Ashurova shaxloning


 Interfaol Web sahifalarni yaratish texnologiyalari



Yüklə 350,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.05.2023
ölçüsü350,89 Kb.
#112929
1   2   3   4
ASHUROVA SHAXLO

2. Interfaol Web sahifalarni yaratish texnologiyalari. 
Web- server mijozlarning HTTP-so`rovlarini qabul qiluvchi server. Odatda 
mijozlar sifatida veb-brauzerlar qo`llaniladi va ularga HTTP-javoblar bilan 
birgalikda HTML-sahifalar, tasvirlar, fayllar, media-oqimlar yoki boshqa 
ma`lumotlar uzatiladi. Web- serverlar veb-saytning asosini tashkil qiladi.
Web- server deb yuqorida qayd etilgan amallarni ta`minlovchi dasturiy 
ta`minotni ham bu dasturiy ta`minot ishlayotgan kompyuter ham tushuniladi. 
Mijozlar Web- serverga yagona resurs ko`rsatuvchisi-URl-adres bo`yicha kerakli 
veb-sahifaga yoki serverda joylashgan boshqa resursga kirish huquqini oladi. 


Yagona resurslar ko`rsatuvchisi (inglizcha URL-Uniform Resourse locator)-
bu veb-resursning yagona lokatori (joylashuvini aniqlovchisi) dir. URL 1990-yil 
Tim Bernesli tomonidan Svetsariyaning Jenera shahridagi yadro tadqiqotlari 
bo`yicha Evropa kengashi tashkilotida yaratilgan. URL internetda fundamental 
yangilik bo`lib qoldi. Dastlab URL internetdagi resurslar (qo`shimcha fayllar) ni 
joylashuvini belgilash uchun mo`ljallangan[7].
Hozir URL internetda qariyb barcha resurslarini belgilash uchun qo`laniladi. 
URL standarti RFC 1738 hujjatida qayd etilgan. Hozir URL terminini URI 
terminiga joy bo`shatib bermoqda. Semantik o`rgumchak to`rining ko`plab yangi 
texnologiyalari URI standarticha asoslanadi. Hozir URI ning taraqqiy etishida 
asosiy rol jahon o`rgimchak to`ri konsorsiumiga tegishli. 
Internet olamida hozirgi vaqtda 390 milliondan ortiq Web- serverlar faoliyat 
yuritmoqda. Ular ichida Apache kompaniyasining Apache http–serveri va MS ning 
IIS keng ommalashgan.
Apache 
HTTP-serverining 
paydo 
bo`lishi 
internet 
tarmog`ining 
taraqqiyotining stumillashtirib turishi asosiy vosita hisoblanadi. Apache Netspage 
Communications ( hozirgi vaqtda SUN JAVA system veb server) firmasining veb 
serveriga muqobil bepul birinchi Web- server hisoblanadi. Dastur ko`plab 
platformalar: Unix, FreeBSD, Linux, Solaris, Novell Netware, MacOSX, MS 
windows va boshqalarda ishlaydi. Apache ochiq dastur kodi bilan bepul 
tarqatiladigan dasturiy ta`minot bo`lib, jahonning turli burchaklaridagi dastur 
tuzuvchilarning dasturni yaxshilash jarayonida qatnashishini va qo`shimcha 
ustkurma ishlab chiqaruvchilar va ular yordamida aniq bir maqsad uchun 
mo`ljallangan maxsus funksiyani bajarish imkonini beradi. 
Php –vebserverda HTML-sahifalarini ma`lumotlar bazasi bilan birgalikda 
hosil qilish uchun yaratilgan dasturlash tili. Hozirgi vaqtda xosting 
provayderlarninig asosiy qismi tomonidan quvvatlanadi. LAMP-veb-saytlarni 
yaratish uchun standart to`plam (Linix,Apache,MySQL,PHP) tarkibiga kiradi. 


PHP nomi “PHP: Hypertext Preprocessor”so`zlarining qisqartmasidan iborat. 
Ilgari“ Personal home page tools”so`zlarining qisqartmasi hisoblanar edi. Dastlab 
PHP veb-sahifalarni yaratishda yengillik yaratish uchun Perl ga qo`shimcha 
sifatida yaratilgan.
Tarmoqda dasturlash sohasida PHP-eng ommalashgan skrept tillardan biri 
hisoblanadi. PHP o`zining oddiyligi bajarilish tezligi,boy funksionalligi,dastur 
kodini PHP litsenziyasi asosida tarqatishga ko`ra ISP, Perl tillari bilan bir qatorda 
ommaviy hisoblanadi. PHP yadrosining mavjudligi va kengaytirish uchun 
ulanadigan modullar: ma`lumotlar bazasi soket dinamik grafika, kriptogirafik 
kutubxonalar PDF formatli hujjatlar bilan ishlash uchun mo`ljallangan 
qo`shimchalari bilan boshqalaridan farq qiladi. Shuningdek, har bir foydalanuvchi 
o`z kengaytmasini yaratib unga ulay olishi mumkin. Yuzdan ortiq kengaytirishlari 
mavjud bo`lib, standart to`plamga yaxshi sinovdan o`tgan bir necha o`ntasigina 
kiritilgan xolos. PHP interpretatori Web- serverga bu server uchun maxsus 
yozilgan modul orqali yoki SGI dastur ko`rinishida ulanadi. Bundan tashqari, PHP 
– Unix, GNU/Linux, Mikrosoft Windows, MacOS X va Amiga OS operatsoin 
sistemalarida administrativ masalalarini yechish uchun qo`llaniladi, Biroq, bu 
sohada u ommaviy hisoblanmaydi. 

Yüklə 350,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə