|
Arab xurmosining foydali hususiyatlari va Arab xurmosi iste’mol qilinganda tanada qanday o‘zgarish yuz berishiMuhim vitamin va minerallar mavjud
|
səhifə | 3/4 | tarix | 08.02.2023 | ölçüsü | 112,67 Kb. | | #100441 |
| Arab xurmosi isteMuhim vitamin va minerallar mavjud
Xurmo quritilganligi sababli ular kaloriya jihatidan yangi uzilgan mevalardan yuqori. Shuningdek, kaloriya borasida mayiz va anjir kabi quritilgan mevalarga o‘xshaydi. Uning tarkibidagi kaloriyaning ko‘p qismi uglevodlardan, qolganlari esa oqsillardan olinadi. Kaloriya miqdoriga qaramay, uning tarkibida vitamin va minerallar mavjud. Kaliyning yuqori miqdori organizmdan natriyning chiqarilishiga yordam beradi va qon bosimini pasaytiradi.Bundan tashqari arab xurmosini iste’mol qilish terini yaxshilaydi. Har kuni xurmo iste’mol qiladigan Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq aholisi keksalikka qadar ajoyib teri va tishlarni saqlab qolishi bejiz emas.
100 gramm xurmo mevasida quyidagi ozuqaviy moddalar mavjud:
kaloriya qiymati: 277 kkal
uglevodlar: 75 gramm
biriktiruvchi to‘qima: 7 gramm
oqsil: 2 gramm
kaliy: 20 foiz
magniy: 14 foiz
mis: 18 foiz
marganets: 15 foiz
temir: 5 foiz
vitamin B6: 12 foiz
Shuningdek, meva sog‘liq uchun foydali bo‘lgan antioksidantlarga boy.
Meva tarkibidagi biriktiruvchi to‘qima oshqozon va ichaklar uchun juda foydali
Bundan tashqari, xurmo tarkibidagi tola qondagi qand miqdorini nazorat qilish uchun muhimdir. Bu so‘rilishni susaytirib, ovqatdan keyin qondagi qand miqdorining yuqori bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Meva glikemik indeksining past ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, ular xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Antioksidantlar miqdori yuqori
Antioksidantlar immunitet tizimi va hujayralarni turli xil kasalliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan bakteriyalardan himoya qiladi. Anjir va olxo‘ri kabi o‘xshash mevalar bilan taqqoslanganda arab xurmosi eng yuqori antioksidantlarga ega. Bu esa nafaqat miya salomatligi, balki organizmning yoshligini ham ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|