Bozor iqtisodiyoti nazariyasi bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi



Yüklə 150,05 Kb.
səhifə1/12
tarix26.02.2022
ölçüsü150,05 Kb.
#84172
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3 mavzu (1)

Bozor iqtisodiyoti nazariyasi


BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI

Reja.

  1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.

  2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi.

  3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.

  4. Bozor va uning vazifalari.

  5. Bozorning turlari va tuzilishi.

  6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.



1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari

Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.



Oldingi bobda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.

Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo‘lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo‘lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.


Yüklə 150,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə