Asqarov-akbarali-moliya-asoslari-531-22. pdf



Yüklə 39,98 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü39,98 Kb.
#135467
növüReferat
asqarov-akbarali-moliya-asoslari-531-22



O`ZBEKIRTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGi
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“ SERVIS ” FAKULTETI
“ IQTISODIYOT VA MENEJMENT ” KAFEDRASI
“ MOLIYA ASOSLARI ” FANIDAN
REFERAT
Bajardi: 531_22 guruhi talabasi: Asqarov Akbarali
Qabul qildi: Nasriddinov Jasurjon
JIZZAX-2023


Mavzu
:
Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy va huquqiy
asoslari.
Reja:
1.
 Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’ekti, predmeti, tizimi,
vazifalari, prinsiplari


Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga 
ob’ektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon 
bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda 
qaraladi: 
• barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va 
moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan 
nazorat organlarining qat’iy tartibga solingan faoliyati; 
• moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga 
muvofiqligini ta ’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada 
moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas qismi.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi bir-biri bilan 
o ‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va 
sub’ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi 
holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa,
ikkinchi holda moliyaviy nazoratning tahliliy tomoniga katta 
e’tibor beriladi. Davlat, korxona va tashkilotlaming barcha 
moliyaviy faoliyati ustidan turli darajadagi qonunchilik va ijroiya
hokimiyati organlari, shuningdek maxsus tashkil etilgan 
muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga 
moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul 
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida 
moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-
xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga 
oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan 
nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy 
nazorat u yoki bu moliyaviy harakat amaliyotini baholash bilan 
cheklanmasdan, balki o‘z tahliliy yo‘nalishiga egadir. Moliyaviy 
nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi
uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha 
sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harajatining barcha 
jarayonlarida, shu jum ladan, moliyaviy natijalarni idrok etish
jarayonida ham qatnashadi. Shuning uchun ham moliyaviy 


nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy 
nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko'rsatkichlardan 
iborat:
- turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
-soliq to‘lovlarining hajmlari; 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning daromadlari; 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning muomala xarajatlari; 
- tannarx va foyda; 
- uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari; 
va boshqalar.
Moliyaviy nazorat predmeti bo‘lgan yuqoridagi 
ko‘satkichlarning ko‘plari hisobli ko'rsatkichlar jumlasiga kiradi, 
va bu narsa, o‘z navbatida, ular amaldagi qonuniy hujjatlarga 
qay darajada muvofiq, to ‘g‘ri va ishonchli ekanligini tekshirishni
taqozo etadi. Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga 
oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U davlat va boshqa barcha 
iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga
qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda 
moliyaviy nazorat, o‘zaro ta’sirchan hamda mustaqil bo‘lgan ikki
sohaga bo‘linadi:
• davlat moliyaviy nazorati; 
• davlatdan tashqari moliyaviy nazorat.
Davlat moliyaviy nazorati — davlatning asosiy qonunlariga
tayanadigan va hokimiyat hamda aniq boshqaruv organlari 
iqtisodiyhuquqiy harakatining ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan 
tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakat 
Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy 
reglamenti davlatning tipi, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishi, iqtisodiy 
tarqqiyot darajasi, mulkchilik shakllari nisbatiga bog‘liq. 
Moliya proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat
moliyaviy resurslarini shakllantirish, to‘liq va uzliksiz tushib 
turishi va maqsadli foydalanish bilan bog‘liq pul resurslari 
harakatining barcha tarmoqlari (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi.


Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga 
oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlar yaratishga 
qaratilgan. Bu narsa, eng awalo, barcha darajalardagi byudjetlar
va byudjetdan tashqari fondlarni ishlab chiqish, muhokama 
qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar 
va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan 
nazoratni anglatadi. Umum milliy iqtisodiy manfaatlarga, 
aloqador bo‘lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat 
sektorida ham xususiy va korporativ biznes sektorida taftish va 
tekshirishiarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq 
iqtisodiyotning davlatdan tashqari sektorida davlat tomonidan 
amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa 
majburiy to ‘lovlarni ham qo‘shib olgan holda davlat oldidagi 
pul majburiyatlari qanday bajarilayotgani, ularga ajratilgan 
byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga 
muvofiqlilik va qonuniylikka rioya qilinishi, shuningdek, 
hukumat tom onidan belgilangan pul hisob-kitoblarini tashkil 
etish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalarini 
nazorat qilish ham qamrab oladi. Davlatdan tashqari moliyaviy 
nazorat ikkiga bo‘linadi: 
-ichki (firma ichidagi, korporativ) 
- tashqi (auditorlik).
Moliyaviy nazoratning davlat va davlatdan tashqari 
sohalari nazoratni amalga oshirish metodlari o ‘xshashligiga 
qaramasdan, pirovard maqsadlariga ko‘ra bir-biridan tubdan 
farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi 
davlat xazinasiga resurslarni tushirishni maksimallashtirish va 
davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo‘lsa, bunga 
qarama-qarshi ravishda davlatdan tashqari moliyaviy 
nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi) bosh maqsadi 
joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida 
davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni 
minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o'zida moliyaviy 


nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy 
doirasi bilan cheklab qo‘yilgan. Pul munosabatlari, moliyaviy 
resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta 
taqsimlash jarayonlari, shujumladan, barcha darajalardagi va 
xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlaridagi pul fondlari shaklidagi 
moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’ekti hisoblanadi. 
Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, 
rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat 
ko‘rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va 
ayrim hoLlarda pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga 
oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi moliyaviy nazoratning 
sohasi hisoblanadi. Moliyaviy nazorat o‘z ichiga quyidagi 
tekshiruvlarni oladi: 
• iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni 
taqsimlash va qayta taqsimlash porporsiyalarining optimalligi); 
• byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
• korxona va tashkilotlar, byudjet- muassasalariga tegishli 
bo‘lgan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali 
foydalanish;
• o‘zaro soliq munosabatlari. Taraqqiy etgan mamlakatlarda 
moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo‘lib, quyidagi 
qismlardan tashkil topadi: 
• bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga 
bo‘ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi 
davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni 
o‘rnatishdir; 
• asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib 
tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati 
yoki moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi soliq muassasi; 
• quyi tashkilotlarni tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat 
tashkilotlari tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar; 


• hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy 
operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi 
davlatdan tashqari nazorat xizmatlari;
• asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni 
optimallashtirish va foydani oshirish bo‘lgan ichki nazorat 
xizmatlari. 0‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda 
moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham 
qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga Markaziy bank, 
Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalami kiritish mumkin. Bozor 
xo‘jaligi asoslarining mustahkamlanib borishi bilan moliyaviy 
nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq qiyofaga 
ega bo‘lib, sekin-astalik bilan g‘arb modeliga yaqinlashadi. Bu 
model amaliyotda o'z samaradorligini yaqqol ko‘rsatgan. 
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat: 
• pul fondlarining o‘lchami va moliyaviy resurslarga bo‘lgan 
ehtiyoj o ‘rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir 
ko‘rsatish; 
• davlat byudjeti oldidagi majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq 
bajarilishini ta’minlash;
• moliyaviy resurslarni ko‘paytirishning ichki xo‘jalik 
imkoniyatlarini qidirib topish;
• va boshqalar. Jahon hamjamiyati ko‘p yillik tajriba asosida 
moliyaviy nazoratni tashkil etishga doir asosiy prinsiplarmi 
ishlab chiqqanki, hoziigi paytda dunyoning har bir 
sivilizatsiyalashgan davlati ularga rioya qilishga intiladi. Bu 
prinsiplar INTOSAPning Lima deklaratsiyasida o‘z aksini topgan. 
Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
• mustaqillik; 
• ob’ektivlik; 
• kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);
• oshkoralik. 


Moliyaviy nazorat mustaqilligi nazorat organining moliyaviy
jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat 
muddatlari parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek 
ularning konstitutsion yo‘nalishi bilan ta’minlanishi kerak. 
Ob’ektivlik va kom petentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar 
tom onidan amaldagi qonunchilikka so'zsiz itoat etilishini, 
taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan o'rnatilgan 
andozalariga qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining 
yuqori kasbiy darajada bo‘lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat
nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari 
bilan doimiy aloqada bo‘lishini ko‘zda tutadi. Ала shu asosiy 
prinsiplardan amaliy yo‘nalish kasb etuvchi quyidagi boshqa 
moliyaviy nazorat prinsiplari kelib chiqishi mumkin:
• natijalilik; 
• nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi
va mantiqiyligi;
• nazorat sub’ektlarining sotib olinmasligi;
• tekshirish va taftish hujjatlarida keltirilgan m a’lumotlarning 
asoslanganligi va isbotlanganligi; 
• preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining 
ogohlantiruvchanligi); 
• moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha shubhalanilayotgan shaxslarning 
sudgacha aybsizlik prezumpsiyasi;
• turli nazorat organlari faoliyatlarining 
muvofiqlashtiruvchanligi; 
va boshqalar. 
Har bir davlat, odatda, moliyaviy nazoratni tashkil qilish 
tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi qonunlar 
qabul qilayotgandi. yuqoridagi prinsiplarga tayanadi. Bir 
vaqtning o‘zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining o‘z 
reglamenti (tartibi) mavjud bo‘lib, bu narsa pirovardida 
moliyaviy nazorat natijalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


Foydalanilgan Adabiyotlar:
1. Vahobov A. va boshqalar. Budjet-soliq siyosati yaxlitligi. O’quv 
qo’llanma. -T.:Iqtisod va moliya. 2005. 285b
2. Vahobov A. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. 
T:Sharq 2005. 220b
3. Malikov T. Xaydarov N. Davlat budjeti. O’quv qo’llannma T: “Iqtisod- 
moliya” 2007, 84b

Yüklə 39,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə