Angren universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti pp 113-guruh “Psixologiya nazariyasi” fanidan



Yüklə 40 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü40 Kb.
#156703
1   2   3   4   5
Genetik psixologiya

Psixologlarning genetik xotirasi
Ushbu psixologiya sohasining markazida genotipning merosini meros orqali o'tkazish imkonini beradigan muayyan mexanizm mavjudligini, ya'ni unga ta'sir o'tkazib bo'lmaydigan va o'zgarib bo'lmaydigan xotira turi bo'lgan gipotezani topish mumkin. Genotip haqidagi bu ma'lumot bizga tug'ilish vaqtida beriladi va u irsiy xotira deb ataladi. Psixologiya va xulq-atvorning genetik ildizi juda murakkab. Axir olimlar hali biror insonning shakllanishi, jamiyat, ta'lim, atrof-muhit omillari yoki bir xil irsiy qudratlilik shakllanishida qanday ta'sirga ega ekanligini aniqlay olmayaptilar. Bu fan sohasining eng muhim vazifalaridan biri bo'lgan ushbu yo'nalishning ta'rifi.
Psixologiyada genetik printsip nafaqat irsiy axborot bizning xotira va fikrlash rivojlanishiga ta'sir qiladigan gipotezadir. Madaniy muhit, shaxsiy xususiyatlar, shuningdek, qo'llanilgan ta'lim metodlari rivojlanish jarayonini tezlashtiradi va sekinlashtiradi.   Bu gipoteza, ijtimoiy-genetik psixologiya tamoyillari bilan to'liq qo'llab-quvvatlanadi, unda shaxsiyatning rivojlanishi nafaqat "tug'ma" xarakteristikalar yoki faqat ijtimoiy muhit bilan bog'liq bo'lishi mumkin emas, bu ikki omil har doim "birgalikda" ishlaydi.
Ruhiy kasalliklarning genetik mexanizmlari
Xromosoma anomaligining turli xilligi tufayli shunga o'xshash o'zgarishlar katta darajada amalga oshiriladi. Bunday turdagi keng tarqalgan patologiya demensiya va Down sindromidir . Ammo, ayrim hollarda, DNK ketma-ketligini buzilishi sababli "nuqson" paydo bo'lishi mumkin.
Bugungi kunda mutaxassislar bu kabi omillarni nima sababdan keltirib chiqarishi va bunday bolaning tug'ilishi xavfidan qanday qilib butunlay qochish kerakligini aytolmaydi. Shu sababli, ushbu qonunbuzarliklar bo'yicha tadqiqotlar juda faol.
Zoopsixologiya (hayvonlar psixologiyasi )
Zoopsixologiya- bu hayvonlarning nerv sistemasi taraqqiyotiga, biologik sistematikasiga (hayvonlarning har xil turiga), shuningdek yashash tartibi xususiyatlariga binoan ularning psixik hayot formalarini o`rganadigan fan. Bu psixologiyaning asosiy problemasi “hayvonlar aqliy taraqqiyotining tarixi”dir.
Bu psixologiya har xil hayvonlar psixikasini bir-biriga taqqoslab, qiyos qilib o`rgangani uchun, qiyosiy psixologiya deb ataladi. Bu psixologiya psixika taraqqiyotini hayvon organizmlarining biologik tuzilishiga bog`lab o`rganganligi uchun, u biologik psixologiya deb ham yuritiladi.
Hayvonlar hulqini o`rganishga bo`lgan qiziqish juda qadim zamonlardayoq paydo bo`lgan. Olimlar tomonidan boy ma‘lumotlar to`plangan.
Yangi zamonda tabiatshunosliklardan J.Lamark (1744-1802 y). va Ch.Darvin hamda ular evolyutsion ta‘limoti izdoshlarining asarlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Zoopsixologiyaning taraqqiyotiga bu fanning Rossiyadagi asoschisi biolog –darvinist V.A.Vagner (1849-1934 y) katta hissa qo`shdi. U bir qancha chuqur ilmiy asarlar yozgan, shulardan eng muhimlari: “Qiyosiy psixologiyaning biologik asoslari” ikki tomlik, “Biopsixologiya va yondosh fanlar”, “Psixik qobiliyatlarning paydo blishi va tarqqiysi” 1-9 nashri, “Qiyosiy psixologiyadan etyudlar”dir.
Yuqori taraqqiy qilgan hayvonlar psixologiyani o`rganishda sovet tadqiqotchilari ham juda ko`p qimmatli hissa qo`shdilar. Masalan, N.Yu Voytonis (1887-1946 y.) maymunlar aqlini, ularning orientirovka qilish qobiliyati va qidirish faoliyatini, “qurollar” dan foydalanishni, to`dalanish munosabatlarini o`rgandi. Voytonisning eng muhim asari “aql taraqqiyotining ilk tarixi” (1949 y.)edi.
Ayniqsa N.N.Dadigina-Kotsning yuqori tarqqiy qilgan hayvonlar psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlari shuxrat qozondi. U maymunlar faoliyatining turli xil formalarini batafsil tasvirlab berdi: hayvon va inson tafakkurining sifat jihatidan farqini o`rgandi, maymun (shimpanze) va inson bolasi psixikasini taqqoslab tekshirdi, hayvonlar xulqini o`rganishning yangi metodikasini ishlab chiqdi. Ladigina –Kots adqiqotlarining natijalari uning quyidagi asarlarida bosib chiqarilgan: “SHimpanzening bilish qobiliyatlarini tekshirish (1923y) ; “Eksperiment sharoitlarida moslashish-harakat malakalari” (1928 y.); “Inson bolasi va shimpenze bolasi”. (1935 y.).
Hayvon psixikasi haqidagi ta‘limotda ikki oqim-antropomorfik (idealistik) hamda mexanistik (materialistik) oqimlar kurash olib bordilar. Birinchi oqim vakillari hayvonlar xulqida ularning insonlarnikiga o`xshagan sub‘ektiv psixik hayoti namoyon bo`ladi, deb hisobladilar. Bu ilmga asoslanmagan oddiy qarash edi. Darvin va uning bir qancha izdoshlari (Romene va boshqalar) hayvon xulqining ba‘zi murakkab formalarini “aqlli” harakatlar deb talqin qildilar.
Dekart o`z zamonasida, hayvonlar-bu faqat mashina: ularda ruh yo`q, ularning butun xulqi faqat mexanik mushak harakatlardangina iboratdir, deb jar soldi.
V.A.Vagner o`z tekshirilarida hayvonlar xulqini tushuntirishda antropomorfizmni ham, soddalashtirilgan mexanik ta‘limotini ham tanqid qildi.
Hayvon psixikasini o`rganish sohasida nemis olimi Volfgang Keller ham muhim ishlar qildi. Biroq, u o`zining “Odamsimon maymunlarning aqlini tekshirish” (1917 y.)
degan va boshqa psixologik asarlarida maymun psixikasi bilan odam psixikasining farqlarini aniq ko`rsatib bermaydi. Bu atropomorfik qrashlar I.p.Pavlov tomonidan qattiq tanqid qilindi. I.P.Pavlov tomonidan qattiq tanqid qilindi. I.I.Pavlov maymun va boshqa hayvonlar psixik faoliyatining moddiy shartli-reflektor asosini isbotlab berdi.



Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə