Atf mavzusi yuzasidan masala va mashqlar


Mavjud shart -sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish



Yüklə 130 Kb.
səhifə4/6
tarix11.10.2023
ölçüsü130 Kb.
#127204
1   2   3   4   5   6
Atf mavzusi yuzasidan masala va mashqlar reja-fayllar.org

Mavjud shart -sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish.

  • O’quvchi ( tarbiyalanuvchi)larnning yosh, fiziologik, ‘sixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.

  • Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish.

  • O’quvchi ( tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini ob’yektiv nazorat qilish va baholash.

  • Xususiy fanlarni o’qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda texnik vositalar imkoniyatidan keng foydalanish.


    Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
    Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-metodik hamda lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shuningdek, bo’lg’usi o’qituvchilar o’z faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan foydalanishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o’zlashtira olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta o’zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir.

    2. Arifmetik amallarni o’rgatishda amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari


    Interfaol metod - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidadagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs – munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati,o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim – tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
    Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir.
    Barcha fan o’qituvchilari shu jumladan boshlang’ich sinf o’qituvchilari ham dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko’lamda foydalanmoqdalar.
    Interfaol metodlarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
    Interfaol degani, o’qituvchi va o’quvchilar orasida o’zaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o’quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali o’rganadi, qo’yilgan maqsadga mustaqil o’zi darsda o’quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya’ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o’zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o’quvchilar ta’lim jarayoniga o’zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
    Boshlang’ich sinflarda qo’llanadigan texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi:
    O’quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng qo’llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko’p bo’lib, ularning hammasi ham boshlangich ta’limda qo’llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda boshlangich sinf o’quvchisining o’qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o’quvchi o’qishi bo’ladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko’proq uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bo’ginlariga mo’ljallangan bo’lib, boshlangich sinflarda qo’llash tajribalari juda kam. SHuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf matematika darslarida qo’llash mumkin bo’lganlari haqida so’z yuritamiz.
    Interfaol metod sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda “Aqliy hujum”, “Adashgan zanjirlar”, “Savol bering”, “Insert”, ”BBB”, “Bahs – munozara”, “Muammoli savollar”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Burchaklar metodi“, “Kubiklar” metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordam beradi.
    “Aqliy hujum” texnologiyasini qo’llash bir muammoni hal qilish yo’lidan turlicha va iloji boricha ko’proq taklif, fikr – mulohazalarni yig’ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng ma’qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo’llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni “Eslab” qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo’ladi. O’qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog’ozga yozib boradi.
    Masalan: 3 – sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yig’ish mumkin.
    “Quyidagi shaklda nechta to’rt burchak bor?”






    Yüklə 130 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə