Asosiy qism: Bog’lovchilar Qadimgi turkiy tillarda bog’lovchilar va ularning xususiyatlari



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə2/2
tarix17.02.2023
ölçüsü23,68 Kb.
#101000
1   2
kurs ishi

BOG’LOVCHILAR
Bogʻlovchi (grammatikada) — yordamchi soʻz. Gap va gap boʻlaklarini bir-biriga bogʻlaydi. Bogʻlovchi ishlatilishiga koʻra, yakka bogʻlovchilar (va, ammo, lekin, agar, chunki va boshqalar), takrorlanuvchi (baʼzi, bir, goh, yo va boshqalar) ga boʻlinadi. Bogʻlovchi grammatik maʼno va vazifasiga koʻra, teng bogʻlovchi va ergashtiruvchi bogʻlovchilarga ajratiladi. Teng bogʻlovchilar: va, hamda — biriktiruv bogʻlovchilarga (Bahor keldi va daraxtlar uygʻondi); ammo, lekin, biroq, balki — zidlovchi bogʻlovchilarga (U ishga bordi, biroq ishlamadi); yo, yoki, yoxud, goh... goh, dam... dam — ayiruvchi bogʻlovchilarga (Dam havo ochiladi, dam yomgʻir yogʻadi); na... na — inkor bogʻlovchilarga (Na yomgʻir yogʻadi, na havo ochiladi) boʻlinadi. Biriktiruvchi bogʻlovchining vazifasini bilan koʻmakchisi, ham, -da, -u (-yu) yuklamalari ham bajarishi mumkin. -u (-yu) yuklamasi zidlovchi bogʻlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi bogʻlovchi koʻpincha bosh gapga qoʻshilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʻlab keladi. Ular — -ki (m) — aniqlov bogʻlovchi (Deydilarkim, oyda ham dogʻ bor); chunki, shuning uchun, negaki, toki — sabab va maqsad bogʻlovchi (Keldi, shuning uchun quvondim); goʻyo, goʻyoki — chogʻishtiruv Bogʻlovchi (U tik agʻanadi, goʻyo ostidan kesilganday boʻldi); agar, basharti, garchi — shart va toʻsiqsizlik bogʻlovchi (Agar kelsa, gaplashaman)larga farqlanadi.
Qadimgi turkiy tilda bog’lovchilar deyarli qo’llanmagan. Biriktiruvchi bog’lovchi vazifasida qo’llangan teng bog’lovchilardan yəmə so’zi bog’lovchi vazifasida qo’llanishidan tashqari, ravish va ko’makchi funksiyalarida ham bemalol ishlatilgan. Masalan: Әl yəmə əl boltї, bodun yəmə bodun boltї. Tun yəmə udusqїm kəlməs ərti.
Qadimgi turkiy matnlarda qo’shma gaplar o’zaro fe’l shakllaridan –p (-ip, -їp, -up, -üp), -pan, -pәn; -duq, -dük, - tuq, -tük (-in uchun) va shart mayli –sar/sәr kabi grammatik vositalar yordamida bog’langan. G’.Abdurahmonovning ta’kidlashicha, qo’shma gaplar - «hali teng va tobe bog’lovchilar bo’lmagan yoki juda kam bo’lgan davrlarga oid bo’lgan O’rxun-Enisey yozuvlari va XI asr yodnomalarida murakkab fikr sodda gaplarni yonma-yon keltirish hamda ma’lum intonatsiya va boshqa vositalar orqali ifodalangan». Ushbu fikrning tasdig’ini To’nyuquq bitiktoshidan keltirilgan misolda ko’rishimiz mumkin. Masalan: (28) sü əңəgin achdїmїz, qanї süsi tərilmish, süngüshdümüz, sanchdїmїz, qanїn өlürtimiz, qag’anqa Qїrqїz bodunї ichikdi, yükünti, yantїmїz. Kөgmən yїshїg’ əbiru kəltimiz.
Shuningdek, G’. Abdurahmonov yozadi: «XI asrdan keyingi yozma yodgorliklarda bu tipdagi bog’lovchisiz qo’shma gaplarning qismlari orasidagi semantik munosabatlarning ifodalanishi konkret vositalar…, jumladan, aning uchun leksik elementi yordamida bog’lana boshlaydi. Tāvus malāikә ter erdilar, anїң üchün Jabrāilniң qanatї kөrklük erdi. Ko’rinadiki, hozirgi o’zbek tilidagi shuning uchun bog’lovchisi bajargan vazifani aning uchun leksik elementi bajargan. Turkiy qolipdagi ergash gaplarning ayrim turlarida predikativlik to’la aks etgan.
Agar VI-XI asrlarda yaratilgan yozma obidalarda yəmə qo’llanilgan bo’lsa, XI-XIV asrlarda yaratilgan yozma obidalar tilida esa yuqoridagilar bilan bir qatorda ham, ya, yə, inizu, yaqa, əgər, kim, chun, qї, ki, naң, tub, qalї kabilar ishlatilgan.
Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar va gap bo‘laklarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog'lovchidir. Bog'lovchilar qo‘lanishiga qarab yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilarga ajratiladi. Yakka bog‘lovchilar: va, hamda, lekin, amma, biraq, -ki (-kim), cunki, agar, taki, balki, goya, basarti, halbuki, vahalanki, yaki, yaxud, ya, gar. Takroriy bog‘lovchilar: dam.., dam..., b a ’zan,..., b a ’zan, ham.., ham, bir.., bir, yaki..., yaki, ya.., ya, gah... gah, xah.., xah. Qadimgi turkiy tilda bogTovchilar alohida turkum sifatida mavjud bo’lmagan. Agglyutinativ tillar, jumladan, turkiy tillarda bog’lovchi vazifasini boshqa turkumlardagi so'zlar bajargan. Til taraqqiyo’lining dastlabki bosqichlarida jonli so‘zlashuv tili faol qo‘llangan bo’lib . aloqa vositasi sifatidagi bog‘lovchi vositalar talab qilinmagan. Til taraqqiyotining yozma shakli shakllana boshlagan davrlarda ham gap qurilishi nisbatan sodda bo’lgan. Adabiy til shakllanishi, yozma nutqning yuzaga kelishi bilan sintaktik munosabatni ta’minlovchi bog'lovchilar shakllandi va hozirda alohida turkum sifatida qaraladi. Hozirgi turkiy tillarda mavjud bog‘lovchilar ikki yo‘l bilan hosil bo'lgan:
1. Turkiy tillarda bog'lovchi vositalar sifatida o‘z qatlamga oid ayrim ta'kid yuklamalari, ba’zi fe’l shakllari, olmoshlar xizmat qilgan: qadimgi qipchoq. qacan yoldan banrlar idi o’lru bir kisi yoluqtu; gag. coyuk annamis oni padisah ana is vermiyor; turkm. Xacan ici Gorlandan zoij oylerina gaydip gelyardi; eski o'zb. sesanba edi kim Xojandqa yettim; o‘zb. naxo’lin bor, na bola-chaqa;
2. Hozirgi turkiy tillarda arab, fors-tojik, qisman, rus tilidan olingan bog'lovchilar ishlatiladi: a) arab: ozarb. amma, lekin, faqat; tat. emme, lekin, faqat; yeni; turkm. amma, veli, velik; o'zb. ammo, lekin, lek, va lekin; b) fors-tojik: ozarb., boshq., tat, uyg'. ham; gag., turk., turkm. hem; ozarb. ya, yaxud, hercend; uyg'. eger; turk. eger; ozarb. boshq. gerce; ozarb., turkm. gah, ozarb, gag., turk. ne, ozarb., turk, gag. ister; ozarb., gag., turk, turkm, o 'zb ,-ki, xoh, ham, ya, yaxud, garchand, goh, agar, na; d) arab, fors-tojik: ozarb. inadamki, madamiki: ozarb., uvg'. ve xem, va yaxud, vayeki; e) rus, boshq. e, etu, xayata; gag. da, a: qaraim. to, a, i, no, xatya, xo’l; zato, xot kabi. Hozirgi turkiy tillarda bog'lovchilar an'anaviy ravishda teng bog'lovchilar va ergashtiruvchi bog'lovchilarga bo'linadi. I. Teng bog‘lovchilar. Teng bog'lovchilar gap bo'laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi teng munosabatlarni ifodalaydi. Teng bog'lovchilar grammatik jihatdan teng bo'lgan gap bo'laklarini, teng munosabatli sodda gaplarni bog'laydi. Teng bog'lovchilar a) uyushiq bo'laklam i b) qo'shm a gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun xizmat qiladi. Teng bog'lovchilar quyidagicha: l.Biriktiruv bog'lovchilari: ve, hem-hem;hem, de ki, ve hem de, ne... ne, ne de ki, da / / de, hemcinin, hetta, habele. Biriktiruv bog'lovchilari murakkab tarkibli gaplarning oddiy bo'laklari va qismlarini bog'laydi, gaplar. gap bo'laklari o'rtasidagi mantiqiy-grammatik munosabatni ifodalashga xizmat qiladi.
2. Zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biraq, balki, halbuki (~u,-yu), valekin.
3. Ayiruv bog^lovchilari: ya, yaxud, yaki, yainki, gah..., gah, ba’zan...,ba’zan, xoh...,xoh, dam..., dam, bir..., bir: azu /aju “yoki’': tiztim yegil azu qagun yegil “uzum yoki qovun yegin”.
Va (-u//-vu//-yu) bog‘lovchisi: eski o‘zb. Dard va gam an ol biru bir; ozarb. sanin xalgin hisabsiz Rum va Rus va Afganistan va Hindiston va Turkistan va Arabistan va Farciyistan mamlakatlarini.. ham, hamda bog’lovchisi: boshq. min uqizim, ham yazam; ozarb. uzun ham enli; eski o‘zb. koniil berdi soz ham yiiriitti tilitj; taki/ ta// da bog‘lovchisi: qadimgi turk. tic ytiz Taqi sekiz altmis; кип togus indan da kiin batusigaca; turk. burnt alsm da oqusun, beni gordii de salam verdi; o‘zb. kitobni oldi-da ketdi; basa//baza bog‘lovchisi: olt. bistir} derde mes qaragay cibi baza tit ozup d ’at; tuv. xat xadan baza cas caggan “shamol turdi va yom g‘ir yog‘d.i”; xak. anil] pu sarinda kider tirekter softer paza tittar tulgapcatxanncir “uning bu tomonida qator teraklar o'sgan va tutlar tebranadi”. bilan//ila//minen//mei]//-la// bog‘lovchisi: ozarb. sakl Ha mana arasmda; qoz. qalam men dapter; qirg'. uy menen qoy “sigir bilan qoy”, Aziz menen Abdilda; qum. al bulcin yasil, кок bilan yerni arasmda’, tuv. oskii bil xoy, kidiraas bila qarandas “daftar bilan qalam” ; Zidlov bog‘lovchilari uyushiq bo‘laklar, sodda gaplar va bogiovchili qo‘shma gaplar tarkibida qo'llanib, ular o ‘rtasidagi zidlik munosabatini ifodalaydi. Bular quyidagilar: Yemi//de//ye bogiovchisi hamma turkiy tillarga xos emas, ayrim turkiy tillardagina uchraydi: olt. qis qarlu de sok emes “qish qorli, lekin sovuq emas”, bistiy taadabis qargan de qadiiq “bobomiz keksa. lekin baquvvat”; xak. Chuhm sug ulug nimes ce tirey “Chulim daryosi katta emas, lekin chuqur” kabi. Tize(rj) / / deze bog‘lovchisi: olt. olor biske ayttilar bis deze ukpadibis ”ular bizga aytdilar, lekin biz anglamadik”; shor. men seni qiygirgam sen teze un perbediy “men seni chaqirdim, lekin sen javob bermading”, alar anda qaldilar men tezepere nan keldim “ular qoldi, men esa keldim”, xak. xaxpas xiri irgilenin carimi-la turca carimin tizey kemniy-de xoli cardinay naacilap saltir “ochiq qoldi, lekin yarmi yana kimningdir qo‘li bilanyopildi”. Vale, va, lekin, lek, amma bog‘lovchilari: ozarb. bir gedeyem men veli gor niyyati sultanhgim “bir gadoman, lekin sultonlikka niyatimni ko‘r”, goz yasi tokerdi leyk ne sud “ ko'zdan yosh to'kildi. lekin ne foyda”; eski o'zb. magar uyquda yiizurt korgay erdim, vale hajrinda kozdan ucdi uyqu; xub ay tip edi, amma men razi bolmadim; o‘zb. gapingiz to'g'ri ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. O'zbek tilida biroq va balki zidlov bog'lovchilari ham bo'lib, bu boshqa turkiy tillarda, devarli, uchramaydi: O'ktam mevalarni saralaydi, biroq, yegisi kelmaydi (Oybek). ...yolg'iz o'zi emas, balki butun kosib ahlining ahvoli pachava ekanini ochib tashladi (Oybek). Ayiruv bog'lovchilari harakat, voqea-hodisaning takrorini anglatadi: ya “yoki”; ne ...ne, ara, ham,jena "yana”. Ara: qadimgi turk. Ara ac, ara toq; ara bar bolur men, ara yoq bolur; arala avitur, ara yiglatur va h.k. Bir-bir: qorachoy-balq. bir ol keledi bir boru; tuv. birde baji, birde xoldan “goh qo'li, goh boshi” kabi. Gah: ozarb. gah biza gelir, gah onlara; eski o'zb. Korsatiir gah tig va gah oq; gah sarv uzd gahi gul tiza; o'zb. и qizga birdan chaqnovchi goh ко ‘kish, goh ко ‘к ко ‘zlari bilan boqar va h.k. Xah: seni, seni sevaran xah man, xah inanma; xah biigiin xah ertaga va boshqalar. Ya, yaki, yaxud: ozarb. ya man, ya san ya da ki dostumuz orayga getmayik; boshq. ya ungaya sulga; turk. ya ben aldamyorum, ya sen\ eski o'zb. ya nisan aylar bagirm, ya yurakni ya meni; yaxud armani, yaxud arab va h.k. Inkor bog'lovchisi na eski o'zb. na kisi ay a oxsar, na ol kisigci; turk. na bimin na gunduzin aram etmek; ozarb. na ozu, na da dostu bunu bilmadilar; boshq. ni Azat yoq ni Nail; o'zb. na suv bor, na ozuqa, na daraxt; chuv. ni mase ni sarje “na jun, na momiq” va boshqalar. II.Ergashtiruvchi bog'lovchilar ergashgan qo'shm a gaplar tarkibidagi sodda gaplarni bog'laydi, tobelik munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Ergashtiruvchi bog'lovchilar quyidagicha:
1. Aniqlov bog'lovchilari: ya ’ni,-ki,-kim;
2. Sabab bog'lovchilari: cunki, suniy iiciin, negaki, zeraki, nainki;
3. Shart bog'lovchilari: agar, agarda, basarti, agarci (gardi), garcand, madamiki;
4. Chog'ishtiruv bog'lovchilari: goya, goyaki.
Ozarbayjon tilidagi bog'lovchilar: sodda bog'lovchilar: ve “va”, hem “yana”, ham, ya, yaki, gah, bazan, yer “agar”, ancag, amma, biraq, dexi “va”, meselen, ne-ne “na-na”, zira, goyaki, ciinki-cunki, neinki “nainki”, hemcinin “yana”, kerak “agar”, jaxud “yoxud”, habele “shunday”, hercend “garci”; murakkab bog'lovchilar nisbatan ko'proq, ular ikki va undan ortiq bog'lovchilardan yoki ko'rsatish olmoshining ko'makchi, ba’zan bog'lovchi bilan birikuvidan hosil bo'ladi: ve hem, vayana. ve ne “na u na bumes, ve ja “yaki”, ve yaxud a yaxud”, ve hescinin “va suningdek”, ve hercend “ va garcand”, madamki “madamiki”, hercend ki “garcandki”, kah da “va ba’zida”, hem de “va hamda” , vayainki “va yainki”, yainki de “va yainki”, veya k i“v a yaki”, ve neinki, “va suningdek”, veya da “unisi ham, bunisi”, ve yaxud da “nafaqat”, ve kah da “ va yaki”. Chuvash tilida bog'lovchilar son jihatdan juda kam. Eng ko'p qo'llanadigan bog'lovchilar ta, te, tata “hamda”, ye-ye “yoki”, per-per “o'sha-o'sha”, arjax-sayax “ammo”, memen tesen “shuning uchun”, yengen “agar".

1 Birsel Karakoc. Notes on subject markers and copular forms in Turkish and in some Turkic varieties of Iran: A comparative study. Germany. 2009.

Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə