Tatar tillining grammatik xususiyatlari



Yüklə 17,45 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü17,45 Kb.
#134993
tatar tillining grammatik xususiyatlari


TATAR TILLINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Tatar tili — (tatarcha: татар теле) turkiy tillardan biri. Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida, Boshqirdiston, Chuvashiston, Mariy El, Udmurtiya, Mordoviya respublikalari va koʻplab viloyatlarining ayrim tumanlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyoda, Qozogʻiston va Ozarbayjonda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7 million kishiga yaqin (20-asr oxiri). Sezilarli fonetik va morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 lahjasi bor: oʻrta, gʻarbiy (yoki mishar). Tatar tili fonetikasi 10 unli fonemaning mavjudligi, labtish v fonemasining, ch qorishiq undoshining yoʻkligi, baʼzi unlilar pozitsiyasining umumturiy holatdan farqlanishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasida analitik zamon shakllari, yetakchi feʼlning koʻmakchi feʼllar bilan qoʻshilib, harakatning davomiyligi, jadalligi, tugallangantugallanmaganligi kabi maʼnolarni ifodalashi keng tarqalgan. Leksikasida arabcha, forscha, ruscha va rus tili orqali oʻzlashgan baynalmilal soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi. Eski adabiy Tatar tili yozma yodgorliklari 13-asrga mansub. 19-asrning oʻrtalaridan adabiy til xalq tili bilan yaqinlasha boshlaydi. Hozirgi adabiy Tatar tili fonetik va leksik jihatdan oʻrta lahjaga, morfologik jihatdan gʻarbiy lahjaga yaqin. Yozuvi 1927-yil gacha arab grafikasi, 1927—39 yillarda lotin grafikasi, 1939-yildan rus grafikasi asosida shakllangan. Qipchoq tillari turkiy tillar oilasining gʻarbiy xun tarmogiga mansub bir qancha oʻlik va jonli tillar guruhi. Qipchoq tillari, oʻz navbatida, 3 guruhchaga boʻlinadi: 1) sof qipchoq guruhchasi — qad. qipchoq (kuman) oʻlik tilini (qarang Qipchoq tili) hamda hozirgi jonli qaraim, qorachoy-bolqor, qrim-tatar, qoʻmiq tillarini oʻz ichiga oladi; 2) qipchoq-bulgʻor guruhchasi — oʻrta asrlarda amalda boʻlgan gʻarbiy oltin oʻrda (oʻlik) adabiy tilini hamda hozirgi jonli tatar va boshqird tillarini oʻz ichiga oladi; 3) qipchoq-noʻgʻay guruhchasi — faqat hozirgi jonli noʻgʻay, qozoq, qoraqalpoq tillarini, shuningdek, oʻzbek tilining qipchoq shevalarini qamrab oladi. Qipchoq tillarining rivojlanish tarixida 3 davr farqlanadi: moʻgʻullar bosqinigacha boʻlgan davr, moʻgʻullar bosqinidan keyingi xonliklar (Oltin Oʻrda, Qozon, Astraxan, Qrim, Sibir) davri hamda Gʻarbiy Osiyo va Sharqiy Yevropaning katta qismini, jumladan, mazkur xonliklar hududini Rossiya bosib olgandan keyingi davr. Bu davrlar qipchoqlarning turli hududlarda turli xalqlar bilan qoʻshni boʻlib yashashlari, turli dinlarni qabul qilishlari tufayli Qipchoq tillari leksikasida roʻy bergan oʻzgarishlar, qisman fonetik-grammatik oʻzgarishlar bilan ajralib turadi. Mas, tatar va boshqirdlar islom dini va arab yozuvini qabul qilganliklari sababli tatar va boshqird tillarida arabcha va forscha leksik birliklar; qaraimlar yahudiylik dini va qad. yahudiy yozuvini qabul qilganliklari tufayli qaraim tilida qad. yahudiy tili unsurlari uchraydi. Hozirgi jonli Qt.ning har biri oʻziga xos fonetik, grammatik, leksik xususiyatlarga, oʻz yozuv tarixiga ega (qarang Boshqird tili, Noʻgai tili, Tatar tili, Qaraim tili, Qozoq tili, Qo raqalpoq tili, Qorachoy-bolqor tili, Qrimtatar tili, Qoʻmiq tili, Sibir tili). Mazkur tillarda hozirgi kunda 20 mln.dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Abduvahob Madvaliyev, Isroil Poʻlatov. Qipchoq tillari — kelib chiqishi yagona qipchoq tiliga borib taqaladigan групп turk tillari guruhlarining tillar soni (11 ta til) boʻyicha eng yirik tillardan biri hisoblanadi. Boshqa nomlari: shimoliy-gʻarbiy, tau-guruh va boshqa Quyidagi ostguruhlarni oʻz ichiga oladi:
polovets-qipchoq yoki qipchoq-kuman (gʻarbiy-qipchoq, kavkaz-dogʻiston, polovets-qipchoq) — qaraim, qorachoy-bolqor, qirimchoq (lekin zamonaviy ogʻzaki nutqda va ayniqsa qirimchoq tilining yozma nutqida koʻp oʻgʻuz elementlari mavjud) va qoʻmiq tillari, shuningdek oʻlik polovets tili, momoliq-qipchoq tili va arman-qipchoq. Qirimtatar va urum tili qipchoq va oʻgʻuz tillari oʻrtasida oʻrtaliq oʻrinni egallaydi (kelib chiqishi boʻyicha bir qator shevalari qipchoq-polovets, ayrimlari — oʻgʻuz hisoblanadi, adabiy meʼyor aralash xususiyat kasb etadi);
qipchoq-bulgʻor (shimoliy-qipchoq, ural-volga, bulgʻor-qipchoq, volga-qipchoq) — tatar va boshqird tili (shuningdek alohida sibir-tatar tili ajratiladi);
qipchoq-noʻgʻoy (sharqiy-qipchoq, qipchoq-qozoq, dashti-sibir, noʻgʻoy-qipchoq) — qozoq, qoraqalpoq, noʻgʻoy, shimoliy qirimtatar, olaboʻgʻot, astraxan-noʻgʻoy, yurtov-noʻgʻoy, oʻzbek-noʻgʻoy.
Volga-qipchoq birligi hamma olimlar tomonidan tan olinmagan, oʻzgacha nuqtai-nazar mavjud, unga muvofiq tatar tili polovets qipchoq, boshqird tili esa noʻgʻoy-qipchoq hisoblanadi(E. R. Tenishev tahriridagi «Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Региональные реконструкции» kitobida aynan ushbu nuqtai nazar ifodalangan). Polovets-qipchoq ostguruhi bir qator izlanuvchilar tomonidan ikki ostguruhga boʻlinadi, birinchisiga qaraim tili va qirimtatar tili barcha etnolektlari bilan birga, ikkinchisiga esa qolganlari (qoʻmiq, qorachoy-bolqor va и yoʻq boʻlib ketgan arman-qipchoq va momoliq-qipchoq) kiradi. Qipchoq tillari sifatida, shuningdek qirgʻiz-qipchoq tillari ham kiritiladi — janubiy oltoy, fargʻona-qipchoq va qirgʻiz. Anʼanaviy ravishda avvalambor noʻgʻoy tillari bilan birlashtiriladi, lekin bu glottoxronologiya jihatidan xato: qirgʻiz-qipchoq tili turi qolgan qipchoq arealining volga, polovets va noʻgʻoy areallariga boʻlinmasidan oldin shakllangan, noʻgʻoy tili turi, aksincha, qipchoq tillaridan eng soʻnggisi hisoblanadi. Qadimgi qirgʻiz (yenisey-qirgʻiz) tili turkiy tillar sharq tarmogʻining xakas-oltoy guruhiga kirgan, qirgʻiz-qipchoq guruhini qadimgi qirgʻiz tili tarkibidan chiqaruvchi mutaxassislar shunday nuqtai-nazarga egaki, assimilyatsiya (oʻzlashtirish) jarayonida hozirgi qirgʻiz-qipchoq tillari qoʻshni qozoq tilidan birtalay xususiyatlarni (lugʻaviy va grammatik) egalladilar, bu narsa hozirgi tilshunoslarga bu tillarni qipchoq guruhiga kiritishlari uchun asos boʻladi. Qipchoq tillari butun Rossiya boʻylab Boltiq va Qora dengizdan Kavkaz va Uralgacha va Sibirgacha, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda tarqalgan. Qipchoq tillarida soʻzlovchilar soni yigirma milliondan oshadi.
Yüklə 17,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə