Asosiy vosiтalar hisobi


Dt Uskunaning jamlangan amortizatsiyasi 350.000 Dt



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə19/21
tarix23.12.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#97772
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
ASOSIY VOSITALARNI HISOBDAN CHIQARISH VA ULARNI HISOBDA AKS ETIRISH

Dt Uskunaning jamlangan amortizatsiyasi 350.000
Dt Uskunani hisobdan chiqarishdan zarar 200.000
Kt Dastgoh 550.000
Eslatma: BHMSga ko’ra asosiy vositalar va boshqa aktivlarni hisobdan chiqarishda vaqtinchalik (tranzit) hisobvaraq «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag’i orqali aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasida paydo bo’lgan foyda va zararlar boshqa daromad va xarajatlar singari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar sotilishi sababli chiqib ketishini qayd qilish. Asosiy vositalarni pulga sotishni aks ettiruvchi buxgalteriya o’tkazmalarida yukoridagiga o’xshash uning boshlang’ich qiymati va jamlangan eskirishso’mmasi ko’rsatiladi va shu bilan birga uni sotish natijasida olingan pul mablag’i ham aks ettiriladi. Misolimizdagi dastgohni sotilishini bir nechta holatlarni ko’rib chiqaylik:
Birinchi holat - sotish bahosi 200.000 so’mni tashkil qiladi, bu qoldiq qiymatiga teng va shunday qilib foyda yoki zarar mavjud emas.


Dt Pul mablag’lari 200.000
Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000
Kt Dastgoh 550.000


Ikkinchi holat - asosiy vosita 150.000 so’mga, ya’ni balans qiymatidan kam qiymatda sotildi. Bu holda zarar 50.000 so’mni tashkil qiladi.


Dt Pul mablag’lari 150.000
Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000
Dt Hisobdan chiqarishdan zarar 50.000
Kt Dastgoh 550.000


Uchinchi holat - asosiy vosita 280.000 so’mga, ya’ni balans qiymatidan ko’proq narxda sotildi. Bu holatda asosiy vositalarni sotishdan olingan qo’shimcha 80.000 so’m foyda sifatida aks ettiriladi.


Dt Pul mablag’lari 280.000
Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000
Kt Asosiy vositani sotishdan olingan foyda 66.667
Kt Ko’shilgan qiymat solig’i 13.333

Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə