Asosiy qism Аtmоsfеrа hаvоsini iflоslоvchi mаnbаlаr



Yüklə 28,41 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü28,41 Kb.
#134958
1   2   3   4
iqlim ozgarishi

Ozon muammosi
Ozon muammosi. Atmosferaning 20-30 kilometr oraligida joylashgan оziga xos himoya qobig„i – ozon (O3) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Ozon qatlami Yer atmosferasining bir qismini tashkil etib, tarkibida katta miqdorda ozon bor. Ushbu qatlam Quyoshning taxminan 93 dan 99 foizgacha qattiq ultrabinafsha nurlarini yutadiki, ular tо„siqsiz Yerga yetib kelgudek bоlsa, Yerdagi hayotni tо„xtatishi mumkin. Yer yuzida, dastlab 1970-yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50 % ga kamayishi qayd qilindi. Ozon qatlami insonlar va barcha jonzotlarni Quyoshning qisqa tоlqinli ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiluvchi ekran vazifasini оtaydi. Galogenli uglevodorodlar (xlorftoruglerodlar, galonlar, tetraxlormetan, metil bromid) ozonni buzuvchi moddalar hisoblanadi.
Ozonning siyraklashuvi teri saratoni, immunotizimning kuchsizlanishi va pardali katarakta, оsimliklar jarohati, shu jumladan, оsimliklar hosildorligining pasayishi, plankton va fitoplankton singari dengiz hayvon turlari xilma-xilligining qisqarishi kabi salomatlik va ekologik muammolarning ortishiga olib keladi. 1987 - yilning 16-sentabrida ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bоyicha Monreal Protokoli ishlab chiqilgan. Ushbu sana har yili Xalqaro Ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Оzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2006 - yilning 7-sentabrida Оzbekiston Respublikasining “Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bоyicha Monreal protokoliga tuzatmalarni (Monreal, 1997-yil, 17-sentabr) ratifikatsiya qilish tоgrisida gi va Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bоyicha Monreal bayonnomasiga tuzatmalar (Pekin, 1999-yil, 3-dekabr) ni ratifikatsiya qilish tоgrisidagi qonunlar imzolandi.
Ozon qatlami tuynuklarining kengayishi va ko‘payib ketishi insoniyatning eng yangi global muammolaridan biridir. Bu masalaga 25 yil oldin britaniyalik olimlar jahon afkor ommasi e’tiborini qaratdilar. Ko‘pchilik «osmondagi bir gap» deya e’tibor bermayotgan paytda ozon qatlamining ahamiyati, uning ona sayyoramiz hayotidagi o‘rni naqadar muhimligi olimlar tomonidan qayta-qayta isbotlandi.
Ozon qatlamining asosiy qismi stratosferada, yer yuzidan o‘rtacha 15-50 km. balandlikda joylashgan. Qutblarda esa bu bor-yo‘g‘i 8 km. balandlikdan boshlanadi. 20-kilometrdan 25 km.gacha oraliqdagi 5 km.da ozon eng zich joylashgan. Juda katta qatlamni tashkil etsa-da, ozonning zichligi juda past, agar u yer yuzidagi havo qadar zichlashtirilsa, atigi 3,5 mm.li juda yupqa plyonka hosil bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ozonning ahamiyati beqiyos.
Ozon kislorodning qarindoshidir. Erkin kislorod atomlari kislorod molekulasi bilan birlashadi va ozon paydo bo‘ladi (O-O2->O3). Ozonning o‘zi juda zararli modda, kundalik hayotimiz nuqtai nazaridan qaralganda zahardan o‘zga narsa emas. Quyosh nurlari kislorodni bombardimon qilishidan hosil bo‘ladigan bu modda Yer sharidagi jamiki jonzotlarni, o‘simliklarni ayni shu quyoshning xavfli ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Ya’ni ozon qatlami yer sharining o‘ziga xos himoya qalqonidir.
Bu qatlamning yemirilish sabablari bo‘yicha bir necha nazariyalar bor. Avvaliga olimlar yuqori balandlikda uchuvchi raketalar, samolyotlar ta’sirida ozon yemiriladi, degan fikrni ilgari surishgan. Keyinchalik kimyo zavodlarining atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlari — freonlar — xlorftoruglerodlar ozonning eng xavfli kushandalari sifatida e’tirof etila boshlandi. Shuningdek, xlor va bromning zararli ta’siri natijasida stratosferadagi ozon miqdori 10 foiz kamaygan, degan taxmin ham mavjud. Ozon qatlamining yemirilishiga nafaqat insoniyatning, balki tabiiy jarayonlarning ham o‘ziga yarasha salbiy ta’siri bor. Vulqonlar uyg‘onishi, yer qa’ridagi gazlarning ajralib chiqishi bu qatlamdagi tuynuklarni kengaytiradi.
Jahon hamjamiyati Ozon qatlamini saqlab qolishning ahamiyatini tushunib yetgan holda bir qancha choralarni ko‘rgan va ko‘rmoqda. 1987-yilda qabul qilingan Monreal dalolatnomasida eng xavfli xlorftoruglerodlar ro‘yxati tuzib chiqilgan va bu moddalarni ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini kamaytirishni o‘z zimmalariga olganlar. 1990-yilning iyunida bu dalolatnomaga qo‘shimcha kiritilgan. Unga ko‘ra 1995-yilda freon ishlab chiqarishni ikki barobarga qisqartirish, 2000 yilda batamom to‘xtatish ko‘zda tutilgan. Lekin bu boradagi ishlar hammasi ko‘ngildagiday ketgan taqdirda ham, birinchi ijobiy natija, qilingan mehnatning samarasi 2050-yilga boribgina ko‘rinadi. Chunki atmosferaga chiqarib yuborilgan millionlab tonna xlorftoruglerodlar tugagunlariga qadar ancha zarar yetkazib ulgurishadi. Atmosferadagi xlor ozon parchalinishida o‘ziga xos katalizator vazifasini o‘taydi va reaksiyalarga qaramay, uning miqdori deyarli kamaymaydi. Tugab bitguniga yoki atmosferaning ozon bo‘lmagan quyi qatlamlariga qaytib tushguniga qadar bitta xlor atomi 100 000 ta ozon molekulasini parchalab tashlashi mumkin.
Ozon teshigi, ozon tuynugi — Yer atmosferasining ozon qatlamidagi uzilish; dastavval, 1985-yilda Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992-yilda esa Arktika ustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga koʻra, antropogen (insoniyat faoliyati) taʼsirlar, shu jumladan, ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlar (frenon)ni sanoat va turmushda koʻplab miqdorda ishlatish natijasida roʻyobga chiqqan. Quyoshning ultrabinafsha (200—300 nm) nurlanishi ozon katlamida yutilgani uchun tirik organizmlarga xavfli boʻlgan nurlanish Yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon katlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida 1985-yilda Vena konvensiyasi, 1987-yilda Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.
Iqlim o'zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi va havoning ifloslanishini yaxshiroq tartibga solishga keng ilmiy qiziqish mavjud, chunki umuman olganda insonning biosfera bilan aloqasi katta tarixshunoslik va siyosiy ahamiyatga ega. 1994-yilga kelib, iqlim oʻzgarishi, ozon qatlamining yemirilishi va havoning ifloslanishini tartibga solishning tegishli rejimlari haqidagi huquqiy munozaralar „monumental“ deb nomlana boshladi va birlashtirilgan konspekt taqdim etildi.[1]
Boʻlib oʻtgan munozaralar va tartibga solish urinishlarida atmosfera kimyosi va antropogen emissiya oʻrtasida baʼzi oʻxshashliklar mavjud. Eng muhimi, har ikkala muammoni keltirib chiqaradigan gazlar atmosferaga chiqarilgandan keyin uzoq umr koʻrishadi va shuning uchun ularni qaytarish qiyin boʻlgan muammolarni keltirib chiqaradi. Biroq, Ozon qatlamini himoya qilish boʻyicha Vena konventsiyasi va unga oʻzgartirishlar kiritilgan Monreal protokoli muvaffaqiyat tarix sifatida koʻriladi, antropogen iqlim oʻzgarishi boʻyicha Kioto protokoli esa muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hozirgi vaqtda sabablarni baholash va sinergiyadan foydalanish, masalan, maʼlumotlar hisoboti va siyosatni ishlab chiqish va keyingi maʼlumot almashish boʻyicha harakatlar olib borilmoqda.[2] Umumiy jamoatchilik global isishni ozon yemirilishining bir qismi sifatida koʻrishga moyil boʻlsa-da, aslida ozon va kimyoviy moddalar, masalan, xlorftorokarbonlar (CFC) va ozonning yemirilishi uchun javobgar boʻlgan boshqa halokarbonlar muhim issiqxona gazlari hisoblanadi. Bundan tashqari, stratosfera va troposferadagi ozonning tabiiy darajasi isinish taʼsiriga ega. 





Xulosa
Xulosa ornida shuni aytish keraki bugunga kunga kelib insonlar tabiatdan beshavqatlarcha foydalanib kelmoqda.Bunhga misol qilib quydagilarni keltirish mumkin. Atrof-muhitga tashianadigan zaharli gazlar ichida asosan CO, SO2, NOx (azot oksidlari), CxHy (uglevodorod gazlar) va changlar yuqori o‘rinlarni egallaydi. Atmosfera havosiga har yili 250 mln.tonnadan ortiq chang, 200 mln.tonna CO, 150 mln.tonna SO2, 50 mln. Tonna azot oksidlari, 50 mln tonnadan ortiq uglevodorod moddalari, hamda 20 mln.tonnadan ortiq CO2 gazi tashlanadi. CO gazi o'ta zaharli gazlar turkumiga kiradi. Uning ruhsat etilgan chegara konsentrasiyasi ish joyida - 20 mg/m3 , atmosferada (mak) - 3 mg/m3 , o‘rtacha sutkadagi - l mg/m3 tashkil etadi. CO gazi qonni zaharlaydi, bosh aylanishi, qayd qilish, nafas siqilishi, titrash holatlarini yuzaga keltiradi, qattiq zaharlanganda o‘limga sababchi bo‘lishi mumkin. CO gazi tarkibida uglerod elementi bo'lgan moddalaming to'liq yonmasligi oqibatida hosil bo'ladi. Ushbu gaz qora va rangli metallarni quyish jarayonida, dvigatellarni ishlash paytida, portlash ishlarida, azot birikmalari ishlab chiqarish sanoatida, neftkimyoviy sanoatda, ammiak, selitra, metall, spirt va shu kabi ishlab chiqarishlarda hosil bo'ladi . Ush bu gazni zararsizlantirish uchun sanoatda absorbsion va katalitik usuliar qo'llaniladi. Absorbsion usulda CO gazi maxsus eritmalarga yuttiriladi va alohida ajratilgan CO gazlari qayta ishlashga yuboriladi. Katalitik usulda CO gazi katalizator ishtirokida nisbatan zararsiz CO2 gazigacha oksidlanadi va atmosfera havosiga chiqarib yuboriladi. O‘zbekistonda eng yirik ishlab chiqarish korxonasi “Sho‘rtan gazkimyo majmuasi” ham atmosferani ifloslantirishda juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi (1- jadval). “Sho‘rtan gazkimyo majmuasi”ning 1 yilda atmosferaga chiqarilayotgan chiqindi gazlar tarkibi № Chiqindi gazlar nomi Miqdori, t/y 1 1 yilda ajraladigan chiqindi gazlar miqdori 2561,425 2 Azot (IV) oksidi (NO2) 448,229 3 Azot (II) oksidi (NO) 742,814 4 Uglerod (IV) oksidi (CO2) 1016,569 5 Uglevodorodlar (CnHm) 73,870 6 Oltingugurt (IV) oksid (SO2) 2,930 7 Metan (CH4) 6,858 8 Qurum 42,596 Chiqindi gazlarni tozalash, qayta ishlash, rekuperatsiyalash va zararsizlantirish usullari turlicha bo'lib, ular asosan gazlarni ajralayotgan manba turiga, uning kimyoviy tarkibiga, miqdoriga, konsentratsiyasiga, haroratiga va shu kabi ko'rsatkichlariga bog'liqdir.


Yüklə 28,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə