"Audit" fanidan yakuniy nazorat testi



Yüklə 125,44 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü125,44 Kb.
#183867
Audit 1-variant


“Audit” fanidan yakuniy nazorat testi
1-variant

    1. Auditor korxona rahbariyatiga kompyuterga amortizatsiya hisoblashning qaysi usulidan foydalanishni tavsiya etsa maqsadga muvofiq bo‘ladi?

      1. Kumulyativ usulni.

      2. ishlab chiqarish usulini.

      3. Qoldiqli kamayish usulni.

      4. To‘g‘ri chiziqli usulni.

      5. A va B.




    1. Auditor asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanganda tugatish qiymati hisobga olinmaganligini aniqladi. Ushbu holatda asosiy vositaga qaysi usulda amortizatsiya hisoblangan bo‘lishi mumkin?

  1. Kumulyativ usul.

  2. Ishlab chiqarish usuli.

  3. Qoldiqli kamayish usuli.

  4. To‘g‘ri chiziqli usul.

  5. A va B.




    1. Kam chiqqan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda korxona buxgalteri uni qaysi buxgalteriya schotlarida aks ettirishi lozim?

  1. Debet 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi”, Kredit (0110-0190)-“Asosiy vositalarning tegishli hisabvaraqlari”

  2. Debet 9410-“Realizatsiya bo‘yicha xarajatlar”,

Kredit (0110-0190)-“Asosiy vositalarning tegishli hisabvaraqlari”

  1. Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar”,

Kredit (0110-0190)-“Asosiy vositalarning tegishli hisabvaraqlari”

  1. Debet 9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad”, Kredit (0110-0190)-“Asosiy vositalarning tegishli hisabvaraqlari”

  2. To‘g‘ri javob yo‘q.




    1. Hisobot davri mobaynida 480000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda - 80000, 2- yilda - 120000, 3-yilda - 100000, 4-yilda – 80000, 5-yilda - 100000 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 4-yilda jamg‘arilgan jami amortizatsiya miqdori qanchaga teng bo‘ladi?

  1. 36000;

  2. 38000;

  3. 40000;

  4. 44000;

  5. To‘g‘ri javob yo‘q.




    1. Auditorlik tekshiruvi jarayonida quyidagilar aniqlangan: balans qiymati 120000 so‘m bo‘lgan kompyuter hisobdan chiqarilgan, eskirish qiymati 30000 so‘m. Asosiy vositaning sotish qiymati 80000 so‘m. Moliyaviy natija qanchaga teng bo‘ladi?

  1. 56000;

  2. 88000;

  3. 90000;

  4. 96000;

  5. To‘g‘ri javob yo‘q.




    1. Qaysi asosiy vositalar obyektlari qiymati balansda qoldiq qiymati aks etmaydi?

      1. Qiymati qoplanmaydigan.

      2. Amortizatsiya hisoblanmaydigan.

      3. Tekinga kelgan.

      4. A va S.

      5. B va D javoblar.




    1. Asosiy vositalar qoldiq qiymatidan past bahoda sotilsa, QQS qaysi qiymatga nisbatan hisoblanadi?

      1. Boshlang‘ich qiymati.

      2. Qoldiq qiymati.

      3. Eskirish qiymati.

      4. Bozor qiymati.

      5. B va D javoblar.




    1. Ijaraga olingan asosiy vositani joriy ta’mirlash xarajatlari kim tomonidan qilinadi?

      1. Lizinga oluvchi.

      2. Lizinga beruvchi.

      3. Har ikkala tomon o‘rtasida taqsimlanadi.

      4. To‘g‘ri javob yo‘q.

      5. B va D javoblar.




    1. Tekshirish mobaynida auditor nomoddiy aktivlarga ruxsat etilmagan usuldan foydalanilganligini aniqladi. Bu qaysi usul bo‘lishi mumkin?

    1. To‘g‘ri chiziqli.

    2. Ishlab chiqarish.

    3. Qoldiqli kamayib borish.

    4. Kumulyativ usul.

    5. A va C.




  1. Agar nomoddiy aktiv kelgusida korxonaga samara keltirishi haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, nomoddiy aktiv…

    1. Aktiv sifatida aks ettiriladi.

    2. Xarajat sifatida aks ettiriladi.

    3. Kelgusi davr xarajatlari sifatida aks ettiriladi.

    4. Kelgusi davr daromadlari sifatida aks ettiriladi.

    5. To‘g‘ri javob yo‘q.


  1. Moliyaviy hisobotga beriladigan tushuntirishlarda nomoddiy aktivlar bo‘yicha qanday axborotlarning mohiyati bayon qilinishi lozim?

  1. Nomoddiy aktivlar foydali xizmat muddatlari to‘g‘risidagi.

  2. qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi.

  3. Amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullari to‘g‘risidagi.

  4. To‘g‘ri javob berilmagan.

  5. Barcha javoblar to‘g‘ri.


  1. Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha auditor nimalarni tekshirishi muhim hisoblanadi?

    1. Nomodiy aktivlarning foydalilik samarasini.

    2. Qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari korxona hisob siyosatiga mos kelishi.

    3. Tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar subyektlari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqarish sarflarini hisobga oladigan schotlarga to‘g‘ri o‘tkazilishini.

    4. A va C.

    5. B va C.




  1. Auditor tovar-moddiy zaxiralarni to‘g‘ri baholanishini tekshirganda qaysi BHMSga

muvofiqligini tekshirishi kerak?

  1. 1-BHMS bilan;

  2. 5-BHMS bilan;

  3. 15-BHMS bilan;

  4. 4-BHMS bilan;

  5. To‘g‘ri javob mavjud emas.




  1. TMZlarni tekshirishda auditorlik amallari qanday amallarga bo‘linadi?

    1. Inventarizatsiyagacha bajariladigan amallar.

    2. Inventarizatsiya vaqtida bajariladigan amallar.

    3. Inventarizatsiyadan so‘ng bajariladigan amallar.

    4. A, B, C.

    5. To‘g‘ri javob mavjud emas.




  1. Auditor tovar-moddiy zaxiralarining tushumi va kirim qilinishi qanday hujjatlar asosida tekshiradi?

    1. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida.

    2. Tovar-transport nakladnoylari, schot-fakturalar asosida.

    3. Qadoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul kviansiyasi va boshqalar asosida.

    4. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar asosida.

    5. To‘g‘ri javob mavjud emas.




  1. Omborxonada sodir bo‘lgan kirim muomalalarini tekshirishning umumiy usuli aniqlang?

    1. Inventarizatsiya usuli.

    2. Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish.

    3. Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bilan solishtirish.

    4. Barcha javoblar to‘g‘ri.

    5. To‘g‘ri javob mavjud emas.


  1. TMZlar kamomadining aniq aybdorlari topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zarar so‘mmasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladimi?

    1. Ha.

    2. Yo‘q.

    3. Ba’zi paytlarda qo‘shiladi.

    4. To‘g‘ri javob yo‘q.

    5. Aksincha soliq bazasidan ayriladi.




  1. Tovar moddiy zaxiralari auditi qaysi BHMSlarga asosan o‘tkaziladi?

a. 5, 6, 10;
b. 1, 4, 19;
c. 12, 16, 20;
d. 3, 9, 15;
e. 5, 4, 16.



  1. Agar TMZ sotilayotgan paytda uning bahosi tannarxidan tushib ketsa, QQS qaysi so‘mmadan hisoblanadi?

    1. Realizatsiya bahosidan.

    2. Tannarxidan.

    3. Realizatsiya va tannarx baholari farqidan.

    4. Bozorda yurib turgan bahodan.

    5. Boshlang‘ich bahoda.




  1. Korxonaning bankdagi schotlar bo‘yicha ma’lumotlarini tekshirishda auditor quyidagi ma’lumotlarning qaysi biridan foydalanadi?

  1. O‘tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnomasidan.

  2. Hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruqning pul mablag‘lari hisobiga doir bo‘lishi.

  3. Kredit bo‘limi hisob kitobini.

  4. Buxgalteriya balansi 2-shakli.

  5. Buxgalteriya balansi 5-shakli.




  1. Kassani tekshirish boshlanganda auditorning dastlabki asosiy ishi nimadan iborat?

    1. Bosh buxgalterni bitta yoki bir nechta korxonada ishlashini o‘rganish.

    2. Kassir hisobotlarini o‘rganish.

    3. Tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir ishlashini o‘rganish.

    4. Buxgalterning kassa muomalalarini yuritish qoidalariga rioya etishini o‘rganish.

    5. Buxgalteriya balansi 4-shaklining tuzilishiga.




  1. Kassani tekshirish kimning ishtiroki bilan amalga oshiriladi?

    1. Inkassator.

    2. Bosh buxgalter.

    3. Kassir.

    4. Bosh buxgalter va kassir.

    5. Korxona iqtisodchisi va buxgalterlar.




  1. Bank ko‘chirmasidagi dastlabki hujjatlar quyidagi hujjatlardan qaysi birida aks etadi?

    1. Schotlar.

    2. To‘lov topshiriqlari.

    3. Shartnomalar.

    4. Akt protsentovkalar.

    5. Barcha javoblar to‘g‘ri.




  1. Auditor yo‘ldagi pul mablag‘larining kelib tushishiga doir ma’lumotlarni qaysi hujjatdan oladi?

    1. Pul cheki pattasi.

    2. Kirim to‘g‘risidagi tasdiqnoma.

    3. Topshirish e’loni.

    4. To‘lov vedomosti.

    5. To‘g‘ri javob mavjud emas.




  1. Valuta qonunchiligiga muvofiq valuta sotish qanday toifaga bo‘linadi?

    1. Majburiy sotish.

    2. Olib sotish va majburiy sotish.

    3. Qaytarib sotish.

    4. yerkin (ixtiyoriy) sotish.

    5. A,C,D.


SAVOL RAQAMI

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

JAVOBLAR














TEKSHIRISH














SAVOL RAQAMI

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

Jami

JAVOBLAR














TEKSHIRISH














F.I.O _______________________________ Guruh________________ Sana:_________
Yüklə 125,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə