Assotsiativ psixologiya namoyondalari


Muxammad Gabdugalimovich Davletshin



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə4/4
tarix05.10.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#125730
1   2   3   4
2 мавзу PSIXOLOGIYA FANIGA XISSA QO\'SHGAN OLIMLAR

Muxammad Gabdugalimovich Davletshin
Psixologiya fanlari doktori, professor M. G.
Davletshin 1968-2001 yillarda kafedrani boshqargan. Jumladan prof. Davlentshinning “Umumiy psixologiya” va “Yosh davrlari pedagogik psixologiya” nomlari ostida darslik va qo‘llanmalari o‘zbek va rus tillarida nashr qilindi. Professor M.G. Davletshinning ilmiy-pedagogik maktabi” shakllandi. G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishanova, F.I.Xaydarov, E.N.Sattorov, F.S.Ismailova, N.S.Jo‘raev kabi o‘nlab yuqori malakali yosh psixologlar yetishib chiqdilar.
    • Psixologiya fanlari doktori, professor R.I. Sunnatova 2006-2008 yillarda kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. R.I.Sunnatovaning ilmiy qarashlari yosh va pedagogik psixologiya sohasida bo‘lib, uning rahbarligida 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlanib, himoyaga olib chiqilgan. Bundan tashqari, Ra’no Izzatovna Sunnatova 2001 yilda «Individualnыe osobennosti mыslitelnoy deyatelnosti» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga muvofiq bo‘ldi. R.I. Sunnatova tomonidan ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, monografiya va metodik qo‘llanmalar tayyorlandi.

Sunnatova Ra’no Izzatovna

Nishanova Zamira Taskaraevna


Psixologiya fanlari doktori, professor Z.T.Nishanova 2008-2010 yillari kafedrani boshqardi. Z.T. Nishonova 2005 y. “Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Z.T. Nishonova rahbarligida hozirgi kunda 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Z.T. Nishonova mustaqil ijodiy fikrlashning psixologik asoslariga oid ilmiy izlanishlarini ilmiy maqola, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar ko‘rinishida chop ettirgan.

Dusmuxamedova Shoira Akbarovna


Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Dusmuxamedova 2010-2011 yillarda kafedrani boshqargan. Ularning rahbarligida 1ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlandi. Kafedra mudiri faoliyati davomida “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” nomli darslik, “Pedagogik psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi kafedra a’zolari bilan birgalikda boshqa ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar va metodik qo‘llanmalar tayyorlandi.

Safaev Nuriddin Salixovich


Psixologiya fanlari doktori, professor N.S.Safaev 2003-2006, 2012-x.k kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. N.S.Safaevning ilmiy qarashlari ijtimoiy va etnopsixologiya sohasida bo‘lib, uning rahbarligida 6ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlanib, himoyaga olib chiqilgan. Bundan tashqari, 2008-2012 yillarda psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini beradigan ixtisoslashgan kengashga rahbarlik qilgan. N.S.Safaev tomonidan ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, monografiya va metodik qo‘llanmalar tayyorlandi
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə