Aqsh rossiya maktabgacha ta'limida steam ta'lim texnologiyasidan foydalanish



Yüklə 73 Kb.
tarix07.10.2023
ölçüsü73 Kb.
#126281
AQSH Rossiya maktabgacha ta\'limida STEAM ta\'lim texnologiyasidan foydalanish


AQSH ROSSIYA MAKTABGACHA TA'LIMIDA STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Biz texnologik inqilob davrida yashayapmiz. Kundan kunga yangi texnologiyalar, yangi kasblar paydo bo‘lmoqda. Pedagog, tarbiyachi sifatida o‘ylash kerakki, biz bolalarga mana shunday yangi texnologiyalar orqali bilim beryapmizmi, biz berayotgan bilimlar hayotda bolaga foydali bo‘ladimi, ta’lim mazmuni va texnologiyalari bugungi kundagi maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun qanday moslashtirilishi kerak? 3-7 yosh maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishning muhim bosqichidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otish, ularni turli manbalardan idrok etishga va ma’lumotlardan foydalanishga o‘rgatish, atrofdagi voqelikka qiziqqan savollarga mustaqil ravishda javob topish qanchalik muhimligini tushunadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil ravishda tengdoshlar va kattalar bilan hamkorlikda harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Shunday qilib, pedagoglar, tarbiyachilarda savol tug‘iladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun qanday usullardan foydalanib, qanday texnologiyalarni qo‘llash kerak? Ta’limda STEM texnologiyasi Amerikada ishlab chiqilgan. Amerikalik tadqiqotchilar tajriba uyushtirib, ba’zi maktablar bitiruvchilarning qobiliyatlarini e’tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika). Keyinchalik Art abreviaturasi qo‘shildi va endi STEAM oxirigacha shakllandi. Tadqqotchilar ushbu mavzular, aniqrog‘i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beradi, deb hisoblashadi. STEAM laboratoriyasida bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda qo‘llay olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Har kuni yangi ish turlari va hattoki yangi kasbiy sohalar paydo bo‘lmoqda, shuning uchun zamonaviy dunyoda o‘qituvchilar o‘qitadigan darlar va ularning mahoratlari vaqt talablariga javob beradimi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab o‘quvchilariga va maktabgacha yoshdagi bolalarda nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi — Massachusets Texnologiya Instituti (MIT). Ushbu universitetning shiori «Mens et Manus» (Aql va qo‘l). Massachusets Texnologiya Instituti bolalarga STEAM tushunchasini oldindan o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hattoki ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini yaratdi. Statistikaga ko‘ra, 2011 yildan buyon STEAM-kasblarga bo‘lgan talab darajasi 17% ga oshdi, oddiy kasblarga bo‘lgan talab esa faqat 9,8% ga oshdi, bu esa butun dunyo bo‘ylab ushbu ta’lim tizimiga katta talabni ko‘rsatadi. Yaqin kelajakda dunyoda va O‘zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo‘ladi. Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarga ega bo‘lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo‘ladi. Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj bo‘ladi. STEAM-ta’lim o‘quvchilar ilmiy usullarni amalda qanday qo‘llashni tushunishga kirishadigan aralash muhitni nazarda tutadi. Ushbu dastur bo‘yicha talabalar, matematika va fizika bilan bir qatorda, o‘z robotlarini ishlab chiqadigan va ishlab chiqaradigan robotlarni o‘rganadilar. Darslarda maxsus texnologik uskunalar ishlatiladi. 2014-yilda Quddusda bo‘lib o‘tgan «STEAM forward» xalqaro konferensiyasida quyidagi bayonotlar bildirildi: Bolalarni STEAMga jalb qilish. Ushbu ta’lim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak, shuning uchun dasturlarni bolalar bog‘chalariga kiritish kerak. Fan tili ingliz tilidir. Agar ilm-fanni o‘rganish va olim bo‘lishni istasangiz, bu tilni bilishingiz kerak. Qizlar uchun Steam-ta’lim dasturlari kerak. Ilm-fan sohasidagi qizlar, ularning tartibliligi tufayli, o‘g‘il bolalar qila olmaydigan narsalarni qilishlari mumkin. Science is fun! Ilm-fan quvnoq bo‘lishi kerak, u o‘quvchilar uchun qiziqarli va o‘ziga jalb qiluvchi bo’lishi kerak. Xulosa qilib aytganda, an’anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda, STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va bolaning o‘ziga mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga kirish va keyingi o‘qishni osonlashtiradi. Bugungi kunda ta’limning istiqbolli texnologiyasi – “STEAM” texnologiyasidir. STEAM ta’limi asosiy global tendentsiyalardan biridir. Hozirgi kunda texnik yo‘nalishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ko‘pgina bolalar muassasalarida: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, to‘garaklarda, maktablarda IT texnologiyalari bo‘yicha sinflar, STEAM laboratoriyalari va LEGO markazlari yaratilmoqda. Bolalar uchun tashil etilayotgan qo‘shimcha ta’lim va tarbiya formati o‘zgarmoqda. Matabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga steam texnologiyasi asosida bilim berilsa, maktab yoshiga yetganida innovatsion tadqiqotlarni mustaqil ravishda amalga oshira oladi. STEAM ta’lim modelining mazmuni bugungi kunda amalga oshirilayotgan ko‘plab loyihalarning muhim tarkibiy qismidir, lekin ko‘p jihatdan butun ta’lim tizimining yangi predmetli-makonli muhitini yaratishga, uning mazmuni, dasturiy ta’minoti va uslubiy ta’minotini yangilashga bog‘liq. Lekin ko‘plab muassasalarda STEAM laboratoriyalari mavjud bo‘lmaganligi tufayli bolalarga yetarlicha bilimlar berish murakkablashmoqda. STEAM – ta’lim texnologiyasining maqsadi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, bolalarni ilmiy va texnik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan intellektual qobiliyatini rivojlantirishdir. STEAM texnologiyasi AQSH singari Rossiya, Germaniya mamlakatlarida ham qo‘llaniladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisiga murojaatidan 2018 - yil 1 mart kuni: “bugungi kunda eng muhim raqobat afzalligi-bilim, texnologiya. Bu hayot sifatini yaxshilash uchun haqiqiy yutuqning kalitidir. Eng qisqa vaqt ichida biz eng yaxshi narsalarni ishlab chiqishimiz kerak, qonunchilik bazasini ishlab chiqish va robototexnikani keng qo‘llash uchun barcha to‘siqlarni olib tashlash kerak, yani sun’iy intellekt, uchuvchisiz transport, elektron savdo, katta ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Vladimir Putin quyidagi so‘zlarni aytib va STEM – ta’lim va uning afzalliklarini ta’kidlaydi, ya’ni: 1. Tabiiy fanlar, muhandislik ijodkorligi, matematika, raqamli texnologiyalar va hokazolarning turli sohalarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan zamonaviy muammolarni hal qilishning integratsiyalashgan yondashuvi ushbu integratsiyaning markazida badiiy izlanishlarga va faoliyat natijasi sifatida muayyan haqiqiy mahsulotga ega bo‘lgan loyihalar usuliga asoslangan. 2. Bilim-tadqiqot faoliyati jarayonida nafaqat intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish, balki bolalarni ilmiy-texnikaviy ijodga jalb qilishga qaratilgan, zamonaviy dunyoda, kelajakda hayotning yuqori sifati uchun sharoit yaratish, o‘z-o‘zini anglashga yordam berish. “STEAM” texnologiyasi asboblar to‘plamiga nimalar kiradi ? 1. Fridrix Frebelning didaktik tizimi - STEAM ta’lim moduli sifatida 2. Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish - STEAM ta’lim moduli sifatida 3. LEGO-qurilish, konstruksiyalash – STEAM ta’lim moduli sifatida 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida 5. Robototexnika – STEAM ta’lim moduli sifatida 6. “Multistudiya” STEAM ta’lim moduli sifatida STEAM dasturi tamoyillari STEM - maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalash dasturi. Dasturda bolalarning bilimlarini qat’iy tartibga solish va o‘qitishda bolalarni har tomonlama qolipga solinmagan. Faqatgina mustaqil, erkin tajribalarga asoslanib, o‘zi bajarib ko‘rib, his etib, fikrlab, idrok etib bajarish kerak bo‘ladigan tamoyillarga tayanadi. Dastur L. S. Vygotskiyning “to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim – bolani rivojlanish sari yetaklaydi” ilmiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan. STEAM dasturida maktabgacha ta’lim tashkilotlaida maxsus laboratoriyalar tashkil etib, faoliyat davomida bolaning intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Dastur doirasida mualliflar bir qator taniqli rus va xorijiy psixologlar va o‘qituvchilar tomonidan shakllantirilgan printsiplarga tayangan. Ushbu yondashuv o‘z ahamiyatini saqlab qoldi, chunki zamonaviy sharoitda aqlni rivojlantirish uchun maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasasidan ko‘tarilishi kerak bo‘lgan faol pozitsiyani talab qiladi. STEAM dasturida asosiy g‘oya - “hech qanday so‘z yoki vizual tasvirlar aqlning rivojlanishi uchun asos bo‘la olmaydi. Bola barchasini laboratoriyada bajarib ko‘rishi kerak”. STEAM dasturi orqali tashkil etiladigan faoliyatlarda bola faol bo‘ladi. Chunki faoliyatda manipulyatsiyalash va integratsiyalashgan haqiqiy zamonaviy muhit va uning axborot-kommunikatsiya qismi, jumladan, programlanadigan robot qurilmalari bilan tajriba o‘tkazish bolani jalb etadi. STEAM dasturida bolalar bilan tajribalar tashkil etish elementar faoliyatlar orqali tashkil etilib, oddiydan murakkabga qarab boradi. Shu tamoyilga amal qilinsa, bola qiyin tajribalarni tashkil etishda, labaratoriyada mustaqil ishlay olishga qiynalmaydi. Tarbiyalanuvchilarda STEAM ko‘nikmalari shakllangach, bolaning borliq, bizni o‘rab turgan dunyo bilan intellektual xarakterga ega bo‘lgan bilimlar jamlanmasi tobora rivojlanib boradi. Bundan tashqari, dastur A. Dastur zamonaviy strategik prinsipga, Rossiya ta’lim tizimi-maktabgacha va maktab bosqichlarida asoslanib ikki ijtimoiy institutlarning,ya’ni oila va ta’lim tashkilotining hamkorligi tamoyiliga tayanadi. STEAM dasturida 3 yoshdan 11-yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, maktabda texnik va tabiiy fanlar bo‘yicha ta‘limni davom ettirish uchun shart-sharoitlarni laboratoriyalarda amaliy yaratish tamoyiliga ham tayanadi. Ushbu tamoyillar Rossiya davlat maktabgacha ta’lim standartida asosida tuzilgan: 1) bolalikning xilma-xilligini qo‘llab-quvvatlash; -bolalikning o‘zga xosligini inobatga olish; -o‘ziga xoslik - insonning umumiy rivojlanishida muhim xususiyat sifatida qarash; -bolalikni muhim bo‘lgan hayot davri sifatida tushunish; -bolalik davri keyingi davrga tayyorgarlik davri; 2) kattalar ya’ni ota-onalar, qonuniy vakillar, tashkilotning pedagog va boshqa hodimlarning bolalarga ta’siri orqali bolalarda insonparvarlikni tarbiyalash; 3) bola shaxsiga hurmat; 4) ushbu Faoliyatlar bolaning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, guruhlarda, o‘yin shaklida bolaning ijodiy va tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirish, o‘yin orqali ixtirochilik, tadqiqotchilik xususiyatlarini shakllantirib, aqliy tarbiyani boyitish; «STEM-maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash” dasturining moduli maktabgacha ta’limning namunaviy asosiy ta’lim dasturining tavsiyalari bilan belgilanadi va maktabgacha ta’lim jarayonining umumiy modelini taqdim etish orqali ta’lim muassasalari, yoshni rivojlantirish normativlarini belgilash ta’lim faoliyatining tarkibi va besh ta’lim sohasidagi bolaning rivojlanish yo‘nalishlari bilan aniqlanadi. Dastur mazmunini taqdim etishning modulli tabiati maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy ta’lim dasturini keng doiradagi ta’lim materiallarida yaratishga imkon beradi. STEAM dasturi ta’lim dasturi, klublar, studiyalar va to'garaklar, intellektual va ijodiy musobaqalar, ilmiy-texnik ijod va loyiha-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, turli bo‘limlar tizimi orqali bolalarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. STEAM dasturi maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar uchun moslashtirilgan asosiy ta’lim dasturlari, shuningdek, nogiron bolalar uchun moslashuvchan, asosiy universal dastur bo‘lib, ularning integratsiyasi psixologik va pedagogik tuzatish amaliyotida keng qo‘llanilishi mumkin. Dasturni rivojlantirishning kutilgan natijalari “STEM-maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash” dasturining maqsadi bolalarning bilim faoliyati jarayonida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilishdir. Maktabgacha yoshni tugatgach, kattalar va tengdoshlar bilan o'zaro munosabatlarda bola faol ravishda qiziqish bilan namoyon bo'ladi savollar berish va o‘z-o‘zidan so‘rash- natijada, sabab-ta’sir munosabatlarini o'rnatadi. Bola tomosha qilish, tajriba qilish, jonli tabiat, tabiatshunoslik, matematika va boshqa sohalardan boshlang‘ich g‘oyalarni faol ravishda shakllantirishga moyil. Boshlang‘ich rejalashtirish faoliyati, reja tuzish, tanlash qobiliyati tarbiyachi va bola hamkorligida amalga oshirilishi mumkin. STEAM dasturida bola turli tadbirlarda o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayanib, o‘z qarorlarini qabul qilishga, turli faoliyatda — o‘yin, muloqot, bilim va tadqiqot faoliyati, dizayn va hokazolarda mustaqillikni ko‘rsatishga qodir. F. Frebelning didaktik ta’lim moduli Fridrix Frebelning pedagogik tizimi Bolalar bog‘chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi, bolalar bog‘chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning BadBlankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini “bolalar bog‘chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug‘iladi: Nima sababdan muassasa “bolalar bog‘chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Olloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular g‘amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog‘i hisoblanadi. Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi “Saroy bog‘ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz, deb aytgan. Chunki bolalar bog‘chasi o‘zining dizayniga ko‘ra gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog‘ bo‘lgan. Bolalar bog‘chasi tarbiyachilarmi nemis pedagogi “bog‘bon qizlar” deb atagan, bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglarni bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko‘maklashishga da’vat etgan. Frebelning bolalar bog‘chalari shuningdek, vaqtincha oila o‘rnini bosish va otaonalarga tarbiya ishlariga yordamlashish uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan o‘ynashi va bog‘bon qizlardan o‘rganishi mumkin bo‘lgan. Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar bog‘chasining ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubiyotining yaratilishi bo‘ldi. Uning asosini bolalarga bo‘lgan cheksiz mehr tashkil qiladi. Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab o‘taylik: o‘yin, nutqni rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat bilan o‘rab olish, jazolarning yo‘qligi va tarixda qolib ketgan «Frebel tuhfalari». Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel o‘yinlarni o‘z uslubiyotining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli, fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan Frebel didaktik о‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik o‘yinlar va turli tuman mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday e’tiqodni shakllantirdiki, «bolalar o‘yini - bu turmush ko‘zgusi va ichki olamning erkin namoyishi»dir. Rrebel mayda motorika yordamida bolalar nutqini rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini batafsil ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan. Nemis pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab mashqlar bajaruvchi bolalar boshqa bolalardan ancha avval so‘zlay boshlaydi. Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg‘ulotlarni taklif etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog‘ozlar, bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, qog‘ozdan to‘qish, qog‘ozni qirqish, loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan (ya’ni qaychidan foydalanmasdan turib, qog‘ozdan shakllar yasash). Shuningdek, olimning bog‘chasida arqonli o‘yinlar; qum o‘ynash, konstruksiyalar yasash uzviy mashg‘ulotlar hisoblagan. Bular ijodiy qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni abstrakt holda qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish layoqatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. О‘yin jarayonida bolalar bilan suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi Frebelning fikricha, avvaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan shug‘ullanish va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash kerak. Ushbu g‘oyani u chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi va uni keng ommalashtirish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Frebel jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi, deb bilgan. Shu sababli u bolani majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish, ya’ni uning bolalar bog‘chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan. U bolaning tanasini rivojlantirish zarur, tashqi hissiyot sezgilarini mashq qildirish, ularni odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb hisoblagan. Shu kabi о‘yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash, bog‘dagi o‘simliklar kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish kerak, deb bilgan. Ayni paytda har bir bolaning individualligini yodda tutishga da’vat etgan. Shu sababli bog‘da katta gullar to‘plami bo‘lgan, bolalar gullarni guruh bo‘lib parvarish qilgan, ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan o‘simlik ekilgan tuvak ham bo‘lgan. F.Frebel uslubiyotining g‘oyasi - barcha narsalar bolalarga. Olim bolalarga hayvonlar haqidagi voqealarni aytib bergan, zero bolalar hayvonlarni yaxshi ko‘rishini tashungan. So‘ngra bolalarning gullarga mehri balandligini anglagan. Shu sababli uning tarbiyalanuvchilari gullarni mustaqil parvarishlay boshlagan. Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini sezgan. Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshlagan va «bog‘bon qizlar»ning (ya’ni, tarbiyachilarning) ashulalarini tinglagan. F. Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shavqatsizlik namoyishlariga qarshi bo‘lgan. Fridrix Frebel haqida so‘z ketganda uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk yoshda rivojlanishiga mo‘ljallangan. Bu bolaning turli ko‘nikmalari va layoqatlarini mashq qildiruvi o‘yinchoqlar tizimidir. Har bir o‘yinchoq bolani rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda undan foydalanishda muayyan qoidalarni ko‘zda tutadi. F. Frebel 6 ta nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi: Birinchi tuhfa - bu koptok. Bu birinchi o‘yinchoq, chunki sharning burchaklari yo‘q, bola uchun qulay. Material sifatida ko‘pincha mayda, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptoklar taklif qilingan. Har bir koptokka ip bog‘langan. Bolaga turli rangdagi koptokni ko‘rsatish orqali ona uni ranglarini farqlashga o‘rgatgan. Koptoklar turli ranglarga bo‘yalgan - qizil, yashil, sariq, to‘q sariq, oq, ko‘k va binafsha rangli koptoklar bo‘lgan. Shar-koptokni turli tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o‘ngga», «oldinga-orqaga» tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish maqsadida ona sharni kaftiga qo‘yib, so‘ng uni yashirar ekan, «Koptok bor - koptok yo‘q» deb aytadi. Ikkinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog‘och kub, shar va silindr bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolarning turli shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan sharning aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, kubik esa - barqarorlik ramzi, xilma-xillikda yagonalik ramzi hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo unga qaysi tomondan qarayotganingizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr sharning ham, kubning ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, yotqizilganda harakatlanadi. Uchinchi tuhfa - bu 8 ta kubikka bo‘lingan kub. Ya’ni, kub o‘rtasidan bo‘lingan, har bir qismi esa - to‘rt bo‘lаkkа. Buning yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy qismlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z ijodini rivojlantirish, kubiklardan narsalar qurish, ularni turlicha kombinatsiyalarga birlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. To‘rtinchi tuhfa - bu o‘sha o‘lchamli kub bo‘lib, u 8 ta plitkaga bo‘lingan. Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esa - to‘rtta cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng. Beshinchi tuhfa - bu 27 ta mayda kubiklarga bo‘lingan kub, ulardan to‘qqiztasi yanada mayda bo‘laklarga bo‘lingan. Oltinchi tuhfa - bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo‘lgan, ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra bo‘lingan. Shu tarzda Frebel bo‘yicha bolalar bog‘chasining maqsadi va tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi: - faoliyatning 3 ta turiga - o‘yin, o‘quv, mehnatga yo‘naltirilganlik; - bola hissiyotlarini rivojiantirish; - bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash; - ko‘rgazmali usul yordamida tabiat bilan tanishish va dunyoni anglash; - odamlar bilan muloqot qilish; - bolaning tabiiy xislatlarini rivojlantirish; - bolalarga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish. F. Frebelning ulkan yutuqlari bilan birga, tarixdan ma’lumki, uning pedagogik yondashuvlari K.D. Ushinskiy, E.A. Flyorina, G.N. Vodovozova kabi olimlar tomonidan tanqid qilingan. Frebel nazariyasida kamchiliklar ham bor, va ular, avvalo, quyidagilar: - bolaning bevosita atrofdagi olam bilan tanishuvi «tuhfalar» tizimiga almashtirilgan; - bolaning hayoti didaktik material bilan chegaralanadi; - bolaning hayoti haddan ziyod tartibga solinadi; - bolaning erkin ijodi cheklanadi va h.z. Shunga qaramay, F. Frebel fanga katta hissa qo‘shgan, zero u nazariya va amaliyotni birlashtirdi, uning maqsadi - bolaning ijodiy salohiyatini namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadigan sharoitni ta’minlovchi muhitni yaratish bo‘lgan. Ayni paytda bu bolada noan’anaviy ijodiy fikrlash qobiliyatini, fantaziyani rivojlantiradi, masalalarni hal etishga noan’anaviy yondashuvni shakllantiradi. Maktabgacha tarbiya g‘oyasini targ‘ib etish va bolalar bog‘chalarini ommalashtirish yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Olim bolalarning yoshlariga mos ravishda ishlash usullarini ishlab chiqish orqali maktabgacha tarbiya amaliyotini jiddiy boyitdi. Ko‘plab mamlakatlarda bolalar bog‘chalari maktabgacha tarbiya tizimida yetakchi o‘rinni egalladi. F.Frebel maktabgacha tarbiya tarixida birinchi bo‘lib ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning yaxlit, uslubiy ishlab chiqilgan, amaliy qo‘llanmalar bilan boyitilgan tizimini yaratdi. Maktabgacha ta’lim sohasi vujudga kelishida 1918-yiIda Fridrix Frebel kursi qoshida Petrograd Maktabgacha ta‘lim institutining tashkil etilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu ta’lim maskanida Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlangan, shu bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. 1919-yilda xaql maorifi kommisariyati tomonidan “Maktabgacha ta’lim” bo‘yicha butun ittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. Bunda ijtimoiy Maktabgacha ta’lim sohasini tashkil etish, bola tarbiyasining nazariy-amaliy masalalari o‘rin oladi. Maktabgacha ta’limga bag‘ishlangan butun ittifoq anjumanlar. “Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish” ta’lim moduli Bolalarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga asoslangan, yosh xususiyatlari inobatga olini tuzilgan “Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish” – nomli, STEAM ta’limni o‘zida mujassamlashtirgan, maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan dastur. “Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish” nomli modul maktabgacha yoshdagi bolalarga dunyoni o‘rganish, tabiatni haqqoniy bilish, barcha predmetlarning, tabiiy buyumlarning xususiyatlarini o‘rganish, tabiat hodisalari va predmetlarning o‘zaro ta’sirga kirishishini o‘rgatib bolani intellektual jihtdan rivojlantiradi. Tafakkurini boyitadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar “Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish” Modulida qumning xususiyatlarini, havoning xususiyatlarini, tabiat hodisalarini, bizni o‘rab turgan atrof – olam haqidagi real bilimlani tajriba sifatida qo‘llab, amalda bajarib, sinab ko‘rishadi. Modulning dolzarbligi shundan iboratki, bolalar eksperimenti faoliyat shakli sifatida amaliyotda keng qo‘llanilmaydi, garchi u ijodiy faollik, mustaqillik, o‘zini o‘zi anglash va qobiliyat kabi muhim shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirishning samarali vositasi bo‘lsa ham. Tajriba jarayonida bolaning xotirasi boyitiladi, uning fikrlash jarayonlari faollashadi, chunki doimiy ravishda tahlil qilish, taqqoslash va tasniflash, umumlashtirish operatsiyalarini bajarish zarurati tug‘iladi. Eksperimental faoliyatning bolaning hissiy sohasiga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar eksperimenti muhim faoliyatdir. Bunda bolaning o‘zi oldiga maqsad qo‘yadi, ularga o‘zi erishadi, obyektlar va hodisalar haqida yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Maqsad : Bolalarning intellektual salohiyatlarini oshirish. Tajriba qila olishga qiziqish uyg‘otish. Vazifalar: 1. Bolalarning atrofdagi dunyoning jismoniy xususiyatlari haqidagi tushunchalarini kengaytirish. 2. Bolalarni turli xil narsalar, tabiiy materiallarning xususiyatlari bilan tanishtirish. 3. Eksperimentlar o‘tkazish jarayonida xavfsizlik qoidalarini amalga oshirish tajribasini shakllantirish. 4. Aqliy tarbiya berish jarayonida mayda motorika, sensor motorikani rivojlantirish 5. Maktabgacha yoshdagi bolalarning so‘z boyligini boyitish va nutqini rivojlantirish. 6. Intellektual o‘yinlarga qiziqishni rivojlantirish, tengdoshlariga do‘stona munosabatni shakllantirish, guruh bo‘lib ishlash xususiyatini bolalarda tarbiyalash 7. Ota-onalarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish. LEGO-qurilish, konstruksiyalash – STEAM ta’lim moduli sifatida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va boshlang‘ich maktab darslarida LEGO texnologiyasidan foydalanish bolaning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradigan o‘quv jarayonining muhim elementi hisoblanadi. Bu kabi faoliyatlarda diqqat, xotira, nutq, qo‘llarning mayda motorikasi ko‘nikmalari rivojlanadi. Bolalar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini, fantaziyalarini namoyon etadilar, tengdoshlari bilan muloqot qilishni, o‘zaro yordamni, ma’lumot almashish zarurligini, qaror qabul qilish qobiliyatini va muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradilar. LEGO texnologiyasi bugungi kunda taniqli va keng tarqalgan pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib, u bolani o‘qitish va rivojlantirish uchun real dunyoning uch o‘lchovli modellari va predmetli o‘yin muhitidan foydalanadi. LEGO moduli texnologiyasi maktabgacha yoshdagi bola uchun nihoyatda qiziqarli, chunki fanlararo aloqalarga asoslanib, u o‘yin va eksperiment elementlarini birlashtiradi. Bu erda LEGO o‘yinlari bolaning haqiqiy dunyoni, makon va vaqtni kashf etishi va navigatsiya qilish usulidir. O‘zining pedagogik ko‘p qirraliligi bilan LEGO texnologiyasi ko‘plab mamlakatlarda rivojlantiruvchi ta’lim uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida Bu modulda mataematiktushunchalarni bolalarga berish 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan modul 2. 6-7 yoshli bolalarga bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan modul Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim modulida oddiydan murakkabga qarab qiyinlashtirib bolalarga matematik tushunchalar beriladi. Dastlab elementar matematik tushunchalar: kata-kichik, uzun-qisqa, ko‘p-kam, keng-tor berib boriladi va didaktik o‘yinlar orqali STEAM laboratoriyalarida amaliy bajarib ko‘riladi. Matematik tasavvurlarni rivojlantirishda bolalarning yosh xususiyatlari inobatga olinib qadamma-qadam tushunchalar nazariy va amaliy jihatdan tushuntiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga geometrik figurlarni ajrata olish, murakkab qirrali predmetlarni proyeksiyalash orqali intellectual qobiliyatlarini rivojlantirish, sensor tarbiya orqali tafakurni boyitish, dunyoqarashini rivojlantirish, bolalarda ixtirichlik ruhida tarbiyalash kabi tushunchalarni o‘zida mujassamlashtiradi. “Robototexnika” ta’lim moduli “Robototexnika” moduli zamonaviy ta’lim jarayonida eng ko‘p talab etilayotgan dolzarb masalalardan biridir. Bugungi kunda yosh bolalar avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o‘ralgan va ularning tarkibiy qismlarida ilmiy jihatdan harakat qilish qobiliyatidan- texnik taraqqiyot bizning mamlakatimizda va butun dunyoda ishlab chiqarishni yanada jadallashtirishga bog‘liq. Har xil avtomatik qurilmalar inson hayotida shu qadar mustahkam o‘rin egallaganki, ularsiz zamonaviy tsivilizatsiyani tasavvur qilish deyarli mumkin emas. Biroq, robototexnika tarixi juda uzoq, odamlar deyarli butun tarixi uchun turli xil mashinalar yaratishni o‘rgandilar. Albatta, qadimgi mashinalarni zamonaviy mashinalar bilan taqqoslab bo‘lmaydi, ular ko‘proq o‘xshashliklarga ega edi. Biroq, ular mashinalarni yaratish g‘oyalarini, xususan, odamni sun’iy taqlid qilishni, insoniyat tarixining eng qadimiy qatlamlarida kuzatish mumkinligini ko‘rsatadilar. Bu so'z mashhur Karel Chapek tomonidan yaratilgan. U bu atamani birinchi marta 1920 yilda “Rossum universal robotlar” spektakli sarlavhasida ishlatgan. Biroq, uni “robot” so‘zining muallifi deb hisoblash mumkin emas, u faqat “ish” degan ma’noni anglatuvchi chex robotidan kelib chiqqan. Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, uning ukasi Jozef “robot” so‘zni taklif qilgan, Chapekning o‘zi esa o‘z qahramonlarini qanday nomlashni hal qila olmagan. Chapek o‘yinining syujeti ko‘pchilikka tanish bo‘lib tuyuladi: dastlab odamlar mexanik xizmatchilarini turli og‘ir ishlarda ishlatishadi, keyin ular ko‘tarilib, o‘z navbatida odamlarni qul qilib qo‘yishadi. Zamonaviy ma’noda “robot” - bu ma'lum bir dastur bo‘yicha, odamlarning yordamisiz ishlaydigan mexanik qurilma. 1941 yilda Isaak Asimovning mashhur robot texnikasi qonunlari “Yolg'onchi” hikoyasida shakllantirilgan bo‘lib, ular ushbu mashinalarning xatti -harakatlarini tartibga solishga mo‘ljallangan. 1. Robot odamga zarar etkaza olmaydi yoki harakatsizligi tufayli bu zararga yo‘l qo‘ymaydi. 2. Robot birinchi qonunga zid bo‘lmasa, odamga bo‘ysunishga majburdir. 3. Agar robot dastlabki ikkita qonunga zid bo‘lmasa, o‘zini himoya qila oladi. Keyinchalik, Azimovning o‘zi va boshqa mualliflar ushbu qonunlardan boshlab, odamlar va mashinalar o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan ulkan asarlar yaratdilar. Ishonchli ma’lumotlar saqlangan birinchi robotning loyihasini Leonardo da Vinchi yaratgan. Bu zirhli ritsarga o‘xshagan android edi. Leonardoning rasmlariga ko‘ra, u qo‘llari va boshini qimirlatishi mumkin edi. Mashhur ixtirochi nima uchun ritsariga oyoqlarini qimirlatish, ya’ni yurish qobiliyatini bermaganligi savol ochiq qolmoqda. Ehtimol, u buni texnik jihatdan qiyin muammo deb hisoblagan (bu mutlaqo to‘g‘ri). Yoki ritsar otga minishi kerak deb taxmin qilingan va oyoqlarning harakatchanligi unga kerak emas. Da Vinchi o‘zining “terminatori” ni qura olganmi yoki yo‘qmi noma’lum, lekin u robot sherni yaratdi, u podshoh paydo bo‘lganida ko‘kragini tirnoqlari bilan yirtib tashladi va unda yashiringan Fransiya gerbini ochdi. Bundan tashqari, Leonardoda mexanizmlarning inson organlari bilan o‘zaro ta’siri haqidagi g‘oyalari bor edi, ya’ni XV-XVI asr boshlarida u to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson asab tizimi tomonidan boshqariladigan protezlarning zamonaviy rivojlanishini kutgan edi. XVI asr davomida Evropada asosan o‘rash (soat) mexanizmlaridan foydalangan holda ko‘plab qurilmalar yaratildi. Masalan, Germaniyada ucha oladigan sun’iy chivin va burgut yasalgan, Italiyada esa lutta chaladigan robot ayol. XVII asr davomida yevropaliklar birinchi mexanik “hisob mashinalarini” ishlab chiqdilar va takomillashtirdilar. Avvaliga ular faqat qo‘shish va ayirish mumkin, lekin asr oxiriga kelib ular allaqachon bo‘linish va ko‘paytirishga qodir. 19 -asrda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ixtiro qilingan va ishlatilgan turli gumanoid mashinalar haqida ma'lum hikoyalar mavjud:  1865 yilda bug‘li odamni dizayner Jonni Breynard yaratdi, u ot o‘rniga aravaga o‘ralgan edi. Bu, aslida, odamga o‘xshagan (faqat kattaligidan kattaroq) parovoz edi. U doimo “cho‘kib ketishi” kerak edi va uni jilovi bor otday haydab ketishdi. Uning soatiga 50 km tezlik bilan “yurishi” mumkinligi da’vo qilingan.  Biroz vaqt o‘tgach, Frank Rid “elektr odam” ni sinovdan o‘tkazadi, ammo bu ixtiro haqida kam narsa ma’lum.  1893 yilda Archi Kempin bug‘ bilan ishlaydigan sun’iy askar modelini taqdim etdi, u go‘yoki amalda, ya’ni janglarda ishlatilgan. Bolalar bog‘chasida va boshlang‘ich maktabda quyidagi tushunchalar koordinatalar, grafikalar, tsikllar, multitasking, tezlik, kuch va boshqalar bilan amaliy tanishish, matematika, fizika, dasturlash va boshqa sohalarni o‘rganishga xizmat qiladi. Robototexnika mashg‘ulotlari mantiqiy fikrlash, diqqat, xotira, tasavvur, ijodiy qobiliyat, vosita qobiliyatlari va aloqa qobiliyatlari rivojlanishga yordam beradi. Zamonaviy robotika quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi: avtomatlashtirilgan texnik tizimlar fani-sanoat, maishiy, aviatsiya, harbiy, kosmik suv osti suvlariga bo‘linadi. Ushbu sohalarning har birida asosiy dizayn mavjud. “Robototexnika” moduli harakat qobiliyatiga ega robotlarni ishlab chiqarish uchun bir nechta dizaynerlarni o‘z ichiga oladi. Yoshga qarab, bola tomonidan hal qilinadigan vazifalar asta-sekin murakkablashadi, maktabgacha yoshdagi bola oddiy yig‘ilishdan, modelning mexanik harakatini nazorat qilish tizimlarini dasturlashgacha topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini egallaydi. Modulda mashinalar, inshootlar, turli xil texnik vositalar (namunaga tayangan holda, belgilangan parametrlar yoki nazariy dizayn) yaratiladi. Ish davomida eskizlar, chizmalar, chizmalar yaratiladi, hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Dizayn turi modellashtiriladi. Har qanday obyektga yoki u haqidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratganda, uning to‘liq yoki qisman o‘xshashligi yaratiladi. Materiallar shu bilan birga, model juda muhim bo‘lishi mumkin, eng muhimi, bu model muhim narsani aks ettirishidir obyektning xususiyatlari-bu bino, yo‘l, samolyot yoki kema bo‘ladi. Modelga asoslangan holda, tartib-miniatyura nusxasi yaratiladi. Modul bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatlarini yaxshilashga; dasturiy ta’minotni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratish; bolalarga qo‘shimcha ma’lumot to‘plashni o‘rgatish, keyingi ish uchun zarur bo‘lgan va uni tanqidiy baholash; rejalashtirish, o‘quv jarayonida muayyan jarayonni (obyektni) batafsil ko‘rib chiqish va modellash uchun amaliy maqsadlar qo‘yish dan iboratdir. “Men dunyoni yarataman“ multstudiya ta’lim moduli STEM-ta’limning majburiy qismi bolalarni raqamli texnologiyalar bilan tanishishdir. Buning uchun “Men dunyoni yarataman Multistudia” moduli yaratilgan. Bu bolalarning o‘z animatsion filmini yaratish orqali turli loyihalarda bolalarning ish natijalarini umumlashtirish va zamonaviy darajada namoyish etish imkonini beradi. Bu axborot-kommunikativ, raqamli va media texnologiyalarini rivojlantirish orqali bolalarning badiiy va texnik ijodini sintez qilishiga erishish mumkun. Ta’lim moduli Stem dasturining har qanday boshqa modulidan bolaning faoliyati mahsulotlarini to'ldiradigan multstudiyani F. Frebel tizimi tomonidan yaratilgan modellar, Legodan yig‘ilgan narsalar yoki robotlarni o‘z ichiga oladi. Animatsion filmlar mavzusi xilma-xil bo‘lishi mumkin. Misol. Yer sayyorasining o‘tmishi haqidagi karikatura, uning asosiy belgisi robot dinozavr. Hikoyani boshqa qahramonlarini tanlash butunlay bolalar fantaziyalariga bog‘liq. - LEGO to‘plamlari orqali “hayotga” tushadigan unutilmas sana va bayramlar “Hikoyangizni quring”, “ajoyib va tarixiy belgilar”, “Kosmos va aeroport” va boshqa tematik to‘plamlar mavjud. Bu to‘plamlar orqali maktabgacha yoshdagi bola o‘z shaxsiy fantaziyasini amaliy jhatdan namoyon etish imkoniyati ega. Chunki bola bu jarayonda erkin fikrlab, mustaqil tarzda fantaziyasidagi olamni namoyon etadi. Shu tariqa bolaning tafakkuri, ixtirochilik qobiliyati rivojlanadi. - Frebel to‘plamlari asosida jismlarning aylanishi va geometrik o‘zgarishlarning animatsiyasini tuzish mumkin. Misol uchun, silindrning aylanishini namoyish qilish, buning natijasida to‘pning ko‘rinadigan tasviri yaratiladi. Multistudia ta’lim modulida - “Matematika” multfilmi multfilmini ham yaratish mumkin. Bu orqali bolada intellectual qobiliyatni shakllantirish mumkin. Multfilmni yaratishda har xil bezaklarni, yangi belgilarni va karikaturalarning boshqa tafsilotlarini yaratish uchun qo‘shimcha asboblardan foydalanish tavsiya etiladi, masalan, grafik va 3D-qalam bilan ishlaydigan planshet. Bolalarga yordam sifatida — multstudiya asosida bolalarni o‘qitish dasturi, modul mualliflarning batafsil tavsiyalari berib boriladi. Bu esa bolaga fasilitator bo‘lish kerakligini belgilab beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V. Pak, G.E.Djanpeisova ”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi T: 2018. 1-81-b; 2. Т.С.Волосовес, В.А.Маркова, С.А.Аверина. СТЕМ-образование детей дошколного и младшего школного возраста. М. Бином. Лаборатория знаний 2019. 3. G.Bogdanovich. Dopolnitelnaya obщerazvivayuщaya programma «Mult- studiya «Moy mir» Sverdlovskaya oblast, 2018 g. 4. Master-klass dlya pedagogov «Sozdanie multfilmov vmeste s detmi» М., 2018 5. Образовательный модуль «Дидактическая система Фридриха Фрёбеля». Маркова В. А., Аверин С. А. — М., 2018. 6. Н.Г. Зайцева. Робототехника в детском саду. Краснодар 2019 7. Э.Д. Жукова. Программа дополнительного образования по конструированию, ориентированная на детей от 5 до 7 лет «лего-мастер». Излучинск, 2018 8. И. А. Помораева, В.А. Позина. Занятия по формированию элементарных математических представлений в средней группе детского сада. M: 2019 9. I.V. Grosheva, G.E. Djanpeisova, U.T. Mikailova, M.A. Kenjabayeva, N.A. Miftayeva. O‘yin orqali ta’lim olish. T:.2020. 10. I.V. Grosheva, K.T. Olimov, V.A. Nazarova, G.E. Djanpeisova, U.T. Mikailova, D.A. Kenjabayeva, N.B. Gulyamova, N.A. Miftayeva. Kuzatish va baholash. Toshkent:.2020
Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə