At-termiy ash-shamoiy an-nabaviya reja: Hakim at-Termiziy hayot yo’li. Yoshlikdan ilm olishga intilganlari



Yüklə 28,18 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü28,18 Kb.
#132927
  1   2
AT-TERMIY ASH-SHAMOIY AN-NABAVIYA


AT-TERMIY ASH-SHAMOIY AN-NABAVIYA
Reja:
1. Hakim at-Termiziy hayot yo’li.
2. Yoshlikdan ilm olishga intilganlari.
3. Tariqat va ta’limotlari.
4. Hazrat Hakim Termiziy asarlari
5. Hakim Termiziyning xadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi
1. Hakim at-Termiziy hayot yo’li.
Abu Abdullox, Muxammad ibn Ali ibn Xasan ibn Bashir al-Xakim at-Termiziy diyorimizning eng qadimiy ilmu ma’rifat markazlaridan bo’lmish Termiz shahridan yetishib chiqqan benazir olim, ulug’ mutafakkir va ma’naviyat peshvolaridandir.
Ilmiy va e’tiborli tasavvufiy manbalarda bu olim va orif zotning nomi ulug’ ehtirom bilan eslanadi. Abu Abdurraxmon Sulamiy (vafoti 1021 y.) «Tabakot us-sufiya» kitobida u kishidan bir qancha hikmatli va ma’rifatga oid so’zlarni naql qilsa, hazrat Fariduddin Attor (1148/51-1219/21) «Tazkirat ul-avliyo» kitobida u zotni «sunnatning salimi, millat (din)ning azimi - ulug’i, avliyoning mujtahidi, asfiyoning - sof zotlarning mutafarridi (yagonasi), ilohiy sirgohning maxrami-sirdoshi, zamon shayxi - Muxammad ibn Ali Xakim at-Termiziy, raxmatulloxi alayx, shayxlarning muxtashamlaridan va valoyat ahlining muhtaramlaridan edi» deb ta’riflaydilar1.
Bu tavsiflarning eng oliysi «ilohiy xarimning — Al­loh sirgohining mahrami-sirdoshi» degan ta’rifdirki, xuddi uzukka ko’z kuygandek. Hazrat Hakim Termiziyning hollariga yarashgan vasf ana shudir.
Muhabbat do’konining Attori yana tavsifda davom etib, ay­tadilar: «U barcha tillarda maqtalgan, ma’nolar sharhida nodir namuna, hadis, rivoyat va xabar (xadis ilmi) bobida komil ishonchli zot edi. Ma’rifat va haqiqatlar bayonida hayratlanarli, qabuli barkamol, hilmi go’zal, shafqati mo’l, xulqi ulug’ zot edi. Va uning riyozat va karomatlari ko’pdir. Ilm-fan sohalarida komil, shariat va tariqatda mujtahiddir. Termiziylar jamoasi unga iqtido qilurlar. Uning mazhabi shunday ilm asosiga qurilgan ediki, u zot olimi Rabboniy bo’lib, ummatning hakimi edi. Birovning muqallidi - taqlid qiluvchisi emas, chunki o’zi sohibi kashf va sohibi asror edi. Bag’oyat hikmat sohibi bo’lganidan u zotni Hakim ul-avliyo (Valiylar hakimi) deb atar edilar».
Hazrat Alisher Navoiy ham «Nasoyim ul-muhabbat»da u zotni ta’riflab: «Mashoyixi kibordindur (shayxlarning ulug’laridandir)», - deydilar. Yana «Kashf ul-mahjub» kitobining sohibi u kishi haqida ko’p mubolag’a bilan so’z qilishini aytib: «Ul debdurki: «Mening pirim der erdikim Muhammad (Termiziy) durri yatimdurki, olamda adili (tengi) yo’qdur» , - deydilar. «Durri yatim» deb bir sadaf ichida yakka o’zi yetishgan yirik, donador durni, ya’ni o’ta qimmatbaho inju-marvaridni aytadilar.
Muhammad Boqirning «Maqomoti SHoh Naqshband» kitobida hazrat Bahouddin Naqshband pirimizning ushbu so’zlari keltiriladi: «Yigirma ikki yildirki, biz Hakim Ali Termiziy tariqatiga ergashamiz va ular besifat edi­lar. Agar biror kishi bilsa, men ham bu zamonda besifatdurman».
Bu o’rindagi «besifat» degani janob Payg’ambarimiz alayhissalomda va avliyolarning ulug’larida bo’ladigan o’xshashi yo’q xislatdir.
Tavalludlari
Tavallud va vafot yillari turli kitoblarda turlicha ko’rsatilgan. Lekin vafot etgan yili va uzoq; umr ko’rganligi nazarda tutilsa, hijriy uchinchi asrning birinchi daxasi, milodiy IX asrning birinchi choragi atrofida deb taxmin qilish mumkin. Vafot tarixini esa olimlar, asosan, 235-hijriy-qamariy (milodiy 898) va 269-hijriy-qamariy (milodiy 909) yil deb ko’rsatishgan.
Al-Hakim at-Termiziy tavalludi sanasini oydinlashtiruvchi eng muhim ma’lumotlar, asosan, uning tasavvuf tariqati doirasidagi ilk ustozlarining tavalludi va vafoti sanalaridir. Fariduddin Attorning «Tazkirat ul-avliyo» kitobida: «Ul zot Abu Turob Naxshabiy, Ahmad Hadraviyya va Ibn Jallo hazratlarining suhbatlarini topgan, Yahyo ibn Mu’oz bilan ham bahslashgandir», - deyiladi. E’tibor berilsa, Abu Turob Naxshabiyning vafoti 861 yil, Ahmad Hadraviyyaning vafoti 855 yil, Ibn Jallo va Yaxyo Mu’ozning va­foti 872 yillar ekan.
Xulosa shuki, barcha dalil-isbotlar, shu jumladan, al-Hakim at-Termiziy ustozlarining hayot yillari, alloma safarlari, arxeologik ashyoviy dalillar va boshqalar o’zaro qiyosiy taqqoslanganda al-Hakim at-Termiziyni 800 yillarning boshlarida tavallud topgan deyishga imkon beradi.
Vafotlari
Mualliflar jamoasi yozadilar: «Al-Hakim at-Termiziy qabr toshida alloma vafoti 255 (869) yil deyilgan, ayni shu sana allomaning XV asrda ko’chirilgan «Navodir al-usul» va Hoji Xalifaning (1609-1657) «Kashf uz-zunun» asarlarida ham qayd etilgan. Hoji Xalifaning asari qabri ustiga marmar qabrtosh o’rnatilgandan keyin ikki yuz yil o’tgach yozilgan va toshdagi sanaga asoslangan. Alloma asari «Navodir al-usul» va Hoji Xalifaning «Kashf uz-zunun» asarlaridan boshqa barcha yozma manbalar marmar qabrtoshdagi al-Hakim at-Termi­ziy vafoti sanasi 255 (869) yil ekanligi kat’iy rad etadi. Mavjud manbalarga ko’ra, al-Hakim at-Termiziy tarjimai holida zavjasining 269 (883) yili tush ko’rgani, olmon olimi B. Radtke tuzgan al-Hakim at-Termiziy safarlari yilnomasi va boshqa mavjud manbalar al-Hakim at-Termiziyni 869 yil­da hayot bo’lganini tasdiqlaydi. Qolaversa, 869 yil al-Hakim at-Termiziyning islom dunyosida mashhur ilohiyotchi sifatida tanilgan vaqti hamdir. Alloma dafn etilgan maqbarani qayta ta’mirlash jarayonida al-Hakim at-Termiziy vafoti sanasini yanada aniqroq qilishga imkon beruvchi yangi ilmiy-ashyoviy dalillar topildi. Al-Hakim at-Termiziy qabri atrofida shakllangan eng dastlabki maqbara tomonlari 30 x 30 sm, qalinligi 5-6 sm bo’lgan xom g’ishtlardan bunyod etilgan. Ayni shu kattalikdagi g’isht fanda «somoniylar davri g’ishti» deb ataladi va ularning qurilishda keng ko’lamda ishlatilishi IX asr oxiri va X asr boshlariga oid.
Eski Termizdagi al-Xakim at-Termiziy makbarasi qabr-toshidagi alloma vafoti ko’rsatilgan hijriy 255 (milodiy 869) yilda al-Hakim at-Termiziy hayot bo’lgan va, yozma man­balarga ko’ra, xalifalikning Basra, Kufa kabi shaharlariga tashrif buyurib, hadislar to’plagan. Al-Hakim at-Termizining hayoti va faoliyati bilan bog’liq bu sanalar allomaning 749 yilda tavallud topganligi haqidagi fikrlarni butunlay inkor etadi.
Hazrat Hakim Termiziy tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlarning fikricha, manbalarni qiyoslab o’rganish natijasi shuni ko’rsatadiki, al-Hakim at-Termiziyning tavallud yili 809-810, vafoti yili 898-909 yillar oralari degan fikr hakikatga yaqindir.
Nom va laqablari
Al-Hakim at-Termiziyning laqablari haqida Abu Abdurahmon as-Sulamiyning «Tabaqot us-sufiyya» asarida Abu Abdulloh shaklida keladi. Al-Hakim at-Termiziyning tarjimai holi keltirilgan asarlarda ham, shuningdek, uning asarlari va risolalarining nomlarida ham u turli laqablar bilan atalganini ko’ramiz. Jumladan, uni ash-SHayx, al-Olim, al-Alloma, Muhaddis, az-Zohid, al-Hofiz, ayniqsa, aksar hollarda al-Imom laqablari bilan ataganlar. Bundan tashqari, al-Hakim at-Termiziy ba’zi hollarda al-Muazzin degan laqabga ham ega bo’lgan. Bu laqab u kishining «Tahsiyl nazoir ul-Qur’on», «Al-Masoil al-maknuna», «Navodir ul-usul fi ma’rifat axbor ar-Rasul» kabi asarlarida, shuningdek, tarixchilar SHamsuddin az-Zahabiyning «Tazkirat ul-huffoz», Ibn Hajar al-Asqaloniyning «Lison al-mezon» asarlaridagi al-Hakim at-Termiziyning tarjimai holi keltirilgan qismlarida ham ko’rishimiz mumkin.
Albatta, ushbu laqablar uning ilmiy salohiyati g’oyatda yuksak bo’lganligi va bu hol ilmu irfon namoyandalari tomonidan yuksak e’tirof etilganidan dalolat beradi. Ayni vaktda, at-Termiziy, asosan, al-Hakim laqabi bilan atalib, al-Hakim at-Termiziy (ba’zan at-Termiziy al-Hakim) shaklida keltirilgan. Binobarin, at-Termiziyga berilgan al-Hakim laqabini ba’zilar «Tabib» ma’nosida talqin qilishgan va shunga ko’ra at-Termiziyni buyuk tabib deb hisoblagan.
Bu o’rinda aytish kerakki, «tabib» va «hakim» so’zlari o’rtasida muayyan darajada umumiylik mavjud. Aynan shu mavzuga, ya’ni tabiblar, hakimlar haqidagi muhim qomusiy kitoblardan biri Ibn Jaljalning «Tabaqot ul-atibbo val-hukamo»siga murojaat qilsak, uning «Buqrot» bobida shunday yozilgan: «Tabib bo’lgan kishi ruhoniyati toza, fazilatli, o’z birodarlariga shafqatli, shakli chiroyli, kiyinishi ozoda, o’z kasbini yaxshi egallagan, hakim (ya’ni aqli farosati komil), hamma narsani hisobga oluvchi va idrok etadigan bo’lishi shart».

2.2. Yoshlikdan ilm olishga intilganlari.


Hazratning o’zlari «Badvv ush-sha’n Abi Abdullox,» risolasida yozadilar: «Sakkiz yoshga to’lganimda barchaning shafqatli va mehriboni bo’lmish Alloh taolo o’z inoyatini mendan darig’ tutmadi. SHayx menga ilm sirlarini o’rgatib, tinmay ilm olishni targ’ib qilar edi va ish shu darajaga etib bordiki, butun vujudim bilan saboq olishga intildim. Go’daklik chog’imdanoq o’yin o’rnini kitob mutolaa qi­lish mashg’uloti egalladi. SHu tariqa yoshlikdan ilm ul-osor (hadis ilmi) va ilm ur-roy (xanafiy fiqhi)ni o’rganishni boshlagan edim».


Fariduddin Attor «Tazkirat ul-avliyo»da yozishlaricha, «Hazrat Termiziy aytadi: «SHunday qilib, Piri nuroniy har kuni menga saboq berar edi. SHu yo’sin uch yil o’tdi. (Menga bu­tun anvoyi ilmlarni o’rgatdi). SHundan so’ng bildimki, ul zot hazrat Hizr alayhissalom ekan! Bu ulug’ davlatni onamning rizosidan topdim...»
Muhtaram olim Sayfiddin Sayfulloh «Manozil ul-ibod» kitobi so’ng so’zida yozadi: «Xatibi Bog’dodiyning yozishicha, Termiziyning otasi — Ali ibn al-Hasan hadis ilmining bilimdon olimlaridan bo’lgan. U arab xalifaligining poytaxti bo’lgan Bog’dodda hadis ilmi to’g’risidagi bahsu munozaralarda faol ishtirok etgan. Hakim Termiziy «Ar-Raddu alal-muattila» kitobida ta’kidlashicha, uning onasi va bobosi ham hadis ilmida yetuk olimlardan bo’lishgan. Demak, Hakim Termiziy ilm o’chog’i bo’lgan xonadonda dunyoga kelgan va tarbiyalangan. Alloh kalomiyu hazrat Payg’ambarimizning muborak hadislariga asoslangan ilmiy muhit va tarbiya maskani Termiziyning istiqbolini belgilash va tafakkurini shakllantirishda asosiy omil bo’lib xizmat qilgan».
Safarlari
Hakim at-Termiziy o’z hasbi hollari bayon etilgan «Badvv ush-sha’n Abi Abdulloh» asarida ta’kidlashicha, yigirma yetti yoshda muborak haj safariga jo’naydilar va Arab xalifaligining Marv, Nishopur, Ray, Xamadon, Basra, Bag’dod, Kufa, Madinai munavvara, Makkai mukarrama, Samarra kabi markazlarida bo’ladilar.
«Badvv ush-sha’n»da alloma yozadilar: «Yigirma yetti yoshda bo’lganimda, irfoniy ilmlarni chunon o’rgandimki, qalbimda Alloh taoloning Bayti - Makkani ziyorat qilish ishqi uyg’ondi. Safarga chiqish imkoni tug’ilishi bilanoq yo’lga otlandim va Iroqqa yetib borib, muhaddis sifatida tanildim. U yerdan Basraga, Basradan Rajab oyida Makka sari yo’l oldim. SHunday qi­lib, SHa’bon oyining oxirlarida Makkatullohga yetib keldim va Allohning amri bilan haj mavsumigacha o’sha yerda bo’ldim».
Qur’oni karimni yod olganlari
Olamlar Rabbi bu aziz zotga o’z muqaddas Kalomini tuliq yod olish baxtini nasib etgan. Hofizi Qur’on bo’lish va uning izzatini saqlash Alloxning axdi bo’lish demakdir. «Badvv ush-sha’n»da aytadilar: «O’sha kunlari Allohga yaqin bo’lgan paytlarimda duo qilib, ruhiyatimni o’zgartirishini, meni dunyoviy ishlardan ozod etib, muqaddas Kitobini hifz etishga muvaffaq qilishini so’radim. Bu mening yolg’iz orzuyim edi. SHunday qilib, yo’lda kelayotgan onlarimda Kur’oni sharifni mutolaa etish ishqi qalbimda jo’sh urar edi. SHu bois safarda bo’lgan onlarimdanoq Kalomulloxni yod olishga kirishdim.
Vatanga qaytishim bilan, Allohning izni-xoxishi ila, bu mashg’ulotni oxiriga yetkazishga muyassar bo’ldim. Kechalari uxlamay, Kur’onni qiroat etishdan charchamas edim. Ish shungacha borib yetdiki, gohida ertalabgacha tunni Qur’on tilovati bilan o’tkazar edim. Oz-oz uning xalovatini tatir edim va o’sha muqaddas Kitob ta’sirida hazrat Muhammad payg’ambar sollallox,u alayhi va sallamniig sara so’zlarini tanlashga tushdim».
Tabobat bilan shug’ullanganlari
Ba’zi valiy zotlarning jufti haloli uning uchun bir kuzguga aylanadi. O’z ma’naviy hollari, qilar ishlari ayolining tushlari orqali unga ravshan bo’la boradi. Hakim Termiziyning ayollari u zot uchun ana shunday istiqbol ko’zgusiga aylangan edi. Ketma-ket yorug’ va ravshan tushlar ko’rib, u kishining tutar yo’llari va Allohning inoyatlaridan u zotni xabardor qilar edi.
Ul hazrat umrlarining muayyan yillarida tabobat bilan shug’ullanganlar. Lekin Hak taolo u zotga bundan ulug’rok vazifani yuklagani ma’lum bo’ladi. Ayollari bir gal tush kurib, u zot uchun aytilgan so’zlarni bunday bayon qiladi: «Erga qadam tashladim. Ko’rinishi xaybatli bo’lmish ikki kishi u yerda turgan edi. Ularning huzuriga borib, uzrxoxlik qildim, xar ikkovi kulimsiradi va ulardan biri: «Eringga ayt, nega u faqat furuzd ariq va ekinzorlarda o’sadigan xudruy - o’zicha o’sgan yovvoyi o’simlik o’ti bilan bemorlarni davolash ishlari bilan o’zini band etmoqda?» - dedi. Unga ayt: «U yerdagi avtodlarning biridir. Ular yerning bir qismini ustuvor saklashga qodirdir».
«Fiyos ul-lug’ot»ga ko’ra, avtod - butun dunyoda ma’naviy rahbar bo’lgan avliyolardan to’rt avliyodir.
Osmon va burjlar ilmi (astronomiya) bilan shug’ullanganlari
Hazrat Hakim Termiziy «Badvv ush-sha’n»da: «Keyin o’sha yillarning birida men nisf un-nahor (tushlik vaqti)ni hisoblash va o’rganish maqsadida mintakat ul-buruj (burjlar mintakasi)ni hisoblash uchun usturlob (rasadxonada yulduzlar xarakatini kuzatadigan asbob) ishlatish bilan qattiq shug’ullanar edim», - deydilar.
«G’iyos ul-lug’ot»ga ko’ra, mintaqat ul-buruj - 12 burjni o’z ichiga olgan burjlar doirasidir. Bu doira mintaka shaklida, ya’ni belbog’ tarzida yetti osmonning havolisiga chiqqandir. Bu mintakat ul-buruj doirasi mu’addil un-naxor doirasini - sharqdan g’arbga va shimoliy qutbga qarab osmonni sinflab (ajratib) turadigan doirani kesib o’tgan bo’ladi. O’z hara­katini amalga oshiradigan Yer aylanasi 12 burjga bo’linadi va har birining shamsiy yilnomasida alohida nomi bor.
Ul xazrat so’zda davom etib, aytadilar: «O’sha vaqt bir kishi mening xaqimda tush ko’ribdi va tushida kimdir unga bundai debdi: «Ibn Ali (Termiziy)ga ayt: bugungi kunda shug’ullanayotgan ishi unga taallukli emas. Bu yo’l va amal uniki emas, uni to’xtatsin».
... Yana bir keksa kishi dedi: «Ibn Aliga ayt: u bu amalini bir chetga ko’ysin! Ko’rqamanki, uning bu ishi u bilan Rabbining oralarida xijob (parda, tusiq) bo’lmasin. Sen va xalqing uchun Alloxdan ko’rksin! Allohdan ko’rksin! Negaki u ummatgina emas, balki u bir ummat va millatning din peshvosidir. Buni sen unga ayt: Alloxning xalk to’g’risidagi nasixatini zsidan chikarmasin».
Bundan ma’lum bo’ladiki, Allox taolo Xakim Termiziyga o’xshagan ulug’ zotlar zimmasiga aloxida ma’navii vazifalarni yuklagan hamda vazifador shaxslar - piri komillar o’z vazfasida sobitkadam bo’lishi zarur bo’lgan.

2.3. Tariqat va ta’limotlari.


Tariqatlar - shariat asosida ta’sis etilgan tasavvuf suluklari, bandani Alloxga yakinlashtiradigan muxabbat yullaridir. Imom Rabboniy «Maktubot» kitobida: «Tariqat ham, xaqiqat xam shariatning xizmatidadir», — deganlar. Bu tarikatlarning raxnamolari - piri komil yoki murshidi komillar uz piri murshidlaridan olgan ijozat xati - irshodnoma asosida janob Rasulullox, sollalloxu alayx,i va sallamning vakili hisoblanadilar.


Tarikatlar axli sunnat val-jamoat e’tiqodiga muvofiq bo’lishi shart. Agar bu doiradan chiqsa, gumroxdik xisoblanadi. Naqshbandiya (xazrat Bahouddin Naqshband), yassaviya (xazrat Xoja Axmad Yassaviy), kubraviya (xazrat Najmuddin Kubro), kodiriya (xazrat Abdulkodir Giloniy), suxravardiya (xazrat SHaxobuddin Suxravardiy, Toshkentdagi Tilla SHayx mozorida dafn etilgan SHayx Zaynuddin boboning otalari) va boshka suluklar saxix va makbul, axli sunnat val-jamoat e’tikodiga muvofik sanaladi. Eng asosli dalillarga ko’ra, nakshbandiya ta’limoti bularning eng ulugidir.
2.4. Hazrat Hakim Termiziy asarlari

Tadkikotchi olim Ibrohim Usmoiov «Hakim Termiziy» risolasida u zotning asarlarini sinflarga bo’lib, quyidagicha taqdim etadi.


Tafsir va Kur’on ilmlariga oid asarlari:
a) «Al-Amsol min al-kitob va-s-sunna»;
b) «Tahsil nazoir al-Kur’on»;
v) Tafsir asari (oxiriga yetmagan, anik nomi ham noma’lum);
g) «Al-Furuk va manat-taroduf».
Fiqh ilmiga oid asarlari:
a) «Al-Xaj va asroruxu»;
b) «SHarh as-solat va makosidixo»;
v) «Sabab at-takbir fi-s-solat»;
g) «Ilal ash-shari’a» yoki «Kayfiyat as-solat va-l-vuzu’ va-s-sivak»;
d) «Al-Masoil al-afina».
Kalomga oid asarlari:
a) «Ar-Radd ala-r-rofiza»;
b) «Al-Akl va-l-xdvo»;
v) «Al-Fark bayn al-ayat va-l-karomat»;
g) «Ar-Radd ala-l-mu’attila»;
d) «SHard kavl — Ma al-iman va-l-islom va-l-ix,son»;
e) «Al-Kalom ala mona la ilaxd illa Allox,».
Islom falsafasiga oid asarlari:
a) «Kitob al-akyos va-l-mugtarrin»;
b) «Isbot al-ilal fi-l-amr va-i-nax,y»;
v) «Bayoi al-ilm», «Hukuk».
Tasavvuf tarixiga oid asarlari:
a) «Anvo’ al-ma’orif»;
b) «Tarix al-mashoyix».
Tasavvufiy qarashlariga oid asarlari:
a) «Buduvv ash-sha’n Abiy Abdullox,»;
b) «Adab an-nafs», «Riyozat an-nafs»;
v) «Xatm al-avliyo»;
g) «Bayon al-fark bayn as-sadr va-l-kalb va-l-fuad va-l-lubb»;
d) «Ma’rifat al-asror»;
e) «Manozil al-ibod min al-iboda», yo) «Al-Masoil al-maknuna»;
j) «Adab al-muridin»; z) «Risolat makr an-nafs»;
i) «Ilm al-avliyo»; y) «Abvob muxtalifa»; k) «Al-Jumal al-lozim ma’rifatuxu»; l) «Javob kitob Usmon ibn Said min ar-Ra’y», m) «Al-Hikma min al-ilm al-botin», n) «Sifat al-kulub va axvolnxo va xay’at tarkibixo»;
o) «Urs al-muvaxxidin»; p) «Urs al-orifin»; r) «Favr al-umur»; s) «Masoil at-ta’bir»; t) «Dakoik al-ulum».
Hadis ilmiga oid asarlari:
a) «Navodir al-usul»;
b) «Al-Amsol min al-kitob va-s-sunna»;
v) «Al-Manxiyot va kull ma ja’a min xadis bi-n-naxi»,
g) «Bayon al-kasb».
Asarlarning iomlaridan xam muallif mavzuning o’zini kuruk bayon kilishdan ko’ra kuprok uning moxiyati, kuz ilgamas xikmati va chukur ma’nosini ochib berishni maksad kilgani namoyon buladi.

2.5. Hakim Termiziyning xadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi


Xakim Termiziyning xadis ilmi rivojiga qo’shgan xissasi beqiyos. Zero, uning xajm jixatidan eng yirik shox asari bulgan «Navodir al-usul» hadislarga bag’ishlangan asar bu­lib muallif karashlarining uzagini uzida jamlagan asardir. «Navodir al-usul»da kiskacha bayon etilgan masalalar uning keyingi kitoblarida mufassal yoritilgan. Hakim Ter­miziy ushbu asarini yozishidan maksad an’anavii xadis tup- lamlardan farkli ularok, fakat xadislarni jamlab, ularni rivoyat kilish bulmay, uz asaridagi xar bir xadisni mufassad sharxdab, uning zoxiriy va yashirin xikmatlarini kursatib, hadis mazmun-modiyatini har tomonlama chuqur taxlil qilish


bo’lgan. Uning har bir sharhida tasavvufiy talqin sezilib
turadi hamda hadislarni ruhiyatda va maishiy hayotda qanday
tatbik; kilish kursatib beriladi. Termiz tarixi bugungi ozod O’zbekiston, qadimiy Turon yoki Turkiston yoxud Movaraunnahr tarixining bir bo’lagidir. Tarixchilar Termiz yoki Samarqand taarixini olqishlaydimi, Buxoro, Xiva, Nasaf, Kesh, ko’hna Shosh, Ustrushona tarixini madh etadimi, shubhasiz, yaxlit bir Vatanni – tarixda turli nomlar bilan atalib kelgan O’zbekistonni madh etgan bo’ladi.
Termiz – O’zbekiston janubida, ko’hna Jayhun, ya’ni Amudaryoning o’ng sohilida joylashgan bandargoh shahar. U asrlar davomida Tarmita, Antioxiya – Tarmita, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo singari turli nomlar bilan atalib kelga. X asrda Termiz deb nomlangan (arab va fors manbalarida Tirmiz deyiladi). Azaldan ma’muriy jihatdan Termizga qarashli bo’lgan hudud Termiz deb atalgan. Mazkur shahar va uning atroflarida etishgan buyuk zotlarning hammalari Termiziy degan nisba bilan shuhrat topganlar. Shubhasiz, bashariyat tamadduni shakllanishida, jumladan, qadimgi Sharq ilmu fani ravnaqida Termiz va Termiziy allomalarining o’z o’rni va hissasi bor. Shuning uchun ham biz ushbu kursimizning nomini “Termiziy allomalarning pedagogik ta’limotlari” deb nomladik.
“Termiziy allomalarning pedagogik ta’limotlari” fanning maqsadi – bo’lajak o’qituvchilarni Termiziy allomalarining pedagogik ta’limoti fanining nazariy-tarixiy asoslari asosida Termiz shahridan o’zbek ilmi dovrug’ini jahonga taratgan buyuk allomalarning hayoti, faoliyati va tarbiyaviy –axloqiy qarashlarini o‘rganish, taqqoslash, tahlil qilish va o‘quv tarbiyaviy jarayonga tadbiq eta olishga o’rgatish.
Ushbu fanning vazifalari quydagilardan iborat:

  • talabalarni Termiziy allomalarning hayoti va faoliyati, ularning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish;

  • talabalarga Termiziy allomalarining pedagogik ta’limotiga oid asarlarini qiyosiy-tahlil qilishga o’rgatish;

  • talabalarda Termiziy allomalarining tarbiyaviy-axloqiy qarashlari va ularning ma’naviy-axloqiy tarbiya rivojidagi roli va ahamiyati borasidagi tasavvurlarni hosil qilish.

Jahondagi qadimiy shaharlar, odatda o’z tarixiy obidalari, qal’a devorlari bilan mashhurdir. O’zbek diyoridagi mashhur tarixiy yodgorliklarning hammasi aziz siymolar, daho shaxsiyatlar nomi bilan bog’liq. Azim Jayxun sohilidagi ko’hna Termiz xarobalariga nazar tashlasak, qadimiy qal’a devorlarini ham ko’ramiz. Darhaqiqat inon qo’li bilan bunyod etilgan imorat borki, bezavol qolgan emas. Har qanday qasr, qo’rg’on, saroy , maqbara asta-sekin emiriladi, cho’kadi, nuraydi, ta’mirga yoki qayta tiklanishga muhtoj bo’ladi. Tarixning beshavqat vayronalik qahqahasi hech bir qal’ani chetlab o’tgan emas.
Ammo, ulug’ tarixiy shaharlarning asl bezavol qal’alalari – ulug’ siymolar, ular qoldirgan o’lmas ma’naviy meroslar, valiy zotlar, allomalar, nodir shaxsiyatlardir. Sayyoh faqat bir tarixiy manzilning zohirini – tashqi tomonini ko’radi. Lekin benazir Buxoriylarni tanimagan kishi aslo Buxoroni tanimaydi. Daho samarqandiylardan bexabar inson Samarqanddan bexabar insondir. Ulug’ Xorazimiylar, Nasafiylar, Shoshiy va Farg’oniylarni bilmaslik rangin Xorazmni, purhikmat Nasafni, ko’hna Shoshni, zarofatli Farg’onani bilmaslikdir. Ko’plab tarixiy voqealarning shohidi bo’lgan qadimiy va ko’hna shahar Termiz moziyning ko’plab siru sinoatlarini o’z bag’rida pinhon tutadi. Shuning uchun ham birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shu holatni inobatga olib: “Necha asrlar mobaynida Termiz harbiy-mudofa qal’asi bo’lib, g’oyatda mas’uliyatli bir vazifani o’tab kelgani barchamizga ayon. Yurtimizga janub tomonidan kimki bostirib kelmasin – Doro yoki Makedoniskiy bo’ladimi, Chingizxon yoki arab istilochilari bo’ladimi – Termiz qal’asi hamisha yov yo’liga qalqon bo’lgan, dushmanga qarshi mardona kurashgan2”, deb ta’kidlagan edilar.
Qadimiy va hamisha navqiron Termizning shon-shavkati, e’tibor va sharafi ham mangu Termiziylar bilandir. Termizning abadiy bezavol qal’alari ulug’ Termiziylar sanaladi. Termiz – daho zotlar etishmog’iga zamin bo’lgan qutlug’ maskan mustamlaka davrida har jihatdan yopiq shahar edi. Istiqlol tufayli shaharning moddiy va ma’naviy qulflari ochildi: ma’naviy xazinalar kashf bo’ldi, aziz Termiziylarning ma’naviy mero’slari xalqqa qaytarila boshlandi. Ayniqsa, Prezidentimiz SH. Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 14 fevralda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etildi. Markazning asosiy maqsad va vazifalari Islom dini rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning enazir merosini ilmiy asosda chuqur o’rganishga, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug’ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo’lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o’rtasida keng targ’ib qilishga, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga, shu asosda yosh avlodni ezgu g’oyalar ruhida tarbiyalashga, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini yanada kuchaytirishga ko’maklashishga qaratilgan.
Qur’oni Karimda “Majma’ ul-bahrayn” (“Ikki dengiz birlashgan joy”) degan go’zal ibora bor. Bu hazrat Xizr alayhissalom bilan Bani Isroil payg’ambari hazrat Muso alayhissalomning ko’rishgan joylaridir. Qozi Bayzoviy tafsirlarida: “Ikki dengiz, aslida, Xizr alayhissalom bilan Muso Alayhissalomning o’zlaridir, deyiladi”, degan ixtibos keladi. Qadimiy Rum – ko’hna Ko’nyo shahridagi Mavlono Jaloliddin Rumiy bilan Shamsi Tabriziy ko’rishgan yerda ham “Majma’ ul – bahrayn” – “Ikki dengiz birlashgan joy” deya yodgorlik o’rnatilgan.
Butun dunyo xalqlarining ma’naviy rahnamolaridan bo’lgan ikki dengiz: Hakim Termiziy botin – tasavvuf ilmlari dengizi, Imom Termiziy esa zohir – shariat ilmalari dengizidirlar. Lekin har ikkovlarida ham ikki soha ilmlarining ulug’ nasibasi bor. Chunonchi, hazrat Navoiy Hakim Termiziyni “va zohir ulumida ham kutubi bor(shariat ilmlariga oid kitoblari ham bor) va bir tafsir ham ibtido qilg’ondur”, deydilar. Imom Termiziy ham “Al-Jomi’ as-sahih” asarida Jabroil alayhissalom (ehson) hadisi, ashobi suffa, Xizr alayhissalom hadislari, “Ash-Shamoil al-Muhammadiya” asarida axloq va odob hadislari kabi tasavvuf ahlining odobi ravishi uchun ulug’ dalil – hujjat bo’ladigan hadislarni jamlaganlar.

Yüklə 28,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə