Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


II. Bob. O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borish muammolari



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#160894
1   2   3   4   5   6   7
II. Bob. O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borish muammolari 
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning « O’zbek modeli»: mohiyati va 
bosqichlari Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili konsepsiyasi 
Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda bozor 
munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini yaratish uchun zamin vo'q emas. 
Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu boisdan. bu 
verda bozor sharoitida rivoilanishning o'z tarixiv tairibasi mavjud'».
5
Muallif 
xalqimizning o'z milliy tarixiy tajribasiga asoslanib, o'zining besh tamoyilini 
yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot ta'limotlar tarixiga haqiqatdan ham yangilik 
bo'lib kirdi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar 
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish 
va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib 
G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib 
kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi-yotning o'zini-o'zi tartibga 
solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va 
boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-
ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib 
ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta-jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning 
yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan 
bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin 
bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning 
umumiy va xususiy to-monlari farqlanadi. 
Jahon 
tajribasida 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o'tishning 
barcha 
yo'llari 
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi: 
1) rivojlangan mamlakatlar yo'li; 
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li; 
3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li; 
4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish 
mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam). 
5
Karimov I., Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli, T., 1993; 


20 
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining 
barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini 
keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar 
tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: 
- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish; 
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish; 
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga 
o'tish; 
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini 
pasaytirish. 
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. 
Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi: 
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va 
sharoitlar yaratilishi; 
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; 
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy 
to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va 
tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish; 
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga 
solish va boshqalar. 
3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab 
oladi: 
- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni 
yaratish; 
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya 
fondlari va h.k.) shakllantirish; 
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; 
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va 
boshqalar. 


21 
4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq 
xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan 
nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Tqtisodiyot 
tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda 
to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini 
rivojlantirishdan iborat. 
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. 
Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u 
bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib 
turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-
buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, 
ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt 
mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, 
shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim 
hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul 
emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz 
stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi. 
Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtiso-diyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni 
tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda 
ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslova-kiya, 
Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion 
yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yo'lini tanladilar. 
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili. 
Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham 
«Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan 
qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning 
taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga 
bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. 
Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan Predizentimiz 


22 
iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin 
o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik 
qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi. 
Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy 
qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy 
va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi 
ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. 
Shuning uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy 
tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda 
iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan 
iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab 
quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning 
dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni 
chog'da. mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. 
xorijga mahsulot tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan 
zamonaviy korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish 
vo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan 
qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea yangi texnologiva va 
texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsivalarni 
ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...
I
». 
Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy 
tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan 
iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik 
va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot 
haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi 
demakdir. 
Davlat bosh islohotchi bo'lishligj tamovili. Bu tamoyil, awalo, 
umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi. Zero, I. Karimov «O'zbekiston bozor 
munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon 
tajribasi iqtisodiyotni davlat yo'li bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsatdi; 


23 
buning ustiga torn ma'noda o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma 
davrlarda davlat o'z mavqeyiga ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor 
iqtisodiyotiga o'tish barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning 
yetakchilik roli ham har xil kechadi. O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o'ynashi 
muqarrardir. 
Bu savolga Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq 
javoblar mavjud. Birinchidan, eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali to'la 
qurilmagan bir sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo'ldan chiqarib yuborish, 
uning taraqqiyotini o'z holiga tashlab qo'yish mumkin emas»; ikkinchidan, bozor 
iqtisodiyotiga o'tish boshlangan davrda respublikamiz aholisining turmush darajasi 
nisbatan past, u o'zini o'zi himoya qila olmaydi. Bunday sharoitida davlat kerak, u 
o'tish davrida aholi manfaatlarini himoya qilish uchun milliy daromadni qayta 
taqsimlash vositasida unga tayanch bo'ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini 
qurish g'oyat qiyin vazifa, ayniqsa, iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi 
biryoqlama bo'lgan mamlakatda. 
Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davlat islohotlar jarayonida 
faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni izchillik va qat'iylik 
bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi shundaki, u 
yangi iqtisodiyotga tezroq va katta qiyinchiliklarsiz o'tishga yordam beradi, 
islohotlarning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi, islohotlarni amalga oshirish 
dasturini tuzadi va ularni amalga oshirishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy 
vositalarini belgilaydi. Islohotlar konsepsiyasi muallifi Islom Karimov bu masalada 
shunday qat'iy fikrni aytadi: «. . davlat islohot jarayonining barcha bosqichlarida 
yetakchi o'rinda turishi, bu jarayonning markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun 
bu tamoyilning naqadar to'g'ri ekani MDH davlatlaridagina emas, butun dunyo 
miqyosida e'tirof etilmoqda. 
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning 
evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini 


24 
konsepsiya muallifi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bir qancha dalillar bilan 
asoslab bergan.
Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, 
uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki 
xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila 
yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan 
ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga oshirib 
bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr 
doirasida amalga oshadi;
Ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib 
bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy bazani 
yaratishni talab etadi. 
Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili. Prczidcntimiz o'zining 
Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi «Adolat-qonun 
ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor 
iqtisodiyotiga tayangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati 
asoslarini shakllantiradigan yangi hayot barpo etish harakatidamiz», «bir 
tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy an'analar, muqaddas 
qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa-jahon xalqlarining eng ilg'or tajribasiga» 
asoslanishi bilan birga qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi
1

Qonunlarning 
ustuvorligi 
tamoyili 
shuni 
bildiradiki, 
qabul 
qilingan 
Konstitutsiyamiz, barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan 
hurmat qilinishi va ularga rioya qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat qonunlar 
talabini bilishi, ularga so'zsiz amal qilishi, balki boshqalarning ham qonunlarga 
rioya qilishlarini nazorat qilmog'i demokratik jamiyat qurishning talabiga aylanadi. 
Qonunlarning ustuvorligini ta'minlash tamoyilining mohiyatini I. Karimov yana 
quyidagicha izohlaydi: «Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va 
davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy 
madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va hurmat 
ruhida tarbiyalash-bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam 


25 
demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat 
maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi'». 
Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil Islom Karimov asarlarida nihoyatda 
mukammal va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoi tabaqalarini ijtimoiy 
himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan. eng ustuvor vazifa. amaliy harakatlarning 
eng asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib qoladi» deganda uning ijtimoiy 
himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida 
keng qamrovli himoya mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari 
asosan quyidagilardir: ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasini yaratish, aholining 
nogiron, nafaqador, ko'p bolali va kambag'al oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam 
berish, ish bilan vaqtincha ta'minlanmagan kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari 
yaratish, ma'lum davrda narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin 
bozor qonunlariga moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis 
taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish, 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy 
tuzilishini tubdan o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga 
yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo etish) va boshqalardir, 
Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning boshqa 
sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni, 
ya'ni bozor munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash ta'limotini shunday 
ta'riflaydi:i «Samarali ijtimoiv siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish. tarkibiy 
o'zgarishlar. bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari 
bilan uyg'unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiv sohaga 
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mumkin». 
Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot. 
O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti 
boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda 
muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va 
tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb 


26 
aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. 
iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi-hayotning o'zi uni 
tasdiqlamoqda'»
6
Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy 
konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar 
natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd 
qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham 
aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga 
chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi 
sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, 
islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta 
mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, 
mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni 
vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —
kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini 
rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, 
aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, 
iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». 
Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. 
nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda 
bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; 
yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy 
imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. respublikani hayotiy muhim 
tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va 
boshqalar. 
Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot 
sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning 
dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni 
chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyati-mizni jadallashtirish 
6
Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida, T., 1995; Karimov I., 


27 
maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi 
oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi: 
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini 
yanada erkinlashtirish. 
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish. 
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish. 
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli 
ijtimoiy himoya qilish. 
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash. 
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, 
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə