Antidangasalik


Topshiriqlarni to‘g‘ri yozish



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix12.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#148883
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Antidangasalik

Topshiriqlarni to‘g‘ri yozish 
1. “Nima qilish kerak?” savoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishi kerak.
Misol: universitetga borib, Obid Shukurovich bilan ko‘rishib, fizika kitobini so‘rash. 
Siz “Buncha ko‘p yozishga erinaman”, deyishingiz mumkin. Biznesmenlar orasida bir
gap bor: “Bir soatlik rejalashtirish yigirma kunlik vaqtni tejaydi”. 
2. Maksimal ravishda kam fikrlashga majburlash kerak. 
Siz tuzgan topshiriq shunchalik sodda bo‘lishi kerakki, birinchi sinf o‘quvchisi ham
tushunib, bajarib keta olishi kerak. O‘ylashga imkon qoldirmasligingiz zarur. 
3. Topshiriqlarni bajarish uchun hamma narsa tayyor bo‘lishi kerak. 
Siz tuzgan topshiriq birinchi qadamdan iborat bo‘lishi lozim. Misol uchun, “Davlat
xizmatlari markaziga borib, YTT bo‘yicha hujjat ochish”. Bu topshiriq to‘g‘ri tuzilgandek
ko‘rinishi, lekin hali to‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Ya’ni siz biror marta davlat xizmatlari
markaziga bormagan bo‘lsangiz, uning manzilini bilmasligingiz ehtimoli mavjud. Shunda
topshiriqni quyidagicha tuzishingiz kerak bo‘ladi. “Google-xaritaga kirib, Davlat xizmatlari
markazini qidirib, manzilni belgilash”. Ushbu holatda siz ishni birinchi qadamdan
boshlagan bo‘lasiz. Yana shunga o‘xshagan bir misolni keltirsak: siz ertalab
yugurmoqchisiz. Agar siz yugurish uchun kerak bo‘ladigan sport kiyimlaringizning
27 


barchasini avvaldan taxlab qo‘ymagan bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan ertalab siz
yugurmaysiz. Sababi, siz sport kiyimlaringizni qidirishga erinishingiz va yana dangasalik
qilishingiz mumkin. Topshiriqlarni tuzish uchun sizga 10-15 daqiqa yetarli bo‘ladi.
Boshlanishiga topshiriqlar sonini kamroq qilganingiz ma’qul, keyinchalik ko‘paytirib
borishingiz mumkin. 
1904-yilda rus fiziologi Ivan Pavlov itlarda o‘tkazgan tajribalari bilan shartsiz
refleksni kashf qilib, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan
24
. Itlarning ovqat hazm qilish
tizimi ustida olib borilgan tadqiqotlar davomida uning tajribasidagi hayvonlar ovqatlansa,
so‘lak oqishni boshlaydi. Pavlov tajriba davomida har safar itlar ovqatlantirilganda
qo‘ng‘iroq tovushini eshittirgan va natijada itlar shunchaki qo‘ng‘iroqqa javoban ham
so‘lak chiqara boshlagan, ya’ni hayvonlarning so‘lak bezlari va qo‘ng‘iroq orasida shartsiz
refleks hosil bo‘lgan. Pavlov tajribasidan keyingi o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar natijasiga
ko‘ra, insonlarda ham shartsiz reflekslar ular doimiy shug‘ullanadigan narsalar bilan amalga
oshadi. Agar siz doimiy ravishda bloknotga rejalar tuzib, birma-bir bajarishda davom
etsangiz, oradan vaqt o‘tgach, siz bloknotga tushgan vazifalarni shartsiz refleks oqibatida
shu zahotiyoq bajaradigan bo‘lib qolasiz. Sizda “Stikerlarga topshiriqlarni yozmasdan ham
bajarib ketaversam bo‘ladimi?” degan savol tug‘ilishi mumkin. Albatta, bo‘ladi, ammo
samaradorligingiz bir necha barobarga tushib ketadi.
II Bobda o‘rgangan narsalarimizga ko‘ra, jadvalimiz quyidagi ko‘rinishni oladi.
Kitobning keyingi bobini ikki kundan keyin, bugun bilib olgan narsalaringizni amalda
qo‘llaganingizdan so‘ng o‘qishingizni tavsiya qilamiz. 
Sana:
Uyqu soatlari
6
6
7
8
6
7
8
7
8
8
Bajarilgan topshiriqlar soni
4
5
5
6
5
7
6
8
9
8
28 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə