Anvar Obitjon asarlarini tahlil qilish. Reja



Yüklə 37,2 Kb.
tarix30.05.2023
ölçüsü37,2 Kb.
#114238
Anvar Obitjon asarlarini


Anvar Obitjon asarlarini tahlil qilish.
REJA
1. Anvar Obitjonni bolalar adabiyotiga qòshgan hissasi
2.Anvar Obitjon hayoti
3.Anvar Obitjon asarlari
Òzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati
Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog'ida 1947- yilning 8-yanvarida tug'ilgan. Uning shoirlik faoliyati maktab davridanoq boshlangan. 6- sinfdaligidayoq ,,G ‘uncha“ jurnalida uning „Shkafcham“ nomli birinchi she’ri chop etiladi. Shoir ijodining asosiy qismi kichkintoylarga bag'ishlangan. Ketma-ket e’lon qilingan „Siz eshitm agan qo‘shiqlar“, “Dalalardan
bolalarga“, “Botirvoyning kundaligi”, ,,G‘alati maktublar“, „Ignalarim chiroyli“ singari turkumlarga jamlangan hamda turli buyumlar, jonzotlar, o ‘sim liklar olam ini yosh kitobxonga sirdosh etib, ularda tabiatga mehr uyg‘otuvchi, ohang va uslub jihatdan juda o‘ziga xos, ham kulgi, ham falsafaga boy she’rlari o‘zbek bolalar she’riyatida yangi bir oqimni shakllantira bordi. „Bulbulning cho‘pchaklari“ turkumi esa bolalar adabiyotiga g‘azal janrini olib kirdi. Anvar Obidjonning qissa va hikoyalari, asosan, yumorga yo‘g‘rilgan bo‘lsa-da, o‘z zamonasi dardlarini bolajonlarga sodda va ta’sirchan ifodalar orqali yetkazib bera
olishi bilan e’tiborga loyiqdir.
Adibning kattalarga atalgan asarlari orasida „Ketmagil“, „Alamazon va Gulmat“, Oltiariq hangomalari“ kitoblari alohida tilga tushgan. U milliy hajvchilikda Abdulla Qodiriy,
Abdulla Qahhor, G'afur G‘ulom, Said Ahmad yanglig‘ kulgi ustalari an’analarining ko‘zga ko'ringan davomchisidir. Anvar Obidjon „Ona Yer“ (1974, she’rlar), „Bahromning
hikoyalari" (1980, she’rlar), ,,Ey, yorug* dunyo“ (1983, qissa), „Olovjon va uning do‘stlari“ (1983, qissa, hikoyalar), „Аламазон и его пехота“ (1984, qissa, hikoyalar), „Ketm agil“ (1985, she’rlar), „Bezgakshamol“ (1985, hajviy she’rlar) Masxaraboz bola“ (1986, she’rlar), „Akang qarag‘ay G ulm at“ (1987, qissa, hajvlar, she’rlar), „Juda qiziq voqea“ (1987,
she’rlar), „Oltin yurakli Avtobola“ (1988, qissa, hikoyalar), „Dahshatli Meshpolvon“ (1989, qissa, pyesalar), ,,Yerliklar“ (1990, hajviyalar, she’rlar), „Alamazon va Gulmat hangomasi“ (1992, qissalar, pyesa, she’rlar), ,,Ajoyibxona“ (1993, she’riy taqvim ), „Meshpolvonning janglari“ (1994, qissa, doston), „Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri“ (1996,
she’rlar, doston), „Oltiariq hangomalari“ (1999, hangoma, hajvlar), „Bulbulning cho‘pchaklari“ (2001, she’rlar, hikoyalar), „Odobli bo'lish osonmi?“, (2001, hikoya) ,,O‘q o‘tmas
bolakay“ (2005, qissa, hikoyalar), ,,O‘g‘irlangan pahlavon" (2006, hikoya) kabi to ‘plamlari nashr etilgan. Respublika Yosh tomoshabinlar teatri hamda Farg‘ona,
Qarshi, Qo‘qon, Guliston teatrlarida Anvar Obidjonning ,,Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi“, „Pahlavonning o ‘g‘irlanishi“ , „Торsang — hay-hay“, „Qorin botir“ , „To‘tiqush“, Alamazon",
„Navro'z va Boychechak“ pyesalari sahnalashtirilgan. Uning sa’y-harakati bilan ,,O‘zbekfilm “ kinostudiyasida bolalarga atalgan „Tilsim oy — g ‘aroyib qizaloq“, „Daxshatli Meshpolvon“ komediyalari kino tasmasiga tushirilgan. Anvar Obidjon she’rlariga o‘nlab qo‘shiqlar bastalangan. Hozirgi zamon bolalar adabiyotining taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shib kelayotgan Anvar Obidjon 1980-yilda „Bahromning hikoyalari“ nomli to‘plami chiqqanidan so‘ng adabiy jamoatchilikning e’tiboriga tushdi. Oradan shuncha vaqt
o‘tib ham, u o‘zining munosib o‘rnini mustahkam saqlab turibdi, uning ko‘p qirrali ijodiga bo‘lgan qiziqish tobora ortmoqda. Ibrohim G‘afurov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdug‘afur Rasulov, Said Ahmad, Safo Matjon, Rahmon Qo‘chqor, Miraziz A’zam, Mahmud Sattor, Kavsar Turdiyeva, Tursunboy Adashboyev, Lola Sodiqova-Zvonaryova, Rahmatulla Barakayev, Hulkar Hamroyeva kabi munaqqid va adiblarimiz bu ijodkorning asarlari to‘g‘risida bir-biridan ko‘tarinki maqolalar yozishdi. Izlanuvchi olima Zamira Ibrohimovaning
„Quvnoqlikka yashiringan iztiroblar“ nomli kitobida (A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti, 2005) adibning nazm va nasrdagi asarlarining nihoyatda o‘ziga xosligi, o‘quvchini
o‘ziga mahliyo eta olish sirlari keng talqin qilib berilgan. Anvar Obidjon ijodi yuzasidan fikr bildiruvchilarning barchasi doimo bir narsaga, ya’ni uning bolalar adabiyotiga
yangicha bir yo‘nalish olib kirganiga alohida urg‘u berib o‘tishadi. Kichkintoylar shoiri Tursunboy Adashboyev bu holni soddagina ta’riflab: „80- yillarga kelib Anvar Obidjon bolalar
she’riyatidagi ob-havoni bir yo‘la yangiladi“, deb yozgan edi. Haqiqatan ham, bolalar adabiyotida o‘tgan asrning 80-yillarigacha chop etilgan kitoblardagi she’rlarga nazar tashlasak, ularning aksariyat qismi o‘sha mahaldagi tuzumni ulug‘lashga, turmushimizning o‘ta farovon, kelajagimizning behad yorqin ekanligiga o‘quvchini ishontirishga qaratilgan „yalang‘och mafkura“li she’rlar, bog‘, maktab, oromgohlarda g‘amxo‘rliklarni, yosh avlodning dunyoda eng baxtiyorligini aks ettiruvchi quruq ma’lumotlardan nariga o‘tolmaydigan
asarlardan iborat edi. Ko‘r-ko‘rona pand-nasihatlar, xalq ertaklari va latifalari asosida yengil-yelpi hazillar to‘qish ham avj olgan edi. Bunday asarlarning vazifasi bir xil bo‘lib, ular bolalarning ongiga ta’sir o‘tkazishga xizmat qilar edi. Shunday sharoit mavjud bo‘lgan, bolalarni „Imperiya mafkurasi“ chizib bergan chiziqdan chiqarmay tarbiyalash qonunga aylanib qolgan muhitda boshqacha yo‘lda ijod qilish mumkin emasdek tuyular edi. Anvar Obidjon shu chiziqdan yorib o‘tishni uddalashga urina boshladi. Anvar Obidjonga xos kashfiyotning siri shundaki, shoir bolalarning ongidan ko‘ra ko‘proq ko‘ngliga ta’sir o‘tkazish
yo‘lidan bordi. Binobarin, ko‘ngilga qattiq o‘rnashmagan narsa ongda uzoq vaqt saqlanishi, saqlanganda ham faol harakatga sabab bo‘lishi qiyin. Tahlil qilib ko‘rish uchun „Bahromning hikoyalari“ kitobidagi „Bezori“ degan she’rni olaylik:
Qarg‘a kirdi Kinoga,
O‘xshab Buratinoga.
Hamma joylar Edi band,
Borib dedi
Nopisand:
— Menga qara,
Vey, Laylak,
Yeganmisan Hech kaltak?
Qani, Tur-chi o‘rningdan.
He, o‘rgildim Burningdan!

„Eski maktab“da suyagi qotgan shoir bezorilikni qoralamoqchi bo‘lsa, kuchim ko‘p deb boshqalarga ozor yetkazaverma, hammaga xunuk ko‘rinib, oxiri nazardan qolasan, sen
bilan hech kim o‘rtoq bo‘lmay qo‘yadi, deganga o‘xshash mazmunda she’r bitishi tabiiy hol edi. Bu bilan u o‘quvchining ongiga ta’sir qilmoqchi bo‘ladi. „Bezori“da esa, Anvar
Obidjon she’rxonning ko‘ngliga yo‘l izladi va o‘quvchiga quv noq kayfiyat bag‘ishlovchi qiziq holat, kulgili obraz yaratish orqali bunga muvaffaq bo‘la oldi. Dilozor bezorining ko‘pchilik uncha xushlamaydigan, isqirt joylarda ivirsib yuruvchi qarg‘a qiyofasida berilganining o‘zi jajji kitobxonning ko‘nglida unga nisbatan ijirg‘anish hissini uyg‘otadi va bolaning g‘ashiga tegishi mumkin bo‘lgan quruq nasihatlarni aytishga hojat qolmaydi. „Bahromning hikoyalari“dagi „Parvarda“ degan boshqa bir she’rda esa yosh Bo‘richa onasi quyon go‘shtini, otasi
kiyik go‘shtini uning tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilishmoqchi bo‘lsa-da, bunga ko‘nmay, hali o‘zi totib ko‘rmagan, juda shirinligini birovlardan eshitib bilgan parvarda olib berishlarini
talab qilishga tushadi. Ota-onasi kuyunib, parvarda faqat shaharda sotilishini, u yoqqa borish xatarli ekanini tushuntirishga urinishadi. Ammo, Bo‘richa bu gaplarga quloq solmay, jonini
xatarga qo‘yib bo‘lsa ham, parvardani yeb ko‘rish ishtiyoqida yonganicha shaharga qochib ketadi. Shaharga borganidayoq uni tutib olishib, ajoyibxonadagi qafasga tiqib qo‘yishadi, hammaga tomosha bo‘lib, endi parvardani o‘ylamay, o‘zi tug‘ilgan adirni sog‘ina-sog‘ina kun ko‘ra boshlaydi. Oradan bir necha yil o‘tgach, taqdirga ko‘nikib, yuvoshgina bo‘lib qolgan Bo‘richaga aynan u tug‘ilgan kunda bir qizcha parvarda tashlab o‘tadi. Endi unga parvarda kerakmikan, degan savol tug‘iladi o‘quvchida. O‘sha davrda bolalar adabiyotida hukm surib turgan muhitni hisobga olganda, bu singari she’rlarni yozish o‘ziga xos bir o‘jarlik, hatto shakkoklik sanalardi. Chunki u davrlarda qishloqlardagiga qaraganda shaharlardagi hayot darajasi bir necha o‘n baravar yuqori bo‘lib, u yerdagi maoshi ko‘p zavod-fabrikalarga boshqa respublikalardan kelgan ishchilarni joylashtirishar, mahalliy aholini qishloqda ushlab turish uchun ko‘pchiligiga hatto pasport ham berilmas, ulardan birovi shaharga borib kelsa, falon g‘aroyibotlarni ko‘rdim, deb u yoqdagi turmushning shirinligini maqtashga tushar, barchaning
havasi kelar edi. Shoir „Parvarda“ she’rida, bir tomondan, qishloqdan narini bilmay kun kechirayotganlarga achinsa, ikkinchi tomondan, shaharning o‘ziga xos hayot tarzini yaxshi
bilmay turib borganlarning hammasiga ham „shirin“ luqma nasib etavermasligini sha’ma qiladi. Bu she’r real hayot haqida edi, faqat bolalarni emas, katta yoshdagilarni hamo‘ylantirib qo‘yadigan kuchga ega edi. Zamonaga esa, saviyasi qay darajada yuqori bo‘lmasin, bunga o‘xshagan she’rlar kerak emasdi, bolalarimizning ko‘nglini cho‘ktiradigan,
pessimistik (tushkunlik) ruhdagi narsalar bizga yot, biz turmushimizdagi qahramonliklarni, kishilarimizdagi yaxshi xislatlarni targ‘ib etishimiz zarur, degan g‘oya hukmron edi.
Sharoit shunday ekaniga qaramasdan, Anvar Obidjon baribir o‘z uslubiga sodiq qolib, o‘zi tanlagan yo‘lda turib, tinimsiz ijod qilaverdi. Hali qishloqda yashab turgan vaqtlarida,
asosan, o‘tgan asrning 70- yillari o‘rtalaridan boshlab yaratgan turkum-turkum she’rlari avvaliga matbuotda bitta-ikkita bo‘lib ko‘rinib turdi. Shoir 80- yillar boshida Òoshkentga ko‘chib kelgach, she’rlariga endi matbuotdan kengroq o‘rin berib borildi, bolalar adabiyotini nazorat qilib turuvchi ko‘zlar ham uning uslubiga asta-asta ko‘nika borib, yangidan yangi kitoblari
nashr etildi. Shoir poytaxtga kelib ish boshlaganida yoshi o‘ttiz beshdan o‘tib qolgani bois, tanilishga kechikkanga o‘xshab tuyulardi. Lekin oradan ikki-uch yil o‘tmayoq keng adabiy jamoatchilikning e’tiborini tortdi, tez nom qozondi. Uning „Siz eshitmagan qo‘shiqlar“, „Dalalardan bolalarga“, „G‘alati maktublar“, „Botirvoyning kundaligi“, „Kulchalar“ kabi turkumlarga jamlangan hamda turli buyumlar, jonzotlar, o‘simliklar olamini yosh kitobxonga sirdosh etib, ularda tabiatga mehr uyg‘otuvchi, ohang va uslub jihatdan juda o‘ziga xos,
ham kulgi, ham falsafaga boy she’rlari o‘zbek bolalar she’riyatida yangi bir oqimni shakllantira bordi. „Bulbulning cho‘pchaklari“ turkumi esa, garchi muallif ularni shaklan g‘azal
holati deb baholagan bo‘lsa-da, bolalar adabiyotiga g‘azal janrini olib kirdi. Professor Abdug‘afur Rasulov „Ijodiy o‘zlik sari yo‘l“ maqolasida („Sharq yulduzi“, 2- son, 2008) shunday deydi: „Anvar Obidjon bolalar uchun nimaiki yozmasin, go‘zallikni, kuyni, shakl va mundarija mutanosibligini nazarda tutadi. Bulbul qo‘shiqlari turkumida hamma narsa go‘zal, mukammal. Ohangga mos so‘zlarni tanlaydi, qahramonlarning fazilatlarini
topib-topib, o‘rniga qo‘yib-qo‘yib tasvirlaydi:
Musichalar yuvosh-u
Chumolilar tirishqoq
Suvaraklar bebosh-u
Kuchukchalar urishqoq.
Xo‘tiklar zo‘r yallachi, Qo‘y, Sigirlar dalachi, Sho‘x Qo‘chqorlar kallachi, Takalar ham suzishqoq. Shoir „Juda qiziq voqea“ kitobidagi izohda, qat’iy bir ohangga rioya qilaman deb, so‘zlarning bolalar uchun oson tushuniladigan tizimda ravon bo‘lishiga putur yetkazmaslik maqsadida aruz qoidalariga ataylab to‘liq rioya qilmaganini ta’kidlasa-da, „g‘azal shaklidagi“ she’rlar baribir tekis va jarangdor chiqqan. Shoir bu bilan o‘z zamonasi bolalarining aruzdan butunlay begonalashib ketmasligini ta’minlashdagi oliyjanob istagiga erishgan. Anvar Obidjonning she’riy turkumlari haqida so‘zlaganda bir narsani qayd etib o‘tish lozim bo‘ladi. Ba’zi qalamkashlar turli yillarda bitilgan she’rlarining mazmuni yaqinroqlarini jamlab, keyinchalik turkumga aylantirishadi. Anvar Obidjon esa, avval o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan turkumni kashf etib, keyin shu yo‘nalishda she’rlar yaratgan. Buni qaysi bir turkumga razm solmang, undagi she’rlarning shakli, hajmi, vazni deyarli bir xil ekanligidan sezish mumkin. „Siz eshitmagan qo‘shiqlar“ turkumi ko‘pchilik o‘quvchilar uchun eng sevimlisi bo‘lsa, ajab emas. Bolalar adabiyotining keyingi avlodi vakillaridan bir qanchasi shu turkumga
taqlid qilib, talay she’rlar yozgani bundan dalolatdir. „Siz eshitmagan qo‘shiqlar“da har bir jonivor, har bir buyum barchamizga tanish bo‘lgan o‘z ovozida kuylab, biz
hali eshitmagan gaplarini aytishadi. Masalan, „Hakka qo‘shig‘i“ni tinglaylik:
Qornim ochsa bo‘g‘ilmayman,
Shaq-shaq-shaq.
U-bu narsa o‘g‘irlayman,
Shaq-shaq-shaq.
Nafsimni hech tiyolmayman,
Shaq-shaq-shaq.
Qo‘lga tushsam, uyalmayman,
Shaq-shaq-shaq.
Hakka uchragan narsani olib qochib, iniga to‘plab yuradigan o‘g‘ri qush ekanini yaxshi bilgan bolalar bu quvnoq she’rdagi so‘zlarni rostdan ham Hakka aytayotganiga aslo shubha qilishmaydi. „Qo‘lga tushsam, uyalmayman“ jumlasi esa, Hakka fe’lli yulg‘ich odamlar shu darajada surbetki, ular hatto qo‘lga tushgan taqdirda ham boshqalardan uyalish
tuyg‘usidan begonadir, degan xulosaga olib keladi. Hali maktab o‘quvchisi bo‘lgan Anvar Obidjonning dastlabki she’rlari „G‘uncha“ jurnalida bosilishiga sabab bo‘lgan
shoir Miraziz A’zam „Bolakaylarning minnatsiz xizmatkori“ maqolasida („Hurriyat“, 2007- yil, 4- iyul) dunyo bolalar adabiyoti namoyandalaridan yuzga yaqinining asarlarini o‘zbekchaga o‘girgani, ularni Anvar Obidjon ijodi bilan chog‘ishtirib, shunday xulosaga kelganini aytadi: „Qani, o‘ylab ko‘raylik, Anvar o‘sha shoir yoki yozuvchilarning qaysi biridan
kam? Rus klassik bolalar shoirlari Korney Chukovskiy va Samuil Marshak, italiyalik Karlo Kollodi va Janni Rodari, amerikalik Doktor Siyuz va Jon Chiardi, nemis bolalar adiblari Erix Kestner va Jeyms Kryustlardan Anvarning kamlik joyi bormi? Yo‘q, albatta. Nemis shoiri Bertold Brext „Molingizni ko‘rsating“ deydi. Biz jahonga Anvarning „mollari“ni, ya’ni ijod namunalarini ko‘rsata olmadik. Yo‘qsa, uning nomi ham jahon bo‘ylab jaranglagan bo‘lardi“.
Anvar Obidjonning ijodi bilan batafsilroq, chuqurroq tanishgan kishi yuqorida aytilgan so‘zlarda hech qanday mubolag‘a yo‘qligini tan olmasligining iloji yo‘q. „Kulchalar“ turkumidagi „Obbo, kalamush-ey!“ degan she’rni o‘qib ko‘raylik:
Kalamushvoy,
Kalamush,
Savoding sal
Chalamish.
Yoz desalar
„Temir“ deb,
Sen yozibsan
„Kemir!“ deb.
Anvar Obidjon ijodi haqida yozgan munaqqidlarning bir qanchasi uning o‘ta kurashuvchanligi, qaramlikdan qutulishga, erkinlikka intilishga da’vat mavzusini bolalar adabiyotiga dangal olib kirganini alohida ta’kidlab kelishadi. Garchi Anvar Obidjonning o‘zi, istibdodga nafrat mavzusini „O‘ychan ko‘zlar egasi“, „Bizda“ singari she’rlari bilan Miraziz A’zam 60-yillardayoq bolalar adabiyotiga olib kirgan, deya yuqoridagi fikrlarini inkor etishga urinsa-da, bu masalaga xolislik va adolat bilan yondashib aytish joizki, munaqqidlar baribir haq.
Qaramlik bois millatimiz boshiga tushgan ko‘rgiliklarni bolalar adiblaridan ba’zilari ilgari ham onda-sonda sha’ma qilib o‘tishgan, Anvar Obidjon esa bu mavzuga keng ko‘lamda yondashdi, talay she’rlarida, dostonlarida, hikoyalarida, ayniqsa, „Alamazon va uning piyodalari“, „Dahshatli Meshpolvon“ qissalarida, „Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi“ pyesasida bosqinchilikni o‘z nomi bilan atab, o‘z millati bolalarini kishanlardan xalos bo‘lishga tinmay da’vat etadi, muntazam ravishda kurashadi. Profåssor Safo Matchonov olima Zamira Ibrohimova bilan
hamkorlikda yozgan „Ezgulikni esh qilib“ nomli maqolada („O‘zbåkiston adabiyoti va san’ati“, 2-noyabr, 2007) ham shoirning yosh avlodni erk uchun kurashga chaqirishdagi
xizmatlariga juda o‘rinli baho bårgan: „Anvar Obidjon „Alamazon va uning piyodalari“ qissasida, „Dahshatli Måshpolvon“ dostonida hamda shå’riy ertaklarida Vatan ozodligi
uchun kurash masalasini tarixiy mavzuga uyg‘un tarzda ko‘tarib chiqdi. „Alamazon va uning piyodalari“dagi voqåalar afsonaviy shahar Yulduzistonda bo‘lib o‘tsa, „Dahshatli Måshpolvon“dagi voqåalar turli qishloqlarda, mustabid shoh taxtijoylashgan „Qahratoniya“da ro‘y båradi. Shunisi e’tiborga sazovorki, har ikki asarda ham xudbinlik, manmanlik, laganbardorlik va mansabparastlik avj olgan makon oxir-oqibat tanazzulga yuz tutishi mumkinligi aytilgan. Asarning ichki mazmun-mohiyatidan unda sobiq sho‘rolar jamiyati nazarda
tutilgani ochiq-oydin såzilib turadi“ Bu yårda „ochiq-oydin“ so‘ziga alohida e’tibor bårmoq
zarur. Anvar Obidjon o‘z asarlarida bosqinchilarning kirdikorlari, qaram millatning xo‘rliklarini shunchaki sha’ma bilan emas, o‘sha davr, o‘sha tuzumni oshkora parodiya shaklida tasvirlab bårgan, zo‘ravonlarning kuni bitishi muqarrarligini jur’at bilan bayon etgan. Anvar Obidjondagi kurashuvchanlik hissi Toshkentga kålgach, turli adabiy davralarda, ilg‘or fikrlovchilar suhbatida
pishib yåtildi, dåb o‘ylash to‘g‘ri emas. Uning milliy g‘ururi qishloqda yashab turgan chog‘laridayoq shakllanib bo‘lganini o‘tgan asrning 70- yillari oxirida „Guliston“ jurnalida bosilgan „Yaylovni sog‘ingan qo‘y“ sarlavhali shå’ridan bilib olsa bo‘ladi:
—Ishlar qalay,
—Dåsam, Qo‘y
Javob berdi
Surib o‘y:
—Kamchilik yo‘q
Oziqdan.
Bezor bo‘ldim
Qoziqdan.
Yoki „Kumush uy“ dågan shå’rni o‘qib ko‘raylik: Ipak qurti
Uy qurdi. Sof kumushdan G‘isht urdi. Qurib bo‘lib Qarasa, Yo‘qmish Eshik-dåraza.
Bolalar adabiyotining taniqli munaqqidi Rahmatulla Barakayåv „Jonajonim, shå’riyat“ kitobida (Toshkent, Cho‘lpon nashriyoti, 1997) bu ikki shå’rga munosabat bildirib, shunday yozadi: „Aslida „Kumush uy“ning o‘zi ham Vatan ramzi. Zåro, iðak qurti qurgan eshigi-dårazasi yo‘q kumush uy aslida xalqimizni yåtmish yil tåntiratgan kålajagi qorong‘u, xayoliy sotsialistik tuzum timsoli, „Yaylovni sog‘ingan qo‘y“ esa istibdod zanjirlari ostida ezilgan, qorni to‘q bo‘lsa-da, Ha, agarda yurting birovlarning oyog‘i ostida toptalib turgan bo‘lsa, hatto to‘qchilik ham tatimydi. Qanday holatda bo‘lmasin, o‘z-o‘zingning erkin mamlakating bo‘lganiga nima
yåtsin?! Anvar Obidjon bu falsafani „Vatan“ shå’rida shunday sharhlaydi:
—Sånga bitta savol bor,
Många quloq sol, hoy, qush.
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush.
Ayt-chi, nahot sen boysan?
—Asl boylik neligin
Tushunmaysan, chamasi.
Bu vayrona bo‘lsa ham,
O‘zimniki hammasi.
Shuning uchun men boyman!
Anvar Obidjonning o‘zbåk bolalar adabiyotida faol ijod qila boshlaganiga chorak asrdan oshdi. Bu orada bolalar uchun yozuvchi adiblarning ko‘plab yangi avlodi paydo bo‘ldi. Ammo
bir narsani xolisona aytib o‘tish o‘rinliki, bu davrda bolalar adabiyotiga Anvar Obidjonchalik shov-shuv bilan kirib kålib, tåzdayoq tilga tushganlarni eslash qiyin. Ba’zi adiblarni uzoq
yillar barakali måhnat qilgani yoki ko‘plab shogirdlar yåtishtirgani uchun ham, xalqimizga xos bag‘rikånglik bilan ularni maktab yaratgan ustoz dåb ataymiz. Biroq Anvar Obidjonga
kålsak, u o‘zining o‘xshashi yo‘q ovozi, yangicha uslubi bilan chindan ham o‘ziga xos maktab yaratdi. Bu maktab izdoshlarining safi kångayib, ular o‘zbåk bolalar adabiyotini tobora
yuqori pog‘onaga ko‘tarishga munosib hissa qo‘shib kålishmoqda.
Anvar Obidjon nihoyatda serqirra ijodkor: nazmda, nasrda, dramaturgiyada birdek ijod qiladi. Publitsistika va adabiyotshunoslikda ham o‘z o‘rniga ega. Kattalar uchun ham turli
janrlarda asarlar yaratgan. Ayniqsa, Gulmat Shoshiy tilidan yozgan g‘azallari, oddiy kishilarning tiliga yaqinligi bilan ajralib turuvchi o‘ta quvnoq va tagdor hajviyalari, „Oltiariq hangomalari“ turkumi tillarga tushgan. Munaqqidlarimiz hajvchilikda uni Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Said Ahmad an’analarining davomchisi sifatida baholashadi. Shundan kelib chiqib aytilsa, munaqqidlar Anvar Obidjon ijodi haqida talay maqolalar yozganiga qaramayuning asarlari har bir janr bo‘yicha yanada chuqur tadqiqotlarini kutmoqda. Bolalarning sevimli yozuvchisi, asarlari jahondagi o‘nlab xalqlar tiliga tarjima qilingan dovruqli adib Xudoyberdi
Òo‘xtaboyevning so‘zlari Anvar Obidjon har tomonlama keng o‘rganilishga arziydigan ijodkor ekanini tasdiqlaydi. „Polosonlik Anvar Obidjon“ nomli maqolada („Xalq so‘zi“, 2006- yil 20-
may) X. Òo‘xtaboyev shunday yozadi: „Mark Òven, aka-uka Grimmlar, Sharl Perro, Janni Rodari singari jahonshumul yozuvchilarni o‘qiganda¾ ularning o‘ziga xosligi, adabiyotga
hech kim aytolmagan gaplarini aytib kirib kelganligini o‘ylab, „Yo, Xudo, bizga ham ana shunday yozuvchilardan bersang edi“, deb ich-ichimdan orzu qilgan paytlarim ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday ijodkorni Alloh bizga polosonlik Anvar Obidjon qiyofasida berganga o‘xshaydi“.
Yetuk ustozlarning mehrini qozongan Anvar Obidjon yurtimiz mustaqillikka erishgach, nihoyat o‘zining munosib bahosini oldi. U 1987-yilda hukumatimiz tomonidan „Shuhrat“
medali bilan taqdirlandi, 1988- yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo‘ldi.
Anvar Obidjon 1947- yilning 8- yanvarida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ildi. O‘rta maktabdan so‘ng Samarqand moliya tåxnikumini bitirib,
harbiy xizmatda bo‘ldi. Harbiydan 1969- yilda qaytib, jamoa xo‘jaligida tabålchi, klub mudiri bo‘lib ishladi. Keyinroq tuman gazetasiga o‘tib, Toshkent milliy universitetining jurnalistika fakultåtini sirtdan tamomladi. 1981- yilda Toshkentga ko‘chib kelib, „Yosh gvardiya“ (hozirgi „Kamalak“), Cho‘lpon nomidagi nashriyotlarda, „Yosh kuch“, „Mushtum“ jurnallarida, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgacha Anvar Obidjonning „Ona Yer“ (1974), „Bahromning hikoyalari“ (1980), „Ey, yorug‘ dunyo“ (1983), „Olovjon va uning do‘stlari“ (1983), „Àëàìàçîí è åãî ïåõîòà“ (1984), „Kåtmagil“ (1985), „Båzgakshamol“ 1985), „Masxaraboz bola“ (1986), „Akang qarag‘ay Gulmat“ (1987), „Juda qiziq voqåa“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1988), „Dahshatli måshpolvon“ (1989), „Yerliklar“ (1990), „Ãðîçíûé Ìåøïàëâàí“ (1991), „Alamazon va Gulmat hangomasi“ (1992), „Ajoyibxona“ (1993) lari“ (1994), „Alishår ila Husayn yoki uch dona va o‘g‘ri“ (1996), „Alamazon va Gulmat“ (1998), „Oltiariq hangomalari“ (1999), „Bulbulning cho‘pchaklari“ (2001), „Odobli bo‘lish osonmi?“ (2001), „Båzgakshamol — 2“ (2003), „O‘q o‘tmas bolakay“ (2005), „O‘g‘irlangan pahlavon“ (2006),
„Tanlangan shå’rlar“ (2006), „Bahromning hikoyasi“ (2007), „Soliq nima?“ (2008), „Måshpolvon“ (2009) kabi kitoblari nashr etilgan. Shuningdåk, Anvar Obidjonning bolalarga atalgan „Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi“ nomli birinchi pyåsasi 1983- yilda råspublika yosh tomoshabinlar tåatrida sahnalashtirilgan. Kåyinchalik mazkur tåatrda va Farg‘ona, Guliston, Qarshi, Qo‘qon teatrlarida uning „Pahlavonning o‘g‘irlanishi“, „Topsang,
hay-hay“, „To‘tiqul“, „Ñàìîçâàíåö“, „Qorinbotir“, „Alamazon“, „Navro‘z va Boychåchak“ kabi pyåsalari namoyish etildi. „O‘zbåkfilm“ kinostudiyasida uning ssånariylari asosida
„Tilsimoy-g‘aroyib qizaloq“, „Dahshatli Måshpolvon“ kinolari suratga olingan.
Yüklə 37,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə