning arabcha tarjimasining katta doirasiga asrlar mobaynida mohir ertakchilar yoki ko‘chirib yozuvchilar yangidan-yangi hikoyalarni qo‘shganlar. Shu bois to‘plam bir qancha tahrirlarda chiqqan. Ayrim qo‘lyozmalar ertaklarning joylashuvi, tunlar bo‘yicha bo‘linishi va tarkibiga ko‘ra farq qiladi. Ertak to‘plamga tushgach juda katta o‘zgarishlarga uchragan. Arablardan kelib chiqqan hikoyalarni tadqiqotchilar odatda ularning kiritilgan joyiga ko‘ra to‘plamni Bag‘dod va Qohira ertaklariga ajratadilar. Bunday bo‘linish ancha shartlidir. Chunki hikoyalarni aniq ajratish uchun mezonlarga ega emasmiz. Mahalliy va tarixiy voqealar ularga qayta ishlash vaqtida kiritilgan bo‘lishi mumkin.
«Ming bir kecha»ning ilk Bag‘dod tahririning rasmiylashuvi, ehtimol, X–XI asrlarga to‘g‘ri keladi. Bag‘dod tahririda ramka hamda «ming rivoyat»dagi hind ertaklarining bir qismi saqlab qolingan, Hindistondan kelib chiqqan boshqa ertaklar esa mahalliy arab hikoyalari bilan almashtirilgan. XIII–XIV asrlarda to‘plamning Misrda kelib chiqqan hikoyalari hisobiga to‘ldirilgan Qohira qismi rasmiylashgan. Nihoyat, «Ming bir kecha»ning Qohirada amalga oshirilgan oxirgi tahriri XIV–XVI asrlarga taalluqli bo‘lib, unda to‘plamning eng qadimgi saqlanib qolgan qo‘lyozmalari kirgan. Bu vaqtga kelib, to‘plam hozirgi hajmigacha ko‘paygan va nomi biroz o‘zgargan. Eski forsiy nomi «Ming rivoyat» IX asrda «Ming kecha»ga aylanib, bu nom to‘plam juda ko‘p hikoyalardan iborat ekanligini anglatgan, xolos. To‘plamning «Ming bir kecha» degan nomi, ehtimol, «Bin bir» – «Ming bir» degan turk ideomasining ta’sirida kelib chiqqan bo‘lib, u juda katta sonni angalatishga xizmat qiladi.
Biroq ilgari «Ming», «Ming bir» soni istiora sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, oxirgi tahririning mualliflari buni tom ma’noda tushunganlar va shu bois to‘plamga kechalar sonini «Ming bir»ga yetkazish uchun bir qancha hikoyalarni qo‘shganlar. Bu davrda to‘plamga «Sindbodning sayohati», «Umar ibn an-Nu’mon haqidagi qissa» hamda ilgari alohida, mustaqil asarlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan boshqa hikoyalar ham kirgan.
Garchi to‘plam mazmun-mohiyatining ba’zi jihatlari tuzuvchining to‘plamdagi mavzularni tasniflash, unga ma’lum tartib berish va hikoyalarni turkumlar bo‘yicha joylashtirishga intilganidan dalolat bersa-da, «Ming bir kecha»ning ayrim qismlari o‘rtasida ichki bog‘lanish deyarli sezilmaydi. Hikoyalarning joylashuvi ham tasodifiy xususiyatga ega. To‘plamning bir mavzuga bag‘ishlangan va turkum hosil qiladigan ayrim hikoyalari ko‘pincha bir joyda to‘planib qolishi, masalan, Xorun ar-Rashid haqidagi hikoyalar hali tuzuvchining materialni tanlash va joylashtirishda faol ishtirok etganidan dalolat bermaydi. «Ming bir kecha»ning turkumlarga bo‘linishi to‘plamga tayyor hikoyalar to‘plamlari kiritilishining natijalari bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, ushbu turkumlar to‘plamda alohida bo‘limlarni tashkil qilgan.
Mazmun-mohiyat va janr jihatidan «Ming bir kecha»ning materiali nihoyatda har xil: bu yerda fantastik va maishiy novellalar, didaktik hikoyalar, kichikroq hajviyalar, maishiy va tarixiy latifalar, afsona va rivoyatlar, risarlik qissalari, sayohatlar haqidagi hikoyalar va boshqalar uchraydi.
Fantastik novellalar sirasiga Hindistonda kelib chiqqan «Savdogar va ruh», «Baliqchi», «Hammol va uch qiz», «Shahzoda Badr va Malika Javhar», «Hasan al-Basriy», «Kamar uz-Zamon va Budur» haqidagi ertaklar hamda Misrda yaratilgan ertaklar («Olovuddin va sehrli chiroq») kiradi. Hind ertaklari syujet jihatidan o‘zlarining hind manbalariga yaqindir, holbuki ularni muayyan tarixiy zamin bilan bog‘lash qiyin. Zero, ular ko‘p asrlar mobaynida mavjud bo‘lish davomida etnik xususiyatlarini deyarli batamom yo‘qotgan. Hind ertaklari o‘zining badiiylagi, tuzilishining go‘zalligi hamda qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Ularning tipologik xususiyatlarini ertaklar qahramoni bo‘lgan va ular bila turib ertak qahramonlariga o‘zlari xush ko‘rgan odamlarga ongli ravishda yordam beradigan hamda yaxshi ko‘rmagan odamlariga zarar yetkazadigan g‘ayritabiiy mavjudotlar, yaxshi va yomon ruhlar tashkil qiladi.
Hindistonda kelib chiqqan fantastik novellaning namunasi deb «Baliqchi haqidagi ertak»ni hisoblash mumkin. Uning mazmuni quyidagicha.
Bir kun baliqchi chol to‘r bilan dengizdan shoh Sulaymonning muhri bosilgan qo‘rg‘oshin tiqinli ko‘za tutib oladi. Qiziquvchan chol tiqinni olib tashlaydi – shunda undan tutun chiqib quyuqlashadi va nihoyatda katta jinga (yovuz ruhga) aylanadi. Bu jinni qachonlardir shoh Sulaymon dindan qaytgani uchun idishga qamab qo‘ygan bo‘ladi. Jin cholni o‘ldirmoqchi bo‘ladi, chunki ko‘zada o‘tirib butun dunyodan nafratlangan va kim uni ozod qilsa, jazolashini aytib qasam ichgan bo‘ladi. Ayyor chol jinga shunday ulkan jin kichkina ko‘zaga sig‘ishi mumkinligidan shubhalanishini aytadi. Sodda jin tutunga aylanib, asta ko‘zani to‘ldiradi. Shunda baliqchi ko‘za tiqinini tiqib, uni dengizga uloqtirmoqchi bo‘ladi. Shu payt jin kechirim so‘rab, yalinishni boshlaydi, cholga har xil ne’matlar va’da qiladi. Chol shunday deydi: «Yolg‘on gapiryapsan, la’nati! Men bilan sen podsho yunon va shifokor Dubanga o‘xshab ketamiz». Shunda jin o‘tirgan joyida so‘raydi: «Ular kimlar va ularning tarixi nimadan iborat?» Baliqchi ushbu hikoyani aytib beradi... va ertaklarning sehrli tasmasi asta-sekin ochila boshlaydi.
«Ertak» nomi Shahrizoda hikoyalarining juda kam qismiga to‘liq to‘g‘ri keladi. Hikoyalarning aksariyati yorqin ifodalangan maishiy xususiyatga ega bo‘lib, ularning fantastik tarkibiy qismi borligiga qaramay, mazmuni va ruhi bo‘yicha ular sehrli ertakka qaraganda ko‘proq maishiy hikoyaga yaqin turadi. Ushbu hikoyalarda har xil aholisi va keskin ijtimoiy nizolari bo‘lgan katta o‘rta asr arab shahrining murakkab, ko‘pincha notinch hayoti aks ettirilgan.
Tadqiqotchilar odatda shahar hayotiga oid hikoyalarni Bag‘dod va Qohira hikoyalariga ajratadilar. Bag‘dod hikoyalariga muhabbat mazmuniga ega bo‘lgan kichikroq qissa va hikoyalar kiritiladi. Ulardagi voqealar Bag‘dodda shaharning o‘zida yoki xalifa saroyida yuz beradi. Ushbu hikoyalarning baxtli yakuni «rahmdil» xalifa Xorun ar-Rashid aralashgani tufaylidir. Masalan, Nima va Numa haqidagi hikoya ana shunga misol bo‘la oladi.
Bag‘dod hikoyalariga, shuningdek, «Soxta xalifa to‘g‘risidagi hikoya», «Unsal-Vujud to‘g‘risidagi hikoya», «Nuriddin va uning birodari to‘g‘risidagi qissa» va boshqalar ham kiradi.
Bag‘dod hikoyalari ancha nafis, tili adabiy tilga yaqin va puxta sayqal berish izlari mavjudligi sababli ular Qohira hikoyalaridan avval, ehtimol Bag‘dodning o‘zida shakllangan deb taxmin qilish mumkin.
Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə