Atta guruhda Q. Muhammadiygaing «Etik» she'rini o‘qishda. Dastur maqsadi



Yüklə 23,98 Kb.
səhifə7/7
tarix27.09.2023
ölçüsü23,98 Kb.
#124243
1   2   3   4   5   6   7
115236 3 amaliy

Badiiy asarlarni sahnalashtirish
Hozir maktabgacha yoshidagi bolalar uchun sahnalashtirishning bir necha turi mavjud: dramalashtirilgan o‘yin (bog‘chaning hamma yosh guruhlari uchun); qo‘g‘irchoq teatrining har xil turlari; diafilmlar. Ba'zi bir sahnalashtirilgan asarlar bilan bolalar radio va televidenie orqali tanishadilar.
MTMda qo‘girchoq teatridan: odatdagi o‘yinchoqlar teatri, «barmoqli» teatr, ko‘lanka teatridan keng foydalaniladi.
O‘yinchoqlar teatri MTMda juda keng tarqalgan qo‘g‘irchoq teatrining turidir. Sahnani bunday tasavvur qiling: oddiygina stol, artistlar — bolalarning o‘ynab yurgan o‘yinchoqlari. Shuning uchun o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan sahnalar mazmuni jihatidan juda oddiy bo‘lishi kerak «Quyon bilan sichqon qanday qilib bekinmachoq o‘ynadilar», «Quyon qanday qilib sichqonnikiga mehmonga keldi» va boshqalar).
Tarbiyachi spektakl matnini yodlab olishi va spektakl qo‘yish uchun «aktyorlar» (bo‘ylari 25—30 sm) hamda o‘yinchoqlarni tanlashi lozim. O‘yinchoqlar toza va sozlangan bo‘lishi kerak. Tarbiyachi o‘z stoli oldiga spektaklda hali qatnashmagan va o‘z rolini «bajargan» o‘yinchyuqlar uchun stulchalar qo‘yadi. Tarbiyachi o‘yinchoqni orqa tomonidan ushlab, o‘z barmoqlarini iloji boricha o‘yinchoqning qo‘li tagida yashirishga intiladi. Tarbiyachi o‘yinchoqni olib qyetish uchun stol chetigacha olib keladi va tezlikda stol tagiga tushirib sekingina oldidagi stul ustiga qo‘yadi. Sahnada yangi, notanish o‘yinchoq paydo bo‘lganda bolalarning uni ko‘rib olishlariga imkon yaratish va o‘qishga shoshilmaslik lozim.
Ko‘lanka teatri qo‘g‘irchoq teatrining o‘ziga xos bir turidir. Unda yassi siluetlar o‘ynaydi. Qo‘lanka teatrining o‘ziga xosligi shundaki, undagi siluetlar harakatlanmaydi. Badiiy asarni tanlashda buni hisobga olish zarur. Ko‘pincha bolalarga «Bo‘g‘irooq», «Uycha» ertaklarini, Sh. Perroning «Qizil shapkacha» ertagini ko‘rsatiladi.
Ko‘lanka teatri uchun ekran va siluetlar kerak. Ekran (ko‘lanka teatriniig sahnasi) taxta ram (eni 1 metr, bo‘yi 60 santimetr, pastki taxtachasi 10 santimetr) bo‘lib, unga yupqa oq mato tortiladi.
Yupqa karton yoki qog‘ozning yon tomonidan qirqib olinib, siluetlar yasaladi va qora tush bilan bo‘yaladi- Siluetlarning pastiga qo‘l bilan ushlash uchun taglik yasaladi.
Ko‘lanka teatri uchun derazadan tushadigai yorug‘lik yoki elektr lampochkasi kerak. Yorug‘lik ekran orqasiga bir metr naridan berilishi lozim. Namoyish qilinayotgan siluetlar to‘liq ko‘rinishi, ammo taglik bilan tarbiyachining qo‘li ko‘rinmasligi kerak. Siluet ekranga ro‘y-rost qo‘yilib, ekran bo‘ylab bir tekisda, sakramasdan harakat qilishi lozim. Siluetni ekrandan olish uchun ekranning chetigacha olib borish va romning orqasiga o‘tkazib yuborish kerak. Spektaklda uchta tarbiyachi ishtirok etib, ulardan bittasi ekran oldida o‘tirib, tekstni o‘qigani, ikkitasi siluetni boshqargani ma'qul. Boshqaruvchi tekstning ekrandagi siluetlar harakatiga mos kelishini kuzatib turadi. U faqat avtor so‘zinigina o‘qiydi, spektakl qahramonlarining so‘zlarini esa siluet boshqaruvchilar aytishadi. Tarbiyachilar spektakl so‘zlarini yoddan bilishlari kerak. Spektaklga musiqa jo‘r bo‘lib tursa, yana ham yaxshi. Spektaklni zalda yoki guruh xonasida namoyish qilish mumkin. Ko‘lanka teatri ko‘pi bilan o‘n kunda bir ko‘rsatishi darkor.
mumkin.
Yüklə 23,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə